Научная статья на тему 'KOMPYUTER GRAFIKASI FANIDA TASVIRLARNI KODLASHTIRISH ZARURIYATI'

KOMPYUTER GRAFIKASI FANIDA TASVIRLARNI KODLASHTIRISH ZARURIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

10
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — M. N. Esonturdiyev

Kompyuter xotirasida tasvir hosil qilishda tasvirda turli xatoliklar ro„y berishi mumkin. Bunga kamera yoki obyektivning harakati, obyektiv aberratsiyasi, fotovositalarning kamchiliklari, avtosferadagi harakat va o„zgarishlar, tasvirlarni kompyuter xotirasiga o„tkazish vositalari kamchiligi va boshqalar bo„lishi mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KOMPYUTER GRAFIKASI FANIDA TASVIRLARNI KODLASHTIRISH ZARURIYATI»

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorli

gL

KOMPYUTER GRAFIKASI FANIDA TASVIRLARNI KODLASHTIRISH

ZARURIYATI

M. N. Esonturdiyev

Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Chirchiq, O'zbekiston esonturdiyev80@mail.ru

Kompyuter xotirasida tasvir hosil qilishda tasvirda turli xatoliklar ro'y berishi mumkin. Bunga kamera yoki obyektivning harakati, obyektiv aberratsiyasi, fotovositalarning kamchiliklari, avtosferadagi harakat va o'zgarishlar, tasvirlarni kompyuter xotirasiga o'tkazish vositalari kamchiligi va boshqalar bo'lishi mumkin.

Tasvirni sonli kompyuter xotirasida saqlash uchun c0 = N2g (bit) talab etiladi, bu erda N = Xmax / AX = Ymax / AY - tasvir nuqtalarining OX va OY o'qlar bo'yicha soni, g-bitta elementni saqlash uchun zarur bitlar soni. Zamonaviy qurilmalarning diskretlash imkoniyati juda katta hajmli sonli tasvirlar hosil qilishi mkonini beradi [1]. Agar X = Y = 0,2mm desak (ko'pchilik qurilmalarda diskretlash imkoniyati shunday) va g=0 desak, 200x200mm2 o'lchamli suratni sonli tasvirga o'tkazish uchun C = 8 mln. bitga teng bo'lishi lozim [2]. Ko'rinib turibdiki, amaliyotdagi o'nlab va yuzlab tasvirlarni saqlash va ularga ishlov berish katta qiyinchiliklar tug'diradi. Manba tasvirni o'zgartirmay tiklashda iloji boricha kamroq sifat yo'qotilishiga yo'l qo'yadigan axborot hajmini siqishni dolzarb muammoga aylantiradi. Tasvirni ana shunday siqishni kodlashtirish deb ataladi. Kodlashtirishdan maqsad - tasvirni sifatli ravishda tiklash imkonini beradigan kichik hajmli axborot olishdir. Kodlashtirish ikki cohara bo'linadi: 1) kanalga uzatish sifatini oshirish 2) axborot hajmini kamaytirish kodlarini qurish. Tasvirlarga ishlov berishda 2-soha bir muncha qulayliklar - kichik hajmli xotira talabi, tasvir uzatish tezligini oshirish, sonli telekanallar va h.k.larga xizmat qiladi.

Kodlashtirish zaruriyati yana tasvirlarni sonli tarmoqlar, aloqa tizimlarida uzoq masofaga samarali uzatish masalasi bilan bog'liqdir. Bunga kompyuterlararo milliy tarmoqlar, yig'inlar o'tkazish uchun aloqa tizimlari, tabiiy maslahatlar o'tkazish aloqalari, kosmik kemalar va sun'iy yo'ldoshlardan turli to'lqin uzunliklardagi tasvirlarni uzatish tizimlari, turli tasvirlarni fototelegraf va faksimil uzatish tizimlarini misol qilib ko'rsatish mumkin.

Shu o'rinda sonli televidenie tizimlarining jadal sur'atli rivojini ham eslatib o'tish lozim. Hozirgi kunda sonli televidenie tizimlari uchun, analog to'lqinli televidenie uchun zarur bo'lgan

October 20, 2023

https://cspi.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital

Volume 4 j CSPU Conference 1 j 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

aloqa kanallaridan ko'ra kengroq imkoniyatli kanallar zarur. Bunga sabab sonli signal uzatishning bir sekundda jo'natilgan bitlar soni bilan o'lchanuvchi tezligidir. Sonli televidenie signalini yuqori sifatli uzatish uchun, agar Lchegara=6 MGs bo'lsa, sekundiga 12 mln qiymat yoki har bir qiymat 8 impulsda jo'natilishini hisobga olsak, sekundiga 100 mlnga yaqin impuls (100 Mbit/s) jo'natish lozim [2]. Odatda, diskretlash chastotasi televizion sigalning yuqori chegaraviy chastotasini ikkilanganda biroz kattaroq bo'ladi va sonli signal uzatish chastotasi (100+120) Mbit/s bo'ladi [3]. Bunday imkoniyatli kanalni ta'minlash juda qiyin va qimmatga tushadi. Demak, tasvirlarni samarali kodlashtirish muammosi sonli televidenieda alohida ahamiyat kasb etadi. Tasvirlarni siqish masalasining qo'yilishida ikkita: tasvirdagi statistik va psixovizual ortiqchalik omillari muhim rol uynaydi.

Birinchisi yonma-yon elementlarning o'zaro yaqin qiymatga egaligidan kelib chiqadi va bu hol barcha tasvirlarda u yoki bu darajada mavjuddir. Ko'p marta takrorlanuvchi nuqtalarning zarurini qoldirib, qolganlarini tashlab yuborish mumkin. Bu jarayon ehtimollar nazariyasi yordamida amalga oshiriladi.

Ikkinchi omil insonning ko'rish xususiyatlariga asoslangan. Inson tasvirdagi axborotning ma'lum bir qismigagina ta'sirchan bo'ladi (masalan konturga), qolgani esa katta ahamiyatga ega bo'lmaydi, ya'ni bir qismi ortiqcha bo'ladi. Bu omillar tasvirlarni kodlashtirish asosida yotadi.

REFERENCES

[1] Ту Дж., Гонсалес Р. Принципы распознаваниya образов. -Москва.: Мир, 1978.

[2] Sodiqov S.S., Malikov M.N. Tasvirlarga sonli ishlov berish asoslari.- Toshkent: Fan, 1994.

[3] Рашидов Х.Ш., Эсонтурдиев М.Н. "Тасвирда биометрик об'ектларни таниб олишда тасвирга дастлабки ишлов бериш масаласи". "Современное состоyaние и перспективы применениya цифровых технологий и искусственного интеллекта в управлении" доклады республиканской научно-технической конференции. Ташкент, 6-7 сен^бря 2021 г. ст. 235-245.

https://cspi.uz/

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

509

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.