Научная статья на тему 'LINGVO MADANIY ATAMALARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI VA NAZARIY QARASHLAR'

LINGVO MADANIY ATAMALARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI VA NAZARIY QARASHLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
6
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kalit so’zlar: Lingvomadaniyatshunoslik / fenomen / antropologik paradigm / “borliqni verbalizatsiyalash”. / Key words: Linguistics / phenomenon / anthropological paradigm / "verbalization of existence".

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Azamova D.Sh.

Annotatsiya. Ushbu maqolada nafaqat O`zbekiston, balki butun dunyo bo’ylab olimlarning lingvo madaniyatshunoslikka doir qarashlari, nazariyalari keng o’rganilgan. Lingvomadaniyatshunoslik sohasi bir tomondan tildagi insondagi madaniy omilga, ikkinchi tomondan insondagi til omiliga yo‘naltirilganili o’rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEXICAL-SEMANTIC CHARACTERISTICS AND THEORETICAL CONSIDERATIONS OF LINGUISTIC-CULTURAL TERMS

Abstract. In this article, the views and theories of scientists not only from Uzbekistan, but also from all over the world on linguistic and cultural studies have been extensively studied. It has been studied that the field of linguistics is focused on the cultural factor in the human being on the one hand, and on the linguistic factor in the human being on the other hand.

Текст научной работы на тему «LINGVO MADANIY ATAMALARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI VA NAZARIY QARASHLAR»

A \amova D.Sh. o'qituvchi

Fakultetlararo chet tillari kafedrasi Termiz davlat universiteti

LINGVO MADANIY ATAMALARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI VA NAZARIY QARASHLAR

Annotatsiya. Ushbu maqolada nafaqat O^zbekiston, balki butun dunyo bo'ylab olimlarning lingvo madaniyatshunoslikka doir qarashlari, nazariyalari keng o'rganilgan. Lingvomadaniyatshunoslik sohasi bir tomondan tildagi insondagi madaniy omilga, ikkinchi tomondan insondagi til omiliga yo'naltirilganili o'rganilgan.

Kalit so'zlar: Lingvomadaniyatshunoslik, fenomen, antropologik paradigm, "borliqni verbalizatsiyalash".

A"zamova D.Sh. lecturer

Department of Interfaculty foreign languages

Termez State University

LEXICAL-SEMANTIC CHARACTERISTICS AND THEORETICAL CONSIDERATIONS OF LINGUISTIC-CULTURAL TERMS

Abstract. In this article, the views and theories of scientists not only from Uzbekistan, but also from all over the world on linguistic and cultural studies have been extensively studied. It has been studied that the field of linguistics is focused on the cultural factor in the human being on the one hand, and on the linguistic factor in the human being on the other hand.

Key words: Linguistics, phenomenon, anthropological paradigm, "verbalization of existence ".

Kirish. Lingvo madaniyatshunoslik til va madaniyat munosabatini aks эttiruvchi fan yo'nalishi bo'lib, Ilmiy bilim turli sohalarining bir-biriga o'tish an'analari XX asr fanining belgilovchiasosiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Gumanitar fanlar sohasida madaniyatshunoslik bo'yicha tadqiqotlaming, ya'ni inson faoliyatining barcha o'ziga xos tomonlarini hamda uning oldindan belgilab qo'yilgan natijalarini o 'z ichiga oladigan madaniyat fenomenini tahlil qilishga intilishning ifodasi bo'ladi.

Hozirgi kunda lingvomadaniyatshunoslik sohasida bajarilayotgan tadqiqotlar asosan "til va madaniyat mosligini parallel tarzda o'rganish va tasvirlashga bag'ishlangan"[1, 25]. Bir tomondan lingvomadaniyatshunoslik tildagi insondagi madaniy omilga, ikkinchi tomondan insondagi til omiliga

yo'naltirilgan. Lingvomadaniyatshunoslik - inson haqidagi fanning bir qismi bo'lib, uning tortish markazi esa madaniyat fenomenidir [1, 222]. Til va madaniyatni xarakterlovchi belgilaming o'xshashligi ularning munosabatini yagona metodologik asosda ko'rib chiqish imkonini beradi. Bu umumiy belgilar quyidagilardir:

1. Madaniyat va til — bu insonning va xalqning dunyoqarashini aks ettiruvchi ong shakllaridanbiridir

2. Til va madaniyat o'zaro muloqotda (dialogda) so'zlashuv nutqida mavjuddir, chunki nutq sub'yekti va uni tinglovchi — bu hamma vaqt madaniyat sub'yektlari bo'lib hisoblanadi

3. Ikkala fenomen individual yoki umumiy mavjudlik shakllariga ega, madaniyat va tilning sub'yekti - hamma vaqt individ yoki sotsium, shaxs yoki jamiyatdir[1, 71].

Ayni paytda inson va jamiyatning ikkita eng muhim o'ziga xos xususiyati o'rtasida muhim farqlar mavjud: 1. Kommunikatsiyaning vositasi sifatida bo'lgan tilda ommaviy adresatga yo'l-yo'riqlar ustun turadi, madaniyatda esa saralanganlik (elitamost) qadrlanadi. 2. Belgi tizimi bo'laturib, madaniyat, tildan farqli ravishda o'zicha tashkil topa olmaydi. 3. Til va madaniyat — turlicha semiotik tizimlardir. Bunday qiyoslash tadqiqotchilarni madaniyat tilga izomorf emas, gomomorfdir (tarkiban o'xshashdir) degan xulosaga olib keladi [2, 39].

Madaniy bilimlar — shu tilda so'zlovchining madaniy-til kompetentsiyasining bir qismidir. "Madaniy bilimlar" bu, bir nechta madaniyatlar va ularning ibratli ifodalarini o'z ichiga olgan so'zlar majmui hisoblanadi. Bu ifodalar ko'p joylashgan turli madaniy va adabiyotlarni o'rganish va tushunish uchun foydalaniladi. Madaniy bilimlar, insoniy tajribani, ularning davrning tadbirlariga, g'oyalariga, tafsilotlariga va o'zaro munosabatlariga oid muhim ma'lumotlarni o'rganish va tushunishda yordam beradi. Bu so'zlar kompetentsiyasi madaniy tillar va madaniyotlardan tushuncha, til, adabiyot, falsafa, ijtimoiy fanlar, san'at va madaniy yozuvlarni o'qish, shuningdek madaniy aloqalar va kommunikatsiyalar bo'yicha tushunchalar, nazariy bilimlarni kiritish va o'rganishga oid tushunchalarni o'z ichiga oladi. Ushbu kompetentsiya insoniy munosabatlar, tarixiy ma'lumotlar, ijtimoiy normativlar va boshqa madaniy tushunchalar bo'yicha tushuncha bilimlarni oshiradi. Madaniy kompetensiya til kompetensiyasi bilan mos kelmaydi: "til kompetensiyasining madaniy kompetensiyaga o'zgarishi madaniy kod kategoriyalarida til belgilari interpretatsiyasiga asoslangan. Shu turdagi interpretatsiyaga egalik madaniy-til kompetensiyasidir" [1, 227]. Olamning ikkita modeli — konseptual va til modellarining o'zaro bog'liqligini qayd qilib, Yu.S.Stepanov ulami o'zaro chalkashtirib qo'yishdan ogohlantiradi: Til modelini madaniyatning predmeti sohasiga, va aksincha, madaniyat modelini tilning predmeti sohasiga ko'chirib bo'lmaydi" [3, 15-38]. Yu.S.Stepanov ham lingvistik nazariya uchun, ham madaniyat nazariyasi uchun qo'llaniladigan alohida, ancha umumiy tushunchalar apparatini ishlab chiqishga da'vat qildi. Mana shu lingvomadaniyatshunoslikning

terminologik, tushuncha asosini (fundamentini) tashkil etadi. Ba'zi olimlaming fikricha, lingvomadaniyatshunoslik XX asming oxirgi choragida, tilshunoslikdagi antropologik paradigma mahsuli sifatida paydo bo'ldi. Unga birinchi bo'lib XIX asrda V. fon Gumboldt, o'zining "Inson tillarining tuzilish farqlari va uning insoniyatning ma'naviy taraqqiyotiga ta'siri" nomli kitobida asos solib, til xarakteri va xalq xarakterining bir-biriga bog'liqligini ifodalab bergan. "Turli tillar o'z mohiyatiga, ong va sezgiga ta'siriga ko'ra haqiqatan ha m dunyoni turlicha his etishdir" va "tilning o'ziga bo'lgan xosligi millatning mohiyatiga ta'sir etadi, shuning uchun ham tilni sinchiklab o'rganish tarix va falsafa insonning ichki dunyosi bilan bog'laydigan hamma narsani o'z ichiga olishi kerak" [4, 370 -377], degan fikr keng tarqaldi. Bunday yondashuvning yangiligi shundan iborat ediki, turli til shakllari ortida olim borliqni tafakkur qilish va anglash uslublaridagi farqlami ko'rdi va tilda madaniyatning o'ziga xos xususiyatlari mujassamlanadi, degan xulosa chiqardi. V.Gumboldtning g'oyalari XIX-XX asrlarda neogumboldtchilik doirasida rivojlandi. Rossiyada XIX asrda A.A. Potebnya Gumboldtning ilmiy merosini "til faoliyat sifatida" [5,38] degan g'oyasini chuqurlashtirib, tushuntirib berdi. Evropalik neogumboldchilik vakillari — L. Veysgerber, X. Glints, X. Xoltslar XX asming o'rtalarida tafakkurning tarkibini va fikrning tuzishini tilning o'ziga xos tuzilishlariga bog'liqligi haqidagi masalani tadqiq qildilar. Neogumboldtchilarning tadqiqotlari tilning "mazmuniy" tomoniga qiziqishni ajratib turadi: "ular turli tillarning semantik sohalarini tahlil qilib, ular o'rtasidagi o'xshashhk va farq qiluvchi jihatlarini aniqladilar. L. Veysgerber "borliqni verbalizatsiyalash" tushunchasini kiritib, uni "borliqni til orqali ishg'ol qilish jarayoni va uni bilish ob'yekti" deb ta'rifladi va shuningdek u tilning ma'nodor jihatlarini qayd etishi va tilni "ta'sir etuvchi kuch" sifatida tasavvur qilishi kerak bo'lgan "yangi grammatika" tuzilishi zarurligi haqidagi tezisni ilgari surdi. Shimoliy amerikalik indeets (xindu)larning tillarini tadqiq qilish natijasida olgan materiallari asosida ular til kategoriyalarining ongga ta'siri mavjud ekanligi haqidagi xulosaga keldilar. Til nisbiyligi faraziga asosan, turli tillarda turlicha kategoriyalarning mavjudligi shundan dalolat beradiki, bu tillarning sohiblari o'zlarini o'rab turgan olamni turlicha tushunadilar.

Xulosa. Shunday qilib, lingvokulturema tarkibida madaniy-tushunchaga oid komponent so'zning tildan tashqari mazmuni va keyingi (tushunchaga oid-predmetga oid) ma'nosi sifatida albatta ishtirok etadi. Til va madaniyatni xarakterlovchi belgilaming o'xshashligi ularning munosabatini yagona metodologik asosda ko'rib chiqish imkonini beradi. Lingvistik adabiyotda til va madaniyatning quyidagi umumiy belgilarining mavjudligi e'tirof etiladi: l.Til va madaniyat uchun um umiy bo 'lgan jihat bu normativlikdir. 2. Tarixiylik esa til va madaniyatning eng mohiyatli xususiyatlaridan biridir. 3. Madaniyat xalqning o'ziga xos tarixiy xotirasidir, chunki til o'zining kumulyativ (to'plovchi) vazifasiga ko'ra kollektiv xotirani saqlaydi va boyitadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Телия В.Н. Первоочередные задачи и методологические проблемы исследования фразеологического состава языка в контексте культуры. Фразеология в контексте культуры. М.: Языки русской культуры, 1999.

2. Маслова В.А. Введение в лингвокультурологию. — М.: Наследие, 1997.

3. Степанов Ю.С. Константы. Словарь русской культуры. Опыт исследования. М.: 1997. 160

4. Гумбольдт В. О различии строения человеческих языков и его влияние на духовное развитие человеческого рода. Хрестоматия по истории языкознания XIX-XX веков. Составител В.А.Звегинцев. М.: 1956.

5. Потебня АА Мысл и язык. Слово и миф. М.: Правда, 1989.

6. Аъзамова, Д. Ш. (2020). Самостоятельная работа как высшая форма учебной деятельности. Вопросы педагогики, (5-1), 41-45.

7. Аъзамова, Д. Ш. (2022). ПОНЯТИЕ "ЛАКУНА" В ЛИНГВИСТИКЕ. Conferencea, 78-80.

8. Karshiyeva, B. (2023). Solving complex communicative-knowledge tasks based on integrated bilingual education in English. Interpretation and Researches,

9. Karshieva Bogdagul Faxriddinovna, (2023). Theoretical views of teaching English to engineering students. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 5(12), 113-116.

10. Karshieva B.F. (2023). A component of professional communicative competence in English is professional engineering knowledge. Journal of Universal Science Research, 1(12), 257-261. Retrieved from

11. Karshieva B.F. (2023). The current state of teaching English to technical students, methodological approaches. "Xorijiy tillarni o'qitishda innovatsion yondashuvlar" mavzusida Xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya. Vol. 4 No. № 4.1 (2023). 135-138.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.