Научная статья на тему 'KOMPOZITSIYA MASHG‘ULOTLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING MUHIM EKANLIGI'

KOMPOZITSIYA MASHG‘ULOTLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING MUHIM EKANLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
155
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
rang munosabatlari / chiziq va tuslar / ritm / simmetriya / kolorit tafakkur / texnologiya / mexanizm / reproduktsiya / eskiz / etyud / qoralama. / color relations / line and shades / rhythm / symmetry / color thinking / technique / mechanism / reproduction / sketch / study / sketch.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sh. Bobonazarov

Ushbu ilmiy maqolada kompozitsiya mashg‘ulotlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish. Kompozitsiya mashg‘ulotlarida talabalarga nazariy va amaliy bilimlar berish, kelajakda kompozitsiya bo‘yicha nazariy fikr yurituvchi, amaliy ijod qila oluvchi va yosh avlodni estetik ruhda tarbiyalovchi, har tomonlama rivojlangan, o‘z kasbini sevuvchi fidoiy mutaxassislarga kerakli tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF USING MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN COMPOSITION LESSONS

This scientific article discusses the use of modern pedagogical technologies in composition lessons. In the composition classes, students were given theoretical and practical knowledge, given the necessary recommendations to purposeful professionals who in the future think composition theoretically, can do practical work and educate the younger generation in an aesthetic spirit, are well developed and love their profession.

Текст научной работы на тему «KOMPOZITSIYA MASHG‘ULOTLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING MUHIM EKANLIGI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

KOMPOZITSIYA MASHG'ULOTLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING MUHIM EKANLIGI Bobonazarov Sherali Ulug'murodovich

Navoiy davlat pedagogika institute katta o'qituvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.7086687

Annotatsiya. Ushbu ilmiy maqolada kompozitsiya mashg'ulotlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish. Kompozitsiya mashg'ulotlarida talabalarga nazariy va amaliy bilimlar berish, kelajakda kompozitsiya bo'yicha nazariy fikr yurituvchi, amaliy ijod qila oluvchi va yosh avlodni estetik ruhda tarbiyalovchi, har tomonlama rivojlangan, o'z kasbini sevuvchi fidoiy mutaxassislarga kerakli tavsiyalar berilgan.

Kalit so 'zlar: rang munosabatlari, chiziq va tuslar, ritm, simmetriya, kolorit tafakkur, texnologiya, mexanizm, reproduktsiya, eskiz, etyud, qoralama.

ВАЖНОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ СОВРЕМЕННЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ НА УРОКАХ КОМПОЗИЦИИ

Аннотация. В данной научной статье рассмотрено использование современных педагогических технологий на уроках композиции. На занятиях по композиции студентам давали теоретические и практические знания, давали необходимые рекомендации целеустремленным профессионалам, которые в будущем теоретически мыслят композицию, могут выполнять практическую работу и воспитывать молодое поколение в эстетическом духе, хорошо развиты и любят свою профессию.

Ключевые слова: цветовые отношения, линия и оттенки, ритм, симметрия, цветовое мышление, техника, механизм, репродукция, эскиз, этюд, набросок.

THE IMPORTANCE OF USING MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

COMPOSITION LESSONS

Abstract. This scientific article discusses the use of modern pedagogical technologies in composition lessons. In the composition classes, students were given theoretical and practical knowledge, given the necessary recommendations to purposeful professionals who in the future think composition theoretically, can do practical work and educate the younger generation in an aesthetic spirit, are well developed and love their profession.

Keywords: color relations, line and shades, rhythm, symmetry, color thinking, technique, mechanism, reproduction, sketch, study, sketch.

KIRISH

Ma'naviy-g'oyaviy yo'nalishlarining shakllanishi o'z navbatida, zamonaviy san'atning barcha sohalariga turlicha ta'sir etib, ijodiy izlanishlar kulamini kengaytirib bordi, badiiy tafakkur rivojini yanada jadallashtirib yubordi va tasviriy san'atning o'ziga xos betakror talqini, turli ko'rinishlarida o'z aksini topa boshladi. Natijada, badiiy tafakkurning o'zbekona, milliy mativdagi tasviriy yechimlari butunlay yangicha kutilmagan, noan'anaviy kompozitsiyalarini yuzaga kelishiga sababchi bo'ladi.

Hozirga kunda ko'plab ilg'or mamlakatlarda o'quvchilarning ijodiy faolliklarini oshiruvchi, ta'lim-tarbiya jarayoni samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llashga doir salmoqli tajribalar to'plangan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Talabalar tomonidan egallanyotgan nazariy va amaliy bilimlar darajasini baholash ustoz-mrabbiydan ilmiy salohiyatni, katta pedagogik mahoratni, ta'lim jarayoniga nisbatan yangicha yondoshuvni talab etadi.

Ta'lim -tarbiya jarayonida o'qituvchi pedagoglar tamonidan zamonaviy metodlarning o'rinli, maqsadli, joy joyida samarali qo'llashlari, ta'lim-tarbiya oluvchi yoshlarda muloqatga kirishuvchanlik, jamoaviy faoliyat yuritish, mantiqiy fikrlash, turli qarashlar orasidan mantiqiy bog'liqliklarni topa olish qobiliyatlarini tarbiyalashda o'z natijasini ko'rsatmoqda.

O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Mamlakatda madaniyat va san'at taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi" degan fikrlari ustoz pedagoglarni o'z ustida yanada ko'poq ishlashga chorlaydi.

TADQIQOT NATIJALARI

Kompozitsiya fani Oliy o'quv yurtlarining Badiiy - grafika fakul'tetlarida asosiy mutaxassislik fanlaridan biri sifatida o'qitilb kelinmoqda. U talabalarning ijodiy fiklash qobiliyatlarini rivojlantirish bilan bir qatorda kasbiy faoliyatini shakllanishida ham alohida ahamiyat kasb etishi bilan ham dolzarbdir.

Ushbu fanning o'ziga xos vazifalari va talabalari mavjud bo'lib ular quyidagilardan iboratdir:

a) badiiy did va madaniyatni tarbiyalash;

b) hayotdagi voqealikni ko'ra bilish va san'atkorona tasvirlay olish;

v) ijodiy tasavvurni o'stirish;

g) olgan bilim va mahoratlarini o'qituvchilik faoliyatida qo'llay olishga o'rgatish hisoblanadi.

O'tiladigan mashg'ulotlarda talabalar nazariy asos sifatida kompozitsiyaning rivojlanish tarixini va nazariyasini, tasviriy san'atning tur va janrlarini, ijodiy jarayon bosqichlarini o'rganadilar, talabalarga kompozitsiya qonunlarinining tavsifi, ularni kelib chiqish tarixi, jahonga mashhur rassomlarning ijodiy asarlar yaratish tajribalari va har bir san'at turining o'ziga xosligi va ularga qo'yiladigan badiiy talablar, rassomlar tomonidan mashhur asarlarini yaratilish tarixi, kompozitsiyasi haqida ma'lumotlar beriladi.

Kompozitsiyadan amaliy mashg'ulotlar jarayonida talabalarni ijodkorlikka yo'naltirish, ijodiy ishlashni mustaqil shakllantirish nazarda tutiladi va bunda kompozitsiyaning asosiy qonunlaridan foydalanish, yorug' - soya nisbatlari, rang munosabatlari, chiziq va tuslar, ritm, simmetriya, kolorit va boshqa shu kabi tasviriy vositalardan unimli foydalanish amaliy jarayonlarda mustahkamlab boriladi.

MUHOKAMA

Kompozitsiya mashg'ulotlarida talabalarga nazariy va amaliy bilimlar berish bilan bir qatorda o'qitish usullari bilan ham yaqindan tanishtirib boriladi, kelajakda kompozitsiya bo'yicha nazariy fikr yurituvchi, amaliy ijod qila oluvchi va yosh avlodni estetik ruhda tarbiyalovchi, har tomonlama rivojlangan o'z kasbini sevuvchi fidoiy mutaxassis bo'lib yetishishlariga zamin yaratadi.

Ushbu fanni yaxshi o'zlashtirish maqsadida talabalar darsliklardan, o'quv va uslubiy qo'llanmalardan, ma'ruza matnlaridan, tarqatma materiallardan, elektron materiallardan, reproduktsiyalardan, eskizlardan, etyudlardan, qoralamalardan, homaki rasmlardan va boshqa ijodiy ishlardan samarali foydalanishlari mumkin.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Respublikamizning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy va boshqa sohalardagi rivojlanishi ko'p jihatdan uzluksiz ta'lim tizimini yangilash va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro'yobga chiqarishning yuqori sifat ko'rsatkichini ta'minlash shu bilan birga ta'lim mazmunini Davlat ta'lim standartlari asosida takomillashtirish bilan chambarchas bog'liqdir.

Ta'lim jarayonida interfaol uslublardan foydalanib, ta'limning samaradorligini yanada ko'tarishga bo'lgan qiziqish ortib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo'llanilgan mashg'ulotlar o'quvchilar egallayotgan bilimlarni o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni o'zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O'qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik vazifasini bajaradi .

O'qishning boshlang'ich qismida bugungi kun talabidan kelib chiqib talabalarning mustaqil ta'limini tashkil qilish, uni rivojlantirish bir qator vazifalarni amalga oshirish bilan bog'liq bo'ladi. Shuning uchun har bir professor-o'qituvchi oldida talabada o'z qobiliyati va aqliy imkoniyatiga to'liq ishonch uyg'otishi, bosqichma-bosqich mustaqil bilim olishini to'g'ri tashkil qilishga o'rgatib borishi vazifasi turadi. Har bir talabani mustaqil ravishda o'zlashtiriladigan bilim va ko'nikmalarning kursdan-kursga utgan sari murakkablashib, kengayib borishini hisobga olgan holda ularning tashabbuskorligini oshirib borish imkoniyatlarini yaratish zarur. Mustaqil ta'limga ko'nikma hosil qila boshlagan talaba faqat o'qituvchi ustoz tomonidan belgilab berilgan ishlarni bajaribgina qolmasdan, o'zining qiziqishi, qobiliyatiga va ehtiyojiga qarab, o'zi zarur deb hisoblagan qo'shimcha bilim- kunikmalarni ham mustaqil ravishda o'zlashtirishga o'rganib boradi.

Talabalarning tasviriy, ijodiy malakalarini rivojlantirishdagi innovatsion texnologiyaning o'rnini aniqlash uchun avvalom bor, o'qituvchi va talaba faoliyati, pedagogik jarayonga tayyorgarlik, pedagogik texnologiyaning natijalari, turlari, asosiy jarayonlari, pedagogik texnologiyada qo'llaniladigan vositalar va ta'lim jarayoniga innovatsion texnologiyani kiritish mexanizmi kabi malakalarga ega bo'lishlari zarur. Shuningdek, mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda qo'llanilayotgan ilg'or innovatsion texnologiyani mukammal o'rganish va amaliyotga tadbiq etish uning ahamiyatini bir qadar oshiradi.

Noan'anaviy ta'lim texnologiyalari asosida ta'lim jarayoni tashkil etilganda o'quvchilarning intelektual va bilish qobiliyatlari hamda his tuyg'ulari rivojlanib boradi.

Shaxs kamolotini shakllantirishda hamda pedagogik texnologiyalardan xabardor bo'lish, foydalanishni bilish hozirgi davrning muhim talabi bo'lib qolmoqda.

Kompozitsiya fani talabalarni ijodkorlikka yo'naltirish bilan bir qatorda mashg'ulotlar davomida talabalar berilgan mavzu bo'yicha erkin ijodiy ish bajarish va o'zlarining mavzu bo'yicha fikrlarini ma'lum maqsadga qaratilgan g'oyalarini tasviriy vositalar bilan ifodalashga undaydi. Tasviriy ijodda talaba o'zining fikrini ma'lum bir obrazli detallar tanlash bilan va bu detallarni o'z o'rnida ishlatish orqali ma'lum bir kompozitsiya hosil qiladi. XULOSA

Kompozitsiya mashg'ulotlarida ijodiy jarayonning boshlang'ich bosqichidan so'ng avvalo detal tanlash, detallarni o'z joyiga o'rinli qo'yish bosqichida yangi innovatsiyadan foydalanish tajribalarni sinab ko'rish yaxshi natija beradi.

Shu bilan birga an'anaviy usullar ham o'z o'rnida yaxshi samara berayotganini ham unutmagan holda yangi texnologiyalarni qo'llashni zamon talabi bo'lib qolmoqda.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Shu ma'noda kompozitsiya mashg'ulotlari samaradorligini yanada oshirish maqsadida ta'lim modellarini qo'llash interfaol uslublardan unumli foydalanish va pedagogik texnologiyalarni zamon talabiga mos ravishda qo'llab ko'rish maqsadga muvofiq bo'ladi.:

Kompozitsiya mashg'ulotlarining nazariy, amaliy bilimlari, kunikma va malakalarini baholash, talabalar aktivligini oshirish, ijodiylikka yo'naltirish kabi va ta'lim oluvchilarda o'quv - bilish faolligini oshirish, mavzu bo'yicha ijodiy ishlashni jadallashtirish, shaxsiy fikrlarini dadil yuzaga chiqarish, erkin ifodalash, o'z tengdoshlari qarashlarini o'rganish-kuzatish va o'ziniki bilan taqqoslash orqali eng maqbul kompozitsiy yechini topishga va tanlashga sabachi bo'ladi.

REFERENCES

1. SH.M.Mirziyoev Harakatlar strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari. -Toshkent: G'ofur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2017.

2. N. Oydinov "Rassom-o'qituvchilar tayyorlash muammolari" T. O'qituvchi 1997

3. R. Xasanov "Maktabda tasviriy san'atni o'qitish metodikasi" T. Fan. 2004 y

4. ETNOMADIY FENOMENON SIFATIDA NUZA SAN'ATLARI. Published by: TRANS Asian Research Journals AJMR: AsianJournal ofMultidimensional Research Osiyo ko'p o'lchovli tadqiqot jurnali (AJMR) Impact Factor: SJIF 2021 = 7. 699 05 -may 2021. https://www.tarj in

5. Mетодические аспекты преподавания общетехнических дисциплин в профессиональных образовательных организациях. Материалы VIII Международной научно-практической конференции «профессиональное образование проблемы и достижения» 4-5 декабря 2018 г 7 (495) 544-2494 support@elibrary.ru

6. С.Т.Саъдиев З.С.Очилов "По тему Факторы, влияющие на качество музыкального образования" XLIII Mеждународная научно-практическая конфренция "Международное научное обозрение проблем и перспектив соврименной науки и образования" 2018 г 25-26 Март (Америка Бостон). nttps:/'/creativecommons .org/licenses/bu-sa/ 4.0/deed.en.

7. С.Т.Саъдиев ACADEMICIA An International Multidisciplinary Research Journal "TASVIRLASHNING ASOSIY QONUN - QOIDALARI" Vol. 11, Issue 5, May 2021. saarjjournal@gmail.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.