Научная статья на тему 'KURASHCHI QIZLARNI TAYORLASHDA IJTIMOIY PSIXOLOGIK HOLATLAR'

KURASHCHI QIZLARNI TAYORLASHDA IJTIMOIY PSIXOLOGIK HOLATLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
94
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
kurashchi qizlar / sportchi / ijtimoiy psixologik munosabat / omillar / shart-sharoit / ruhiy holat / ma`naviy va irodaviy tayyorgarlik / salbiy iqlim / mikroiqlim. / female wrestlers / athletes / social and psychological attitudes / factors / conditions / mood / spiritual and volitional training / negative climate / microclimate.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Arsen Albertovich Saruxanov

Maqolada bugungi kunda sportchi qizlarni tayyorlashda ijtimoiy psixologik muhit, shart-sharoitlar, rejim, o`qish yoki mehnat faoliytini va dam olishni to’g’ri tashkil etish uchun zarur bo`lgan ijtimoiy psixologik muhit va uning ahamiyati haqida so`z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIAL PSYCHOLOGICAL CONDITIONS IN THE TRAINING OF WRESTLING GIRLS

The article discusses the social and psychological environment, conditions, regime, social or psychological environment, necessary for the proper organization of study or work and rest when training athletes today, and its significance.

Текст научной работы на тему «KURASHCHI QIZLARNI TAYORLASHDA IJTIMOIY PSIXOLOGIK HOLATLAR»

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021 ISSN: 2181-1601

KURASHCHI QIZLARNI TAYORLASHDA IJTIMOIY PSIXOLOGIK

HOLATLAR

Arsen Albertovich Saruxanov

Qoqon davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

Annotatsiya

Maqolada bugungi kunda sportchi qizlarni tayyorlashda ijtimoiy psixologik muhit, shart-sharoitlar, rejim, o'qish yoki mehnat faoliytini va dam olishni to'g'ri tashkil etish uchun zarur boTgan ijtimoiy psixologik muhit va uning ahamiyati haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: kurashchi qizlar, sportchi, ijtimoiy psixologik munosabat, omillar, shart-sharoit, ruhiy holat, manaviy va irodaviy tayyorgarlik, salbiy iqlim, mikroiqlim.

SOCIAL PSYCHOLOGICAL CONDITIONS IN THE TRAINING OF

WRESTLING GIRLS

Arsen Albertovich Sarukhanov

Teacher of Kokand State Pedagogical Institute

ABSTRACT

The article discusses the social and psychological environment, conditions, regime, social or psychological environment, necessary for the proper organization of study or work and rest when training athletes today, and its significance.

Keywords: female wrestlers, athletes, social and psychological attitudes, factors, conditions, mood, spiritual and volitional training, negative climate, microclimate.

KIRISH

Hozirgi zamon kurashchi qizlarni tayyorlashda ijtimoiy psixologik munosabat va muhit muhum rol o'ynaydi. Bu psixologik omillarga kurashchi- qizlar atrofidagi odamlar: ota-ona va qarindoshlari, dugonalari, o'qish, ish va sport jamoasining azolari o'rtasidagi o'zaro munusabatlarida namoyon bo'ladi. Ular bilan doimiy ravishda muloqotda bo'lishlari kurashchi-qizlarning ruhiy holatiga, uning manaviy va irodaviy tayyorgarligiga hamda sport sohasidagi salohiyatiga ijobiy yoki salbiy tasir ko'rsatishi mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ko'p yillik pedagogik kuzatishlarimiz shuni ko'rsatadiki, kurashchi eng munosib ijtimoiy psixologik muhit mavjud bo'lgan sharoitda, kurashchi atrofidagi kishilarning uning sport sohasidagi faoliyatini naqadar muhim va ma'suliyatli ekanligini

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021 ISSN: 2181-1601

tushunganlarida ularning xayrihohligi va do'stona qo'llab quvatlashlarini sportchi yaqqol sezib turadi. Kundalik turmushdagi murakkab shart-sharoitlarda va turli sport vaziyatlarida kurashchi-qizlar o'z yaqin kishlarining g'amho'riglarini va qo'llab-quvvatlashlarini his etib turadi. Oilada unga sport rejimini, o'qish yoki mehnat faoliytini va dam olishni to'g'ri tashkil etish uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlar yaratib beriladi. Shu bilan birga kurashchi-qizlar o'ziga nisbatan g'oyat yuksak talablar qo'yilishni ham yahshi biladi. Zarur hollarda uning atrofidagi kishilar kurashchi yo'l qo'ygan noto'g'ri hatti-harakatlarini qattiq qoralashlari kerak. Bunday psixologik mikroiqlim kurashchi-qizlarni to'g'ri tarbiayalashga, unga bebaho va irodaviy fazilatlarni shakllantirishga yordam beradi.

MUHOKAMA

Muhitning ijtimoiy-psixologik omillari salbiy bo'lgan vaqtda esa, aksincha, sportchi tevaragida salbiy psixologik iqlim paydo bo'ladi. Sportchining holatini uning atrofidagi kishilar tushunmagach, sportchi soxta "do'stlar"ning zararli tasiriga tushib qolishi kabi hollar ham tez-tez uchrab turadi. Bunda sport rejimi buzila boshlaydi, natijada ko'picha kelisha olmaslik va ayanchli vaziyatlar kelib chiqadi. Bularning hammasi manaviy va irodaviy sifatlarning keskin ravishda pasayib, sport faoliyatining tushib ketishga olib keladi.

Amaliy tajriba kuzatishlarimiz ko'p hollarda sportchi-qizlarning noto'g'ri hatti-harakatilariga va ular tomonidan kun tartibining buzilishiga subektiv omillar emas, balki namuvofiq mikromuhit va sportchi tevaragidagi obyektiv shart-sharoitlar asosiy sabab bo'layotgani, bu sportchiga salbiy tasir o'tkazayotganligini ko'rsatmoqda.

Trener-murabbiylar kurashchi-qizlarning mikroiqlimi bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy-psixologik omillar ahvoloni yaxshi bilishlarini va doimiy ravishda nazorat qilib turishlari, shuningdek, uni yaxshilash uchun butun choralarni ishga solishlari kerak. Sportchi tevaragidagi oqilona psixologik iqlim buzulgan hollarda turli pedagogik vositalar, metodlarni ishga solib va boshqa ta' sir etish choralaridan foydalanib, ahvolni normallashtirish uchun o'z vaqtida keskin chora-tadbirlar ko'rmoq lozim.

NATIJA

Kundalik turmushdagi eng qulay mayishiy shart-sharoitlar ham sportchilarning ish qobilyatini oshirishga va ularning kuch quvvatini tezroq tiklashga malum darajada tasir ko'rsatadi, turar joy xonalari toza-ozoda bo'lishi ham sportchiga uning yaxshi dam olishga shaxsiy gigiyena qoydalarini bajarish ham kuch quvvatni tiklovchi gidro tadbirlar vanna dush qabul qilish uchun zarur shat-sharoitlarni taminlaydigan darajada bo'lmog'i kerak.

Mashg'ulot jarayoning barcha turlarini rejalashtirilayotganda sportchining o'quv va mehnat faoliyatiga xos bo'lgan hususiyatlarini hisobga olmog'i kerak. O'quv mehnat

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

faoliyati avj olgan davrda trenerovkalardagi yuklamalar darajasini biroz kamaytirish lozim, bir hafta mobaynida mikrosiklni eng qulay ravishda rejalashtiriga ham kun tartibini ishlab chiqishda alohida e4ibor berish kerak. Bu butun hafta mobaynida va ayrim kunlarda o'quv mehnat faoliyatini mashq mashg'ulatlorini dam olish va kuch quvvatni tiklash tadbirlari bilan to'g'ri almashib turishini ta'minlash uchun zarurdir.

Mikromuhit kundalik turmush, o'qish, mehnat faoliytining optimal ijtimoiy-psixologik omillarining elimentlaridan kompleks tarzda foydalanilgandagina hammadan ko'proq ijobiy natijalarga erishish mumkinligi alohoda ta'kidlab o'tish zarur.

XULOSA

Ilmiy tadqiqotlar va amaliy kuzatishlar shundan dalolat bermoqdaki, sportchilarni tayyorlashda ijtimoiy-psixologik omillardan maqsadga yo'naltirilgan tarzda foydalanilishi kurashchi-qizlarni salomatligi va ish qobilyati yuksak darajada bo'lishini, ularning sport mahoratlari muttasil ravishda yuksalib borishini, sport tayyorgarlik darajaisi, formasi stabilligini, har xil sharoitlarga tez moslashib ketish qobilyatini tamin etmoqda.

Mashxur kurashchi-qizlarni tayyorlash sohasidagi ishlarni tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, o'z hayotining ko'p yillari mobaynida sport rejimini yomon muhitga berilmay og'ishmay bajarib borish barqaror muvoffaqiyatlarga erishishning asosiy sabablaridan biridir.

REFERENCES

1. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi qonuni. 2000.

2. Ozbekiston Prezidentining «O'zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasini tuzish to'g'risida»gi Farmoni 24 sentyabr 2002 yil.

3. Akramov A.K. "Ozbekistonda jismoniy madaniyat va sport tarixi" o'quv qoTlanma. T. OzDJTI 1997 yil 168 b.

4. Axmatov M.S. Uzluksiz talim tizimida ommaviy sport-sog'lomlashtirish ishlarini samarali boshqarish, monografiya. T., OzDJTI, 2005, 279 b.

5. N. A. Sultonova, Ibragimova Sh, D Xolqoziyeva/ TECHNOLOGIES OF URBRINGING CHILDREN IN MODERN FAMILIES//European Journal of Research and Reflection in Ed

6. Султонова Н.А. ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПОДГОТОВКИ ДЕТЕЙ В СОВРЕМЕННЫХ УСЛОВИЯХ К СОЦИАЛЬНОЙ ЖИЗНИ В СЕМЬЕ/ SCIENTIFIC PROGRESS 1 (6), 631-63

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.