Научная статья на тему 'LEKSIK KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHGA INNOVATSION VA INTEGRATSION YONDASHUV'

LEKSIK KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHGA INNOVATSION VA INTEGRATSION YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
integratsiya / pedagogika / kompetensiya / til sathlari / texnologiya / nazariya / metodika / innovatsiya. / integration / pedagogy / competence / language levels / technology / theory / methodology / innovation.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Odiljonova, Kamola Abduvosit Qizi

Jahon pedagogikasida o‘quvchilarda til sathlariga doir lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish, rivojlantirish va takomillashtirishga doir zamonaviy pedagogik texnologiyalarni yaratish hamda ta’lim tizimiga joriy etish til ta’limining bosh ustuvor vazifasiga aylandi. Ushbu maqolada leksik kompetentlikni shakllantirishga innovatsion va integratsion yondashuv, ularning natijalari va samari, nazariy asoslangan yondashuvlarining umumiy tahlili bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INNOVATIVE AND INTEGRATED APPROACH TO THE FORMATION OF LEXICAL COMPETENCE

In world pedagogy, the creation of modern pedagogical technologies for the formation, development and improvement of students' linguistic competences at language levels and their introduction into the educational system have become the main priority of language education. In this article, an innovative and integrated approach to the formation of lexical competence, their results and results, and a general analysis of theoretically based approaches are described.

Текст научной работы на тему «LEKSIK KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHGA INNOVATSION VA INTEGRATSION YONDASHUV»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

LEKSIK KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHGA INNOVATSION VA

INTEGRATSION YONDASHUV

Odiljonova Kamola Abduvosit qizi

Andijon davlat pedagogika instituti erkin tadqiqotchisi Email : kamol aodilj onova5 @gmail .com

ANNOTATSIYA

Jahon pedagogikasida o'quvchilarda til sathlariga doir lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish, rivojlantirish va takomillashtirishga doir zamonaviy pedagogik texnologiyalarni yaratish hamda ta 'lim tizimiga joriy etish til ta 'limining bosh ustuvor vazifasiga aylandi. Ushbu maqolada leksik kompetentlikni shakllantirishga innovatsion va integratsion yondashuv, ularning natijalari va samari, nazariy asoslangan yondashuvlarining umumiy tahlili bayon qilingan.

Kalit so'zlar: integratsiya, pedagogika, kompetensiya, til sathlari, texnologiya, nazariya, metodika, innovatsiya.

ABSTRACT

In world pedagogy, the creation of modern pedagogical technologies for the formation, development and improvement of students' linguistic competences at language levels and their introduction into the educational system have become the main priority of language education. In this article, an innovative and integrated approach to the formation of lexical competence, their results and results, and a general analysis of theoretically based approaches are described.

Keywords: integration, pedagogy, competence, language levels, technology, theory, methodology, innovation.

KIRISH.

Ta'lim faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jarayoni bilimni uzatish, uni qabul qilish, anglash, esda saqlash va amalda qo'llay olishni nazarda tutadi. Bugungi kunda ta'limning barcha bosqichlarida yangi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ulardan samarali va oqilona foydalanish va yuqori samaradorlikka erishishga alohida ahamiyat berilmoqda. Zamonaviy texnologiyalarni qo'llab dars o'tish o'quvchilarda ilmiy-nazariy bilimlarni mustaqil egallash, bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirish va shu asosida o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini tarkib toptirish hamda faolligini oshiradi. Ijodiy qobiliyatlarini aniqlash, ro'yobga chiqarish, o'qituvchi-o'quvchi hamkorligini shakllantirish va kafolatlangan yakuniy natijaga erishishishni ta'minlaydi, o'quvchini o'quv jarayonining faol qatnashchisiga aylantiradi. Bundan ko'rinadiki, yuksak ma'naviy-axloqiy salohiyatga ega bo'lgan

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

avlodni voyaga yetkazish, ularning ilmiy dunyoqarashini bugungi kun talablari asosida shalllantirish ta'lim oldiga qo'yilgan asosiy vazifalardandir.

Keng ma'noda "innovatsiya" pedagogik tizimga yangilik kiritish yo'li bilan ta'lim-tarbiya jarayonini maqbullashtirish, samaradorligini oshirishni ko'zda tutadi. Pedagogik tizimga uning ichki imkoniyatlarini hisobga olgan holda sifat va samaradorlikni oshirish maqsadida kiritilgan yangiliklarnigina innovatsiya deb tushunamiz. Ushbu tizimni takomillashtirib, yuqori sifat va natijadorlikka erishishga oid fikr, g'oya, nazariya, qoida, shakl, metodlar va vositalar tizimini pedagogik innovatsiyalar sifatida qabul qilish mumkin.

Innovatsion ta'lim shundayki, u o'zini rivojlantirish istagiga ega barcha ishtirokchilarning to'laqonli rivojlanishi uchun sharoit yaratadi, boshqacha aytganda, innovatsion ta'lim rivojlanuvchi va rivojlantiruvchi ta'limdir. O'quvchilarda o'qish istagini shakllantirish va buni malakaga aylantirish - barcha innovatsion ta'limning asosiy maqsadi hisoblanadi. Bunday ta'lim jarayoni o'quvchining o'quv-bilish faoliyatida faol ishtirokini va uning ijodiy qobiliyatlarini o'stirishni nazarda tutadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD.

Ta'lim jarayonini innovatsion texnologiyalar asosida innovatsiyalashtirish pedagogik jarayonda pedagog va o'quvchi o'rtasida yuzaga keluvchi muloqot jarayonining samarali bo'lishi, mazkur jarayonning innovatsion mazmun-mohiyat kasb etilishidir. Dars jarayoniga yangiliklarni kiritish innovatsiya natijasi sifatida tushuniladi. Innovatsion jarayon quyidagi uchta asosiy bosqichlarning rivojlanishi sifatida qarab chiqiladi:

- fikrlarning shakllantirilishi;

- o'quvchilar tomonidan gipotezalar ishlab chiqish;

- amaliy tarzda g'oyalarning ishlab chiqilishi va yangilikning amaliyotda qo'llanilishi.

O'qituvchi ta'lim tizimi bo'yicha yangilik va g'oyalarni amaliyotga tatbiq etib borishi fanni o'qitishda innovatsion texnologiyalaridan foydalanish hisoblanadi.

Innovatsion jarayonning rivojlanishida quyidagi bosqichlarni ajratib ko'rsatiladi:

- o'zgarishlarga bo'lgan ehtiyojni aniqlash;

- ma'lumotlarni yig'ish va holatni tahlil qilish;

-mavjud yangilikni tanlash yoki mustaqil tarzda yangilikni ishlab chiqish;

- joriy etish (o'zlashtirish) to'g'risida qaror qabul qilish;

- joriy etish, shu jumladan yangilikni tajriba sifatida ishlatish;

-yangilikni o'zlashtirib olish yoki uzoq muddat davomida qo'llash natijasida uni kundalik amaliyotning ajralmas tarkibiy qismiga aylantirish.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

MUHOKAMA.

Innovatsion texnologiyalardan foydalanishning bosh muammosi o'quvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta'lim maqsadiga erishishni ta'minlashdan iborat. Bunda o'qituvchi darsga mos pedagogik texnologiyani to'g'ri tanlay olishi, qo'llashi juda muhimdir [1. 118-b]. Shularni inobatga olgan holda o'quvchilarning leksik kompetentligini rivojlantirishning algoritmik xaritasini ishlab chiqdik:

1-bosqich. Reproduktiv ishlarni bajarish va tahlil qilish ko'nikmalarini shakllantirish. Sinfda o'quv jarayonini tashkil etish hamda mustaqil ishlarni o'qituvchi rahbarligida bajarish.

2-bosqich. Produktiv ijodiy harakat ko'nikmalarini rivojlantirish va avval bajargan harakatlarini mustaqil bajarish.

3-bosqich. Qisman - izlanuvchilik faoliyati jarayonlarini tashkil etish va avval o'zlashtirgan materialni ikkilamchi holatga ko'chirish.

4-bosqich. Ijodiylik. Yangi bilimlarni egallash va mustaqil o'rganish. Mashg'ulotda o'quvchilar yangi g'oyalar va xulosalarga ega bo'ladi. [2. 174-b].

Yuqoridagi barcha bosqichlarning tartiblangan ketma-ketligi yaxlit innovatsion siklni tashkil etadi.

Ta'lim metodlarini tanlashning mezoni-dars jarayonida o'quvchilar sonini hisobga olishdir. Agar ularning soni ko'p bo'lmasa, u holda faol o'qitish metodlaridan foydalanib, o'qitishni jadal sur'atlarda olib borish mumkin bo'ladi. Agarda ko'p bo'lsa, ularning har biriga e'tibor berish uchun vaqt yetishmasligi natijasida tahsil oluvchilarni boshqarish murakkablashadi, bunda esa ta'limning interfaol metodlaridan guruhlararo olib borish lozim bo'ladi. Buyuk mutafakkir Al Farobiy o'zining o'qitish metodlari haqidagi tushuntirishlarida o'quvchilarga turli bilimlar berish bilan birga, mustaqil holda bilim olish yo'llarini ham ko'rsatish, ularning bilimlarning zarurligiga shak-shubhasiz ishontirish kerak ekanligini uqtiradi.

NATIJALAR.

Darsda o'quvchilarning hamkorligi ta'lim va tarbiya samaradorligini oshirishga yordam beradi. "...til faqat kishilar o'rtasidagi oddiygina aloqa vositasi emas, balki til egalarining o'zini qurshab turgan olamni bilish, qo'lga kiritgan bilimlarini kelajak avlodga yetkazish vositasi hamdir. Agar so'zlovchi lisoniy strukturalarni o'zlashtirsa-yu, ammo ulardan qanday va qaysi o'rinlarda foydalanishni bilmasa, lisoniy qobiliyatga to'liq egalik haqida fikr yuritib bo'lmaydi. Shuning uchun hozirgi kunda lisoniy qobiliyati kuchli shaxsni tarbiyalamoq uchun ta'lim jarayonida o'quvchilarning asosiy e'tiborini tilning sof ichki tuzilishini bilishdan tashqari ularning har biridan qaysi vaziyatlarda qanday foydalanishni bilishiga ham qaratishi lozim bo'ladi. [3. 87-b]

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Ta'limda fanlararo bog'lanishdan ko'p foydalaniladi. Bu esa, o'z navbatida, fanlar o'rtasida tarkibiy bog'lanishni mustahkamlash, ularni umumlashtirish, o'quvchilarning mavzu bo'yicha yaxlit tasavvurlarini yanada boyitish uchun xizmat qiladi. Amaliy tajribalar shuni ko'rsatadiki, ta'lim jarayonida o'qituvchilar fanlararo aloqadorlikka yetarlicha darajada e'tibor qaratishmaydi. Natijada o'tkaziladigan nazariy va amaliy mashg'ulotlar davomida ta'lim samaradorligi ta'minlanmaydi.

Hozirgi kunda pedagogik adabiyotlarda "fanlararo aloqalar" ning 30 dan ortiq ta'rifi mavjud, ularni pedagogik baholash borasida ham turlicha yondashuvlar va har xil tasniflar mavjud. Fanlararo aloqadorlik o'qitish jarayoniga nisbatan o'qitishning ilmiyligi va qulayligini oshirishga, o'quvchilarning bilish faoliyatini kuchaytirishga, ularning bilimlari sifatini yaxshilashga imkon beruvchi va o'quvchilarning ilmiy qarashlarini samarali rivojlantirishga yordam beradi. Fanlararo integratsiya bir necha fanda bir-biriga yaqin bo'lgan tushunchalarning kelib chiqish ildizlarini ochishda bu fanlarning o'zaro munosabatini, bir-biriga ta'sirini o'rganishda katta ahamiyatga ega.

XULOSA.

Adabiyot darslarida asar matni ustida ishlash mobaynida adabiy asar qahramoni shaxsi va hayoti tahlili asnosida o'quvchining o'zi ham hayotga kirib boradi, o'zgalarni tushunishni o'rganadi. O'zgalarni o'rganish orqali o'zi ham shaxs sifatida shakllana boradi. O'rta maktabda adabiyot 5-sinfdan alohida fan sifatida o'rganila boshlaydi. Xuddi shu vaqtda bolaning har narsaga qiziqadigan, har narsaning mohiyatini bilishga bo'lgan intilishi so'nmagan davrda mavjud imkoniyatlardan foydalanib, unda ijobiy fazilatlarni shakllantirishga, uni mustaqil fikr sohibi etib tarbiyalashga erishish lozim. Insonni shunday rutbaga ko'taradigan, uni inson sifatida baland bo'lishga rag'batlantiradigan asosiy vositalardan biri - adabiyotdir.

Ona tili o'qitishning samarali bo'lishi ko'p jihatdan uni adabiyot bilan bog'lab olib borishga bog'liq yoki aksincha. Aslida, ona tili adabiyot darslarida ham o'rganiladi. Masalan, badiiy asarning tilini tahlil etish davomida ba'zi grammatik shakllarning uslubiy ahamiyatiga e'tibor qaratiladi.[4. 4-b]

Tildan, undagi imkoniyatlardan foydalanishning ma'lum me'yorlari, mezonlari, ilmiy jihatdan belgilangan qoidalari mavjud. Mana shu hodisalar tildan foydalanishning to'g'ri, maqbul imkoniyatlari doirasini belgilaydi, uni ma'lum tartibga solib turadi. Bu esa o'z navbatida ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklaydi, o'qitish jarayonining samaradorligini oshirishga asosiy e'tiborni ta'limga qaratishga va interfaol usullarni, innovatsion pedagogik texnologiyalarini kiritish hamda ulardan mohirona foydalanishga undaydi.

Metodist olima T. Ziyodova fikricha: "O'quvchilarning matn ustida ishlash faoliyatini tashkil qilishda o'qituvchi faqat darslik bilan chegaralanib qolmasdan,

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ilmiy va badiiy adabiyot, davriy matbuotdan tanlab olingan matnlar, audio-videolavhalardan ham unumli foydalanishi, mazkur mashg'ulotning mahsuldorligini, o'quvchilar uchun qiziqarli va zavqli kechishini ta'minlaydi". [5. 35-b.]

Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan bog'liqlik darajasi turlicha bo'ladi. Ayrim fanlar bilan tilshunoslikning ba'zi masalalarigina aloqadordir. Xususan, geografiya bilan lisoniy hodisalarning tarqalish hududlarini belgilashda, bu hududlarni kartalashtirishda; fizikaning akustika bo'limi bilan nutq tovushlarining fizik xossasini o'rganishda; tibbiyot bilan nutqiy masalalarni o'rganishda aloqadorlik seziladi. Fanlararo integratsiya natijasida ikki fan oralig'idagi yo'nalishlar paydo bo'lmoqdaki, ularni o'rinli qo'llash natijasida sistemaviylikning namoyon bo'lishini ko'rish mumkin. Ta'limni integratsiyalashtirish o'quvchilarda jo'shqinlik, fanlarni o'rganishga qiziqish hissini kuchaytiradi, o'quv fanlari bo'yicha bilim darajasini oshiradi, ularning aqliy faoliyatini rivojlantiradi, o'quv materiallarining o'zaro, tabiiy ravishda uzviylikda bo'lishini ta'minlaydi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Tajiyev M va b. Pedagogik texnologiya - ta'lim jarayoniga tatbig'i. - Toshkent: Tafakkur, 2010. - 118 b.

2. G'ulomov A., Qodirov M., Ernazarova M va b. Ona tili o'qitish metodiksi. -Toshkent: Fan va texnologiya, 2012. - B. 174.

3. Sobirov A. Uzluksiz ta'limda til kompetensiyasi //Nutq madaniyati va o'zbek tilshunosligining dolzarb masalalari. Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari . -Andijon, 2016. - B. 87.

4. Turdiyev N., Asadov Yu., Akbarova S. Umumiy o'rta ta'lim tizimida o'quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari. - Toshkent: Niso Poligraf, 2007. - B. 4.

5. Ziyodova T. Matn yaratish texnologiyasi. -Toshkent: Fan. 2008. -B. 35.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.