Научная статья на тему 'KOSMETIK VOSITALAR TARIKIBIDAN QO‘RG‘OSHIN(II) VA KADMIY(II) IONLARINI ANIQLASH'

KOSMETIK VOSITALAR TARIKIBIDAN QO‘RG‘OSHIN(II) VA KADMIY(II) IONLARINI ANIQLASH Текст научной статьи по специальности «Химические науки»

CC BY
34
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Inter education & global study
Область наук
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: kosmetik vositalar / elektrokimyoviy sensor / qo‘rg‘oshin(II) / kadmiy(II) / mikroelement / inversion-voltamperometriya / bufer aralashma. / Key words: cosmetics / electrochemical sensor / lead (II) / cadmium (II) / microelement / inversion voltammetry / buffer mixture.

Аннотация научной статьи по химическим наукам, автор научной работы — М.Q. Nazarova

Annotatsiya KIRISH: kosmetika – bu yuz va tanaga g‘amxo‘rlik qilish yoki odamning tashqi qiyofasini ta’biiy saqlash yoki o‘zgartirish uchun ishlatiladigan sog‘lik va go‘zallik mahsulotlari toifasidir. Hozirgi kunda quyoshdan himoya qiluvchi kremlar, namlantiruvchi kremlar va sovunlar keng qo‘llaniladigan kosmetika vositalaridan biridir. Ammo kosmetik vositalar turkumi ko‘payishi bilan ularning tarkibi ham murakkablashib ketmoqda, shu sababli ularning xavfi va tarkibidagi konserogen moddalarni toksikologik xususiyatlarini istisno qilib bo‘lmaydi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LINGUISTOMETH ODICAL FOUNDATIONS OF TEACHING ALLUSIONS IN FOREIGN LITERATURE

Annotation INTRODUCTION: cosmetics is a category of health and beauty products that are used to care for the face and body, as well as to preserve or change the appearance of a person. Sunscreens, moisturizers and soaps are currently among the most widely used cosmetics. But with the increase in the range of cosmetics, their composition also becomes more complicated, so their danger and the toxicological properties of the preservatives contained in them cannot be excluded

Текст научной работы на тему «KOSMETIK VOSITALAR TARIKIBIDAN QO‘RG‘OSHIN(II) VA KADMIY(II) IONLARINI ANIQLASH»

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original peper

DOI: 10.24412/2992-9024-2024-2-53-61

© M.Q. Nazarova1^_

1Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: kosmetika - bu yuz va tanaga g'amxo'rlik qilish yoki odamning tashqi qiyofasini ta'biiy saqlash yoki o'zgartirish uchun ishlatiladigan sog'lik va go'zallik mahsulotlari toifasidir. Hozirgi kunda quyoshdan himoya qiluvchi kremlar, namlantiruvchi kremlar va sovunlar keng qo'llaniladigan kosmetika vositalaridan biridir. Ammo kosmetik vositalar turkumi ko'payishi bilan ularning tarkibi ham murakkablashib ketmoqda, shu sababli ularning xavfi va tarkibidagi konserogen moddalarni toksikologik xususiyatlarini istisno qilib bo'lmaydi [1].

MAQSAD: kosmetik vositalar tarkibidan grafit asosidagi elektrokimyoviy sensor yordamida inversion-voltamperometrik usulda mikro-miqdorlarda qo'rg'oshin(II) va kadmiy(II) metall ionlarini aniqlashning qulay usullarini ishlab chiqish.

MATERIALLAR VA METODLAR: kosmetik vositalar tarkibidan qo'rg'oshin(II) va kadmiy(II) ionlarini grafit asosidagi elektrokimyoviy sensor yordamida inversion-voltamperometrik aniqlash uchun qulay sharoitlar tanlandi. Bunda "kiritildi-topildi" tamoyili bo'yicha ikkita model eritmalarini tahlil qilish natijasida og'ir metallarni birgalikda inversiya-voltamperometrik aniqlash usuli ishlab chiqildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: tahlil qilingan teri uchun mo'ljallangan krem namunasi tarkibida Pb(II) 0,67 mg/kg mavjudligi aniqlandi. Cd(II) ionining miqdori krem namunasi tarkibida 0,94 mg/kg ni tashkil qildi. Hozirgi kunda o'rganilgan ma'lumotlarga qaraganda krem vositalari tarkibida qo'rg'oshinning ruxsat etilgan miqdori (REK) 5,0 mg/kg ni tashkil qiladi. Kadmiyning miqdori ruxsat etilgan miqdori (REK) bilan tartibga solinmagan.

XULOSA: ma'lumki, tahlil qilinadigan komponentlarni, shu jumladan metallarni oziq-ovqat, kosmetik vositalar tarkibidan aniqlashning usullari anchagina. Kosmetik vositalar tarkibidagi mikroelementlarni analiz qilish birmuncha murakkab va o'ziga hos jarayonlarni o'z ichiga oladi. Mikroelementlar konsentratsiyasining oz miqdordagi o'zgarishi ham organizmga sezilarli ta'sir etadi. Kimyoviy tahlilda mikromiqdordagi konsentratsiyalarni aniqlash uchun sezgirligi va selektivligi yuqori bo'lgan analiz usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Kalit so'zlar: kosmetik vositalar, elektrokimyoviy sensor, qo'rg'oshin(II), kadmiy(II), mikroelement, inversion-voltamperometriya, bufer aralashma.

Iqtibos uchun: Nazarova M.Q. Kosmetik vositalar tarikibidan qo'rg'oshin(ii) va kadmiy(ii) ionlarini aniqlash//Inter education & global study. 2024. № 2. Б. 53 - 61. doi:10.24412/2992-9024-2024-2-53-61

ОПРЕДЕЛЕНИЕ ИОНОВ СВИНЦА(11) И КАДМИЯ(11) В КОСМЕТИЧЕСКОМ

ПРОДУКЦИИ_

© M.Q. Назарова1 н

1 Ташкентский государственный технический университет, Ташкент, Узбекистан

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: косметика — это категория продуктов для здоровья и красоты, которые используются для ухода за лицом и телом, а также для сохранения или изменения внешнего вида человека. Солнцезащитные кремы, увлажняющие кремы и мыло в настоящее время являются одними из широко используемых косметических средств. Но с увеличением ассортимента косметических средств усложняется и их состав, поэтому нельзя исключать их опасность и токсикологические свойства содержащихся в них консервантов [1].

ЦЕЛЬ: разработать удобные методы определения ионов металлов свинца (II) и кадмия (II) в микроколичествах из состава косметической продукции с использованием электрохимического сенсора на основе графита инверсионно-вольтамперометрическим методом.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: подобраны благоприятные условия для инверсионно-вольтамперометрического обнаружения ионов свинца (II) и кадмия (II) в составе косметических средств с помощью электрохимического сенсора на основе графита. В результате анализа двух модельных решений по принципу «введен-найден» разработан метод совместного инверсионно-вольтамперометрического определения тяжелых металлов.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: проанализированный образец крема для кожи содержал Pb (II) 0,67 мг/кг. Количество иона Cd (II) в образце сливок составило 0,94 мг/кг. По изученным к настоящему времени данным допустимое количество свинца в сливочных продуктах составляет 5,0 мг/кг. Количество кадмия не регламентируется допустимым количеством.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: известно, что способов определения анализируемых компонентов, в том числе металлов, из состава продуктов питания, косметики достаточно много. Анализ микроэлементов, содержащихся в косметике, включает несколько сложных и специфических процессов. Даже небольшое изменение концентрации микроэлементов оказывает значительное влияние на организм. Для определения микромасштабных концентраций в химическом анализе целесообразно использовать методы анализа с высокой чувствительностью и селективностью.

Ключевые слова: косметика, электрохимический сенсор, свинец (II), кадмий (II), микроэлемент, инверсионная вольтамперометрия, буферная смесь.

Для цитирования: Назарома M.Q. Определение ионов свинца(и) и кадмия(и) в косметической продукции // Inter education & global study. 2024. № 2. С. 53-61. doi:10.24412/2992-9024-2024-2-53-61

LINGUISTOMETHODICAL FOUNDATIONS OF TEACHING ALLUSIONS IN FOREIGN LITERATURE_

© Maxsuda Q. Nazarova1®

Tashkent State Technical University, Tashkent, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: cosmetics is a category of health and beauty products that are used to care for the face and body, as well as to preserve or change the appearance of a person. Sunscreens, moisturizers and soaps are currently among the most widely used cosmetics. But with the increase in the range of cosmetics, their composition also becomes more complicated, so their danger and the toxicological properties of the preservatives contained in them cannot be excluded [1].

AIM: to develop convenient methods for the determination of lead (II) and cadmium (II) metal ions in micro-quantities from the composition of cosmetic products using a graphite-based electrochemical sensor by inversion-voltammetric method.

MATERIALS AND METHODS: favorable conditions were selected for inversion-voltammetric detection of lead (II) and cadmium (II) ions from the composition of cosmetics using a graphite-based electrochemical sensor. As a result of the analysis of two model solutions according to the "introduced-found" principle, a method of joint inversion-voltammetric determination of heavy metals was developed.

DISCUSSION AND RESULTS: The analyzed skin cream sample contained Pb (II) 0.67 mg/kg. The amount of Cd (II) ion in the cream sample was 0.94 mg/kg. According to the currently studied data, the permissible amount of lead in cream products is 5.0 mg/kg. The amount of cadmium is not regulated by the permissible amount.

CONCLUSION: It is known that there are quite a lot of ways to determine the analyzed components, including metals, from the composition of food and cosmetics. The analysis of trace elements contained in cosmetics involves several complex and specific processes. Even a small change in the concentration of trace elements has a significant effect on the body. To determine microscale concentrations in chemical analysis, it is advisable to use analysis methods with high sensitivity and selectivity.

Key words: cosmetics, electrochemical sensor, lead (II), cadmium (II), microelement, inversion voltammetry, buffer mixture.

For citation: Maxsuda Q. Nazarova. (2024) 'linguistomethodical foundations of teaching allusions in foreign literature', Inter education & global study, (2), pp. 53-61. (In Uzbek). doi:10.24412/2992-9024-2024-2-53-61

Kosmetika, to'g'ridan-to'g'ri inson terisi, shilliq pardalari, sochlari va tirnoqlariga qayta-qayta qo'llaniladigan preparatlar sog'liq uchun xavfsiz bo'lishi kerak, ammo so'nggi paytlarda ularning xavfsizligi haqida tashvishlanish kuchaymoqda. Afsuski, ba'zi hollarda ushbu mahsulotlardan foydalanish kimyoviy moddalarning, shu jumladan toksik metallarning qasddan yoki tasodifiy mavjudligi natijasida yuzaga keladigan noqulay ta'sirlarning paydo bo'lishi bilan

bog'liq. Qo'rg'oshin, simob, kadmiy, mishyak kabi zaharli metall ionlari shuningdek alyuminiy turli xil kosmetika vositalarida (rangli kosmetika, yuz va tanani parvarish qilish vositalari, soch kosmetikasi, o'simlik kosmetikasi va boshqalar) aniqlanadi. Bundan tashqari ular ortiqcha miqdorda paydo bo'lganda zararli hisoblanadi. Mis, temir, xrom va kobalt kabi elementlar ham kosmetik mahsulotlarda mavjud. Kosmetikada uchraydigan metallar to'g'ridan-to'g'ri terida saqlanishi va ta'sir qilishi yoki teri orqali qonga singib ketishi, tanada to'planishi va turli organlarga toksik ta'sir ko'rsatishi mumkin. Kosmetikada mavjud bo'lgan metallar ta'sirida terining allergik dermatit bilan kasallanishi ko'p kuzatilmoqda. Adabiyotlardan olingan ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan kosmetik vositalar tarkibida zaharli metall ionlari inson salomatligi uchun xavf tug'diradigan miqdorda bo'lishi mumkin [2].

Quyoshdan himoya qiluvchi kosmetika ishlab chiqarishda ishlatiladigan oltita organik UV filtrlari o'rganildi. Ularning xromatografik ajratish shartlari eluentning sifatli tarkibi va gradienti bo'yicha optimallashtirilgan. Tahlilning hal qilinadigan vazifasiga qarab, kremlar tarkibidagi UV filtrlarini aniqlashning ishlab chiqilgan usuli 0,8-400 mg/g quyosh kremi tarkibidagi UV detektori bo'lgan suyuq xromatograflarda amalga oshirilishi mumkin. Florimetrik aniqlashdan foydalanish ularni 0,08 mg/g darajasida nazorat qilishni ta'minlaydi

[3].

Turli usullar bo'yicha olingan sinov natijalari sezilarli darajada farq qilishi mumkin, kosmetika mahsulotlarining xavfsizligi to'g'risida xulosalar ham farq qilishi mumkin. Buning sababi shundaki, yangi kiritilgan standartlarda bir xil ko'rsatkichni aniqlash uchun bir vaqtning o'zida bir nechta turli usullarga havolalar mavjud [4].

Og'ir metallarni aniqlash uzluksiz antropogen va sanoat faoliyati tufayli hali ham dolzarb masaladir. Atom yutilish kabi spektrometrik usullar yuqori aniqlik va sezgirlik tufayli bu vazifaga eng keng tarqalgan yondashuvlardir. Shunga qaramay, bu usullar qimmat, ko'p vaqt talab qiladi va joylarda o'lchovlarni amalga oshirishga imkon bermaydi. Elektrokimyodagi so'nggi o'zgarishlarni, ayniqsa voltametrik usullarni hisobga olgan holda, oz darajasida og'ir metallarni tahlil qilish osonroq, tezroq va arzonroq bo'ldi. Bu maqsadda uglerod asosidagi elektroddan foydalanish yuqorida aytib o'tilgan usullarning ish faoliyatini yanada yaxshilashga sabab bo'ldi. Bu usul ko'p qirrali, keng potensiallar oralig'ida ishlashni taklif qiladi va analitlarni sezgir aniqlash imkonini beruvchi kerakli o'tkazuvchanlik va sirt xususiyatlariga ega [5].

Tajriba qismi. Materiallar va uslublar. Har bir kremdan namuna tayyorlash PDP - 18M mufel pech yordamida amalga oshirildi. Kosmetikada qo'rg'oshin (Pb), kadmiy (Cd) kabi og'ir va zaharli metallarning analitik tarkibini aniqlash uchun kosmetika namunasini tayyorlash alohida ahamiyatga ega. Bunga sabab namuna bilan ishlashning qiyinligi. Namuna tayyorlashning ikkita asosiy usuli mavjud. Birinchi usul - namunani H2SO4, HNO3, HF va HNO3/HQ (1:3) kabi kuchli kislotalar bilan ishlov berish va kuchli kislotani H2O2 bilan qo'llash. Kuchli kislotalar namunaning organik moddasiga zarar yetkazadi va uglerodni karbonat angidridga aylantiradi. Tarkibidagi metallar oksidlanishning eng yuqori bosqichiga qadar oksidlanadi va eruvchan tuzlarga aylanadi. Ushbu usul bilan bog'liq muammo - ishlov berish jarayonida metallarning yo'qolishi, chunki u yuqori haroratlarda, shuningdek, qoldiq kislota konsentratsiyasining kamayishi sodir bo'ladi. Tayyorlashning ikkinchi usuli - yopiq idishda mikroto'lqinli pechda kuchli kislotalar bilan namunaga ishlov berish. Amaldagi kislotalar asosan HNO3 yoki HNO3-HQ va HNO3-H2SO4 kabi

© ¡ntereduglobalstudy.com 2024, EDITION 2

kislotalarning aralashmasidir. Kislota erituvchisidagi namunaga mikroto'lqinli energiya ta'sir qilganda, u kislota eritmasining qaynash haroratidan sezilarli darajada yuqori haroratga yetishi mumkin. Natijada organik moddalarning parchalanishi, metallarning oksidlanishi va eruvchan nitratlarga aylanishi sodir bo'ladi. Mikroto'lqinli pechlardan foydalanishning afzalliklari haroratni, bosimni va metallarning yo'qolishini nazorat qilish qobiliyatidir va shu bilan namunadagi ichki kimyoviy reaksiyalarda vujudga keladigan xatoliklarni oldini oladi.

Analiz natijalari grafit asosidagi elektrokimyoviy sensor, to'yingan kaliy xloridli solishtirma elektrod, hamda katta yuza sathiga ega yordamchi grafit elektrodidan tuzilgan elektrolizyor, xamda kompyuter bilan ta'minlangan ABC-1.1 qurilmasi yordamida qayd qilindi. Bundan tashqari tadqiqot ishida analitik tarozi: ACZET PVT LTD CY 224C; Shvetsariyada ishlab chiqarilgan pH metr pH/Mv/TEMP m FiveEasy F20 va magnitli aralashtirgich MS-H280-Pro qurilmalaridan foydalanildi.

Pb(II) va Cd(II) ionlarini aniqlash uchun voltamperometrik usuldan foydalanildi. Namuna olinib 20 ml suyultirilgan fon elektrolit eritmasi ishtirokida analiz qilinadi. Bunda analiz uchun 2,0 ml namuna 23,0 fon elektrolit eritmasidan olindi, umumiy xajm 25 ml ga teng (namuna xajmi + fon elektrolit eritmasi = 25 ml). Kadmiy(II) va qo'rg'oshin(II) ionlarining standart eritmalari "Zolotoe runo" O'zDSN asosida tayyorlandi hamda tadqiqotimizda kerak bo'ladigan yondosh va xalaqit beruvchi begona ionlar eritmalari suvda eruvchan tuzlarining bidistillangan suvda eritish yordamida tayyorlandi. Inversion voltamperometrik usulda qaysi ionni aniqlashimiz kerak bo'lsa o'sha ionning standarti bidistillangan suvda suyultirish orqali tayyorlab olindi.

Natijalar tahlili. Inversion-voltamperometrik usulda qo'rg'oshin ionlarini aniqlashga kadmiy ionlari sezilarli ravishda ta'sir ko'rsatadi. Buning oldini olish maqsadida qo'rg'oshin ionini inversion-voltamperometrik aniqlashda fon elektrolitini to'g'ri tanlash orqali amalga oshirish lozim bo'ladi.

Buning uchun biz turli miqdor va tabiatga ega bo'lgan fon elektrolitlaridan foydalandik. Fon elektrolit sifatida ishlatilayotgan ushbu eritmalar tegishli tuzlarni bidistillangan suvda eritish orqali va bufer eritmalarni analitik kimyo qo'llanmasidan foydalanib tayyorlandi. Olingan natijalar 1- jadvalda keltirilgan.

1-jadval

Pb(II) va Cd(II) ionlarini birgalikda aniqlashda fon elektrolitining ta'siri (t.o.=2,5 mkA; Cpb= 10 mkg/dm3; Ccd= 10 mkg/dm3)

Fon elektrolit tabiati, kons E m Pb(II) Cd(II)

E , mV m' L mkA d' E , mV m' I., mkA d'

0,1 M KCl -400 3,1 -550 2,4

0,1 M KBr -420 3,2 -580 1,6

0,1 M HCl -430 1,3 -650 2,0

0,1 M H2SO4 -450 3,6 -590 1,6

0,1 M HCOOH -460 3,4 -560 2,2

0,1 M CH3COONa -470 4,0 -670 3,9

0,1 M CH3COOH - - -680 2,8

Olingan natijalardan ko'rinib turibdiki, qo'rg'oshin va kadmiy ionlarini aniqlashda eng maqbul fon elektroliti 0,1 M CbbCOONa ekan. Biz keyingi ishlarimizda aynan shu 0,1 M CHsCOONa elektrolitidan foydalandik.

Inversion tahlilda elektroddagi aniqlanadigan modda miqdori va elektroliz davomiyligi o'rtasidagi to'g'ridan-to'g'ri proporsional (chiziqli) bog'liqlik muhim va alohida rol o'ynaydi. Kalibrlash grafigi va standart qo'shimchalar usullarida ishlaydigan elektrodda manfiy qutblantirgich to'planishining davomiyligi va elektroaktiv moddaning tahlil qilingan eritmada erishi, shuningdek, boshqa omillar teng bo'lishi kerak bo'lgan elektroliz shartlari ham zarurdir. 2-jadvalda qo'rg'oshin va kadmiyning yuqori cho'qqilarining elektrokimyoviy sensorga to'planish vaqtiga bog'liqligi ko'rsatilgan.

2-jadval

Inversion-voltamperometrik usulda Pb(II) va Cd(II) ionlarini elektrod yuzasiga to'planishi vaqtning analitik signalga bog'liqligi ( P=0,95; fon 0,1 M CH3COONa; t.0. 2,5 mkA)

№ Me n Vaqt (soniya)

1 Pb(II) 4 110

2 Cd(II) 5 100

Pb(II) va Cd(II) ionlarinng eng maqbul vaqti 90-120 sekundgacha ekanligi aniqlandi va keyingi ishlarimizda shu natijalarga asoslanildi.

Mis, qo'rg'oshin, kadmiy va rux ionlarining AS orqali aniqlashning eng yaxshi maqbul sharoitlarini tanlab olish va olingan eksperimental ma'lumotlarni to'g'riligi va ishonchligini mis, qo'rg'oshin, kadmiy va rux xar hil konsentratsiyalarida aniqlashlar olib bormay turib aytib bo'lmaydi. O'rganilayotgan metallarni aniqlash bo'yicha ishlab chiqilgan usullarning aniqligini baholash maqsadida quyidagi 3-jadvalda olingan natijalarni parallel solishtirishlar bilan ko'rsatilgan.

Inversion-voltamperometrik usulda Pb(II) va Cd(II) ionlarini turli miqdorlarda o'zining

individual eritmalarida aniqlash natijalari

(t.°.=2,5 mkA; tpb(II),Cd(II)= 120s>

3-jadval

Ion tabiati

Kiritildi mkg, Me

Topildi mkg, Me

S

1

Pb(II)

2,0-16,0

1,98-16,04

5

0,026-0,12

2

Cd(II)

4,0-20,0

4,02-20,02

5

0,024-0,016

Ketirilgan natijalardan shuni xulosa qi ish mumkinki, Pb(II) va Cd(II) ionlarini ularning individual eritmalarida aniqlashda yuqori metrologik natijalarga erishildi, chunki barcha hollarda nisbiy standart chetlanish (Sr ) qo'rg'oshin ionlari uchun 0,12; kadmiy ionlari uchun

n

r

0,024 dan oshmaganligi kuzatildi, bu esa sistematik xatoliklarning yo'qligini va biz ishlab chiqqan usulning to'g'riligini, hamda qayta takrorlanuvchanligini ko'rsatadi.

Ma'lumki, tahlil qilinadigan komponentlarni, shu jumladan metallarni oziq-ovqat, kosmetik vositalar tarkibidan aniqlashning usullari anchagina. Kosmetik vositalar tarkibidagi mikroelementlarni analiz qilish birmuncha murakkab va o'ziga hos jarayonlarni o'z ichiga oladi. Mikroelementlar konsentratsiyasining oz miqdordagi o'zgarishi ham organizmga sezilarli ta'sir etadi. Kimyoviy tahlilda mikromiqdordagi konsentratsiyalarni aniqlash uchun sezgirligi va selektivligi yuqori bo'lgan analiz usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Biz ishlab chiqqan usul bu talablarga javob berishi kosmetik vositalarda ya'ni teri uchun mo'ljallangan kremlarda tekshirib chiqildi. Tahlil qilish uchun tayyorlangan eritmaning alikvot qismi (25 sm3) elektrolitik yacheykaga solinadi, qurilmaning oldindan tanlangan qulaylashtirilgan rejimi o'rnatildi hamda Pb(II) va Cd (II) ionlarining voltamperogrammalari birma-bir qayd etiladi.

Pb(II) va Cd(II) ionlarini miqdoriy aniqlash uchun tahlil qilingan eritmaga uning qiymatini ikki yoki undan ko'p marta ko'paytiradigan miqdorga uning standart eritmasi qo'shiladi va voltamperogramma qayd etiladi. Qo'shimcha qo'shish hisobiga AS ortishi bo'yicha metall ionlarining aniq konsentratsiyasi hisoblandi.

Biz kosmetik vositalar: teri uchun mo'ljallangan 2 turdagi krem namunalarining tahlilini o'tkazdik, natijalari 1 va 2-rasmlar, 4-jadval keltirilgan.

Voltamperogrammada -480 V da Pb va -680 V da Cd, cho'qqining mavjudligi tahlil qilingan namunada shu ionlarning borligini ko'rsatadi. Har bir aniqlanayotgan ion konsentratsiyasi tegishli ionni aniqlashda bo'lgani kabi, bir xil operatsiyalarni takrorlagan holda qo'shimcha usul bilan ham topiladi.

Rasm-1. Pb(II) ionini Lamis Cucumber krem namunasi tarkibidan inversion-

voltamperometrik usulda aniqlash (fon 0,1 M CH3COONa; t.k. 2,5 mkA; t=120 s.)

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1- namunaning voltamperogrammasi

2- qo'shimcha qo'shilgandagi voltamperogrammasi

1 < | ■ j ■ | 11 > | k | li il M ! 'II * I * I * I ■ ! ■ I > I > I »' J > i'l 'I I * I * 11 ! ■ I ■ I > I > »j I »' '! ji 'I I 'I

Rasm-2. Cd(ll) ionini Lamis Cucumber krem namunasi tarkibidan inversion-

voltamperometrik usulda aniqlash (fon 0,1 M CH3COONa; t.k. 2,5 mkA; t=120 s.)

1- namunaning voltamperogrammasi

2- qo'shimcha qo'shilgandagi voltamperogrammasi

Olingan natijalarda Lamis Cucumber kremi namunasi va fon bilan birgalikda o'zini tekshirilganda Pb(II) va Cd(II) standarti qo'shilgandagi o'zgarishni ko'rishimiz mumkin. Bunda analitik signalning sezilarli darajada aniq Pb(II) va Cd(II) ionlari ekanligi yaqqol ko'rinib turibdi.

Teri uchun mo'ljallangan krem namunalari tarkibidagi Cu(II), Pb(II), Cd(II) va Zn(II) ionlarini inversion-voltamperometrik aniqlash natijalari (P=0,95; n=5; fon=0,1 M CH3COONa, t.o. 2,5 mkA; t=120 s.)

REK Aniqlanayotgan ion Tekshirilayotgan namuna:krem nomi

Krem:Lamis Cucumber mg/kg

5,0 mg/kg Pb(II) х+Ах 0,67±0,04

S r 0,042

Mavjud bo'lishi kerak emas Cd(II) х+Ах 0,94±0,02

S r 0,017

1, 2-rasmlar va 4-jadval shuni ko'rsatadiki teri uchun mo'ljallangan o'rganilgan krem namunasida tarkibida Pb(II) 0,67 mg/kg mavjudligi aniqlandi. O'rganilgan ma'lumotlarga qaraganda qo'rg'oshinning ruxsat etilgan miqdori (REK) 5,0 mg/kg ni tashkil qiladi. Cd(II) krem namunasi tarkibida 0,94 mg/kg mavjudligi aniqlandi. Kadmiyning miqdori ruxsat etilgan miqdori (REK) bilan tartibga solinmagan.

Aniqlangan ionlarning ishlab chiqilgan usulda olingan natijalari uchun Sr qiymati 0,114 dan oshmadi. Bu ishlab chiqilgan inversion voltamperometrik usulning to'g'riligi va qayta tiklanuvchanligidan dalolat beradi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Surya M., Gunasekaran S. A Review on Recent Scenario of Cosmetics // International Journal of Pharmaceutical Sciences Review and Research. -2021. -№68(1). -P.190-197.

2. Borowska S., Malgorzata M.B. Metals in cosmetics: implications for human health // Journal of Applied Toxicology. -2015. -Volume 35. -Issue 6. -P.551-572.

3. Киселева Н.В., Темердашев З.А., Колычев И.А., Хрипаченко Е.В. Определение уф-фильтров в образцах солнцезащитной косметики методом ВЭЖХ // Заводская лаборатория. Диагностика материалов. -2010. -№6. -C.21-26.

4. Серажутдинова Л.Д., Березовская Т.Н., Зверев А.В., Рябчук Г.Н., Грамотина Ю.А. Проблемы определения тяжелых металлов в парфюмерно-косметической продукции // Партнеры и конкуренты. -2006. -№11. -C.40-45.

5. Ustabasi G.S., Ozcan M., Yilmaz I. Review—Voltammetric Determination of Heavy Metals with Carbon-Based Electrodes // Journal of The Electrochemical Society ("ECS"). -2021. -Published 20. -№9. -P.168.

6. Nazarova M.Q., Ziyayev D.A., Sayfiyev M.N., Xo'jaqulov D.A. Разработка инверсионно-вольтамперометрических определение меди с использованием графитсодержашим модифицированными электродами // O'zMU xabarlari. № 3/2/1. 2021. -C. 221-225.

7. Nazarova M.Q., Ziyayev D.A., Sayfiyev M.N., Mamajanov M.M. Qo'rg'oshin va mis(II) ionlarini inversion-voltamperometrik usulda kosmetik vositalar tarkibidan aniqlash // O'zMU xabarlari. № 3/2/1. 2022. -B. 418-421.

8. Nazarova M.Q., Sayfiyev М.Н., Ziyayev D.A. Og'ir va zaharli metall ionlarini kosmetik vositalar tarkibidan inversion-voltamperometrik usulda aniqlashning ahamiyati // O'zMU. "Analitik kimyoning dolzarb muammolari" Toshkent, 11-12-may, 2023. -B. 131-132.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Nazarova Maxsuda Qahramonovna, PhD tayanch doktoranti, [Назарова Махсуда Кахрамоновна, PhD студент], [Maxsuda Q. Nazarova, PhD student]; manzil: O'zbekiston, Toshkent, Matlubot ko'chasi, 1/52; [адрес: ул. Матлубот, 1/52, г. Ташкент, Узбекистан,]; [address: 1/52 Matlubot Street, Toshkent, Uzbekistan]; maxsudaqaxramonovna@gmail.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.