Научная статья на тему 'KOMPETENTSIYA VA KOMPETENTLIK TUSHUNCHALARI'

KOMPETENTSIYA VA KOMPETENTLIK TUSHUNCHALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
364
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
kompetentsiya / kompetentlik

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Gavxar Emindjanovna Shadiyeva

Mazkur maqolada kompetentsiya va kompetentlik tushunchalari, kompetentlik nazariyasi, kompetentsiyalarning aniqlanishi, boshqaruvchining tayanch kompetentsiyalari, professional kompetentsiyalar, ijtimoiy-psixologik kompetentsiyalar tasnifi haqida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KOMPETENTSIYA VA KOMPETENTLIK TUSHUNCHALARI»

KOMPETENTSIYA VA KOMPETENTLIK TUSHUNCHALARI

Gavxar Emindjanovna Shadiyeva

Qo'qon DPI

Annotatsiya: Mazkur maqolada kompetentsiya va kompetentlik tushunchalari, kompetentlik nazariyasi, kompetentsiyalarning aniqlanishi, boshqaruvchining tayanch kompetentsiyalari, professional kompetentsiyalar, ijtimoiy-psixologik kompetentsiyalar tasnifi haqida yoritilgan.

Kalit so'zlar: kompetentsiya, kompetentlik

CONCEPTS OF COMPETENCE AND COMPETENCE

Gavhar Emindjanovna Shadiyeva

Kokand SPI

Abstract: This article describes the concepts of competence and competence, the theory of competence, the definition of competencies, the basic competencies of managers, professional competencies, and the classification of socio-psychological competencies.

Keywords: competence, competence

Zamonaviy fanda xodimlarni boshqarish nazariyasi va amaliyotini tahlil qilishda kompetentsiya tushunchasiga muhim ahamiyat berilmoqda. Kompetentsiya -xodimning kompaniya kutayotgan darajada va belgilangan tarkibda ishlab chiqarish xulqini muntazam ravishda namoyish qilishga tayyorlik qobiliyati. Kompetentsiyalar tizimini yaratishda tashkilot xodimlarning faoliyatiga taalluqli muhim mezonlar majmuasini standart talablarga asosan tuzadi. Shuningdek, kompetentsiya xodimlarning tashkilotda ham professional, ham ijtimoiy jihatdan tengligi xususida guvohlik beradi.

XX asrning 90-yillarida mutaxassislarga malakaviy talablarni quyuvchi Xalqaro mehnat tashkiloti malaka oshirish hamda boshqaruv xodimlarni kasbiy qayta tayyorlashda "tayanch kompetentsiya"lar degan tushunchani fanga kiritdi. Tayanch kompetentsiyalar turli xil kasbiy birlashmalarda mutaxassislarning ijtimoiy-professional jihatdan ta'minlanishi hamda faoliyatga moslashishida xodimlarning xizmat vazifalaridan kelib chiqib o'ziga xos xarakter kasb etadi.

Kompetentlik nazariyasi So'nggi yillarda nashr etilgan ilmiy adabiyotlarda ta'kidlanishicha, shaxs kompetentligi "kompetentlik nazariyasi"ga asosan, to'rt bosqichli jarayonni, ya'ni anglanmagan kompetentsizlikdan anglanmagan

kompetentlikka o'tish jarayonini o'z ichiga qarnrab oladi. Biz buni batafsilroq tarzda psixologik nuqtai nazardan bayon etadigan bo'lsak quyidagicha tahlilning guvohi bo'lamiz:1

Anglanmagan kompetentsizlik bosqichi: Sohaning yetakchi mutaxassislari (S.Torp, J.Klifford)ni fikricha, anglanmagan kompetentsizlikda, shaxs hech narsani bilmaydi (yoki hech narsa qila olmaydi). Misol qilib aytganda, shaxs "Men - hech narsa bilmasligim haqida, hech narsa bilmayman" daraj asida turadi. Balki, bu shaxs amaliyotda bunga ehtiyoj sezmayotgandir yoki bu bilim va malakaga ehtiyoji yo'qdir. Shuning uchun bunday sharoitlarda u shaxsiy kompetentligiga bo'lgan zaruriyatni his qilmaydi. Shu o'rinda yana bir misol: ilk go'daklik chog'larida bola yengil mashinada bir yerdan boshqa yerga borishni sayohat omili deb biladi, ammo bu holatda u o'zining mashina boshqara olmasligini bilmaydi va shu tarzda o'zining shaxsiy kompetentligini anglay olmaydi.2

Anglanilgan kompetentsizlik bosqichi: Anglanilgan kompetentsizlikda shaxs "bilmasligi" haqidagi bilimni kashf qiladi. Odatda bu jarayon biror-bir harakatni bajarish istagi yoki ehtiyoji tug'ilishi oqibatida yuzaga keladi. Bu bosqich "Men bilmasligim haqida bilaman" deb nomlanadi. Masalan: mashina boshqarishni bilmaydigan o'smir, biron-bir kishidan o'zini biror yoqqa olib borishini iltimos qilishiga to'g'ri keladi va bunda o'zining mashina boshqara olmaslik kompetenti haqida fikr-mulohaza yuritgan holda "o'z ustida" qayg'uradi.

Anglangan kompetentlik bosqichi: Kompetentlikni anglanishi uchun shaxs biron-bir (rasmiy yoki norasmiy) o'qishda tahsil olishi lozim. Bu bosqichda u, asosan, o'qituvchining xatti-harakatlarini o'zlashtiradi (agar uning xotirasi bunga imkon bersa). Har lahzada shaxs qilayotgan ishini anglaydi yoki "nima bilishi haqida biladi". Masalan, kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan va haydovchilik guvohnomasi olgan 18 yoshli yigit (haydovchi) yo'lga chiqishdan oldin mashinani to'g'ri boshqarish haqidagi bilimlarini mustahkamlaydi va o'zigao'zi quyidagilarni pichirlaydi yoki xayolidan o'tkazadi: "Hozir yonni yoki orqani ko'rsatuvchi oynalarga qarayman, oldimdan chiqqan jonli to'siqqa signal beraman, borishim zarur bo'lgan ob'yektni joylashishi ko'ra yoki harakat trayektoriyasi bo'yicha o'ngga-chapga burilaman va hokazo"

Anglanmagan kompetentlik bosqichi: Anglanmagan kompetenlikda shaxs o'zidagi mavjud bilim va ko'nikmalarni shu darajada ko'p qo'llaydi-ki, natijada bu odatiy holga aylanib qoladi. Endi bu shaxs har bir xatti-harakati davomida keyingi qadamni o'ylamasdan bosadigan bo'ladi yoki harakatlar algoritmi anglanmagan tarzda amalga oshiriladi (yoki bo'lmasa bu harakat ong ostida bajariladi). Oqibatda

1 Hayitov, O.E. Boshqaruv psixologiyasi: O„quv qo„llanma / O.E. Hayitov; O„zbekiston Respublikasi Oliy va o„rta maxsus ta"lim vazirligi. - T.: TIQXMMI, 2019. - B. 44-79.

2 Gilbreth, Lillian Moller. The Psychology of Management: The Function of the Mind in Determining, Teaching and Installing Methods of Least Waste. - USA: CreateSpace Independent, 2013.

ríTTTÜ^^H] 430 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

shu shaxs: "Men biladigan narsarn haqida hech narsa bilmayman", - degan yakuniy xulosaga kelishi mumkin. Tasavvur qiling, siz farzandingizga mashina boshqarishni o'rgatayapsiz. Mashinani boshqarish davomida siz ma'lum darajadagi harakatlaringiz mohiyatini tahlil qilmaysiz, sababi, bular sizning "qoningiz va jismingizga" singib ketgan bo'ladi. Shuningdek, O.A.Kozireva olib borgan tadqiqotlarida professionalizm darajalari va kasbiy kompetentlik shakllanishini qiyoslab o'rgangan. Uning fikricha, professionalizmning 3 ta darajasi mavjud bo'lib, ularning har biri "anglanmagan kompetentsizlik ^ anglanilgan kompetentsizlik ^ anglangan kompetentlik" tizimidagi kasbiy kompetentlik darajalarini belgilab beradi.3

Yoshlardagi kasbiy o'sishga intilishni rivojlantirishning amaliy asoslaridan biri sanaluvchi shaxs kompetentligi ahamiyatini kengroq yoritishda kasbiy yetuklik darajasidagi mutaxassis kompetentsiyalari klasteriga murojaat etish maqsadga muvofiqdir.

Adabiyotlarda ta'kidlanishicha, kompetentsiya - samarali ish jarayonining asosida yotgan insonlarning o'zgaruvchan kayfiyat va o'zini tutish holatining o'lchanishidir. Misol uchun, "samarali qaror qabul qilish" kompetentsiyasi quyidagi xulq turlariga klaster shaklida bo'linishi mumkin:

Oxirgi yigirma yil davomida "kompetentsiyalar" so'zi boshqaruv samaradorligi bilan bog'liq bo'lgan barcha atamalarni o'zida jamlagan tushuncha sifatida talqin qilindi. Oxir-oqibat, bunday umumlashtirish qator chalkashlik va tushunmovchiliklarga olib keldi. Bunday tushunmovchiliklarning asosiy sababi "kompetentsiya" va "kompetentlik" tushunchalarining noto'g'ri qo'llanilishi bo'lishi mumkin.

Masalan, olim, shaxsning ijtimoiy borliqni his eta bilishi va tushunishi qobiliyatini, mustaqil hayot yo'lini topa olishini, o'zining ijtimoiy jamiyatdagi roli va o'rnini anglab yetishini, harakatlarni tashkil etishda aniq maqsadni belgilashi hamda qaror qabul qilish malakasini mavjudligini hamda dunyoqarashining kengligini global kompetentlik, deb ta'rif beradi.

Umuman olganda, kompetentsiya muayyan shaxs doirasida o'rganilganda, insonning rivojlantirishi zarur bo'lgan kuchli tomonlarini, sifatlarini yuzaga chiqarishda va ishni eng yaxshi, samarali bajarish mumkin bo'lgan usullarini aniqlashda yordam bersa, tashkilot miqyosida esa hamkasblarni o'qitishga bo'lgan ehtiyojlarni va berilgan maslahatlar natijasida to'lmay qolgan «bo'shliq»larni to'ldirishda asqotadi.4

3 X,aÜHTOB О.Э., yMapoBa Н.Ш. Ёшлaрдa прoфeссиoнaл усишга 86 интилишни ривoжлaнтиришнинг нaзapий-aмaлий aсoслaри (шaжaрaлaр шгизи мисoлидa): мoнoгрaфия [Text] / О. Хаитов, Н. yMapoBa; мaсъyл My^appnp В.М. Кapимoвa, Рeспyбликa "Oraa" илмий-aмaлий Мapкaзи, Низoмий нoмидaги Тoшкeнт дaвлaт пeдaгoгикa yнивepситeти, Тoшкeнт дaвлaт и^и^д^т yH-ти. - Т., 2011. - 128 б.

4 Кapимoвa В.М., Хаитов О.Э., Умapoвa Н.Ш. Бoшкapyв сoxaсидaги пpoфeссиoнaл кoмпeтeнция aсoслapи: Мoнoгpaфия. / Пpoф. В.М. Кapимoвa тaxpиpи oстидa. - Т.: "Fan va texnologiya", 2008. - 120 б.

ГТТТТВ^^Н] 431 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Hayitov, O.E. Boshqaruv psixologiyasi: O'quv qo'llanma / O.E. Hayitov; O„zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - T.: TIQXMMI, 2019. - B. 44-79.

2. Gilbreth, Lillian Moller. The Psychology of Management: The Function of the Mind in Determining, Teaching and Installing Methods of Least Waste. - USA: CreateSpace Independent, 2013.

3. Hayitov O.E., Umarova N.SH. Yoshlarda professional o'sishga intilishni rivojlantirishning nazariy-amaliy asoslari (shajaralar negizi misolida): monografiya [Text] / O. Hayitov, N. Umarova; mas'ul muharrir V.M. Karimova, Respublika "Oila" ilmiy-amaliy Markazi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent davlat iqtisodièt un-ti. - T., 2011. - 128 b.

4. Karimova V.M., Hayitov O.E., Umarova N.SH. Boshqaruv sohasidagi professional kompetentsiya asoslari: Monografiya. / Prof. V.M. Karimova tahriri ostida. - T.: "Fan va texnologiya", 2008. - 120 b.

5. Xoljo'rayevich, Madaminov Nasimxon. "THE IMPORTANCE OF USING MODERN INFORMATION TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF THE MUSIC CULTURE LESSON." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 142-144.

6. Xoljo'rayevich, Madaminov Nasimxon. "THE PECULIARITIES OF MUSIC THEORY AND ITS IMPACT ON HUMAN ZINC." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 131-133.

7. Мадаминов, Н. "БОЛАЛАРНИ УЗБЕК ХАЩ ЧОЛЕУ АСБОБЛАРИ ВОСИТАСИДА ИЖОДКОРЛИГИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ." Oriental Art and Culture 3.4 (2022): 782-787.

8. Madaminov, N. "Forming The Spirituality Of Youth Throug Music." Journal of Positive School Psychology (2023): 1069-1073.

9. Madaminov, N. "Forming The Spirituality Of Youth Throug Music." Journal of Positive School Psychology (2023): 1069-1073.

10. Shodiyeva, G. "MUSIQA MASHG'ULOTLARIDA AXBOROT KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH." Interpretation and researches 1.1 (2023).

11. Shodiyeva, G. E. "COMPETENT APPROACH TO EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN."

12. Shodiyeva, Gavxar Imindjanovna. "BOLALARNI MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLASHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI." Oriental Art and Culture 4.1 (2023): 111-121.023).

13. Buronovich, Umrzaqov Behzot. "THE PLACE OF MODERN PROFESSIONAL QUALITIES OF VIRTUAL TECHNOLOGIES IN TEACHERS OF FUTURE TECHNOLOGICAL EDUCATION IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS." Open Access Repository 9.11 (2022): 37-43.

14. Buronovich, Umrzaqov Behzot, and Bo'tayev Ahmadali Ashirovich. "Examples Of Drawing Up Tests From Drawing And Engineering Graphics." Journal of Positive School Psychology 6.11 (2022): 3128-3132.

15. Boronovich, Umrzakov Bekhzod. "THE CONTENT OF THE FORMATION OF MODERN PROFESSIONAL QUALITIES IN FUTURE TEACHERS OF TECHNOLOGICAL EDUCATION IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS." Open Access Repository 9.11 (2022): 16-22.

16. Nosirov, Dilmurod. "ALISHER NAVOI AND MUSIC." Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. Vol. 1. No. 10. 2023.

17. Nosirov, Dilmurod. "THE PROCESS AND PROGRESS OF THE HISTORICAL FORMATION OF UZBEK FOLK INSTRUMENTS." Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. Vol. 1. No. 10. 2023.

18. Tillakhujayev, O. "THE SCIENCE OF MUSIC AND THE ROLE OF KNOWLEDGE OF MUSIC LYRICS IN THE FORMATION OF THE MUSICAL CULTURE OF YOUNG PEOPLE." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 175-178.

19. Tillakhujayev, Orifjon, and Alisher Tolipov. "THE ROLE OF LIFE AND CREATIVITY OF THE PEOPLE'S HAFIZ OF UZBEKISTAN MAHMUDJON TOJIBOYEV IN THE FORMATION OF THE QUALITY OF CREATIVITY IN YOUTH." Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. Vol. 1. No. 10. 2023.

20. Askarova, S. M. "EDUCATION OF SINGING SKILLS IN PRESCHOOL CHILDREN." (2023).

21. Аскарова, Сохибахон Мухаммаджоновна. "ОСОБЕННОСТИ ПЕВЧЕСКОГО МАСТЕРСТВА ШКОЛЬНИКОВ В ПОДРОСТКОВОМ ВОЗРАСТЕ." Oriental Art and Culture 4.1 (2023): 874-878.

22. Sohibaxon, Askarova. "PECULIARITIES OF ORGANIZATION OF MUSICAL-RHYTHMIC ACTIVITY IN MUSIC CULTURE CLASSES." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 11.3 (2023): 536-539.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.