Научная статья на тему 'KOMPRESSORNING MOYLASH TIZIMIDA IFLOSLANISHNI NATIJASIDA YUZAGA KELADIGAN NOSOZLIKLARNING TADQIQOTI'

KOMPRESSORNING MOYLASH TIZIMIDA IFLOSLANISHNI NATIJASIDA YUZAGA KELADIGAN NOSOZLIKLARNING TADQIQOTI Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
168
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Ключевые слова
kompressorning moylash tizimi / havo kollektorlari / kompressor klapanlari / salniklar / silindr / moy nasos / filtr / dvigatel / librikator / moy sovutkich / quvurlar. / система смазки компрессора / воздушные коллекторы / клапаны компрессора / сальники / цилиндр / масляный насос / фильтр / двигатель / libricator / маслоохладитель / трубы

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Djurayev Rustam Umarxonovichv, Yuldoshov Husniddin Ergashovich

Ushbu maqolada kompressorning moylash tizimida qo‘llaniladigan moy filtrlarini takomillashtirish asosida moy tarkibidagi ifloslovchi zarrachalar ulushini kamaytirish masalasi ko‘rib chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ИССЛЕДОВАНИЕ НЕИСПРАВНОСТЕЙ, ВЫЗВАННЫХ ЗАГРЯЗНЕНИЕМ В СИСТЕМЕ СМАЗКИ КОМПРЕССОРА

В этой статье рассматривается вопрос о снижении доли загрязняющих частиц в масле на основе усовершенствования масляных фильтров, применяемых в системе смазки компрессора.

Текст научной работы на тему «KOMPRESSORNING MOYLASH TIZIMIDA IFLOSLANISHNI NATIJASIDA YUZAGA KELADIGAN NOSOZLIKLARNING TADQIQOTI»

KOMPRESSORNING MOYLASH TIZIMIDA IFLOSLANISHNI NATIJASIDA YUZAGA KELADIGAN NOSOZLIKLARNING TADQIQOTI Djurayev Rustam Umarxonovich

Navoiy davlat konchilik texnologiyalar universiteti "Hayot faoliyati xavfsizligi" kafedrasi

mudiri, t.f.d, professor Yuldoshov Husniddin Ergashovich

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali "Elektr texnikasi va elektr mexanikasi" kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo. 7298450

Annotatsiya: Ushbu maqolada kompressorning moylash tizimida qo'llaniladigan moy filtrlarini takomillashtirish asosida moy tarkibidagi ifloslovchi zarrachalar ulushini kamaytirish masalasi ko'rib chiqiladi.

Kalit so'zlar: kompressorning moylash tizimi, havo kollektorlari, kompressor klapanlari, salniklar, silindr, moy nasos, filtr, dvigatel, librikator, moy sovutkich, quvurlar.

ИССЛЕДОВАНИЕ НЕИСПРАВНОСТЕЙ, ВЫЗВАННЫХ ЗАГРЯЗНЕНИЕМ В СИСТЕМЕ СМАЗКИ КОМПРЕССОРА

Аннотация: В этой статье рассматривается вопрос о снижении доли загрязняющих частиц в масле на основе усовершенствования масляных фильтров, применяемых в системе смазки компрессора.

Ключевые слова: система смазки компрессора, воздушные коллекторы, клапаны компрессора, сальники, цилиндр, масляный насос, фильтр, двигатель, libricator, маслоохладитель, трубы INVESTIGATION OF MALFUNCTIONS CAUSED BY CONTAMINATION IN THE

COMPRESSOR LUBRICATION SYSTEM

Abstract: This article discusses the issue of reducing the proportion ofpolluting particles in oil based on the improvement of oil filters used in the compressor lubrication system.

Keywords: compressor lubrication system, air manifolds, compressor valves, oil seals, cylinder, oil pump, filter, engine, libricator, oil cooler, pipes

KIRISH

Kompressor uskunalarining uzoq muddat va xavfsiz ishlashi ko'p jihatdan moylash tizimining ishonchliligiga va moylarning sifatiga bog'liq. Moy ta'minotining etishmasligi yoki uzilishi ishqalanishning kuchayishiga olib keladi, buning natijasida silindrlarda ishqalanish paydo bo'lishi mumkin. Kompressor silindrlariga kiruvchi ortiqcha moy, shuningdek, moy navining mos kelmasligi, yuzalarda moy qatlamini hosil bo'lishiga sabab bo'ladi, ushbu holat ba'zi hollarda kompressorlar, havo kollektorlari va havo kanallarining portlashiga olib kelishi mumkin. Kompressor silindrlarida moy va havo bug'laridan tashkil topgan aralashmaning portlashi amalda mumkin emasligini turli mualliflar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar va hisob-kitoblar natijasida ma'lum bo'lgan. Shunday ekan, kompressor, havo kollektorlari va havo kanallarini portlashining yagona sababi bu yuzalarda moy qotlamaning hosil bo'lishidir.

Bizga ma'lumki, porshenli kompressorlarda moylash tizimi ikki qismga ega bo'lib, u silindrni va salniklarni moylash tizimi hamda harakat mexanizmlarini moylash tizimini tashkil etadi.

Kompressor klapanlari, porshen halqalari, ushlab turuvchi halqalar va salniklar kabi silindrning tez emiriluvchi qismlarini moylash kompressor uskunasini ishlab chiqaruvchi tomonidan texnik hujjatlarda ko'rsatilgan tavsiyalarga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Ushbu

komponentlarning ishlash muddati to'g'ridan-to'g'ri moy turiga, moyning tozaligiga, uning hajmiga va moylash davriyligiga bog'liqdir.

Porshenli kompressorlarning silindr va salniklarni moylash asosan quyidagi usullarda amalga oshiriladi

TADQIQOD MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Porshenli kompressorlarning silindr va salniklarni moylash asosan quyidagi usullarda amalga oshiriladi:

- Karterdan moyni purkash. Karter vannasidan moy maxsus purkagichlar tomonidan ushlanib, porshen harakati vaqtida silindr yuzasiga taqsimlanadi. Valning keyingi aylanishlari bilan porshen kiruvchi moyni silindrning boshqa ishchi yuzalariga o'tkazadi. Ushbu usulning asosiy kamchiliklari - moylash materiallarini iste'mol qilishni tartibga solishning iloji yo'qligi. Bundan tashqari, katta hajmdagi moyning issiq havo bilan aloqasi silindr ichidagi moy qurumini hosil bo'lishiga olib keladi va moy silindrning barcha qismlariga notekis taqsimlanishi mumkin;

- Kompressorga kiruvchi, ya'ni silindarga suriluvchi havo oqimiga moyni purkash. Ushbu usul ko'p pog'onali kompressorlorda qo'llaniladi va silindrlarning karterga ulanmagan qismlarini moylash imkonini beradi. Bu usulda havo oqimining bir qismi silindrlarga mayda dispers moy bilan to'ldirilgan karter orqali kiradi, so'ngra moy bo'g'i bilan silindrga yo'naltiriladi. Biroq, bu usul silindrning barcha ishchi yuzalarini to'liq qamrab olmaydi. Bundan tashqari, ma'lum gazlarning moy tumanlari bilan birgalikda siqilgan havo sifatini sezilarli darajada pasaytiradi;

- Silindr va salniklarni bosim ostida moylash, ya'ni silindrni majburiy moylash. Moyni etkazib berish plunjerli nasos - moylash moslamasi (lubrikator) tomonidan amalga oshiriladi. Gorizontal turdagi kompressorlarda yuqori nuqtada yoki silindrning diametri 500 mm dan ortiq bo'lgan holda ikkita nuqtada moy beriladi. Vertikal silindrli kompressorlar ham bir yoki bir nechta moy kirish nuqtalariga ega bo'lib ularning soni silindrlarning diametriga ham bog'liqdir.

Nasosdan moy, quvurlar orqali silindrga etkaziladi. Bu usul eng samarali usul hisoblanib, silindrning barcha ishchi yuzalarini va uning qismlarini to'liq moylash imkonini beradi.

1-rasmda harakatlanish mexanizmlarni moylovchi moyning boshlang'ich parametrlarini o'zgarishi va ifloslanishi natijasida yuzaga keladigan nosozliklar keltirilgan.

1-rasm. Harakatlanish mexanizmlarni moylovchi moyning ifloslanishi natijasida yuzaga

keladigan nosozliklar

Harakat mexanizmlarini moylash ikki usulda amalga oshiriladi.

1. Harakat mexanizmlarining ishchi yuzalarida moyni purkash kichik o'lchamli kompressorlarda qo'llaniladi va qisqa muddatli ish uchun mo'ljallangan. Moy karter vannasiga quyiladi, val aylanganda tuman holatiga o'tadi va shundan keyingina podshipniklar orqali ishqalanish yuzalariga o'tadi.

Bu usul issiqlikni samarali ko'chirmaydi, shuning uchun purkash tizimi ko'pincha kompressorlarning xo'jalik yoki yarim professional modellarida qo'llaniladi. Karterda moy darajasining etarli darajada nazorat qilinmasligi, moyni tez ifloslanishi, filtrlarni to'lib qolishi va siqilgan havoga moyni aralashib ketishi ushbu usulning asosiy kamchiliklaridan hisoblanadi.

Harakatlanish mexanizmlarini majburiy moylash, ya'ni sirkulyasiya usuli kompressorning karteri orqali moyni yopiq siklda etkazib berish orqali amalga oshiriladi. Moy nasosga filtr orqali kiradi. Majburiy moylash tizimi manometr va qayta ishga tushuruvchi klapanlar bilan ta'minlanadi. Bugungi kunda mamlakatimizning konchilik korxonalarida qo'llaniladigan porshenli kompressorlarning aksariyat qismi majburiy moylash tizimi bilan jixozlangan.

Quyida 2-rasmda kompressorni majburiy moylash tizimi keltirilgan.

IX C*

- teskari klapan;

- ventil;

- utkazuvchi klapan;

[■Д4 - chiqarib yuboruvchi klapan;

- harakat mexanizmlarini moylash quvuri;

--- silindr va salniklarni moylash quvuri;

1-kompressor kollektori, 2-dvigatel, 3-moy nasosi, 4-librikator, 5-moy filtrlari, 6-moy sovutkich, 7-moyni nozik tozalash filtri (filtr tonkoy ochistki), 8-yig'ish filtri, 9-10-11-quvurlar, I va II-

kompressorning pog'onalari. 2 — rasm. Kompressorni majburiy moylash tizimi

2-rasmda keltirilgan kompresorning majburiy moylash tizimi quyidagicha ishlaydi: moy nasos (3) orqali filtrga (5) uzatiladi, filtrdan chiqqan moy sovutgichga (6), so'ng esa quvur (9) orqali kompressor kollektoriga (1) uzatiladi. Kompressor kollektorida val, kreyskopf va harakatlanish qismlarini moylaydi va bir paytni o'zida sovutish vazifasini bajaradi. Chiqishda yig'ivchi filtrdan (8) o'tadi, yig'uvchi filtr moydagi ifloslovchi zarrachalarni cho'ktirib qolish vazifasini bajaradi. Yig'uvchi filtrdan chiqqan moy quvur (10) orqali yana qaytadan nasosga (3) o'zatiladi. Moy tarkibida ifloslovchi zarrachalarning ortishi ko'zatilganda moy kollektorga (3) nozik tozalash filtri (7) orqali o'kaziladi.

Kompressorning silindr qismiga librikatordan (4) moy quvurlar (11) orqali o'zatiladi, bunda moy silindrlarga purkaladi va qayta sirkulyasiya qilinmaydi. Silindrdan moy siqilgan havo bilan aralashib klapanlar orqali chiqadi, so'ng moy ajratgichda ajratib olinadi va utilizatsiya qilinadi.

Moyning yetishmasligi, shuningdek, kompressor va silindrlarning harakatlanuvchi qismlarini haddan tashqari moylanishi, uskunalarning ishlashiga bir xil darajada salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Haddan tashqari moylash kompressorning porshen va boshqa elementlarini ishonchliligini pasayshiga, klapanlarni yopishqoqligiga, ularni ochilishini sekinlashtirish yoki kechiktirish va shikastlanishiga, hamda kompressorni unumdorligini pasayib ketishiga sabab bo'ladi.

Moy yetishmasligi harakatlanuvchi qismlarning muddatidan oldin eskirishi, tovushlarining paydo bo'lishi, uskunaning vibratsiyasi va pulsatsiyasiga, silindrlar ichida cho'kindilarning hosil bo'lishiga olib keladi.

Silindr qismlarini moylash uchun moylash materiallarini taqsimlash uchun ishlatiladigan tizimning ishonchliligi, mos keluvchi moylash materiallaridan foydalanish va ularni to'g'ri sarflash porshenli kompressorlarning umumiy ishonchliligi uchun muhimdir.

Kompressorning harakatlanish mexanizmlarini moylashda moyning parametrlari va uning tozaligiga alohida e'tibor qaratilishi kerak, chunki moyning boshlang'ich ko'rsatkichlarining o'zgarishi va uning ifloslanishi harakatlanuvchi-ishqalanuvchi mexanizmlarni yemirilishini keltirib chiqaradi, buning natijasida esa avariyali to'xtalishlarning soni ortishi yuzaga keladi.

Moyning qovushqoqligini kamayishi va uning ifloslanishi kompressor val qismining podshipniklarini qizishi natijasida kompressorni birdan avariyali to'xtashiga olib keladi, bundan tashqari podshipniklar va ularning qoplamalarini (vkladbish) abraziv yemirilishiga sabab bo'ladi. Shuningdek, podshipnikning val bo'yniga noto'g'ri joylashuviga sabab bo'ladi.

Moyning ifloslanishi valning tanasini, kulachoklar bilan ulangan qismini yemirilishiga, valning egilishi va muddatdan oldin ishdan chiqishiga sabab bo'ladi.

Valning harakatini porshenga uzatuvchi hisoblangan kreyskopf, shtok va polzunlarning ishchanligi ham moyning tozaligi va qovushqoqligiga bog'liq bo'ladi. Moyning tarkibida abraziv zarrachalarning hosil bo'lishi kreyskopf, uning polzuni yuzalari va kreyskopf o'qini yemirilishi, hajmini kamayishi va ish resursini qisqarishiga olib keladi.

TADQIQOT NATIJALARI

Moylash tizimidagi moylarga quyidagi talablar qo'yiladi, moyning harorati +220 ... +240 °C oralig'ida yonish nuqtasiga, shuningdek taxminan +400 °C yonish haroratiga ega bo'lishi kerak. Moylar kompressorning ish jarayonida o'zgarmaydigan xususiyatlarga ega bo'lishi lozim (ajralmaslik, gazlar bilan aralashmaslik, cho'kindi va qurum hosil qilmaslik va h.k.) va tarkibida suv va mexanik aralashmalar bo'lmasligi lozim, moylarning o'rtacha ishlash muddati o'rtacha

2500 moto-soat bo'lishi kerak. SHuningdek, ularni kislotalik ko'rsatkichlari normal bo'lib, suvda eruvchan kislotalar va ishqorlarning tarkibi ko'rsatilgan me'yorda bo'lishi lozimdir.

Kompressorni majburiy moylash tizimini qo'llaganda, moy kompressor ichida saqlanib qoladi, ya'ni doimiy sirkulyasiyada bo'ladi. Bunda moyning hajmiy yo'qotilishi bo'lmaganligi sababli, ushbu usul eng samarador hisoblanadi. MUHOKAMA.

Yuqoridagi keltirilgan omillarning barchasi moylash tizimidagi moyning ifloslanishi va boshlang'ich parametrlarini o'zgarishi natijasida yuzaga keladi. Kompressor uskunalarining moylash tizimida o'rnatilgan filtrlar aylanma moyning tozaligini doim ham tozalab berolmaydi, ya'ni sanoat korxonalarida ekspluatatsiya qilinayotgan kompressorlarning haddan ziyod eskirganligi va ehtiyot qismlarining sifatsizligi ulardan ekspluatatsiya davomida qirinda va ifloslovchi zarrachalarni ajralishiga sabab bo'ladi. Bundan tashqari, moylash tizimida qo'llanilayotgan filtrlarning talab darajasida emasligi. XULOSA

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, kompressorning moylash tizimidagi filtrlarni takomillashtirish va ularni ishini yaxshilash asosida kompressor uskunalarining kutilmagan to'xtalishlarini va ekspluatatsiya harajatlarini kamaytirishga erishilishini xulosa qilish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Ergashovich, Yuldoshov Husniddin, and Xatamova Dilshoda Narmuratovna. "ORALIQ VA OXIRGI SOVUTGICHLARINING ISSIQLIK ALMASHINUVI SIRTLARIGA BIRIKMALARNING KOMPRESSOR SOVUTISH SAMARADORLIGIGA TA'SIRI." Ta'lim fidoyilari 17.4 (2022): 43-46.

2. Ergashovich, Yuldoshov Husniddin, and Xatamova Dilshoda Narmuratovna. "KOMPRESSORGA KIRAYOTGAN YUQORI HAVO HARORATINING KOMPRESSOR SAMARADORLIGIGA TA'SIRINI O'RGANISH." Ta'lim fidoyilari 17.4 (2022): 40-42.

3. Хатамова Д.Н., Абдуазизов Н.А., Джураев Р.У. Совершенствование системы охлаждения рудничных поршневых компрессорных установок // Инновацион технологиялар. - ^арМИИ, -№1. 2021.- С. 55-61

4. Джураев Р.У., Меркулов М. В., Косьянов В. А., Лимитовский А. М. Повышение эффективности породоразрушающего инструмента при бурении скважин с продувкой воздухом на основе использования вихревой трубы. // Горный журнал. -Изд. «Руда и металлы». - Москва, 2020. - №12. С. 71-73. DOI: 10.17580/gzh.2020.12.16

5. Merkulov M.V., Djuraev R.U., Leontyeva O.B., Makarova G.Y., Tarasova Y.B. Simulition of thermal power on bottomhole on the bases of experimental studies of drilling tool operation // International Journal of Emerging Trends in Engineering Research. Volume 8, No.8, 2020. - pp. 4383-4389.

6. Джураев Р.У., Шомуродов Б.Х., Хатамова Д.Н., Тагирова Ю.Ф. Модернизация системы охлаждения поршневых компрессорных установок // Материалы IX Международной научно-технической конференции на тему: «Достижения, проблемы и современные тенденции развития горно-металлургического комплекса». - Навои, 2017. - С. 176.

7. Хатамова Д.Н., Абдуазизов Н.А., Джураев Р.У. Разработка технических решений, снижающих образование отложений на теплообменных поверхностях холодильников рудничных компрессорных установок // Горный Вестник Узбекистана. - Навои, 2021. - №4. - С. 91-94.

8. Муратов, Г. Г., et al. "Современные внедрения для предохранения узлов конвейера в шахте АО" Узбеккумир"." Научные исследования и разработки 2018. 2018.

9. Хатамова, Д. Н. "СТАЦИОНАР КОН КОМПРЕССОР ^УРИЛМАЛАРИ СОВУТИШ ТИЗИМИНИНГ АЙЛАНМА СУВИНИ ЮМШАТИШ УЧУН ^УРИЛМА ИШЛАБ ЧЩИШ." Инновацион технологиялар 2.2 (46) (2022): 72-77.

10. Ergashovich, Yuldoshov Husniddin, and Abdumutalov Abrorbek Abdujabbor o'g'li. "SIQILGAN HAVO SOVUTISH SIFATINI KOMPRESSOR QURILMASINING SAMARADORLIGIGA TA'SIRINI O'RGANISH." Ta'limfidoyilari 21.6 (2022): 25-28.

11. Муратов Г. Г., Анарбаев С. А., Ганиев С. Т. Назначение автоматики и релейной защиты //Научный журнал. - 2019. - №. 3 (37). - С. 17-19.

12. Djurayev R. U., Yuldoshov Kh. E., Khatamova D. N. Improving the efficiency of mine compressor units by improving their cooling systems.\\ Фан ва технологиялар тараккиёти илмий - техникавий журнал. 2022 - yil 3 - son 156-160-бетлар

13. Муминов М. У., Арсланов Т. К. ВЫБОР ЭЛЕКТРОПРИВОДА ВЕНТИЛЯТОРА ГЛАВНОГО ПРОВЕТРИВАНИЯ ДЛЯ РУДНОЙ ШАХТЫ //Главный редактор: Ахметов Сайранбек Махсутович, д-р техн. наук; Заместитель главного редактора: Ахмеднабиев Расул Магомедович, канд. техн. наук; Члены редакционной коллегии. - 2022. - С. 18.

14. Муминов Махмуджон Умурзакович, Сотиболдиев Абдурахмон Юлдашевич РАЗРАБОТКА БЕСЩЁТОЧНОГО МИНИ ГИДРО-СОЛНЕЧНОГО СИНХРОННОГО ГЕНЕРАТОРА // Universum: технические науки. 2022. №1-3 (94).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.