Kuzgi bug'doy "Krasnadar-99" navining ekish muddatlari va meyyorlarini unib chiqishga ta'siri
I.Ismayilova Sadoqat Shakir qizi Matyakubova Urganch davlat universiteti
Annotatsiya: Mazkur maqolada kuzgi bug'doy Krasnodar-99 navining xususiyatlari va yetishtirishning ilmiy-nazariy tartibi haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.
Ключевые слова: зернопродукты, ПФ-4947, Краснодар-99, зерновые культуры, семена, Лукьяненко П.П.
Effect of planting dates and parameters of winter wheat variety "Krasnadar-99" on germination
I.Ismailova
Sadokat Shakir kizi Matyakubova Urganch State University
Abstract: This article contains comments on the characteristics of winter wheat Krasnodar-99 and the scientific-theoretical method of cultivation.
Keywords: grain products, PF-4947, Krasnodar-99, grain crops, seed, P.P. Lukyanenko.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-fevraldagi PF-4947-son "O 'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo 'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida" gi farmonida "Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini mutassil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish, ekin maydonlarini yanada maqbullashtirish, resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish" muhim strategik vazifalar sifatida belgilab berilgan. Qishloq xo'jaligining muhim soxalaridan biri bo'lgan g'allachilik sohasida ham kuzgi bug'doy navlari tayyorlash ularni saqlash va dastlabki ishlash jarayonlarini o'rganish asosida yuqori sifatli navlar olish tizimini ishlab chiqish bo'yicha ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlanmalarni amalga oshirish bilan don hosildorligini va sifatini oshiruvchi omillarni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshoqli don ekinlari inson hayotida muhim o'rin tutadi. Undan olinadigan oziq-ovqat mahsulotlari (non, yorma, makaron va boshqalar) inson hayoti uchun zarur
bo'lgan muhim iste'mol mahsuloüarini tashkil qiladi. Dunyoda oziq-ovqat iste'moli bo'yicha tekshirishlar shuni ko'rsatadiki, 50% oqsil moddalari, 70% uglevodlar va 15% yog' moddalari don va urug'lardan olinadi.
"O'zdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida yetishtirilgan donni sifatli qayta ishlov berib saqlaydigan urug'lik sexlari va omborlar mavjud bo'lib, bu respublikamiz kelgusi yil uchun bo'lgan ta'labini to'liq qoplaydigan miqdordagi g'allani sifatli, sof saqlash imkonini beradi. Rivojlangan davlatlarda ekinlardan mo'l hosil olish va himoya qilish uchun quyidagi qoidalarga rioya qiladilar.
❖ ekinlarni kunlik nazorat qilish
❖ ekinlarning rivojlanish xususiyatlari, entomofaglar faoliyati va kutilayotgan ob-havoni kuzatib borish;
❖ agro texnika va boshqa boshqa kurash usullaridan foydalanish.
So'ngi yillarda butun dunyoda iqlim sharoitining o'zgarishi qishloq xo'jaligida donli o'simliklardan ayniqsa g'alla ekishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanib kasalliklarga, sho'rlanishga, qurg'oqchilik va issiqlikka chidamli turli tuproq va iqlim sharoitida moslashgan navlarni yaratish asosiy maqsadlardan biri bo'lib qoldi. Bug'doydan yuqori barqaror va sifatli don olish uchun har bir hududga mos serhosil, tezpishar, noqulay ekologik sharoitga kasallik va zararkunandalarga chidamli yangi navlarini yaratish zarur hisoblanadi.
Respublikamizning turli hudulari o'zining hududiy joylashuvi va o'ziga xos tuproq iqlim sharoitiga ega. Shuning uchun kuzgi Krasnodar-99 bug'doyni ekishda mahalliy va xorijdan keltirilgan navlari avval ilmiy amaliy tajribalardan o'tkazilishi kerak. Hududning tabiiy sharoitlaridan kelib chiqib yangi navlarni yaratishda turli xil agrotexnologik usullarni ishlab chiqish va fermer xo'jaligiga tavsiya etish zarur hisoblanadi. Bug'doy va boshqa ekinlarni ekishda zararli organizmlardan himoya qilish uchun agro texnik usul maqbul va atrof muhit uchun zararsiz hisoblanadi. Dehqonchilikda agro texnik usullar (almashlab navbatlab ekish yerga o'z vaqtida ishlov berish, sugorish o'simliklardan tozalash) o'z vaqtida amalga oshirilsa kimyoviy usullarni qo'lllashning hech qanday hojati qolmaydi. Hozirgi kunda ekinlarni oziqlantirishda suspenziyadan fiziologik faol o'simlik o'sishini sozlovchi moddalardan foydalanish usullari ishlab chiqilgan
Krasnodar-99 bug'doyning rivojlanish davrlari bir nechta bosqichni o'z ichiga oladi. Kuzgi Krasnodar-99 bug'doyning rivojlanish bosqichlariga quyidagilar kiradi. Urug'larning bo'rtishi, to'planish, naychalash, boshoqlash, gullash va pishish davrlari. Uruglarning unib chiqishi uchun eng zarur omillardan biri bu namlik hisoblanida. Bundan tashqari bo'rtishga ta'sir ko'rsatadigan omilarga va bo'rtish jadalligiga quyidagilar kiradi. Ekiliyatgon o'simlikningning naviga, urug'ning xususiyati, kimyoviy tarkibi, tuproq konsentrasiysiga bog'liq. Bo'rtish jarayonida o'z vazniga nisbatan 54-57% miqdorida suvni shimib oladi va murtakning nafas olish jarayoni
boshlanadi. Murtakdan dastlab ildiz nishlari va barglar unib chiqadi. Bug'doy poyasining yer ostida shoxlanish xususiyati tuplanish deyiladi. Yon poya va ikkilamchi ildiz rivojlanadigan bo'giniga tuplanish bo'gini deyiladi. To'planish bo'g'ini eng asosiy qismlaridan biri hisoblanadi bu qismda oziq moddalar zaxira holda saqlanadi. Bug'doy o'simligining sovuqqa va qurg'oqchilikka chidamliligi shu bo'g'inning joylashuviga bog'liq. To'planishning o'ziga xos jihati shundaki birta urug'dan bir nechta poya hosil qiladi.
To'planish davridan keying rivojlanish davri bu naychalashdir. O'simlik nay o'ragandan so'ng kuchli o'sa boshlaydi. Bu davr juda ma'suliyatli bo'lib kritik davr deyiladi bu vaqtda suv va oziq moddalar bilan yetarlicha taminlanishi kerak bo'ladi. Bug'doyning hosildor bo'lishi ayniqsa shu davrga bog'liq.
Boshoqlash davri to'pgulning yarmi hosil bo'lishi bilan bu davr ham boshlanadi. Kuzgi Krasnodar-99 bug'doyda naychalash davridan boshoqlash davrigacha bo'lgan vaqt 20-25 kunni tashkil etadi. Gullash davri boshoqlashdan keyingi davr bu gullash davri bo'lib 4-5 kun o'tgandan keyin boshlanadi. Havo harorati quruq bo'lganda ayniqsa ertalab va kechqurun gullash jadal kechadi. Gullash davrida dastlab boshoqning o'rta qismi so'ngra pastki oxirida yuqori qismi gullaydi. Dastlab gullagan qismida oziqa moddalar boshqa qismlariga nisbatan ko'proq to'planadi. Shu tufayli boshoqning o'rta qismida donlar ancha yirik bo'ladi. Kuzgi Krasnodar-99 bug'doyning gullashi uchun eng qulay harorat 15-26 gradusni tashkil qiladi. Havo harorati 35 gradusdan yuqori bo'lganda gullar yaxshi changlanmaydi nadijada donlar puch bo'lib qoladi. Urug'lanishdan keyin tugunchada oziqa moddalar to'planadi va asta sekin don hosil bo'ladi. Don uzunasiga yiriklashib har bir nav uchun xos bo'lgan darjagacha yetadi va donda oziqa moddalar to'planadi. Dondagi oziqa moddalar barg-poyalarga amonokislota va monosaxarid shaklida oqib keladi va suvda erimaydigan moddalarga aylanadi. Shu jarayonlar amalga oshgandan so'ng bug'doyning pishish davri boshlanadi. Pishish davri o'z ichida 3 ga bo'linadi. Sut pishish, mum pishish, to'liq pishish davri.
Krasnadar-99 navi. P.P.Lukyanenko nomidagi Krasnadar qishloq xo'jaligi ilmiy tadqiqot institutida yaratilgan. O'rta pishar yarim pakana yotib qolishga chidamli serhosil nav. Boshog'i slindirsimon, rangi oq, doni tuxumsimon, hosildorligi yuqori, un sifati qimmatbaho navlar guruhiga kiradi. Qora kuya va sariq zanggga chidamli, qo'ng'ir zang va fuzarioziga chidamsiz. Qurg'oqchilikka va qishga chidamli.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. B.A.Sulaymonov, B.S.Boltayev, R.SH.Tillayev "Kuzgi bug'doy va g'oza yetishtirish asoslari'' Toshkent 2017 y.
2. R.SH.Tillayev Don yetishtirishni ko'paytirish, dehqonchilik va almashlab ekishni takomillashtirish Toshkent 1993;
3. Kharatova, S. K., & Ismailov, T. X. O. G. L. (2022). Use of innovative technologies in the educational process. Science and Education, 3(3), 713-718.
4. O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligida ishlatish uchun ruxsat etilgan pestisidlar va agroximikatlar ro'yxati Toshkent 2013