Научная статья на тему 'KOREYS TILI O‘QITISHDA AUDIOLINGUALIZM USULINING MUAMMOLI JIHATLARI'

KOREYS TILI O‘QITISHDA AUDIOLINGUALIZM USULINING MUAMMOLI JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
131
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
audiovizual usul / og‘zaki nutq / so‘zlashuv nutqi / koreys tili. / audiovisual method / oral speech / conversational speech / Korean language.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sherov Rasul Ravshanovich

Mazkur maqolada koreys tilini o‘rgatishda audiolingual usulidan foydalanishning samaradorligi, bu usul nimani anglatishi va qanday vositalar yordamida til muhitida muvozanat yaratish mumkinligi haqidagi savollar muhokama qilinadi. Tinglash og‘zaki nutq matnidagi ma’lumotlarni idrok etish, tushunish va qayta ishlash bilan bog‘liq murakkab retseptiv, aqliy-xayoliy faoliyatdir. Audiovizual material bilan ishlash bir necha bosqichlardan iborat bo‘lib, audiovizual metod turli tamoyillarga asoslanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS OF AUDIOLINGUALISM METHOD IN KOREAN LANGUAGE TEACHING

This article discusses the effectiveness of using the audiolingual method in teaching the Korean language, what this method means, and what tools can be used to create a balance in the language environment. Listening is a complex receptive, mental-imaginative activity related to the perception, understanding and processing of information in the text of oral speech. Working with audiovisual material consists of several stages, and the audiovisual method is based on various principles.

Текст научной работы на тему «KOREYS TILI O‘QITISHDA AUDIOLINGUALIZM USULINING MUAMMOLI JIHATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(9), September, 2023

KOREYS TILI O'QITISHDA AUDIOLINGUALIZM USULINING

MUAMMOLI JIHATLARI

Sherov Rasul Ravshanovich

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Koreys tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada koreys tilini o 'rgatishda audiolingual usulidan foydalanishning samaradorligi, bu usul nimani anglatishi va qanday vositalar yordamida til muhitida muvozanat yaratish mumkinligi haqidagi savollar muhokama qilinadi. Tinglash og'zaki nutq matnidagi ma'lumotlarni idrok etish, tushunish va qayta ishlash bilan bog'liq murakkab retseptiv, aqliy-xayoliy faoliyatdir. Audiovizual material bilan ishlash bir necha bosqichlardan iborat bo 'lib, audiovizual metod turli tamoyillarga asoslanadi.

Kalitso'zlar: audiovizual usul, og'zaki nutq, so'zlashuv nutqi, koreys tili.

ABSTRACT

This article discusses the effectiveness of using the audiolingual method in teaching the Korean language, what this method means, and what tools can be used to create a balance in the language environment. Listening is a complex receptive, mental-imaginative activity related to the perception, understanding and processing of information in the text of oral speech. Working with audiovisual material consists of several stages, and the audiovisual method is based on various principles.

Key words: audiovisual method, oral speech, conversational speech, Korean language.

KIRISH

Audiolingualizm usuli dastlab 1950-yillarda Fransiyada paydo bo'lgan va bu usul lingvistik ma'lumotlarni idrok etish uchun vizual va eshitish kanallarini bir vaqtning o'zida ulash prinsipiga asoslanadi. Chet tilini o'rganishning maqsadi usha tilda muloqot qilishdir. Bunga erishish uchun tilning kundalik hayotda qanday qo'llanilishini ko'rsatish, nutqiy vaziyatlarga tez va adekvat munosabatda bo'lish qobiliyatini shakllantirish zarur, deb hisoblaniladi.

Bunda nutq faoliyatining og'zaki turlariga ustunlik berilgani bois, ko'plab o'quv materiallari, jumladan, filmlar, slaydlar uchun saundtreyk va hokazolar yozma shaklda berilmaydi. Audiolingual usulda bo'lgani kabi og'zaki nutqda ham asosiy e'tibor dialogik shaklga qaratilinadi, ammo bu yerda u aniq muloqot holatiga qat'iyroq bog'langan bo'ladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz

3(9), September, 2023

Audiovizual usul turli xil texnik vositalar, audio va video materiallar, slaydlar, film tasmalarining proyeksiyasi va boshqalardan foydalangan holda sinfda sun'iy ravishda yaratilgan til muhitida tilni o'rgatishni o'z ichiga oladi. Bunda talabalar o'z ona tilidan foydalanmaydi, ularga bir necha marta qisqa metrajli film matni yoki koreys tilida parallel izohli slaydlar seriyasi taqdim etiladi. Tinglash jarayonida o'qituvchi tasvirlarni sharhlaydi, kalit so'zlarni yozadi, so'ngra yangi so'zlar va tuzilmalar turli xil almashtirish va o'zgartirish mashqlari orqali o'rgatiladi. Talabalar eshitgan dialoglarni sahnalashtiradi, yodlaydi va shunga o'xshash dialoglar tuzadi.

Ushbu jarayonda asosiy maqsad qisqa vaqt ichida nutq avtomatizmlarini shakllantirish bo'lganligi sababli, ogohlantirishlarga noto'g'ri reaksiyalar paydo bo'lishining oldini olish maqsadida o'quvchilarning xatolari o'qituvchi tomonidan darhol tuzatib borilishi lozim. Bu bosqichda maqsadga erishilganligini tasdiqlash uchun talabalarning javoblari turli xil stimullarga (vaqt haqidagi savol, biror narsa olib kelish so'rovi va boshqalar) mos keluvchi, lingvistik va asosiysi og'zaki nutqda bo'lishi talab etiladi.

Tinglash bu og'zaki nutq matnidagi ma'lumotlarni idrok etish, tushunish va qayta ishlash bilan bog'liq murakkab retseptiv, aqliy va ilmiy faoliyat hisoblanadi. Tilshunoslikda aloqaviy va masofaviy tinglash mavjud. Aloqaviy tinglash og'zaki interaktiv muloqot jarayonida, masofaviy tinglash esa bilvosita tinglash jarayoni (radio va televideniye dasturlari, audio yozuvlar, fïlmlar)da sodir bo'ladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Oliy ta'lim muassasalarida koreys tilida tinglash ko'nikmalarini rivojlantirish va takomillashtirish darslarida masofaviy tinglash usuli qo'llaniladi. Bunda talabalar koreys tilida nutq tinglashni va idrok qilishni o'rganadilar. N.D.Galskova ta'kidlaganidek, nutqning paralingvistik elementlarining 60% gacha bo'lgan qismini audio xabarlardagi ma'lumotlar yetkazadi. Audiovizual materiallar nafaqat eshitish imkonini beradi, balki, so'zlashuvlar, tovushlarni ko'tarish va tushirish, pauzalar va boshqalar orqali nutqning akustik elementlari hamda imo-ishoralar, mimikalarni kuzatish yordamida ma'lumotni idrok etishni sezilarli darajada osonlashtiradi, yaxshiroq tushunish va yodlashga yordam beradi. Shu bilan bir qatorda, til muhitiga bilvosita sho'ng'ish holati sodir bo'ladi, bu og'zaki muloqot ko'nikmalarini yanada muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda til to'sig'ini olib tashlashga yordam beradi.

Audiovizual matnlar bilan ishlash jarayoni bir nechta bosqichlardan iborat:

1. Tayyorgarlik (yangi til materiali bilan ishlash, ehtimollik prognozini o'rganish, qisqa muddatli va og'zaki-mantiqiy xotirani rivojlantirish va boshqalar),

2. Materialni bevosita ko'rish (bunda kompyuter dasturlari keng qo'llaniladi),

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(9), September, 2023

3. Yangi ko'nikmalami shakllantirish va mustahkamlash bilan birgalikda darajani tekshirish, ma'lumotni tushunish (turli xil mashqlar va topshiriqlar uchun variantlar)

Xo'sh, koreys tilini o'qitishning audio-vizual usuli qanday tamoyillarga asoslanadi?

1. O'qitish uchun material dialogik shaklda og'zaki tilda bo'lishi lozim. Bundan tashqari, bu dialog har doim turli vaziyatlarni yoritib berishi talab etiladi. Shuning uchun pedagogik jarayonni shunday tashkil qilish kerakki, ularda eng keng tarqalgan leksik birliklar va grammatik tuzilmalar qo'llaniladigan vaziyatlar to'liq yaratilishi kerak. Koreys tili darslari tabiiy koreys muhitida o'tkazilsa, talabada to'g'ri intonatsiyani egallash rag'batlantirib boriladi va holat tabiiy ravishda o'rganishning amaliy maqsadlariga mos keladi.

2. Koreys tilini o'rgatish jarayonida ona-tilidan foydalanmaslik.

Bu ikki tamoyilning maqsadi jonli, og'zaki tilni shakllantirishdir. Ikkala tamoyil ham induksiyaga asoslangan, bunda jarayon qoidadan misollarga o'tish orqali amalga oshiriladi. Yuqoridagilarning barchasini inobatga olgan holda, shuni ta'kidlash mumkinki, barcha sanab o'tilgan holatlar universitet talabalari uchun til o'rgatishda keng qo'llaniladi, biroq audiolingual va audiovizual usullar faqat maxsus o'quv dasturlari bilan birgalikda qo'llash uchun moslashtirilgan.

Audiovizual va audiolingual usullar kundalik holatda deyarli qo'llanilmaydi, ammo aksariyat universitet va institut o'qituvchilari vaqti-vaqti bilan shunday usullar asosida mashg'ulotlar olib boradilar.

Bu usul umumiy ta'lim dasturini diversifikatsiya qilish va talabalarni qiziqtirish imkonini beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Елухина Н.В. Средства обучения иностранному языку. М.: [Б.и.], 1982. 80 с.

2. Щукин А.Н. Современные интенсивные методы и технологии обучения иностранным языкам: Учебное пособие. М.: Филоматис, 2008. 188 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.