Научная статья на тему 'KOSMIK NURLAR'

KOSMIK NURLAR Текст научной статьи по специальности «Химические науки»

CC BY
5
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kosmik nurlar / birlamchi kosmik nurlar / ikkilamchi kosmik nurlar / kaskadli yadro quyuni / elektron-pozitron-foton quyuni.

Аннотация научной статьи по химическим наукам, автор научной работы — Zamonova Shahlo Safar Qizi, Ergashev Samandar Erkinovich, Xudayberdiyev Salohiddin O‘Tkir O‘Gli

Bu tezisda kosmik nurlar, birlamchi kosmik nurlar, birlamchi kosmik nurlarning hosil bo‘lish gipotezasi, ikkilamchi kosmik nurlar, elektron-pozitronfoton quyuninng hosil bo‘lishi haqida yozilgan. Kosmik nurlarni o‘rganish orqali kosmik nurlar haqida umumiy xarakteristikalar o‘rganilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KOSMIK NURLAR»

KOSMIK NURLAR

1Zamonova Shahlo Safar qizi, 2Ergashev Samandar Erkinovich, 3Xudayberdiyev

Salohiddin O'tkir o'gli

1o'qituvchi, DTPI, 23DTPI talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11115614

Annotatsiya. Bu tezisda kosmik nurlar, birlamchi kosmik nurlar, birlamchi kosmik nurlarning hosil bo'lish gipotezasi, ikkilamchi kosmik nurlar, elektron-pozitron- foton quyuninng hosil bo'lishi haqida yozilgan. Kosmik nurlarni o 'rganish orqali kosmik nurlar haqida umumiy xarakteristikalar o'rganilmoqda.

Kalit so'zlar: kosmik nurlar, birlamchi kosmik nurlar, ikkilamchi kosmik nurlar, kaskadli yadro quyuni, elektron-pozitron-foton quyuni.

Аннотация. В тезис изложены космические лучи, первичные космические лучи, гипотеза образования первичных космических лучей, вторичных космических лучей, образования электрон-позитрон-фотонного вихря. Путем изучения космических лучей изучаются общие характеристики космических лучей.

Ключевые слова: космические лучи, первичные космические лучи, вторичные космические лучи, каскадный ядерный вихрь, электрон-позитрон-фотонный вихрь.

Abstract. In this thesis, it is written about cosmic rays, primary cosmic rays, the hypothesis of formation of primary cosmic rays, secondary cosmic rays, formation of electron-positron-photon vortex. By studying cosmic rays, the general characteristics of cosmic rays are studied

Keywords: cosmic rays, primary cosmic rays, secondary cosmic rays, cascade nuclear vortex, electron-positron-photon vortex.

Kosmik fazodan Yerga juda katta energiyali zarralar oqimi kelishini ko'pgina kuzatishlar ko'rsatadi. Bu zarralar oqimini kosmik nurlar deb ataladi.

Kosmik nurlar ikki xil bo'ladi:

a) birlamchi kosmik nurlar

b) ikkilamchi kosmik nurlar

Olam fazosidan Yer atmosferasiga kirib keladigan kosmik nurlarni birlamchi kosmik nurlar deb ataladi [2]. Yer atmosferasi chegarasida birlamchi kosmik nurlar turli massa soniga ega va bitta nukloniga taxminan 109 - 1012 eV tartibida energiya mos keladigan atom yadrolaridan tarkib topgan ekan. Shuningdek 1013 eV dan kichik energiyali kosmik nurlarning 90% i protonlardan, taxminan 9 % i geliy atomi yadrolaridan va qolgan 1 % i esa og'irroq (litiy, bereliy, bor uglerod va hokazo, to zaryad soni Z=41 bo'lgan) elementlarning yadrolaridan iboratdir. Hozirgi vaqtda kosmik nurlar o'ta yangi yulduzlarning chaqnashi (portlashi)dan hosil bo'ladi, degan gipotezani haqiqatga yaqinroq deb hisoblanadi.[1]

Birlamchi kosmik nurlanish zarralarining Yer atmosferasidagi havo atomlari yadrolari bilan o'zaro to'qnashishi tufayli sodir bo'ladigan yadro reaksiyalari natijasida ikkilamchi kosmik nurlar deb ataladigan zarralar oqimi vujudga keladi. Bu ikkilamchi nurlanish 25 km balandlik va undan pastda hamma kosmik nurlanishning asosiy qismini tashkil qiladi.Yetarlicha katta energiyalarda yani

1010 eV bu to'qnashuvlar yadro kaskadli deb ataladigan jarayonni vujudga keltiradi.[8] Tajribalarni tahlil qilish shuni ko'rsatadiki nuklonlarning yadro bilan o'zaro ta'sirida birlamchi

nuklon o'z energiyasining yarmiga yaqinini ikkilamchi zarralar hosil qilishga sarflaydi. Yuqori energiyali to'qnashuvlardan hosil bo'ladigan zarralarning ko'pchilligi pionlardan iborat. K-mezonlar va giperonlar ancha sustroq vujudga keladi, ularning ikkilamchi zarralar oqimidagi ulushi 15- 20 % dan oshmaydi [3]. Parchalanishda hosil bo'lgan energiyasi 109 eV dan katta bo'lgan pionlar o'z navbatida, yadroning o'zaro ta'siriga kiradilar va yangi zarralarni hosil qiladi. Ikkilamchi proton va neytronlar yangi yadro bilan to'qnashib, yana yangi zarralar oqimini hosil qiladi, yadroviy portlashning har keyingi bosqichida zarralar ko'payaveradi ya'ni kaskadli yadro quyuni vujudga keladi.[8]

Ikkilamchi kosmik nurlarning paydo bo'lish jarayoni yuqoridagi rasmda keltirilgan. Yuqori energiyali birlamchi kosmik proton atmosfera atom yadrosiga uchib kelib uriladi va uni p va n nuklonlarga bo'lib yuboradi. Bunda bir vaqtda TT--mezonlar yemirilib, /./--mezonlarga, neytrino va antineytrinoga aylanadi:

it

u,

M + V 71 M ■

Ikkilamchi kosmik nurlarning ko'payishidagi eng muhim hodisalardan biri kaskadli elektron-pozitron-foton quyunining hosil bo'lishidir.[5]

Yuqori energiyali y-foton (I) biror atmosfera yadrosi bilan o'zaro ta'sirlashib, elektron-pozitron juftini yuzaga keltiradi hosil bo'lgan bu zaryadlangan zarralar jufti ularni yuzaga keltirgan }'-foton harakati yo'nalishida harakatlanadi.[8] Paydo bo'lgan proton va pozitronning energiyasi juda katta. Ular atmosferada tormozlanganda yuzaga kelgan y-foton(II) ham yadro yaqinidan o'tayotganda ular bilan ta'sirlashib elektron va positron juftini hosil qiladi.[4] Boshlang'ich fotonning energiyasi juda katta ya'ni 108 - 1010 eV bo'lgani uchun ikkilamchi zarralarning bir

necha avlodi vujudga keladi va shu holda ikkilamchi kosmik nurlarning kaskadli elektron-foton quyuni (elektramagnit kaskad) yuzaga keladi.[6]

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kosmosdan kelayotgan nurlarning energiyasi juda katta bo'lgani uchun u yadro bilan to'qnashib, yadro reaksiyasini hosil qilib yangi elementar zarralarni hosil qiladi. Kosmik nurlarni o'tganishdan asosiy maqsad, bu energiyasi o'ta yuqori bo'lgan va juda katta tezlikda harakatlanayotgan nurlarning yer yuziga ta'sirini o'rganishdir. Bunday yuqori xususiystlarga ega bo'lgan nurlar aslida qayerdan kelyapdi. Bu nurlarni o'rganish orqali chegarasi bo'lmagan koinot haqida ko'proq ma'lumotlar o'rganishimiz mumkinmi degan savollar ustida olimlar izlanishlar olib bordilar.

REFERENCES

1. 1.M.H.O'lmasaova. "FIZIKA OPTIKA,ATOM VA YADRO FIZIKASI" (3-qisam) Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2010

2. 2.I.Sattorov "Astrofizika"(I-qism) Toshkent-2009

3. POLVONOV SR., BOZOROV EX., KANOKOV Z. "ATOM YADROSI VA ELEMENTAR ZARRALAR FIZIKASI" Toshkent "GO TO PRINT" 2020

4. Muminov T.M., Xoliqov A.B., Xolmurodov Sh.X. Atom yadrosi va zarralar fizikasi. -T.: O'zbekiston faylasuflar jamiyati, 2009.

5. G.Axmedova,O.B.Mamatqulov,I.Xolboyev "Atom fizikasi" "ISTIQLOL" Toshkent-2013

6. https://arxiv.uz/uz/

7. www.ziyouz.com

8. KOMIL AHMADJONOV "FIZIKA KURSI"(3-qism) Toshkent "O'qituvchi"-1989

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.