Научная статья на тему 'KONFUTSIY HAYOTI VA IJODI'

KONFUTSIY HAYOTI VA IJODI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
938
68
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Konfutsiy / Lunyuy / “To’rt muqaddas devon” va “Besh muqaddas kitob” / “ 诗 经” «Qo’shiqlar kitobi» / “书 经” «Tarix kitobi» / “礼 经” “Marosimlar kitobi” / “易 经” “O’zgarishlar kitobi” va “春 秋” “Bahor va Kuz kitobi” / Confucius / Lunyu / "Four Sacred Books" and "Five Sacred Books" / "shī jīng" "Book of Songs" / "shū jīng" "Book of History" / "lǐ jīng" "Book of Ceremonies" / "yì jīng" ” “Book of Changes” and “chūn qiū” “Book of Spring and Autumn”

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Turg‘Unov, Madiyor

Ushbu maqola Konfutsiy hayoti va faoliyatini o'rganishga bag'ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE LIFE AND WORKS OF CONFUCIUS

This article is devoted to the study of the life and work of Confucius.

Текст научной работы на тему «KONFUTSIY HAYOTI VA IJODI»

KONFUTSIY HAYOTI VA IJODI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7352430

TURG'UNOV Madiyor Ilmiy maslahatchi: f.f.d.(DSc) Hashimova S.A.

This article is devoted to the study of the life and work of Confucius.

Konfutsiy Xitoyda markaziy hokimiyat o'z kuchini yo'qotib, har xil feodal shoxliklar o'zaro kurashayotgangan davrda eramizdan avvalgi 551-yili qish faslida Zhou sulolasi davrida tug'ilgan.

Konfutsiy imperator avlodidan bo'lib, eramizdan avvalgi 1200 yilda yashagan ajdodlaridan biri gertsoglik unvoniga sazovor bo'lgan, keyinchalik oilasining beshta avlodi oddiy xalqqa qo'shilib ketgani ma'lum.

Konfutsiy Xitoyning buyuk faylasufi va mutafakkiri hisoblanadi. Uning ta'limoti Xitoy va Sharqiy Osiyo hayotiga katta ta'sir ko'rsatdi va keyinchalik Xitoyda maxsus bir falsafiy tizimga aylannib, Konfutsiy ta'limoti sifatida rivojlandi. U 20 yoshidayoq pedagog sifatida shuxrat qozondi.

Konfutsiy aslida oqsuyaklar oilasidan chiqqan. U 63-yoshli vazir Shu Liang Hening o'gli bo'lgan. Uning onasi esa Yan Zheng Zai bo'lgan. Uning otasi erta vafot etadi. Konfutsiy yoshligidan ko'p mehnat qildi, ammo, qashshoqlikda yashadi. Keyinchalik u hayotda o'qish muhimligini tushunadi va mustaqil o'qishni boshlaydi. Konfutsiy Shandun provinsiyasidagi Lu Zhou saroyida xizmat qilgan. Bu davrda saroyda qirol saltanatida g'alayonlar ko'payib ketdi. Konfutsiy siyosatga ta'sir ko'rsata olmasligini tushungandan so'ng, u o'z shogirdlari bilan butun Xitoy bo'ylab sayohatga yo'l oladi. Bu vaqtda u o'z qarashlarini boshqa viloyatdagi boshqaruvchilarga yetkazmoqchi bo'lgan. Konfustiy 60 yoshga to'lganida uyiga qaytib kelgan, umrining oxirigacha shu yerda qolib, shogirdlarlariga ta'lim berib, shu vaqtning o'zida Shijing va Yijing asarlari ustida ish olib bordi. Konfutsiyning shogirdlari uning ustozi aytgan hikmatlari, savol - javoblari asosida " ii in " ( Lunyu ) "Suxbat va muloxazalar" asarini yaratdilar. Bu asar Konfutsiy ijodida muhim o'rin egallovchi asardir, unda Konfutsiyning o'gli ^^ Boyu haqida ham ma'lumotlar berilgan. Konfutsiyning mumtoz asarlaridan biri bu "Chun Qiu" ya'ni "Bahor va Kuz " solnomasi hisoblanadi. Konfutsiyning shogirdlari soni tahminan 3000ta bo'lgan, shular jumlasidan eng yaxshi ko'rgan yigirma oltita shogirdlari "Lunyu" yozilishida o'z hissasini qo'shgan. Konfutsiyning eng yaxshi ko'rgan shogirdlaridan biri Yan Yuan edi.

Konfutsiy ^ ^ LaoTzi 1 haqidagi o'zining g'oyalarini quyidagicha ifodalab beradi: "Men bilamanki, qushlar uchishi, baliqlar suzishi va jonivorlar yugurishi mumkin. Biroq, chopuvchi jonivor qopqonga tushishi, suzuvchi jonivor qarmoqqa ilinishi va uchuvchi jonivor havodan otib tushirilishi mumkin. Ammo ajdarho shamol va bulutlar yo'nalishi bo'ylab mo'ljal oladi va osmonda yashirinib hayot kechiradi, men anglashimcha, Lao Tzini ham ajdarhoga tengalashtirish mumkin ".

1 ^ ^ - Lao Tzi eramizdan avvalgi VI asrda yashagan xitoy faylasufi.

817

Bir qancha olimlarning fikrlariga qaraganda, Konfutsiyning 3000dan ortiq shogirdlari bo'lgan va ular orasida yetmish ikkitasitasigina nisbatan ilg'or, ko'zga ko'ringan o'quvchilardan edi. Konfutsiyning sevimli shogirdlaridan biri erta vafot etgan M ijfl2 Yan Yuan hisoblangan, shuningdek, Konfutsiyning qarashlarini ommalashtirishga katta hissa qo'shgan shogirdi ^^ (eramizgacha 372 - 298 yillar) bo'lgan. Konfutsiy sevimli shogirdlari bilan birgalikda o'zining dono qarashlari, boshqaruvga bag'ishlangan ta'limotini hukmdorlarga yetkazish maqsadida butun Xitoy bo'ylab sayohat qilgan. Biroq, Konfutsiy fikrlarini eshitishdan hukmdorlar o'zlarini olib qochishgan. Va nihoyat u 52 yoshida Hungto shahrining hokimi bilan til topishib olgan. Uning faoliyati ta'sirida boshqaruvda yaqqol o'zgarishlar amalga oshganligi sababli u davlatning yer ishlari bo'yicha ma'sul etib tayinlangan va keyinchalik esa adliya vaziri lavozimiga ega bo'lgan. Guvohlarning saqlanib qolgan fikrlariga ko'ra, hokimiyatda jinoyatchilikdan uzoq bo'lish uchun bitta donishmand yetarli ekanligi qayd qilinadi.

Konfutsiy dunyoga kelishidan 1200 yil oldin Xitoy donishmandlaridan biri shunday fikr bildirgan ekan: "Xudo insonlarga ezgulikka yetaklovchi ahloqiy, oliyjanob hissini i'nom etgan. Hukmdorlarning vazifasi esa odamlarni tinch va hotirjam hayot kechirgan holda ana shu hisga bo'ysunishni ta'minlashdan iboratdir". Konfutsiy bu gapning mag'zini yaxshi chaqa olgan va axmoq kishining hokimiyatga kelishi mumkinmaslighini qayd qilgan. " Hukmdorlar odamlarga yovvoyi hayvonga zulm qilgandek munosabatda bo'lishadi, odamlar esa undan arslondan qo'rqqandan ko'ra ko'proq qo'rqishgan". "Qayerda hukmdor - hukmdor, vazir - vazir, ota - ota, og'il - og'il vazifasini bajarsa, o'sha joyda odil boshqaruv hukm suradi. Ushbu fikri bilan Konfutsiy davlatda ham o'z vazifasini to'liq bajarishi ta'minlanishi - bu eng oqilona boshqaruvni tashkil qilishini ta'kidlaydi. Shuningdek, u har bir kishi o'z ixtiyori bilan ilm o'rganishi, o'zining ma'naviy axloqiy xususiyatlarini takomillashtirib borishi kerakligi haqida gapiradi. Hukmdorlar esa oddiy xalqni bilim olishga, tarbiyaga chaqirishlari talab qilinadi. Konfutsiy o'z vataniga chuqur muhabbat hissini tuyish orqali, mamlakat ravnaqi uchun hukmdorlar va mahalliy boshqaruvdagi hokimlar fikrlari bilan bir joydan chiqishi, ularning yurt obodligi haqidagi qarashlari bir yo'nalishda amalga oshirilishi juda muhimligi ta'kidlab o'tiladi.

Konfutsiy Lu gertsogligida faoliyat olib borgan davrda ushbu gertsoglikning ravnaqi, gullab yashnashi uchun bevosita qo'shni knyazliklar o'rtasida kelishuvlar amalga oshirilishiga harakat qilingan. Biroq uning bu harakatlari behuda ketgan va 56-yoshli Konfutsiy qarashlariga qarshi bo'lganlar uni bu joydan ham haydab chiqarishgan, shundan keyin 14-yil davomida Xitoyning turli xil hududlarida, hokimliklarda o'z qarashlarini targ'ib qilib yurishga majbur bo'lgan. Donishmand hukmdorlar saroyida faoliyat olib borgan bo'lsada, unga hukmdorlar tomonidan davlat miqyosidagi lavozimlar, xizmatlar berilmagan. Konfutsiyning bu holatga tushishi natijasida o'z shogirdlari unga moddiy dunyodan uzlatga chekinish afzalligi haqidagi fikrlar bildirishlariga sabab bo'lgan. Konfutsiy bu fikrlarga quyidagicha javob bergan: "Moddiy dunyodan alohida ajralib, to'liq uzlatga chekinish va qushlar, hayvonlar bilan birga yashash mumkin emas, chunki insonning ularga hech qanday o'xshashligi yo'q. Inson insonlar orasida yashashi va muloqotga kirishishi kerak. Mavjud ulmlar meni intilishlarimga sabab bo'ladigan asosiy narsa hisoblanadi ".3 Konfutsiy umrining oxirigacha o'z qarashlariga sodiq qolgan .

Konfutsiy 478 yilning to'rtinchi oyida o'z shogirdlari davrasida vafot etadi, uning vafodor shogirdlari ustozi qabrini qariyb uch yil davomida tark etishmagan. Donishmandning o'limi haqidagi xabar butun mamalakatga yoyilishi bilan mo'jiza ro'y bergan,

2 M - Yan Yuan eramizdan avvalgi 1635 - 1704 yillarda yashab o'tgan xitoy faylasufi .

3 ^ S £ - ^ W. AfM, 2010 - 13 ^o

ya'ni uning tirikligida tan olinmagan qarashlari o'limidan keying xalq tomonidan tan olingan va asrlar mobaynida o'zining qadr-qimmatini saqlab kelmoqda.

Mumtoz venyan davri adabiy yodgorliklari ichida Konfutsiyshunos to'plami tarkibiga kirgan kitoblar alohida o'rin egallaydi. Ushbu to'plam 13 kitobni o'z ichiga oladi.4

Konfutsiyshunos olimlarning asosiy 2 xil to'plami mavjud bo'lib, ular " 0 va

5" deb nomlanadi. Ular "To'rt muqaddas devon" va "Besh muqaddas kitob " deb tarjima qilinadi.

5" "Besh muqaddas kitob" Konfutsiyga qadar yaratilgan " 5" «Qo'shiqlar kitobi»,

5" «Tarix kitobi», "}L 5" "Marosimlar kitobi", "M 5" "O'zgarishlar kitobi" va "# ^" "Bahor va Kuz kitobi" singari qismlardan iborat bo'lgan. Lekin bu kitoblarning barchasi konfutsiylik ta'limoti asosida qayta ishlangan va Konfutsiy ta'limotining mohiyatini ochishga xizmat qilib kelgan.

" 0 "To'rt devon" esa Konfutsiy "Hikmatlari"dan tashqari, "Buyuk ta'limot",

"Bilim o'chog'I", "ii i" "Suhbat va mulohazalar kitobi", "Mengzi kitobi" va

Konfutsiy shogirdlarining hikmatli so'zlaridan tashkil topgan.

Bulardan tashqari quyidagi to'rt asar ham 13 muqaddas devon tarkibiga kiritilgan: 1) Zuozhuan (Zuo solnomasi), 2) Gongyangzhuan (Gongyang solnomasi), 3)

Guliangzhuan (Guliang solnomasi), 4) erya («Erya» lug'ati).

Hozirgi kunda Konfutsiy hikmatlarini va uning ta'limotini o'rganishga juda ko'p izlanishlar va tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

" 0 ^": "To'rt muqaddas devon" - Konfutsiy ta'limotini o'rganuvchilar uchun birlamchi o'quv qo'llanmasi bo'lgan. Ushbu manba majburiy o'quv materiali sifatida qabul qilinib, ilmiy daraja bo'yicha imtihonlarda keng foydalanilgan. O'sha davr talablariga ko'ra, ilmiy daraja nomzodi qadimgi faylasuflar tilida o'z fikr-g'oyalarini ifoda etishi hamda to'rt devonni yoddan bilishi shart bo'lgan.

1. "Buyuk ta'limot " kitobi - to'qqiz muqaddas kitobdan biri bo'lib,

taxminan Qin va Han sulolalari davrida miloddan avvalgi III va milodiy III asrda Konfutsiyshunoslar tomonidan yozilgan va dastlab «Li» (|L) tarkibiga kirgan. Manbalarga ko'ra, bu kitobni # ^ yozgan. # ^ ( miloddan avvalgi 505 - 436 yillar) "Qun Chiu" Sulolalari davrida yashagan. U Konfutsiy shogirdlaridan biri edi. 3 ta bo'limdan iborat: bir jing

(5) va ikki juan (#).

4 Janubiy Song (1127-1270) davrida to'plam shakliga keltirilgan

1. «^M» (m.a. XI-VIII asr)

2. «^TL» (m.a. XI-III asr)

3. iWÜ» (m.a. X-V asr)

4. (m.a. VIII-V asr)

5. (m.a. VI-V asr)

6. «£#» (m.a. VI-V asr)

7. «iii^» (m.a. V asr)

8. (m.a. V-III asr)

9. (m.a. V-III asr)

10. «fö TL» (m.a. V-III asr)

11. (m.a. V-II asr)

12. «TUE» (m.a. IV-I asr)

13. (m.a. III asr)

819

Song sulolasi davrida (960-1270) "Dasue" «Lijing»dan yozib olingan. O'sha davrda «Dasue», «Lunuy», «Meng-Zi» bilan bir qatorda o'qitilgan. Janubiy Song (1127-1270) davri imperatori Chusi hukmronligi davrida Chusi «To'rt devon devoni»ni yaratib, «Dasue», «Zhongqing», «Lunyuy», «Meng-Zi»ni birgalikda «Sishu» (To'rt devon) deb ataydi.

2. 0" ham "IL ¿5" tarkibiga kirgan. Kurashuvchi podsholiklar davrida miloddan avvalgi 403 - 221 yillarda ^ S tomonidan yozilgan. Uning asl ismi ^ , Konfutsiyning nabirasi. Zamonaviy olimlarning fikricha, "Zhongqing" Chin davrida (m.a. 221-207) Meng-Zi maktabi nomoyondalari tomonidan tuzilgan. "Zhongqing"da o'sha davrdagi ilm-fan taraqqiyotiga mos holda ahloq qoidalari va tabiat qoidalari yoritilgan. Song sulolasi (960-1270) davriga kelib, u «Dasyue», «Lunuy», «Meng-Zi» bilan birgalikda «Sishu» deb nomlana boshladi.

3. "ii ip" «Lunuy» ham to'qqiz kitobdan biri bo'lib, Konfuciy fikr-mulohazalarining to'plamidir. 20 bo'lim, 492 banddan iborat. Konfuciy shogirdlari tomonidan Konfuciyning to'g'ridan-to'g'ri nutqi hamda ularning eshitganlari asosida tartibga solinib, yozilgan. Unda Konfuciyning suhbati, shogirdlarining savollariga javoblar hamda ular orasidagi bahs-munozaralar aks ettirilgan. Bu kitob 80 yil davomida yozilgan, ilk bor m.a. 4000 yilda paydo bo'lgan.

4. - «Meng-Zi» to'qqiz kitobdan biri bo'lib, Kurashuvchi podsholiklar (m.a. 403-221) hukmronligining o'rtalarida Meng-Zi va uning shogirdlari Van Chjang (^i), Gong Songchou va boshqalar tomonidan yozilgan. «Meng-Zi»da qadimgi Xitoy buyuk faylasufi Meng-Zining qarashlari aks etgan. «Xan kitobi» ning "Adabiyot va san'at" bo'limida

«Meng-Zi»ning 11 bobi kiritilgan bo'lib, hozirgi kungacha 4 bobi saqlanib qolgan. An'anaga ko'ra, bulardan tashqari «Meng-Zining begona kitobi» nomli to'rt kitobi ham bor. Bu kitob hozirgi kunga qadar yetib kelmagan.

Kitobda Meng-Zi va shogirdlarining hayotdagi turli vaziyatlarda, xususan siyosat, ta'liM, falsafa sohalarida fikr va mulohazalari berilgan. Janubiy Song imperatori Chunsi hukmronligi (1174-1189) davrida Chunsi uni va «Lunuy», «Dasyue» va «Zhongqing»ni birlashtirib, «Sishu» ga aylantirgan.

H" " Besh Muqaddas to'plam" kitobi - rasmiy g'oya va ta'lim tizimining asosi deb tan olingan. Mazkur kitob jami besh to'plamdan iborat bo'lgan.

1. "ii H" «Shijing» (She'rlar devoni) - to'qqiz muqaddas kitobdan biri. M.a. XI-VII asrlarda shakllanib, VI-V asrlarda Konfuciy tomonidan tahrir qilinib, to'plam sifatida nashr etilgan. 3000dan ortiq xalq qo'shiqlarini o'z ichiga olgan. Eng dastlabki she'r va qo'shiqlar to'plami hisoblanadi. Xalq, saroy va ibodat bilan bog'liq she'riyatni o'z ichiga oladi. Qadimda «Shi» deb nomlangan, konfuciyshunoslarning muqaddas devoni sirasiga kiradi. Hammasi bo'lib 305 bo'limdan iborat. «Shijing» quyidagi katta uch qismga bo'linadi:

1. S M "Shoxliklar urflari"

2. m "Odalar " , "Qasidalar"

3. ' "Qo'shiqlar va Madhiyalar"

«Feng» tarkibiga 15 ta Gofeng (HM Davlat urflari); «Ya» tarkibiga «Daya» Katta Ya) va «Siyao ya» (jJ^ Kichik ya); «Song» tarkibiga «ZhouSong» (M'), «LuSong» (va «ShangSong» kiradi. Shensi, Shansi, Xenan, Shandong va Xubey provinciyalari hududlarida

yaratilgan, deb taxmin qilinadi.

2. ^"«Shujing» («Naqllar devoni» yoki «Tarix devoni»). Boshqacha nomlanishi -

"Shangshu" Unda eng qadimgi, ya'ni m.a. XXIV-VIII asrlar tarixi aks ettirilgan, tarixiy

shaxslar va qahramonlar haqida ma'lumot beriladi.. Qadimgi Xitoy adabiyoti va madaniyatining yozma yodgorligidir. Uning 58 bobi saqlanib qolgan. An'anaga ko'ra, Konfuciy tomonidan m.a. V

asrda yozilgan. Chin Shixuang tomonidan m.a. 213 yilda yondirib tashlangan, m.a. 178 yilda esa bu asarni yoddan bilgan mashxur olim Fu Sheng tomonidan qisman tiklangan.

«Shangshu» («Tarix devoni»)ning yana bir nomi «Shu» va «Shujing»dir. «Shangshu» 9 muqaddas kitobdan biri hisoblanadi. Bu kitobda Xitoydagi qadimiy tarixiy xujjatlar va qadimda mashxur bo'lgan kitoblarning to'plami berilgan. An'anaga ko'ra, Konfuciy tomonidan tahrir qilingan. Aslida esa ayrim qismlari, jumladan, «Yaodian» (^Ä), «Gaotaomou» ( «Yuyugong» (PIm), «Xongfan» (Ä^) kabilar konfuciyshunos olimlar tomonidan to'ldirilgan. «Shangshu»ning qadimgi va zamonaviy tilda yozilgan nusxalari mavjud.

«Shangshu»ning zamonaviy nusxasi 28 bobdan iborat. Ma'lumotlarga ko'ra, Konfuciy tomonidan tuzilgan, lekin «Yaodian», «Gaotaomou», «Yuyugong», «Xungfan» kabi boblarning barchasi keyinchalik konfuciyshunoslar tomonidan to'ldirilgan. G'arbiy Xan sulolasi davrida eng dastlabki nusxasi Fu Sheng tomonidan yozib qoldirilgan, ierogliflar lishu husnixat turida yozilgan.

«Shangshu»ning qadimgi nusxasining yana bir nomi «Ishu» bo'lib, «Shangshu»ning

turlaridan biridir. «Xanshu»da yozilishicha, Xan davri imperatori Udi hukmronligining oxirgi yillarida Luyuy degan odam Konfuciy yashagan xonadonning devoridan bu kitobni topib olgan. «Shangshu»ning qadimgi nusxasi zamonaviy nusxasiga qaraganda 16 bobga ko'proq. Buning sababi Chin va Xan davridan oldin foydalanilgan "Guven" yozilganidir.

Sharqiy Xan sulolasi olimi Dulinning ta'kidlashicha, Zeng Dechi ( ^#^)ning kitobi «Qadimgi Shangshu»ning asl nusxalaridan biridir. Barcha mumtoz konfuciyshunos olimlar buni asl nusxa sifatida tan olishgan, zamonaviy konfuciyshunoslardan Veyyuan (MM), Gongzi Chen Kangyu Vey (^W^) va boshqalar bu nusxani qalbaki deb hisoblashadi.

3. "IL 5" 3 qismdan iborat: 1) «Ili» («ftTL»), 2) «Zhouli» («№L»), 3) «LiZi» («ÎLiS») (ILiS - «Marosimlar» yoki «Nizomlar» haqidagi qaydlar. M.a. IV-I asrlar davomida turli mualliflar tomonidan yozilgan. Turli marosimlar va jamiyatda o'zini tutish qoidalari haqida bayon qilingan. «Liji»ni bilmagan kishi hech qanday lavozimga tayinlanishi mumkin bo'lmagan va madaniyatli hisoblanmagan. Keyinchalik neokonfuciyshunoslar davrida (XII asr) «To'rt devon» (H^) muallifi Chju Si unga «Liji»ning ikki bo'limi bo'lmish: «Zhongqing» (^0) va «Dasue» (^^)ni kiritgan.)

4. 5" «Ijing» (^^)ning yana bir nomi - «Chjoui», qisqartirilgan nomi - «I». Ushbu asar «O'zgarishlar kitobi» deb ham ataladi, to'qqiz muqaddas kitobdan biri. G'arbiy Chjou sulolasi davrida (m.a. XI-VIIIasr) yozilgan deb taxmin qilinadi. Tarkibida «Jing» (5) va «Juan» (#) ikki bo'lim aks etgan. «Jing» asosan 64 ta trigramma va 384 izohdan iborat. Har bir izoh va trigrammaga sharh ilova qilinadi, ular fol ochish uchun ishlatilgan.

Qadimgi an'anaga ko'ra, Fusi trigrammani chizadi, Venvang esa ularga izoh beradi. Bu kitobning ilk ko'rinishi In davlatining tugatilishi va Chjou sulolasi arafasida yaratilgan. «Zhuan» (#) bo'limi «Jing»ga berilgan ilk izoh hisoblanadi, 10 bo'limdan iborat, shu sababli umumiy nomi

shi y 1

«O'nlik» (« + M »)dir. Ilk manbalarga ko'ra, bu kitobni Konfuciy yaratgan. Hozirgi zamon olimlarining izlanishlariga ko'ra, bu kitob Kurashuvchi podsholiklar davri oxirgi yillari yoki Chin va Xan sulolalari arafasida konfuciyshunos olimlar tomonidan yozilgan.

5. "# %K" "Bahor va Kuz " kitobi qadimgi Xitoyning enciklopedik yodgorligi. Lu mamlakati (^H) yilnomasi bo'lib, Xitoyda ilk yaratilgan solnoma asar hisoblanadi. M.a.III asrda Chin podshohligi davrida yaratilgan. Xitoy tarixi va falsafasi bo'yicha qimmatbaho manba hisoblanadi. «Chünqiü» dagi matnlar o'ta ixchamlashtirilganligi sababli (matn hajmi 16257 ieroglif), bularga izohlar uning «fcfê» (Zuozhuàn), (Gôngyângzhuân), (Gûliângzhuân) nomli bo'limlarida berib o'tilgan.

"To'rt muqaddas devon" va "Besh muqaddas to'plam" Min sulolasi davrida davlat imtihonlarini topshirishda manba sifatida foydalanilgan. Bu ikkita kitob bizlarga qadimdan qolgan bebaho yozma yodgorliklardir.

«Zozhuan» maъlumоtlarga ko'ra, Zo Chuming(^É^) tomonidan yozilgan. Asarda

m.a. 722-468 yillardagi voqealar tafsiloti berilgan. Asar matnlari esa asosan m.a. IV asrda tuzilgan, keyinchalik qayta to'ldirilgan va tahrir qilingan. Shundan keyin «Zozhuan» konfuciyshunos olimlar tomonidan muqaddas kitoblardan biri, ya'ni (Chunchiu) kitobiga sharh deb tan olingan va

konfuciyshunoslar manbalaridan biriga aylandi.

«Gongyangzhuan» ^ ^ # - konfuciyshunos olimlarning muqaddas devonidan biri. «Chunchiu» kitobiga sharh bo'lib, Kurashuvchi podsholiklar davrida (m.a. 403-221) Gong Yanggao tomonidan yozilgan. Dastlab faqat og'zaki tarzda tarqatilgan, Xan sulolasi (m.a.206-milodiy 220) boshlariga kelib kitob shakliga aylantirilgan. Lu Ingong hukmronligining 14-yilidan boshlab (m.a.722y), to Lu Aygong hukmronligining 14-yiligacha (m.a.481y) bo'lgan tarixiy jarayondagi voqealar tafsilotlari bayon etilgan.

«Gulyang zhuan» (ШШ^) ham konfuciyshunos olimlarning muqaddas devonidan biri. Kurashuvchi podsholiklar davrida (m.a. 403-221) Gulyang Chi tomonidan yozilgan. Dastlab faqat og'zaki tarzda tarqatilgan, G'arbiy Xan sulolasi (m.a.206-milodiy 25) davriga kelib kitob shakliga aylantirilgan. Lu Ingong hukmronligining 14-yilidan boshlab (m.a.722y), to Lu Aygong hukmronligining 14-yiligacha (m.a.481y) bo'lgan tarixiy jarayondagi voqealar tafsilotlari bayon etilgan. Kitobdagi sharhlar savol-javob ko'rinishida bo'lib, «CHunchiu»ning "principial mohiyati"ni ochib berishga qaratilgan. Mazmunan «Gongyang zhuan» sharhiga yaqin.

«Erya» (^Ш) - Xitoy tarixida ilk yaratilgan izohli lug'at bo'lib, u bir necha yuz yilliklar davomida ko'plab olimlar tomonidan ishlanib kelingan. Taxminan m.a. V-II asrda yozilgan. Zamonaviy nusxasi 19 bo'lim, 4300 so'zdan iborat. Mazkur leksikografik asarda so'zlar tematik guruhlarga ajratib beriladi. Masalan: tog'ga oid so'zlar, samoga oid so'mlar, suvga oid so'mlar va h.k. «Erya» asari Tang va Song sulolalari davriga kelib, konfuciyshunos olimlarning 13 muqaddas kitobidan biriga aylandi. «Erya» lug'ati Xitoy xalqiga qoldirilgan bebaho madaniy boylik hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. С Xашимoва. О ЯВЛЕНИИ КОНВЕРСИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2022.

2. С.А.Насирoва (2021). Пoлитичeская мeтафoра (на примeрe матeриала no кадрoвoй пoлитикe coBpeMeHHoM КНР). In Resent Scientific Investigation (pp. 69-73).

3. Xашимoва, С. А. (2020). ОСОБЕННОСТИ ОБРАЗОВАНИЯ РЕЗУЛЬТАТИВНЫХ ГЛАГОЛОВ ПРИ ПОМОЩИ СУФФИКСАЦИИ В КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. In Страны. Языки. Культура: сборник материалов Ш-й международной научно-практической конференции/Под ред. проф. Абуевой ННМахачкала: ДГТУ. 391 с (p. 361).

4. Xашимoва, С. А. (2020). Оcoбeннocти o6pa3oBaHra нeoдушeвлённыx cущecтвитeльныx при пoмoщи суффиксации в coBpeMeHHoM китайс^м язы^. Modern Oriental Studies, 2(2), 3446.

5. Nasirova, S. A. (2019). Modification of semantics of social terms of the modern Chinese language. Opción: Revista de Ciencias Humanas y Sociales, (24), 260-273.

6. Xaшимoвa, С. А. (2022). АГГЛЮТИНАТИВНАЯ ОСОБЕННОСТЬ СУФФИКСАЦИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 196-202.

7. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10.

8. Насирова, С. А. (2020). Генезис общественно-политической терминологии китайского языка через призму истории китайской дипломатии. Modern Oriental Studies, 2(2), 22-33.

9. Хашимова, С. А. (2022). О НЕКОТОРЫХ ОСОБЕННОСТЯХ ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЧЕСКОГО АСПЕКТА КОММУНИКАЦИИ (НА ПРИМЕРЕ КИТАЙСКОГО ЯЗЫКА). SO 'NGIILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 7(1), 85-91.

10. Хашимова, С. А. (2022, September). ОБРАЗОВАНИЕ ПРИЛАГАТЕЛЬНЫХ С ПОМОЩЬЮ АФФИКСАЩИ В КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. In E Conference Zone (pp. 5-10).

11. Abdullayevna, H. S. (2020). Peculiarities of the formation of animated nonsignificant using suffixing in the modern chinese language. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 70(5), 1504-1511.

12. Хашимова, С. А. (2022). ОБРАЗОВАНИЕ ЧИСЛИТЕЛЬНЫХ ПРИ ПОМОЩИ АФФИКСАЦИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. World scientific research journal, 7(1), 20-23.

13. Насирова, С. А., Хашимова, С. А., & Рихсиева, Г. Ш. ВЛИЯНИЕ ПОЛИТИЧЕСКОЙ СИСТЕМЫ КИТАЯ НА ФОРМИРОВАНИЕ ОБЩЕСТВЕННО-ПОЛИТИЧЕСКОЙ ТЕРМИНОЛОГИИ. Ответственный редактор, 162.

14. NS Abdullayevna.±£mnxfflm^¥ffl^: ШЩ^—^Ь- 87, 0

15. С.А.Насирова. Институт евнухов в древнем Китае: причины возникновения и особенности (2022). Фундаментальные и прикладные научные исследования: актуальные вопросы, достижения и инновации. С. 187-188.

16. NS Abdullayevna. Языковая политика в Китае: идентификация общественно-политической терминологии (2019). In КИТАЙСКАЯ ЛИНГВИСТИКА И СИНОЛОГИЯ 3,384,2019

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.