Научная статья на тему 'KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNING AMALGA OSHISH BOSQICHLARI'

KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNING AMALGA OSHISH BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
6
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompetensiya / yondashuv / uslub / gumanitar fanlar / bilim / ko’nikma / bilish. / competence / approach / method / humanities / knowledge / skill / knowledge.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xasanova, Dilbar Karimdjonovna

Ushbu maqolada kompetensiyaviy yondashuvning boshqa yondashuvlardan farqli jihatlari, afzalliklari va uning fanga kirib kelishi yoritiladi. Uning rivojlanish bosqichlari, olimlarning fikrlari hamda muallif fikri bilan izohlanadi. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslanib ta’lim berish xarakteristikasining uch komponenti misollar bilan yoritiladi. Kasb-hunarga yo‘naltirilgan ta’lim muassalarida aynan ushbu yondashuv asosida mashg ‘ulotlar olib borilganining sabablari keltiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STEPS OF COMPETENCY APPROACH IMPLEMENTATION

This article highlights the different aspects and advantages of the competence approach from other approaches and its introduction into science. The stages of its development are explained by the opinions of scientists and the opinion of the author. Three components of the characteristics of education based on the competence approach are illustrated with examples. The reasons why trainings are conducted in vocational educational institutions based on this approach are given.

Текст научной работы на тему «KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNING AMALGA OSHISH BOSQICHLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4 (3), March., 2024

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7 www.oriens.uz

KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNING AMALGA OSHISH

BOSQICHLARI

Xasanova Dilbar Karimdjonovna

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi Chet tillari kafedrasi katta o'qituvchisi, PhD khasanovadilbar88@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada kompetensiyaviy yondashuvning boshqa yondashuvlardan farqli jihatlari, afzalliklari va uning fanga kirib kelishi yoritiladi. Uning rivojlanish bosqichlari, olimlarning fikrlari hamda muallif fikri bilan izohlanadi. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslanib ta'lim berish xarakteristikasining uch komponenti misollar bilan yoritiladi. Kasb-hunarga yo'naltirilgan ta'lim muassalarida aynan ushbu yondashuv asosida mashg 'ulotlar olib borilganining sabablari keltiriladi.

Kalit so'zlar: kompetensiya, yondashuv, uslub, gumanitar fanlar, bilim, ko 'nikma, bilish.

ABSTRACT

This article highlights the different aspects and advantages of the competence approach from other approaches and its introduction into science. The stages of its development are explained by the opinions of scientists and the opinion of the author. Three components of the characteristics of education based on the competence approach are illustrated with examples. The reasons why trainings are conducted in vocational educational institutions based on this approach are given.

Key words: competence, approach, method, humanities, knowledge, skill, knowledge.

KIRISH

Kompetensiyaviy yondashuvning fanga kirib kelishining asosiy sababi uning hayotiy ko'nikmalarini shakllantirish va shu o'rganilgan bilim va shakllangan til ko'nikmasini notanish vaziyatlarda qo'llay olish bilan baholanadi. Bu yondashuv asosan yoshi katta til o'rganuvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, ular o'zlari o'zlashtirayotgan ko'nikmalar amaliy yordami tegishini tushunishlari lozim bo'ladi. Ilmiy adabiyotlar shuni ko'rsatadiki[7], bu yondashuv ilk bor Amerika Qo'shma Shtatlarida immigrantlarga bir vaqtning o'zida ham ingliz tilini o'qitish ham hayotiy tajriba orttirish maqsadida rivojlantirilgan bo'lib, uning asosi amerika psixologiyasining yetakchi oqimlaridan biri bexiviorizmga borib taqaladi. Bouden

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ning ta'kidlashicha, 1950 yillarga borib AQSH da ommalashgan bu metod Benjamin Blum singari olimlar tomonidan ham tadbiq etilgan. 1979 yilda Grant va boshqalar ushbu yondashuvga "zamonaviy jamiyatdagi kasbning istiqboli uchun kerakli kriteriya tahlilidan kelib chiqib, o'quv dasturlar ishlab chiqadigan va shu me'yorlar asosida talabalarni o'qitishga qaratilgan ta'lim shakli" deya ta'rif bergan.[8] Bu ta'rifdan biz kompetentlik keng tushuncha ekanini va uni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar nazariy jihatdan, ko'lami va ilmiy yo'nalishlari bo'yicha turlicha bo'lishi mumkinligini ko'rishimiz mumkin.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Biz tadqiqotlar jarayonida bo'lajak dinshunoslarning kasbiy kompetensiyalariga qo'yilgan Gumanitar fanlar ta'lim sohasi Davlar ta'lim standarti, Oliy ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori, O'zbekiston respublikasi Milliy malaka ramkasiga muvofiq ishlab chiqiligan malaka talablarini asos qilib oldik. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20 apreldagi "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora - tadbirlari to'g'risida"gi PQ - 2909 - sonli qarori bilan tasdiqlangan "2017 - 2021 yillarda Oliy ta'lim tizimini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlar Dasturi ijrosini ta'minlash bo'yicha Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Dasturi" [9] asos bo'lib xizmat qiladi.

Kompetensiya kasb turidan kelib chiqqan holda, fan doirasi, bilim va ko'nikma klasteriga taalluqli bo'lgan sohaga xos tushunchadir. Kompetensiyalarning yana bir guruxini Kouvenxoun "umumiy" deb nomlaydi, chunki ular barcha soha vakillari uchun zaruriy va yangi kasbiy sifatlarni shakllantirishda kerakli deb topgan. Shu sabab olim kompetensiyaviy yondashuvga asoslanib ta'lim berish xarakteristikasini quyidagicha izoxlaydi:

a) kasbiy sifatlarni egallashga qaratilganligi;

b) shaxsga yo'naltirilgan ta'lim ustuvor hisoblanganligi;

v) uning konstruktivizm teoriyasiga asoslanganligi[55]; (XIX asrda Colonel Francis Parker tomonidan AQSH da tatbiq etilib, XX asrda rus sosiologi L.Vigotskiy, shved psixologi Jean Piaget, amerikalik faylasuf va pedagog Dewey lar tomonidan amaldagi shaxsga yo'naltirib o'qitish tamoyilini konstruktivizm shaklida ta'limga olib kirdi.)

g) pedagogning " kognitiv gid" [Ошибка! Источник ссылки не найден.]

vazifasini bajarishi, darsni ijobiy va mazmunli tashkil qilish uchun pedagog dars jarayonida asosiy o'rinda emas, balki talabalarga instruksiya beruvchi bo'lib emas, ular bajarishi lozim mashg'ulotlarni nazorat qilib turuvchi, to'g'ri yo'lga yo'naltirib turuvchi, talabaga yo'naltirilgan yondashuv asosida dars olib boruvchi shaxs sifatida gavdalanadi;

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

biz yuqorida keltirilgan kompetensiyaviy yondashuvga asoslanib ta'lim berishning tasnifidan kelib chiqib, xarakteristikasiga quyidagi ikki kompotentni qo'shishni ma'qul deb topdik:

a) faqat ma'lum bir fanning emas, balki kasbga doir umumiy kompetensiyalarni rivojlantirishga yo'naltirilganligi;

b) baholash kompetensiyalarini tekshirib ko'rishga tayanuvchi ekanligi;[1,2]

Zero, aksariyat hollarda kasb-hunarga yo'naltirilgan ta'lim muassalarida aynan

ushbu yondashuv asosida darslar olib borilgan. 1980-yillarga borib ushbu yondashuv Yevropa va 1990-yillarda esa Avstriyada kasbiy salohiyatni baholaydigan yondashuv sifatida qabul qilingan. Kompetensiyaviy yondashuv o'z rivojlanish davrida amaliyotga asoslangan o'qish (performance-based learning), kriteriyalar asosida o'rganish (criterion-referenced learning), layoqatga yo'naltirib o'qitish (capabilities-driven instructions) kabi turli xil atamalar bilan nomlanib kelingan. Bunga sabab esa fan haqida bilim va uni kontekstda ishlata olishni ko'rsatib turuvchi aniq xulosaning yo'qligi edi. Smis va Petersonning ta'kidlashicha, kompetensiyaviy yondashuv o'quvchining bilimdan ko'ra vaziyatga qarab olingan bilimni amaliy qo'llay olishidir[4].

TAHLIL VA NATIJALAR

Kompetensiyaviy yondashuv o'quvchidan alohida-alohida bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirishni emas, balki ularni yaxlitlikda egallashni talab etadi. B.Xodjaevning ta'kidlashicha, "... mazkur talab bilan bog'liqlikda o'z navbatida o'qitish metodlarini tanlash tizimi ham o'zgarishga uchraydi. O'qitish metodlarini tanlash va amaliyotda qo'llash o'z navbatida ta'lim jarayonida qo'yiladigan talablarga muvofiq keladigan kompetensiya va funksiyalarni takomillashtirishni talab etadi"[Ошибка! Источник ссылки не найден.]. Olimning ta'kidlashicha, ".kompetent yondashuv ta'limni modernizatsiyalash nuqtai nazaridan yangi pedagogik voqelik hisoblanadi. Mazkur yondashuv doirasida amaliy faoliyat tajribasi, kompetensiya va kompetentlikni didaktik birliklar sifatida ko'rib chiqish hamda ta'limning an'anaviy uch elementi (triada) -«Bilim - Ko'nikma - Malaka»ni oltita birlik (sikstet) - «Bilim -Ko'nikma - Malaka - Amaliy faoliyat tajribasi -Kompetensiya -Kompetentlik» tarzida tahlil etilishi talab etiladi." Bizningcha ham bilimlarni amaliyotga tatbiq eta olishgina kompetentlik shakllanganligining isbotidir. Didaktikaning asosiy kategoriyalaridan biri bo'lgan "natija" ga erishish uchun o'rganish bilimga, bilim malakaga, malaka kompetensiyaga aylanishi talab etiladi.

Kompetensiyaviy yondashuvning o'ziga xosligi shundan iboratki, til o'rganuvchilarning talabi va extiyoji ustuvor etib belgilanadi. Uning talabidan kelib chiqib grammatika va leksika tanlanadi. Til o'rganuvchining kontekstdan kelib chiqib

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

yondashuvi, tarjima esa faqatgina aloqa vositasi sifatida ishlatilishini talab qiladigan bu yondashuv asosan autentik materiallar hamda amaliy mashqlar bilan olib boriladi. Kommunikativ yondashuv singari kompetensiyaviy yondashuvda ham chet tilida turistlardan intervyu olish, o'z sayohati haqida elektron kundalik (blog) yozish yoki o'quv platformalarida onlayn mavzu muhokamasini chet tilida olib borish kabi o'quv xonasidan tashqarida amalga oshiriladigan mashg'ulotlar kuzatiladi. Muammolarni xal qila olish ko'nikmasi va kommunikativ mashg'ulotlar dars jarayonida asosiy vosita hisoblanadi[Ошибка! Источник ссылки не найден.]. Q. A.Niyozovning fikriga ko'ra, kompetensiyaviy yondashuv asosida ta'lim olgan o'quvchilarda mustaqil fikrlash, muayyan vaziyatlarda o'z pozitsiyani ko'rsata olish, liderlik qobiliyati shakllangan, axborot-texnologiya resurslaridan foydalanib tashabbus ko'rsatadigan va umummadaniy ko'nikmalari shakllangan kasbiy kompetetnli kadrlar yetishib chiqadi.[Ошибка! Источник ссылки не найден.] Shu o'rinda, kasbiy kompetentlik terminiga berilgan ta'rifga to'xtaladigan bo'lsak, N.A. Muslimovning ta'riflashicha, "...kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim,malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo'nalish bo'yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o'zlashtirilishini nazarda tutadi." Shu bois, kasbiy kompetensiyani doimiy ravishda boyitish, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o'rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma'lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o'z faoliyatida qo'llay bilishni taqozo etadi.[5]

XULOSA

V.A. Bolotov va V.V. Serikovlarning fikricha, kompetensiyaviy yondashuv umumiy ta'lim sohasida hozirgacha qo'llanilib kelinayotgan didaktika uchun yangicha fenomen edi. [11] Me'yorlashgan qo'llanilish kasbiy kompetensiyadan farqli o'laroq, faoliyat natijalarining belgilangan namunalari va ularning sifatiga qo'yiladigan talablar, tayanch (ta'limiy) kompetentlik funksional savodxonlikning muayan darajasi sifatida namoyon bo'ladi. Ushbu ikki kompetensiya, bilim va ko'nikmalarni to'plash bilan chegeralanmagan xolda, vaziyatni idrok etishning yaxlitligi va konkretligini ta'minlaygan tajribani birlashtiradi.

I.A. Zimnyayaning N. Xomskiy, R. Uayt, Dj. Raven, N.V. Kuzmina, A.K. Markova, V.N. Kunitsina, G.E. Beliskaya, L.I. Berestova, V.I. Baydenko, A.V. Xutorskoy, N.A. Grishanovaning kompetensiya va kompetentlik tushunchalariga asoslanib, kompetensiyaviy yondashuvni uch bosqichga bo'lib o'rgangani kuzatishimiz mumkin. (1.-jadval)

Birinchi bosqichini Brown o'zining "Encyclopedia of language and linguistics" jurnalida e'lon qilgan maqolasida o'zining ta 'lim teoriyasi konsepsiyasida ustida olib

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

borilgan izlanishlariga asos bo'lganini ta'kidlaydi[Ошибка! Источник ссылки не найден.]

Ikkinchi bosqichini J. Raven kompetentlikni 37 xil ko'rishini farqlab beradi[10].

Uchinchi bosqich A. Markovaning tadqiqotlari natijasi bilan xarakterlanadi, ya'ni kompetensiyani ilmiy kategoriya sifatida ta'limga singdirilishi fanga yangi g'oya sifatida shakllanadi.

1.-jadval

Kompetensiyaviy yondashuvning amalga oshish bosqichlari

Kompetensiyaviy yondashuvning amalga oshish bosqichlari

Birinchi bosqich-(1960-1970 yy) Lingvistikaga "kompetensiya", xususan "kommunikativ kompetensiya" iborasini kirib kelishiga grammatik transformatsiya (tilni morfologiya va fotenikadan ko'ra sintaksisga ko'proq e'tibor bilan o'qitilishi)

Ikkinchi bosqich- (19701990 yy) Til ta'limidan tashqari "kompetensiya" kategoriyalari menenjment, boshqaruv va muloqot madaniyati ham ushbu yondashuv orqali o'qitila boshlandi.

Uchinchi bosqich-(1990- yy) Kasbiy kompetensiyani umumiy kontekstda ko'rib chiqish masalasi ko'rib chiqila boshlandi.

Kompetensiyaviy yondashuvda kompetensiya talabada mavjud ko'nikma va bilimlarni ko'rsata olishi orqali aniqlanadi. Bir qarashda bu an'anaviy ta'limdan farqlanmaydi. Ammo Redding ular orasidagi uch tafovutni ko'rsatgan:

A) o'quv dasturlari va dars maqsadlarining uyg'unligi va ularning o'zaro muvofiq kelishi;

B) yozma topshiriqlar baxolashning ko'proq qismini tashkil etishi; V) o'quv dasturlarining malaka talablariga to'laqonli mos kelishi; [6] Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, kompetent yondashuvda vaqt, joy va

o'rganish tezligi farqlanmaydi va o'zlashtirilgan bilim salohiyatni ko'rsata olishi asosiy omil hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI (REFERENCES):

1. Dilbar, K. (2023). A SUBTLE DIFFERENCE BETWEEN COMPETENCE AND COMPETENCY. Journal of Advanced Scientific Research (ISSN: 0976-9595),

3(11).

2. Khasanova, D. (2022). Pedagogical Opportunities of Developing Professional Qualities in Religious Studies Students Based on English Language Materials. Eurasian Research Bulletin, 13, 98-101.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

3. Khasanova, D., Ulmasbaeva, M., & Ikanova, L. (2019). IT IS TIME TO CHANGE THE SUBJECT MATTER OF ENGLISH AT VOCATIONAL COLLEGE. EPRAInternational Journal of Multidisciplinary Research, 48-52.

4. Redding, S. (2016). Competencies and personalized learning. In M. Murphy, S. Redding, & J. Twyman (Eds.), Handbook on personalized learning for states, districts, and schools (pp. 3-18). Philadelphia, PA: Temple University, Center on Innovations

5. Shah, R. K. (2020). Concepts of learner-centred teaching. Shah, RK (2020). Concepts of Learner-Centred Teaching. Shanlax International Journal of Education, 8(3), 45-60.)

6. Shamsematova, B. R. (2022). Specific Features Of Language Units Expressing National Value In The Works Of Uzbek Writers. Eurasian Research Bulletin, 13, 114-116.

7. TEFL/TESL: Teaching English as a foreign or second language BRENDA BOWMAN, GRACE BURKART, and BARBARA ROBSON Prepared for PEACE CORPS by Center for Applied Linguistics Washington, DC.1989

8. Xodjakulova.F. R (2020) Analysis of terminology of literary criticism in English.HaMaHraH давлат университета. Илмий ахборотномаси.11 сон.2020

9. O'zR OO'MTV, 5120600-Dinshunoslik bakalavriat ta'lim yo'nalishining malaka talablari. - T., 2020.

10. Арипова, К. Ю. (2019). ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ ОБОСНОВАНИЕ ПРОБЛЕМЫ ОБУЧЕНИЯ РЕЧЕВОМУ ЭТИКЕТУ. Вопросы педагогики, (5-1), 21-24.

11. Болотов В.А., Сериков В.В. Компетентностная модел: от идеи к образователной программе // Педагогика. - 2003. - № 10. - С. 8-14

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.