Научная статья на тему 'KUTUBXONACHI KUTUBXONA-AXBOROT JARAYONINING YETAKCHI ISHTIROKCHISI SIFATIDA'

KUTUBXONACHI KUTUBXONA-AXBOROT JARAYONINING YETAKCHI ISHTIROKCHISI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
956
76
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
kutubxonachi / foydalanuvchi / kutubxona-axborot xizmati / malaka / sifati / nutq madaniyati

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mashhura Manzirova, Sh.Tuychiyeva

Ushbu maqolada kutubxonachining kasbiy hamda shaxsiy sifatlari, kutubxonachining imidji hamda nutq madaniyati muhokam qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KUTUBXONACHI KUTUBXONA-AXBOROT JARAYONINING YETAKCHI ISHTIROKCHISI SIFATIDA»

KUTUBXONACHI KUTUBXONA-AXBOROT JARAYONINING YETAKCHI

ISHTIROKCHISI SIFATIDA

Mashhura Manzirova Ilmiy rahbar: Sh.Tuychiyeva O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada kutubxonachining kasbiy hamda shaxsiy sifatlari, kutubxonachining imidji hamda nutq madaniyati muhokam qilindi.

Kalit so'zlar: kutubxonachi, foydalanuvchi, kutubxona-axborot xizmati, malaka, sifati, nutq madaniyati

THE LIBRARIAN AS A LEADING PARTICIPANT IN THE LIBRARYINFORMATION PROCESS

Mashhura Manzirova Scientific supervisor: Sh.Tuychiyeva Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article discussed the professional and personal qualities of a librarian, the librarian's image and speech culture.

Keywords: librarian, user, library-information service, qualification, quality, speech culture

Mamlakatimizda hozirgi kunda kutubxona-axborot faoliyatida amalga oshirilayotgan madaniy-ma'naviy, ijtimoiy-iqtisodiy, islohotlarining faol ishtirokchisi, milliy g'oya targ'iboti hamda komil inson tarbiyasi bilan bog'liq bo'lgan amaliy va nazariy bilimlarni chuqur egallagan,mutaxassis bo'lishni talab etadi. Kutubxona-axborot xizmatining o'ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ta'sir o'tkazishning ikki ob'ekti-foydalanuvchi hamda bosma nashr mahsuloti, axborot bilan chambarchas bog'liqligi bilan beligilanadi. Uning faoliyati bir tomondan foydalanuvchilarni axborot hamda nashr mahsulotlari bilan ta'minlash, mutolaa madaniyatini shakllantirishdan iborat bo'lsa, ikkinchi tomondan axborot va nashr manbalarini o'rganish. Taxlil qilish hamda ularni tavsiya qilishdan iborat hisoblanadi. Kutubxona-axborot xizmatining mazmuni shu sohada faoliyat ko'rsatayotgan shaxslarning ihtisosiga bog'liq hisoblanib, bajaradigan lavozim vazifalariga ko'ra belgilanadi. Kutubxona-axborot xizmati ko'rsatishi bilan bog'liq bo'lgan faoliyat murakkab majmuaviy xususiyatga ega bo'lganligi uchun kutubxonachi shaxsiga nisbatan muayyan kasbiy talablar qo'yiladi. Bir tomondan, kutubxonachi mehnat faoliyatining

shakllari va mazmuni vazifalari, ikkinchi tomondan ko'nikma, zaruriy bilimlar va malaka, tayyorgarlik ko'rish mazmuni bilan belgilanuvchi hujjat uning professiogrammasi hisoblanadi. Kutubxonachi foydalanuvchilarga kutuxona-axborot xizmati ko'rsatish jarayonida o'ziga yuklatilgan ma'suliyati vazifasini bajarish uchun oliy o'quv yurtiga yoki kollej dasturi xajmiga muvofiq keluvchi malaka, bilimlarga va ko'nikmaga ega bo'lishi darkor. Kutubxonachi foydalanuvchilarga kutubxona-axborot xizmati ko'rsatish jarayonida quyidagilarni bilishi talab etiladi: -har bir foydalanuvchining ehtiyoji va qiziqishidan kelib chiqqan holda, alohida yondashuv asosida eng sara adabiyotlarni tavsiya qilish; -bosma nashrlar haqida chuqur ma'lumotga ega bo'lish, manbalarni taqqoslash asosida taxlil qila bilish, turli ommaviy tadbirlarni o'tkaza bilish malakasini egallash -kutubxona fondini va kataloglarini chuqur o'rganganligi, bibliografik qidiruv asosida manbalarni tezkorlik bilan topish, ko'plab axborotlar oqimi va bosma nashrlar orasidan eng maqbulini aniqlay olish -turli ko'rgazmalar tashkil etish, tezkor axborot yetkazishning turli usullarni qo'llay bilish, bibliografik sharhlar tashkil etish -o'z bilimi, tajribasi, ko'nikma va malakasi orqali foydalanuv-chilarga ta'sir o'tkazish yo'li bilan ularda mutolaa madaniyati va axborot madaniyatini shakllantirish, bundan tashqari kutubxonachi: -axborot yig'ish, tanlash va tahlil qilish, yetkazish, bibliografik ma'lumotlardan foydalanish usullaridan -foydalanuvchilarni o'rganish, ular bilan ommaviy va yakka tartibda ishlash usullaridan -kutubxona-axborot xizmati, bibliografiya, mutolaa madaniyati, axborot madaniyati va x.k...lar bo'yicha ilmiy-tadqiqot olib borish va shu bilan bir qatorda kutubxonachi quyidagi sifatlarga ega bo'lishi kerak:

- Tafakkur sifati: turli-tuman, ziddiyatli axborotlardan ob'ektivlikka yaqin hulosa chiqara bilish asosida tezkor harakatchanlik , muammoning mohiyatini anglay bilash, hodisalar, voqealarni tanqidiy taxlil qilish. Ma'lumotlar oqimidan kerakli axborotni ola bilishdan iborat;

- Diqqatlilik sifati bu- faoliyatning bir turidan ikkinchi turiga tezlik bilan o'ta olish qobiliyati;

- Iroda sifati: har qanday zaruriy ishga o'z-o'zini majbur qila olish ko'nikmasi;

- Kommunikativ sifati: o'z kasbdoshlari va foydalanuvchilarga fikrini erkin hamda tushunarli bayon qila olishi, ishchanlik ruhida suhbat olib borishi, har bir foydalanuvchining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yakka tartibda yondasha olishi zarur.

Ko'pgina xorijiy mamlakatlarda XXI asr boshlaridan kutubxonachilik ishida yangi ixtisosliklar hamda mutaxassislik ya'ni, kutubxona-axborot sohasi bibliograf-analitik, menedjeri kutubxonachi-texnolog, biblioterapevt, axborot bo'yicha broker, ma'lumotlar bazasi bo'yicha masalahatchi, imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar bilan ishlash bo'yicha mutaxassislar tayyorlash yo'lga qo'yilgan. Bugungi kunda

zamonaviy kutubxonachi zaruriy bilimlardan tashqari pedogogik-psixologik, elektron texnologiyalar, axolining barcha tabaqalarini mutolaaga jalb etish metodlarini ham yuksak darajada o'zlashtirgan bo'lishi kerak. Kutubxonachining asosiy vazifasi muayyan xududda yashovchi aholining, ayniqsa, imkoniyati cheklangan shaxslarning xullas, har bir foydalanuvchining qiziqishi va ehtiyojini yaxshi bilishi zarur. Kutubxonachi yosh va umumiy psixologiyasi, konfliktologiyasi bo'yicha bilimlarga ega bo'lishi hamda uni amaliyotda qo'llay olishi, elektron axborot bilan ishlay olishi va uni foydalanuvchilarga tavsiya etish shakllari va metodlarini ham yaxshi o'zlashtirgan bo'lishi kerak. Avvalo, kutubxonachi mutolaa va axborot madaniyatini chuqur egallagan holdagina o'z bilimini, ko'nikma va malakasini foydalanuvchilarga yetkazish orqali jamiyatning mutolaa va axborot madaniyatini oshirishga o'z hissasini qo'shadi. Bundan tashqari kutubxonachi nutq madaniyati va notiqlik qobiliyatiga, san'atiga ega bo'lishi kerak. U o'z foydalanuvchilari hamda kasbdoshlari bilan uzluksiz ravishda muloqotda bo'lganligi tufayli nutqi ixcham, ma'noli, oxangdor, muayyan ritm, intonatsiya va diksiya, temp, yoqimli ovoz tembri chastotali bo'lishligi muhim ahamiyatga ega. Nutqning jarangdorligi, so'zlashganda pauza, mantiqiy urg'uga rioya qilishlik uning ta'sirchanligini oshiradi. Kutubxonachi nutqi uning tomonidan shakllantirilgan matnning tashqi ko'rinishi bo'lib, unga ham ruhiyat, ham nafosat singdirilgan bo'lishi zarur. Nutqda aytilmoqchi bo'lgan fikr foydalanuvchilar tomonidan to'liq anglanishi, ularga muayyan ta'sir o'tkazishi muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda har bir kutubxonada auditoriyaning diqqat e'tiborini qaratish, foydalanuvchilarni qiziqtirish, ular ongiga ta'sir ko'rsatishning xilma-xil usul va vositalari mavjud: turli ekran va sahna vositalari, yuz va qo'l harakatlari, ko'rgazmali qurollar, suratlar, texnik vositalar, qolaversa eng an'anaviy usul bo'lgan oddiy doska ham yordam berishi mumkin. Ammo, nutqning ta'sirchanligi, foydalanuvchilar ruxiyatiga ta'siri birinchi navbatda kutubxonachining til boyligidan foydalanish mahoratiga, nutqning ko'rkamligiga bog'liqdir. Chunki, nutq tovushlarida, so'zlardan, gaplardan tashkil topadi. Kutubxonachi nutqining ishonchliligini oshirish orqali foydalanuvchilarga ta'sir etish darajasini o'z-o'zidan oshiradi. Nutq madaniyati ko'nikmalari tarbiya, madaniyatning umumiy darajasi, insonning muayyan shaxsiy sifatlari bilan bog'liq bo'ladi. Imidj tushunchasiga ta'rif beradigan bo'lsak: ingliz tilidan tarjima qilinganda "obraz" ma'nosini anglatadi. Imidj yordamida jamiyatda u yoki bu kasb egasini qanday bo'lishi kerakligi aniqlashtiriladi. Kutubxonachi imidji u kutubxona faoliyati bilan bog'liq vazifalarni amalga oshirganligi nuqtai nazaridan kutubxona imidji doirasida aniqlanadi. Kutubxonachi imidjining asosiy vazifalaridan biri bu- uning hatti-harakati, nutqi, qiyofasi, kasbiy yetukligi va ma'naviy olami, muloqot orqali foydalanuvchilar ongida samimiy va mehribon maslahatchi obrazini yaratishdir. Umuman olib qaraganda, kutubxonachi imidji uning ichki hamda tashqi xususyatlarining kutubxona-axborot xizmati jarayonida namoyon bo'lishidir.

Mutaxassislarning fikriga ko'ra inson imidjining 80% tashqi ko'rinishi, imo-ishoralari, hatti-xarakatlaridan, 20% esa so'zlashuvidan iboratdir. Biroq, shu narsani unutmaslik kerakki, so'z qolgan 80%ni ham qamrab olish imkoniyatiga egadir.

Demak, muloqotni tashkil eta bilish qobiliyati kutubxonachi imidjida alohida o'rin tutar ekan.

Xulosa qilib aytganda, kutubxonachi xodimlar kutubxona-axborot jarayonining yetakchi ishtirokchisi sifatida ilmli, zakovatli yosh avlodni tarbiyalashda, jamiyatdagi barcha sohalarga oid adabiyotlarni zamonaviy talablar asosida, foydalanuvchilarning ma'naviyatini yuksaltiruvchi adabiyotlarni taqdim etib, eng avvalo milliy g'oyaga oid adabiyotlar, milliy-madaniy merosni va tarixiy manbalarni foydalanuvchilarga tavsiya etib, kitobxonlarning dunyoqarashini yuksaltirishga xizmat qiladigan, ruhiy-ma'naviy oziq beradigan tadbirlar majmuini ishlab chiqib, foydalanuvchilarning mutolaa madaniyatini tarbiyalashda, ularni nashr mahsulotlari va axborot bilan ta'minlash tizimida samarali xizmat ko'rsatadilar.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Kutubxonachiga yordam (Axborot-kutubxona mutaxasislari uchun yordamchi qo'llanma), A. Navoiy nomidagi Ozbekiston milliy kutubxona nashri, T.:2019-65 b.

2. Yo'ldoshev E.Y. Kutubxona va yosh kitobxon. -Toshkent, 2003. -201 b.

3. Umarov A. Mutolaa madaniyati: SHaxs, jamiyat, taraqqiyot: -Toshkent, Fan, 2004. 194 b.

4. O'zbekistonda kutubxonachilik ishi: O'quv qo'llanma. Toshkent, 1989. -150

b.

5. To'ychieva Sh. Axborot-kutubxona markazi hodimlari faoliyatida nutq madaniyati va notiqlik san'atining ahamiyati /Sh.To'ychieva // Oriental ART and Kulture.-2022.-№1.-607-613 b.

6. To'ychiyeva Sh. BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZLARINING ROLI// "Oriental Art and Culture" 2 / June 2022.-683 b.

7. To'ychiyeva Sh. OILADA BOLANI KITOBGA QIZIQTIRISHNING YO'LIARI VA VOSITALARI// "Oriental Art and Culture" 2 / June 2022.- 367 b.

8. To'ychiyeva Sh. Bolalar kitobxonligi /Sh.To'ychiyeva //Oriental ART and Culture.-2022.-№1.-77-81 b.

9. Матёкубова, Т. (2001). Огахий шеъриятида анъанавий образлар талкини. ф. ф. н (Doctoral dissertation, диссертация автореферат).

10. Matyoqubova, T. (2022). Gafur Ghulam's lyrical expression of the spiritual experiences of "I Am". Asian Journal of Multidimensional Research, 11(11), 153156.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.