Научная статья на тему 'KLASTERLI YONDASHUV ASOSIDA TARBIYA JARAYONINI LOYIXALASH TEXNOLOGIYASI'

KLASTERLI YONDASHUV ASOSIDA TARBIYA JARAYONINI LOYIXALASH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

301
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KLASTERLI YONDASHUV ASOSIDA TARBIYA JARAYONINI LOYIXALASH TEXNOLOGIYASI»

KLASTERLI YONDASHUV ASOSIDA TARBIYA JARAYONINI LOYIXALASH TEXNOLOGIYASI

M. Mirqosimoya

O'z XIA "Din psixologiyasi va pedagogika" kafedrasi professori,p.fd.

Hozirgi kunda dunyoning ko'plab mamlakatlarining turli tarmoqlarida klasterlar faoliyati yo'lga qo'yilgan. Rivojlangan mamlakatlarda innovatsion iqtisodiyot, fan va ta'lim sohalarini shakllantirish va boshqarishda klasterlardan foydalanish bo'yicha ma'lum tajriba to'plangan. Yevropa mamlakatlari va AQSHda esa bu strategiya keng qo'llanilmoqda. Buyuk Britaniya, Gollandiya, Germaniya, AQSH, Daniya, Fransiya, Italiya, Finlandiya, Daniya, Shvetsiya sanoatini klasterlar to'la egallagan. Klaster tuzilmalari Shvetsariya, Avstriya, Italiya, Daniya, Hindiston, Koreya, Pokiston, Xitoy va Turkiya davlatlari yengil sanoatida, Germaniyada kimyo va mashinasozlik, Fransiyada oziq-ovqatlar va kosmetika sanoatlarida muvaffaqqiyatli ishlamoqda. Klasterlarni shakllantirish jarayoni Janubi-Sharqiy Osiyo, Xitoy, Singapur, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda faollashib bormoqda.

Fan va ta'limning ishlab chiqarish bilan uyg'unligi barcha sohalarda taraqqiyotni ta'minlaydi. Bu borada tabiiyki, fan, ta'lim va ishlab chiqarishning integratsiyasi muhim va dolzarb vazifa. Bu esa o'z-o'zidan innovatsion klasterga yo'l ochadi. Ta'lim tizimidagi klaster shaxsni kamol topishi va yetuk kadr bo'lishiga qaratilgan bo'lib, uning bog'liqligi bog'cha, maktab, litsey, kollej, oliy o'quv yurti, doktorantura, malaka oshirish kabi jarayonlarni qamrab oluvchi butun umr davomidagi ta'lim zanjirini bir-biriga bog'laganidir. Pedagogik texnologiyada klaster puxta o'ylangan strategiya bo'lib, undan ta'lim oluvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg'ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Klasterlar ilgari surilgan g'oyalarni umumlashtirish va ular o'rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi.

Hozirgi davrda estetik tarbiya klasterining ijtimoiy-ma'naviy zaruriyatini quyidagi jihatlar bilan izohlash mumkin:

1) globallashuv davri inson faoliyatini maqsadli yo'naltirishga qaratilgan estetik tarbiyaga "yaqin va ishonchli sherik" sifatida baho bermoqda. Xususan, uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish ta'limning ijtimoiylashuviga, ayniqsa, ta'lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil

qilishga ko'p jihatdan bog'liq ekanligi kuzatilmoqda. 2)

|_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-9-13

jamiyatning ma'naviy hayotini yuksaltirish ham pedagogika fani oldiga qator vazifalarni qo'ymoqda. Bundan tashqari, bugungi kunda odamlarga, ayniqsa, yoshlarga "huzur-halovat va lazzat manbai" sifatida taqdim etilayotgan ma'lumotlarning aksariyati horijiy ommaviy axborot vositalari hamda Internet tarmoqlaridagi turli xil zararli saytlar hisobiga to'g'ri kelmoqda.

3) keyingi paytlarda fetishestetikasi (yengil-yelpi, yaltiroq estetika), "Ommaviy madaniyat"ning inson maishiy turmushi bilan bog'liq saytlari shunchalik ko'payib ketdiki, ular yoshlarning estetik didini pasaytirishga va estetik dunyoqarashini o'ldirilishiga olib kelayotir. O'quvchilarda bunday g'ayriestetik g'oyalar va ko'rinishlarning salbiy oqibatlarini tushuntirib beradigan ta'limiy asosni pedagogikaning tarbiya turlaridan estetik tarbiya klasteri orqali amalga oshirish mumkin.1

Estetik tarbiya jamiyatda ma'naviy muhitni paydo qilishga ko'mak beruvchi muhim unsur bo'lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir. Estetik tarbiyaning vazifalari:

• kishilarda san'at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o'zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish;

• jamiyat a'zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga ishonch tuyg'usini uyg'otish; tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg'u bilan munosabatda bo'lishga va ularni ravnaq toptirish yo'lida astoydil faoliyat olib borish ko'nikmalarini hosil qilish;

• o'tmish ma'naviy merosimizga hurmat hissini uyg'otish, milliy g'urur, milliy iftixor tuyg'ularini shakllantirish uchun zamin yaratish;

• ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ'ib qilishga undashdir. Estetik tarbiyaning asosiy vositalari tarkibiga san'at,

informatsion texnologiyalar, tabiat, mehnat, sport kabi sohalarni kiritish mumkin.

Hozirgi vaqtda maktablarimizning asosiy vazifalaridan biri o'quvchilarda borliqni faqat ijodiy o'zlashtirishga bo'lgan ehtiyoj va qobiliyatni shakllantirishnigina emas, balki ularda go'zallik qonunlari asosida borliqni qaytadan qurish hissini tarbiyalash hamdir. Jamiyatimizdagi har bir inson qaysi sohada ish olib borayotganligidan qat'iy nazar go'zallik va nafislikni ko'ra bilishi va tushuna bilishi kerak. O'quvchilarning estetik jihatdan tarbiyalash maqsadida o'qituvchi ularga tabiatdagi go'zallikni, shakllarning turli-

1 B.Husanov "Estetik tarbiya klasterining ta'limiy asoslari".

|_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

tumanligini ko'rsatadi. Bolalarga quvonch, hayajon baxsh etgan tabiat go'zalliklari, so'z bilan tasvirlab bo'lmas rang birikmalari uzoq vaqtlargacha ulaming xayolida saqlanadi. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, odamlar tashqaridan olayotgan har qanday ma'lumotlarining 90% dan ortiqrog'ini ko'z orqali oladi. Bu kishilar hayotida ko'zning roli beqiyos ekanligini ko'rsatib turibdi. Maktabda esa ko'z xotirasini, uning imkoniyatlarini rivojlantirnshda boshqa fanlarga qaraganda tasvirii san'at fani ancha ustun turadi.

Maktablarimiz dunyoviy ta'limga asoslangan bo'lib, har bir fanning oson, qisqa, asosli o'qitilishining pedagogik sharoitini yarata oladigan didaktik prinsiplarga amal qiladi. Bu prinsiplar: ilmiylik, izchillik, tarbiyaviylik, sistemalilik, ketma-ketlik, onglik-faollik, ko'rgazmalilik, ijodkorlik, nazariyot bilan amaliyotning uzviyligi va yangi o'quv materiallari, o'quv fanlarini bir-biriga bog'liq holda o'qitishdan iborat.2

TAVSIYALAR:"Klaster" bitta sohaga birlashgan va bir-biri bilan uzviy aloqada bo'lgan faoliyatlar tizimini nazarda tutadi. Badiiy estetiklikning shakllanishi ham huddi shunday konseptual asosga ega jarayon bo'lib, uning shakllari, ko'rinishlari, uslublari va vositalari turlicha bo'lsa-da, maqsad shaxsni har jihatdan rivojlantirish, barkamol inson sifatida shakllantirishdan iborat. Badiiy estetiklik go'zallik, san'at, ma'naviyat, sport, ulug'vorlik, did, his-tuyg'u va tasavvurni o'zida jamlaydi. Bu sohalarda o'z qarashlariga ega bo'lgan shaxs ma'naviy jihatdan yetuk va barkamollikka erishib boradi. O'quvchilarning badiiy estetik didini shakllanishi oila, uzluksiz ta'lim, ma'naviy-ma'rifiy ko'ngilochar maskanlar, ommaviy-axborot vositalari, yoshlarning badiiy-ijodiy faoliyati orqali amalga oshadi.

Klasterli yondashuv asosida ta'lim oluvchilarda badiiy estetiklikni shakllantirish texnologiyasi bosqichlariga asoslangan holda, har bir bosqichda qo'llanadigan shakl, metod va vositalarni quyidagicha loyihalash mumkin:

Bosqichlari Axborotli- Diagnostik Estetik didning Faoliyatga doir

kognitiv shakllanishiga

doir

2 Sarvar Tursunmurotovich Sobirov. TASVIRIY SAN'AT FANING O'QUVCHILARNI ESTETIK

TARBIYALASHDAGI O'RNI. "Science and Education" Scientific Journal December 2020 / Vol

https://ares.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

IHA' ne 1

©

,ss„e , 4

May 211 ©

©

11

Shakllari Individual, guruhli, ommaviy, o'quv mashg'ulotlari, auditoriyadan tashqari mashg'ulotlar, to'garaklar, juftliklarda ishlash, treninglar Individual, guruhli, ommaviy, munozara, trening va debatlar Individual, guruhli, trening va debatlar Individual, guruhli, ommaviy, ekskursiyalar, amaliy ish topshiriqlari, loyihalar

Metodlari Ma'ruza, tushuntirish, o'quv dialogi, va o'quv diskussiyasi, kontekstli ta'lim Muammoli tavsifdagi suhbat, bahs-munozarali o'quv mashg'ulotlarini tashkil etish, erkin yozish, aqliy hujum, o'z-ozini baholsh Suhbat, anketa, test, intervyu, kuzatish, insho Mushohadali tajriba, mashq, real-hayotiy vaziyatlar, loyihalar metodi, o'yin texnologiyalari, texnologik jarayonlarni imitatsion- o'yinli modellashtirish

Vositalari Mutaxassislik adabiyotlari, slayd- prezentatsiya, texnik jihozlar, o'quv darsliklari, elektron qo'llanmalar O'qituvchi nutqi. Tarqatma materiallar slayd- prezentatsiya, videoroliklar, nutq va badiiy adabiyotlar Videoroliklar tarqatma materiallar,

Texnologiyaning axborotli-kognitiv bosqichi asosida ta'lim oluvchilarda badiiy estetiklik, uning komponentlari, strukturasi haqida tushunchalar, tasavvurlar hosil qilish, yaxlitlikda bilimlar berish yotadi. Axborotli-kognitiv bosqich o'z navbatida ikki qismdan tashkil topadi: axborotli va kognitiv. Axboriy darajada kasbiy kompetetntlik bilan bog'liq nazariy bilimlar egallansa, kognitiv darajada mazkur bilimlarning amaliy-faoliyatli ko'rinishiga o'tkazilishi uchun zaruriy ko'rsatmalar taqdim etiladi. Mazkur bosqichda ma'ruza, tushuntirish, o'rgatish, namuna ko'rsatish, test (asosiy tushunchalar mazmuniga oid, tushunchali), o'quv disskusiyasi, kontekstli ta'lim kabi metod va usullardan foydalanish maqsadga muvofiq. O'quvchilarda erkin fikrlash, uning atrofida go'zallik yaratishga intilishni shakllantirishga alohida e'tibor berilishi kerak. Shunda u zamonaviy jamiyatga muvaffaqqiyatli moslasha oladi va unga foyda keltiradi. Bugungi kunda yoshlarimizni umuminsoniy ma'naviy qadriyatlar asosida

https://ares.uz/

May 21

Republican Scientific and Practical Conference

12

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-9-13

o'zligini anglashi, ma'naviy barkamol insonlar sifatida voyaga yetkazishda yangidan-yangi san'at asarlari yaratuvchisi va ijodkoriga aylanishida klasterli yondashuvdan foydalanish samarali natija beradi .

REFERENCES

1. Abdulla Sher. Aesthetics. Textbook. - Tashkent: Gafur Gulom Printing House. 2014. -B. 327-328.

2. Mirqosimova M. THE POETIC MASTERY OF MUHAMMAD YUSUF. INTERNATIONAL JOURNAL OF PHILOSOPHICAL STUDIES AND SOCIAL SCIENCES Vol 1, Issue 4 , 2021.

3. Mirqosimova M. Masofaviy ta'lim sharoitida o'quv fanlarini integratsiyalash tamoyillari. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME ISSU1,ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423. P. 959-969.

4. Mirqosimova M. Principles of innovative pedagogy. Los Angeles, Colifornia USA oktober 2021.

5. Mirqosimova M. TECHNOLOGY IN TEACHING PRIMARY SCHOOL STUDENTS TO THINK INDEPENDENTS ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal (India) https://saari.com Vol. 11, Issue 4, April 2021 Impact Factor: SJIF 2021 = 7.492.

6. Mirqosimova M., Rasulova F. Parental and child relations as a factor leading to aggressive behavior.Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry (TOJQI)Volume 12, Issue 7, July 2021: 4915-4921 .

7. Nurmatova M. The combination of moral and aesthetic values in the development of the individual. Monograph. Tashkent: University, 2009.P.783-791 .

8. Radeev A.E. Cluster approach to art: for and against. Vestnik UDK 7.01 SPGU. Ser. 15. 2014.

9. Акрамов М. Р. Конфликт и его социально-психологические свойства //Молодой ученый. - 2021. - №. 6. - С. 293-295.

10. Расулов, А. И. (2018). УНИФИКАЦИЯ СИСТЕМЫ ОБРАБОТКИ РЕЗУЛЬТАТОВ ЛИЧНОСТНЫХ ОПРОСНИКОВ. ББК1 Р76, 126.

Щ_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.