SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 1 I 2022
ISSN: 2181-1601
KORXONA VA TASHKILOTLARDA ELEKTRON TABEL DASTURINI
ISHLAB CHIQISH
Sh. I. Xaydarov
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti doktaranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada elektron tabel dasturi orqali ma'lumotlar bazasini avtomatlashtirishning dasturiy ta'minitini yaratish va amaliyotga tadbiq etish masalasi o'rganilgan va shuningdek, elektron tabel dasturi ishchi hodimlarning oylik soatlarini avtomatik hisoblash va oylik hisobotni excel va pdf formatda yuklab olish, buxgalteriya serveriga so'rovlarni yuborish imkoniyatlarini yaratadi.
Kalit so'zlar: oylik hisoboti, bazaviy tahlil, dasturiy ta'minot, avtomatlashtirish, elektron tabel, interfeys, ma'lumotlar bazasi, so'rov yaratish,
SPREADSHEET AT ENTERPRISES AND ORGANIZATIONS SOFTWARE
DEVELOPMENT
ABSTRACT
In this article, the issue of creating and implementing database automation software through a spreadsheet program was studied, and the spreadsheet program automatically calculates the monthly hours of employees and downloads the monthly report in excel and pdf format, sends queries to the accounting server, creates opportunities
Keywords: monthly report, basic analysis, software, automation, spreadsheet, interface, database, query building.
Korxona va tashkilotlarda elektron tabelni yuritilishi va ish vaqti hamda uning buxgalteriya hisobi har qanday oliy ta'lim muassalarining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Oliy ta'lim muassalarining faoliyatini va intizomini nazorat qilish imkoniyatiga ega. Ushbu protsedurani soddalashtirish uchun maxsus shakl ishlab chiqilgan.
Tabel nima? Bu ma'lum bir o'lchamda buxgalteriya hisobi, shuningdek xodim ish joyida bo'lgan va o'z vazifalarini bajarganining asosiy isboti. Shubhasiz, ushbu hujjat har bir tashkilot uchun juda muhimdir.
Oliy ta'lim muassalarida elektron tabelni ishlab chiqish va uning ish faoliyatini yuritish uchun elektron tabel dasturlidan foydalanish qanday qulayliklar olib keladi. Buning bir qancha imkoniyatlarini ko'rib chiqsak.
• Ma'lumotlar bazasiga egalik;
• Elektron tabel dasturi online va ofline tizimda ishlashi;
• Buxgalteriya tizimi bilan hamkorligi;
• Avans va oylik tizimini avtomatik hisoblash;
• Tizim himoyasi taminlanganligi;
• Bazaviy tahlil;
Ko'rinib turubdigi bir vaqtning o'zida ma'lumotlarni saqlash, uzatish, tahrirlash imkoniyati mavjud hamda ish vaqtingizni tez va oson avtomatlashtirib beradi.
Elektron tabel dasturining interfeyesi keltirilgan (1-rasm). Dastur elektron tabel tizimi hisoblanib, ishchi hodimning oylik ish kunini avtomatik hisoblash va natijasini excel, pdf ko'rinishida chiqarib berish imkoniyatiga ega. Dasturiy ta'minot ma'lumotlar bazasiga avtomatik tartibda saqlab boradi, berilgan ma'lumotlar bazsi esa oyma-oy oylik hisobotini shakillantirib boradi.
1-rasm. Dastur interfeysi.
Ushbu tabeldan xodimlarga oylik maosh hisoblash jarayonlarida ularning ishlagan kunlari, ta'til kunlari, dam olish kunlari, bayram kunlari hamda kasallik varaqasi ochilgan kunlarni aks ettirishda foydalaniladi (1-jadval).
Elektron tabel tizimida bir qancha belgilashlar kiritish orqali elektron tabelga qulayliklar kiritamiz.
1-jadval
№ Sababi Belgilash
1 Yakshanba kuni Ya
2 Bayram kuni B
3 Kasalxonada K
4 Kelgan kun 1
5 Kelmagan kun 0
Jadval ish vaqtini hisobga olish jadvalida eng ko'p ishlatiladigan shartli belgilarni qamrab oladi.
Chïqarïsh
Chiqarish tugmanini bosish orqali quyidagi oynaga o'tamiz (2-ram),
2-rasm
1-qadam. Elektron tabel tizmida (3-rasm) yilni kiritish (berilgan istalgan yil uchun tizim aktiv bo'ladi);
2-qadam. Elektron tabel tizmida oyni kiritish (berilgan istalgan oy uchun tizim aktiv bo'ladi);
3-qadam. Elektron tabel tizmida hafta kunini kiritish (berilgan istalgan hafta kun uchun tizim aktiv bo'ladi);
3-rasm. Ma'lumotlarni kiritishni belgilash
% Excelga eksport
bu tugma orqali esa excel ga avtomatik tartibda eksport qilib yuboradi (4-rasm). Unga e'tibor bersangiz excelda chiqarilgan jadval bo'lib, tayyor hisobotni shakllantirib beradi.
4-rasm. Excelga Export qilingan shakli.
Bunday holda, har bir ustunda ma'lumotlar kiritiladi va belgilar, ishchilar mavjudligi va ularning yo'qligi sababi belgilanadi. Shuningdek, ish vaqtining soatlari ko'rsatiladi.
Tashkilotdagi ketma - ket tartibda hujjarlar yuritilishi. Birlamchi buxgalteriya hujjatlarining shakllarini ishlatish va to'ldirish bo'yicha ko'rsatmalarga muvofiq: Kafedra va xodimlar xizmati; Fakultet dekani; O'quv-uslubiy bo'lim; Oquv ishlar bo'yicha prorektor; buxgalteriya bo'limi.
Ko'rinib turibdiki, qoidalar ish jadvalini ish soatlaridan foydalanishga olib boradigan xodimning pozitsiyasini belgilamaydi. Elektron tabel dasturi orqali bir vaqtning o'zida buxgalteriya va ma'lumotlar bazasiga yuboriladi va saqlab qoladi.
Elektron tabel dasturining algoritmi (5-rasm) keltirilgan Ushbu rasmda elektron tabel dasturi algoritmi keltirilgan bo'lib online va ofline tizimida ishlash imkoniga ega bo'lgan holda amalga oshirladi.
5-rasm. Elektron tabel dasturining algoritmi. Xulosa. Ushbu maqola doirasida olib borilgan tajribalar asosida quyidagi xulosa
olindi.
* elektron tabel dasturi ishchi hodimlarning oylik (maoshlari) soatlarini avtomatik hisoblash va oylik hisobotni excel va pdf formatda yuklab olish mumkinligi.
* buxgalteriya serveriga so'rovlarni yuborish imkoniyatlari mavjudligi.
* Ma'lumotlar bazasi himoyasi mavjudligi.
* dastur online va offline tizimida ishlash imkoniyatlariga ega.
REFERENCES
1. Axmadaliyev.J, Holdarboyev.R - "C++ dasturlash tili" ni O'rganish bo'yicha uslubiy qo'llanma - Andijon-2015.
2. Sh.Nazirov, A.Ne'matov, R.Qobulov, N.Mardonova - "Ma'lumotlar bazasi" -Toshkent 2007.
3. Allamov O., Yusupov., O.Sadullayev N. "C++ da dasturlash" TATU Urganch filiali, 2016. - 110 b.
4. S.K.G'aniev, M.M. Karimov, K.A. Tashev "Axborot xavfsizligi" - Oquv qo'llanma
- T., "Aloqachi", 2017, 382 bet.
5. PHP и MySQL. От новичка к профессионалу / Кевин Янк. — М .: Эксмо, 2013.
— 384 с. — (Мировой компьютерный бестселлер).