Научная статья на тему 'KO‘ZI OJIZ BOLALARNI O‘QITISH METODIKASI: ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR'

KO‘ZI OJIZ BOLALARNI O‘QITISH METODIKASI: ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
551
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qisman ko‘ra olish / kunlik metodlar / og‘zaki ta’riflovchi jumlalar / darsda noodatiy usullar / taktil o‘rganish usuli / aqlli skanerlar. / partial vision / daily methods / descriptive verbal sentences / unusual methods in the lesson / tactile learning method / smart scanners.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Tangriyeva, Sevinch Sayfiddin Qizi

Ushbu maqolada ko‘zi ojiz bolalarni o‘qitish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan zamonaviy texnologiyalar va usullar keltirib o‘tiladi. Ko‘zi ojiz bolalar uchun qulay bo‘lgan inklyuziv ta‘limning ahamiyati muhokama qilinadi. Ko‘zi ojiz talabalar uchun o‘rganishni osonlashtiradigan usullar va taktil grafikalar kabi turli xil innovatsion texnologiyalar haqida umumiy ma’lumot berilgan. Bundan tashqari, maqolada ko‘zi ojiz bolalar uchun ta’lim tajribasini oshirish jarayonidagi amaliy mashg‘ulotlar, musiqa va harakatga asoslangan darslar kabi interaktiv ta’limning ahamiyati ta’kidlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF TEACHING BLIND CHILDREN: MODERN TECHNOLOGIES

This article presents modern technologies and methods that can be used to teach blind children. The importance of accessible inclusive education for blind children is discussed. An overview of various innovative technologies such as tactile graphics and methods to facilitate learning for visually impaired students. In addition, the article emphasizes the importance of interactive learning, such as hands-on activities, music and movement-based lessons, in enhancing the educational experience of visually impaired children.

Текст научной работы на тему «KO‘ZI OJIZ BOLALARNI O‘QITISH METODIKASI: ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

KO'ZI OJIZ BOLALARNI O'QITISH METODIKASI: ZAMONAVIY

TEXNOLOGIYALAR

Tangriyeva Sevinch Sayfiddin qizi

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Ingliz filologiyasi fakulteti, Toshkent, O'zbekiston. Stangriyeva38@gmail.com

Ushbu maqolada ko'zi ojiz bolalarni o'qitish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan zamonaviy texnologiyalar va usullar keltirib o 'tiladi. Ko 'zi ojiz bolalar uchun qulay bo'lgan inklyuziv ta'limning ahamiyati muhokama qilinadi. Ko'zi ojiz talabalar uchun o 'rganishni osonlashtiradigan usullar va taktil grafikalar kabi turli xil innovatsion texnologiyalar haqida umumiy ma'lumot berilgan. Bundan tashqari, maqolada ko 'zi ojiz bolalar uchun ta 'lim tajribasini oshirish jarayonidagi amaliy mashg 'ulotlar, musiqa va harakatga asoslangan darslar kabi interaktiv ta 'limning ahamiyati ta 'kidlangan.

Kalit so'zlar: qisman ko'ra olish, kunlik metodlar, og'zaki ta'riflovchi jumlalar, darsda noodatiy usullar, taktil o 'rganish usuli, aqlli skanerlar.

This article presents modern technologies and methods that can be used to teach blind children. The importance of accessible inclusive education for blind children is discussed. An overview of various innovative technologies such as tactile graphics and methods to facilitate learning for visually impaired students. In addition, the article emphasizes the importance of interactive learning, such as hands-on activities, music and movement-based lessons, in enhancing the educational experience of visually impaired children.

Key words: partial vision, daily methods, descriptive verbal sentences, unusual methods in the lesson, tactile learning method, smart scanners.

"Ko'zi ojiz" degan so'zni eshitganingizda, umuman ko'rish qobiliyatiga ega bo'lmagan odamni ko'z oldingizga keltirishingiz aniq. Ammo bu vizual spektrning faqatgina bir qismi, xolos. Quyida siz bilishingiz kerak bo'lgan bir nechta terminlar taqdim etiladi:

- Qisman ko'rish qobiliyatiga ega insonlar: bunday insonlar bitta ko'zi yoki har ikkala ko'zi orqali qisman ko'ra oladi. Bu termin ilmiy doiralarda tez-tez qo'llaniladi.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

- Ko'rish qobiliyati past bo'lgan insonlar: bu termin shunday insonlami ifodalaydiki, ularning ko'rish qobiliyati juda past va bunda ko'zoynak yoki kontakt linzalari to'liq yordam bermaydi. Ba'zi hollarda, inson narsalarni yaqindan ko'ra oladi, ammo uzoq masofadan emas, yoki teskarisi.

- Qisman ko'ra olmaydigan insonlar: bu toifadagi insonlar shundayki, ularning ko'rish qobiliyatini kamida bitta ko'zida 20/200 qismini yax shilash mumkin. Shuningdek, bu 20 daraja yoki undan kam ko'rish maydoniga ega bo'lganlarga ham tegishli.

- Butunlay ko'ra olmaydigan insonlar: bu toifadagi insonlar ko'rish qobiliyatini butunlay yo'qotgan hisoblanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Charlene Laferrera, MEd, ko'zi ojizlarni o'qitadigan malakali o'qituvchi. U 30 yildan ortiq umrini 22 yoshgacha bo'lgan ko'zi ojiz bolalar bilan shug'ullanadigan, turli xil o'qitish metodlariga ega maktablarda sarfladi.

Magali Gueths, MEd, turli xil maktablarda ishlagan va 20 yoshdan oshganlar bilan ishlovchi malakali spesialist. Magalining butunlay ko'zi ojiz o'g'li bor, shuning uchun ham u ko'r va ko'zi ojiz o'quvchilarning ehtiyojlarini juda yaxshi tushunadi.

Charlene va Magali birgalikda ko'r va ko'zi ojiz bolalar bilan ishlovchi o'qituvchilar uchun bir qancha metodlarni taqdim etishdi. Xulosa qilib aytganda, ular bunday o'quvchilar maktablarida doimiy ravishda ko'zi ojizlar bilan ishlovchi malakali o'qituvchilar bilan aloqada bo'lib turishi kerakligiga urg'u berishdi. Ular, shuningdek, bu har kunlik metodlar ko'r va ko'zi ojizlar uchun muvaffaqiyatli bo'lishini ta'kidlab o'tishdi:

1. Ismlardan doimiy foydalanish.

Ko'zi ojiz bolalarga murojaat qilganda doimo ularning ismlarini aytib chaqirish lozim. Bunda ular siz boshqa bolaga emas, aynan unga murojaat qilayotganligingizni anglaydi. Ularni ko'rganingizda, "Salom" desangiz u kimga murojaat qilinayotganligini anglamaydi va tabiiyki, yuzlarni tanish qobiliyatiga ega emas. Buning o'rniga, "Salom, Sara, men ustozing Davidman. Ahvollaring qanday?" desangiz maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu usulni doimiy qo'llash bolalar orasida yaxshi munosabatni o'rnatishga ham yordam beradi.

2. Ko'rishni anglatadigan so'zlardan foydalanish normal holat.

"Qara" yoki "Ko'r" kabi so'zlardan qochmang. Xuddi ularning ko'ra oladigan tengdoshlari singari, bu so'zlar ham ko'r yoki ko'zi ojiz bolalarning so'z boyligining bir qismi bo'lishi kerak, teginish, narsalarni yaqinlashtirib anglash yoki normal so'zlashuvda "Ko'rishguncha" deyish kabilar uchun.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

3. Imo qilmang, doimo og'zaki ifodalang.

Doskaga yozayotganingizda, o'quvchilar o'sha ma'lumotga ega bo'lib borishi uchun har doim og'zaki ifodalab boring. Yo'nalish va holatni ifodalaydigan terminlarni qo'llang, tepada/pastda, orqada/ro'parada, chapda/o'ngda va boshqa so'zlar kabi. "Koptok u yerda" ta'rifining o'rniga "Koptok eshikning oldida" ta'riflovchi jumlalarni qo'llang. "U yerda", "bu yerda" kabi so'zlardan va gapirmasdan, imo orqali yo'nalishni tushuntirishdan qoching, chunki ko'zi ojiz bolalar bularni ko'ra olmaydi.

4. O'quvchilarda savol tug'ilganda, qarsak chalishlarini so'rang.

Ko'plab sinfxonalarda o'qituvchining e'tiborini tortish uchun vizual

ko'rsatmalardan foydalanish odat tusiga kirgan. O'quvchilar dars paytida gapirishni xohlaganlarida, qo'llarini ko'tarishi an'anaviy usul hisoblanadi. [1; 37] Ko'zi ojiz bolalar esa do'stlari qo'lini ko'targanligini sezmaydi. Shuning uchun ham, uning o'rniga tovushli harakatlarni qo'llash maqsadga muvofiqdir. Masalan, o'quvchilarning savoli bo'lsa, ikki marta qarsak chalishi kerak bo'ladi.

5. Taktil o'rganish tajribasini taqdim eting.

Ko'zi ojiz bolalarga dars o'tayotganda, iloji boricha taktil o'qitish usulidan foydalanishingiz kerak. Masalan, toshlar haqida gapirish va ularning turli xil rasmlarini ko'rsatishdan ko'ra o'quvchilar ko'tarib va tegib ko'rishlari uchun haqiqiy toshlarning sinfxonalarda bo'lishi ancha afzalliklarga ega. Bu usul, shuningdek, turli xil yeguliklar, chig'anoqlar va mavzu bilan bog'liq narsalar uchun ham qo'llaniladi. Va bu o'quvchilarga tez va oson o'zlashtirishga yordam beradi.

6. Darsni ovozli yozib olish.

Ko'zi ojiz bolalar uchun sog'lom o'qitish muhitini yaratishning oson va arzon usuli hamma darsni ovozli yozib olish. Bu usulda o'quvchilar darsni va mavzular ketma-ketligini to'liq tushunishganmi yoki yo'qmi, bilib olish uchun ikki martadan eshitib chiqishlari mumkin bo'ladi. O'quvchilar darslarni telefonlaridagi maxsus dasturlar orqali yozib olishlari mumkin.

7. Aqlli skanerlar va o'qib beruvchilarga ruxsat berish.

Ko'zi ojiz o'quvchilar uchun aqlli skanerlar va o'qib beruvchilardan foydalanish juda foydali usul hisoblanadi. Bu texnologiyalar kitoblar va qo'llanmalarni osongina og'zaki nutqda o'qib bera oladi. [2; 80] Qog'ozda yozilgan ma'lumotlarni o'qiy olmaydiganlar ham bu qurilmalar orqali yozilgan ma'lumotni osongina o'zlashtira oladilar. O'quvchilar bunday qurilmalar bilan maktab tomonidan ta'minlanishi kerak.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, har bir o'quvchi holatidan qat'iy nazar bilim olish huquqiga ega. Buning uchun esa yilda yilga qulay sharoitlar yaratilib kelinyapti. Yuqorida esa ularning 7 xil samarali usuli taqdim etildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Susan Carney, Karen Scammell and others. Teaching Students with Visual Impairments. Saskatchewan Learning - 2003. 130 p.

2. Teaching Students with Visual Impairments. Programming for Students with Special Needs. No. 5. Alberta Dept. of Education, Edmonton. Special education branch. 102 p. ISBN-0-7732-1797-5

3. https://www.pathstoliteracy.org/strategies-teaching-students-who-are-blind-or-visually-impared

4. https://www.weareteachers.com/teaching-blind-students-visually-impared/

5. https://www.wikihow.com/Teach-a-blind-or-Visually-Impared-student

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.