Научная статья на тему 'KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ – HUQUQNING YETAKCHI TARMOG‘I'

KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ – HUQUQNING YETAKCHI TARMOG‘I Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
1401
97
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
konstitutsiyaviy huquq / kodeks / huquq tarmog‘i / normativ hujjatlar / konstitutsiyaviy huquq normalari.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Yusupov Rahimboy Bekbergan O‘g‘li, Jumanazarova Barno Husin Qizi

Mazkur maqolada huquqiy fanlar ichida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan konstitutsiyaviy huquq fani haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, konstitutsiyaviy huquqning huquq sohalari orasida yetakchilik xususiyati nimalarda namoyon bo‘lishi ochib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ – HUQUQNING YETAKCHI TARMOG‘I»

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №11

KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ - HUQUQNING YETAKCHI TARMOG'I

*

>

Yusupov Rahimboy Bekbergan o'g'li

Xorazm viloyati yuridik texnikumi o'qituvchisi Jumanazarova Barno Husin qizi Xorazm viloyati yuridik texnikumi 2-bosqich o'quvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7299560

ib*

Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkuriningyuksak namunasi bo'lgan

-----1---j ----IIS ---J ..............OS..........................O----

Konstitutsiyamiz yurtimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish, O'zbekistonning xalqaro maydonda munosib o'rin egallashida mustahkam poydevor bo'lib xizmat qilmoqda.

Sh.Mirziyoyev

A • A /To ir m nnrvlorlo Imniinur "Po nlnr 1 nl-»i A o rv'riirrn v/-vn rv'rinrrn ¿^rro

Annotatsiya: Mazkur maqolada huquqiy fanlar ichida o'ziga xos o'ringa ega

bo'lgan konstitutsiyaviy huquq fani haqida so'z yuritiladi. Shuningdek, konstitutsiyaviy huquqning huquq sohalari orasida yetakchilik xususiyati nimalarda namoyon bo'lishi ochib beriladi.

»

m:

Kalit so'zlar: konstitutsiyaviy huquq, kodeks, huquq tarmog'i, normativ hujjatlar, konstitutsiyaviy huquq normalari.

< )>j*

♦ ^ ]> \ )><#•: Konstitutsiyaviy huquq milliy huquq tizimida huquqning yetakchi tarmog idir,

negaki eng oliy yuridik kuchga ega bo'lgan konstitutsiya uning asosiy manbayi bo'lib

xizmat qiladi. Asosiy qonun sifatida konstitutsiya amalda o'zida jamoat bitimini,

ya'ni o'ziga xavf-xatarsiz va erkin rivojlanish shartlarini ta'minlashi va kafolatlashi

uchun xalq o'z davlati bilan tuzadigan shartnomani mujassamlashtiradi. Shu boisdan

uning g'oyalari davlatda amal qiluvchi qolgan barcha qonunlardan ham o'rin oladi.

Umumiy prinsplarni o'zida mujassam etgan konstitutsiya qoidalari, shuningdek,

m

davlatda mavjud barcha huquq tarmoqlarida ham rivojlanadi. Buning tasdig'ini bilib olish maqsadida mamlakatimiz konstitutsiya boblaridan biriga, masalan, oilaga bag'ishlangan tegishli bobiga murojaat qilamiz. Mazkur bob to'rtta moddadan iborat.

J-jt

Go'yo juda ozdek tuyuladi, ammo ularda mujassamlashtirilgan g'oyalar oilaviy huquqning boshqa normalarida aniq ravishda rivojlantiriladi. "O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksi" 238 moddadan iborat. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining fuqarolikka bag'ishlangan VI bobida uchta modda mavjud. Shu bilan birga, birgina "O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi to'g'risida"gi qonun 45 moddadan tarkib topgan. Aytib o'tilgan misollar Konstitutsiya asoslari negizi bo'lib

xizmat qilishidan dalolat beradi, negaki huquq rivojlanishi aynan konstitutsiyadan

____________:____< • ..........1___________________1-___1_____.

boshlanadi, aynan uning o'zi boshqa barcha qonunlar va yuridik normalarga hayot * : j*

■H* ^ #,?Î

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №11

baxsh etadi. Konstitutsiyaning oliy yuridik kuchi ham ana shunday namoyon b o'ladi.

#

Aytib o'tganimizdek, qolgan barcha huquqiy qoidalar undan kelib chiqadi va konstitutsiyaga muvofiq bo'lmog'i lozim.

Agar, huquq tizimini cho'qqisida konstitutsiya turgan bir piramida ko'rinishida tasavvur qiladigan bo'lsangiz yon bag'irlari bo'ylab supachalariga qadar qolgan barcha normativ hujjatlar - qonunlar, qarorlar, tarmoqqa oid normalar va hokazolar joy olganligini yaqqol ko'rasiz.

Har bir mamlakatning, jumladan, O'zbekistonning ham huquq tizimi mavjud. Huquq tizimi turli tarmoq huquqlari yig'indisidan iborat bo'lib, har bir huquq tarmoqlarining o'z vazifasi va tartibga soluvchi predmeti mavjud. Boshqa huquq tarmoqlaridan farq qilib, konstitutsiyaviy huquq ikki xususiyatga ega: birinchisi, uning mustaqil huquq tarmog'i ekanligi bo'lsa, ikkinchisi, yetakchi huquq hisoblanishidir. Konstitutsiyaviy huquqning yetakchilik roli uning normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning ahamiyati, yetakchiligi, boshqa

niiniinl or* Ki Inn fot4iKrrn fiAlmn/imnn mimAftnKollnt* no nun nnrvp fmrnnpn Krv'l ic ni Kilon

huquqlar bilan tartibga solinadigan munosabatlar uchun asos, tayanch bo'lishi bilan

belgilanadi. Konstitutsiyaviy huquq shaxs va davlat munosabatlarining asoslarini, shaxsning huquqiy holati asoslarini, davlat va hokimiyat tuzilishini, ularni tashkil etish tartibi va faoliyatining prinsiplarini, davlatning nodavlat tashkilotlar bilan

»

m?

munosabati asoslarini o'rnatar ekan, ana shu masalalarni tartibga soluvchi barcha tarmoq huquqlari uchun yetakchilik rolini o'ynaydi. Yana konstitutsiyaviy huquqning yetakchilik roli boshqa huquqlarning konstitutsiyaviy normalar orqali vujudga kelishida ham ko'rinadi va nihoyat, konstitutsiyaviy huquqning asosiy manbai Konstitutsiya ekanligi ham uning yetakchiligini ko'rsatadi. Konstitutsiyaning 36-moddasi har bir kishining mulkdor bo'lishga haqliligi, meros huquqi qonun bilan

Vnfrvl o+1 nm nlum mrvrlrln îmiour mnllr rlnvl m ¿\Vonlmi irr» rl m rl ni li 1 m rnn rln

kafolatlanishini, 53-modda xususiy mulk daxlsiz ekanligi va davlat himoyasida bo'lishini belgilar ekan, bu bilan mulkiy masalalarni tartibga soluvchi «Fuqarolik huquqi»ga asos soladi. 53-modda tadbirkorlik faoliyatini belgilashi bilan, «Tadbirkorlik huquqi» uchun asos bo'ladi. Xuddi shuningdek, konstitutsiyaviy huquqning boshqa normalari ham boshqa huquqlar uchun asos bo'ladi, ya'ni, boshqa huquqlar o'zining dastlabki nuqtasini, tayanchini konstitutsiyaviy huquq normalaridan oladi. Har qanday boshqa huquq tarmoqlari tartibga solayotgan ijtimoiy munosabatlarning asosi konstitutsiyaviy huquq normalari bilan mustahkamlangan. Boshqa huquq tarmoqlari konstitutsiyaviy huquq normalarida mustahkamlangan

ijtimoiy munosabatlarni kengaytirib, aniqlashtirib, amalga oshirish mexanizmlarini

j 1 > ^^ ' ^^ i 1 >

belgilab, tartibga soladi. Konstitutsiyaviy huquq nafaqat moddiy huquq uchun asos

i J>:*-

bo'ladi, balki protsessual huquqlar: jinoyat protsessual huquqi, fuqarolik protsessual

huquqlari uchun ham asos hisoblanadi. Masalan, Konstitutsiyaning 26-moddasida sudda ayblanayotgan shaxsga o'zini himoya qilish uchun sharoit yaratilishi, 116-

s—a aJbla^,ayot&an shaxs&a ............... ............. sharoit 116-

moddasida ayblanuvchi himoya bilan ta'minlanish huquqiga ega bo'lishi ko'rsatilgan

* : j*

"^isr8'- a >

ы> >>

* : >

й*

>>

#ф>

^ >3> 1

Я>

>3» Ы у! Й> #ф>

Ж"

Я*

Ы>

! >5>

Ы )

Ы )>

• >4>

+И >

ЭЙ* *ф>

>€>

î Й> Ы >

3 >4»

+Н >

л w> -

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №11

ekan, bu qoidalar tegishli protsessual huquqlarda o'z ifodasini topadi. Konstitutsiyaviy huquq, huquq tizimida alohida, ya'ni yetakchi o'ringa ega ekanligini boshqa holatlar ham ko'rsatadi. Jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohadagi o'zgarishlar konstitutsiyaviy huquq normalarida aks etishi bilan birga, huquqning boshqa tarmoqlari rivojiga ham kuchli ta'sir ko'rsatadi. Mamlakatimizda amal qilib turgan konstitutsiyaviy huquq normalari O'zbekistonning davlat suvereniteti, shaxsning oliy qadriyat ekanligi, milliy davlatchilikning o'ziga xos xususiyatlari, bozor iqtisodiyoti xususiyatlari va tamoyillarini o'zida aniq aks ettirgan bo'lib, ular boshqa huquq tarmoqlarida ham o'z ifodasini topgan. Konstitutsiyaviy-huquqiy normalarning tahlili shuni ko'rsatadiki, ular orqali: - O'zbekistonning suverenligi, mustaqilligi to'la ta'minlangan; - inson huquq va erkinliklari xalqaro andozalarga mos ravishda belgilangan; - shaxs va davlat munosabatlarida shaxs manfaatlarining ustuvorligi hisobga olingan; - demokratik asoslarda va tamoyillarda hokimiyat tizimi va hokimiyatni amalga oshiruvchi organlar tizimi mustahkamlangan; - eng asosiysi, konstitutsiyaviy huquq normalari har qanday mafkuradan ozod qilingan.

Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, nafaqat huquqshunoslar, balki, har bir jismoniy shaxs, avvalambor, konstitutsiyani, qolaversa, huquqning yetakchi tarmog'i hisoblangam konstitutsiyaviy huquq fanini chuqur o'rganmog'i lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O.T.Husanov. Konstitutsiyaviy huquq. Toshkent-2022.

2. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.: 2014-yil.

3. O'zbekiston Respublikasining oila kodeksi. T.: 2022-yil.

4. www.lex.uz.

jW^ У

q ж**

Ш

»

Ыщ

* I |>

3>>

*q >

s1 >i#;

q

Щ >

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

*ф>

ИИ>

a

Qj^f^S). .—

26

q

q ] >Ъ

ЗИ >

ы >

*ф>

]>Ж

q у>р q >fi

Pi>

|:Н>

q > >

Ы >

q

q <;>

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.