Научная статья на тему 'KO‘CHA YO‘L TARMOG‘INING YORITILGANLIK XUSUSIYATINI HARAKAT XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI.'

KO‘CHA YO‘L TARMOG‘INING YORITILGANLIK XUSUSIYATINI HARAKAT XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI. Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

30
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Gobo proyektori / yo'l / yo'l transport xodisalari / qatnov qism kengligi. / Gobo projector / road / road traffic phenomena / roadway width.

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Ikromov A. G‘., abruyev sh. I., Hayitova G. E.

Ushbu maqolada bugungi kunda sodir bo‘layotgan yo‘l transport xodisalarining aksaryat qismi piyodalar o‗tish joylarining yoritilmaganligi sababli sodir bo‘layotgani va uning oldini olishga qaratilgan chora tadbirlar bayon etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article describes the fact that the majority of road traffic accidents occurring today are caused by the lack of lighting of pedestrian crossings, and measures to prevent it are described.

Текст научной работы на тему «KO‘CHA YO‘L TARMOG‘INING YORITILGANLIK XUSUSIYATINI HARAKAT XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI.»

KO'CHA YO'L TARMOG'INING YORITILGANLIK XUSUSIYATINI HARAKAT XAVFSIZLIGIGA TA'SIRI.

A. G'. Ikromov

Toshkent davlat transport universiteti, t.f.f.d dotsent

SH. I. Abruyev

Toshkent davlat transport universiteti, assistent

G. E. Hayitova

Toshkent davlat transport universiteti, talaba

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bugungi kunda sodir bo'layotgan yo'l transport xodisalarining aksaryat qismi piyodalar o'tish joylarining yoritilmaganligi sababli sodir bo'layotgani va uning oldini olishga qaratilgan chora tadbirlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Gobo proyektori, yo'l,yo'l transport xodisalari, qatnov qism kengligi.

ABSTRACT

This article describes the fact that the majority of road traffic accidents occurring today are caused by the lack of lighting of pedestrian crossings, and measures to prevent it are described.

Keywords: Gobo projector, road, road traffic phenomena, roadway width.

KIRISH

Bugungi kunda yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashda ko'cha yo'l tarmog'ining yoritilganlik holati xam o'z ta'sirini ko'rsatmoqda buni bugungi kunda sodir bo'layotgan yo'l transport xodisalarining salmog'idan xam ko'rishimiz mumkin deyarli 26.8 % foizi sutkaning 1900 dan 2400 gacha bo'lgan vaqt oralig'ida sodir bo'lgan. Ya'ni ushbu yo'l transport xodisalarining aksaryati piyodalar o'tish yo'laklarining yaxshi yoritilmaganligi oqibatida kelib chiqmoqda birgina 2022 yilning o'zida poytaxtda 1200 ta yo'l-transport hodisasi sodir bo'lgan. Hisobot davrida YTH oqibatida halok bo'lganlar soni 136 nafarni tashkil etgan, 1463 nafari tan jarohati olgan. Yo'l-transport hodisalarining 32,5 foizini piyodalar ishtirokidagi baxtsiz hodisalar tashkil etadi. Bolalar ishtirokida 169 ta YTH sodir bo'lgan, buning oqibatida 56 nafar

November, 2023

https://t.me/ares uz

Multidisciplinary Scientific Journal

267

voyaga yetmaganlar tan jarohati olgan, 17 nafari vafot etgan. Har bitta raqam ortida insonlar taqdiri yotibdi. Bitta insonning halok bo'lishi - uning oila a'zolari, yaqinlari va mamlakat uchun og'ir judolik hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bugungi kunda ushbu YTHlarni oldini olish maqsadida ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda va shu o'rinda ta'kidlab o'tishimiz kerakki O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-iyuldagi PQ-316-son qarori tasdiqlandi. Ushbu qarorda 2022 — 2026-yillar davomida amalga oshirilishi mo'ljallangan "xavfsiz va ravon yo'l" umummilliy dasturini tasdiqlash to'g'risida ya'ni Xavfsiz yo'l infratuzilmasi yo'l harakati xavfsizligi bo'yicha (2) o'n yillikning yana bir muhim maqsadi bo'lib, yo'l-transport hodisalari oqibatida kelib chiqadigan o'lim va jarohatlarning og'irligi bilan chambarchas bog'liq. Xavfsizlik tizimlari yondashuvida maqsad faqat yo'l harakati qatnashchilariga xavfsizlik uchun asosiy ma'suliyatni yuklash emas, balki xavfsiz yo'l infratuzilmasini yaratishdir. Ushbu qarorni ijrosini ta'minlash bo'yicha xududlarda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Avtomobil yo'llarida harakatni boshqarish tizimini raqamlashtirish ,yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash bo'yicha tashviqot ishlarini kuchaytirish, bolalarga yo'l harakati qoidalarini amaliy o'rgatishni yo'lga qo'yish va haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda transport vositalarining texnik holati ustidan nazoratni kuchaytirish vazifalari bo'yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. 2023-yilning 9 oyi ichida tartibga solinmagan piyodalar o'tish joylarida qariyb 9,2 ming yotiq chiziqlar chizilgan, 417 svetofor obyektlari hamda piyodalar uchun 210 ta svetofor qurilgan. Proyeksiyali piyodalar o'tish joyi (proyeksiyali zebra) gobo proyektori yordamida markalashning samarali turi hisoblanadi. Ushbu turdagi dastur mavjud belgini almashtirmaydi, lekin uni faqat kechqurun va tunda takrorlaydi. Bu texnologiya tufayli zebra 100-150 metr masofadan ko'rinadi va o'ziga e'tibor qaratadi.Piyodalar o'tish joyi turiga qarab proyektorlar soni aniqlanadi. Qoida tariqasida, bu kamida 200 vatt quvvatga ega 1-2 gobo proyektorlari. (tanlash qatnov qismining kengligiga bog'liq - qatnov qismining kengligi 8 metrdan ortiq bo'lsa, 2 ta gobo proyektor ishlatiladi). Proyektor piyodalar o'tish joyining tepasida yoki yaqinida o'rnatiladi. Proyektorda piyodalar o'tish joyining tugagan tasviri bilan maxsus gobo linzalari o'rnatilgan. Natijada yorqin, aniq, uzoqdan ko'rinadigan "zebra" proyeksiyasi. Mavjud yo'l belgilarini yilning istalgan vaqtida va istalgan ob-havoda takrorlash imkonini beradi, belgilar qorda ham ko'rinadi. "Zebra" proyeksiyasi 150-200 metrgacha bo'lgan masofada haydovchilarga ko'proq ko'rinadi, bu esa piyodani oldindan

November, 2023

https://t.me/ares uz Multidisciplinary Scientific Journal

268

ko'rish imkonini beradi. Asfaltga qo'llaniladigan bo'yoqdan farqli o'laroq, proyeksiya belgilari tashqi omillarga chidamli. Gobo proektorining quyidagi turlari mavjud:

GH-8 proeksion kompleksi - bir yoki ikki qatorli qatnov qismidagi, kengligi 8

metrgacha bo'lgan proyeksiyali piyodalar o'tish joyi. GH-8

G shakldagi

1.1 rasm GH-8 proeksion kompleksi umumiy ko'rinishi.

2 GH 16 - proektsion piyodalar o'tish joyi ikki qatorli qatnov qismida, kengligi 16 metrgacha.

3 GH 20 - proyeksiyali piyodalar o'tish joyi 4 yoki undan ortiq bo'lakli, kengligi 20 metrgacha.

4 GH -8 MAX - proyeksiyali piyodalar o'tish joyi bir yoki ikki qatorli qatnov qismida, kengligi 8 metrgacha bo'lgan qo'shimcha belgilar proyeksiyasi bilan.

5 GH -16 MAX - piyodalar o'tish joyi ikki qatorli qatnov qismida, kengligi 16 metrgacha bo'lgan qo'shimcha belgilar proyeksiyasi.

6 GH -20 MAX - proyeksiyali piyodalar o'tish joyi 4 yoki undan ortiq bo'lakli, kengligi 20 metrgacha bo'lgan qatnov qismi.

https://t.me/ares uz

November, 2023 Multidisciplinary Scientific Journal

269

CH-20 MAX

5.16.1 vaa 5.16.2

1.2 rasm GH -20 MAX - proyeksiyali piyodalar o'tish joyi umumiy ko'rinishi. Bir so'z bilan aytganda, har bir haydovchi transport vositasini boshqarayotganda nafaqat o'zi, balki yo'lovchilar va piyodalarning hayotiga ma'suliyat bilan qarashlari lozim. Piyodalar esa yo'l harakati ishtirokchisi ekanligini unutmasligi va o'rnatilgan qoidalarga rioya etishlari kerak.

REFERENCES

1.https://uzreport.news/society/2022-yilda-toshkent-shahrida-1200-ta-yo-l-transport-hodisasi-sodir-bo-lgan-unda-136-nafar-

2. http://www.yhxx.uz/

3. Abruyev SH.I, Ikromov A.G',O'taganov S.Q., Yo'L transport hodisalari va ularning kelib chiqish sabablari tahlili (Toshkent Shahri Misolida)

4. https://lex.uz/ru/docs/-6106551

https://t.me/ares uz

November, 2023 Multidisciplinary Scientific Journal

270

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.