Научная статья на тему 'KITOB - TAFAKKUR KO’ZGUSI'

KITOB - TAFAKKUR KO’ZGUSI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
535
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
KITOB / KITOBXONLIK / KITOB TANLASH / KITOBSEVAR / GADJET

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Hosilbekova L.Sh., Rustamova X.Y.

Ushbu maqola jamiyatimizda kitobxonlikni targ’ib qilish, kitob tanlay olish malakasini shakllantirish haqida. Maqolada siz kitob o’qishning foydali jihatlari va yana buyuk shaxslarning kitob haqidagi afarizm va hikmatli so’zlarini bilib olasiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KITOB - TAFAKKUR KO’ZGUSI»

ISSN 2223-4047

Вестник Maeucmpamypu. 2021. № 1-3 (112)

UDC 378

L.Sh. Hosilbekova, X. Y. Rustamova

KITOB - TAFAKKUR KO'ZGUSI

Ushbu maqola jamiyatimizda kitobxonlikni targ 'ib qilish, kitob tanlay olish malakasini shakllantirish haqida. Maqolada siz kitob o 'qishning foydali jihatlari va yana buyuk shaxslarning kitob haqidagi afarizm va hikmatli so 'zla-rini bilib olasiz.

Kalitso'zlar: kitob, kitobxonlik, kitob tanlash, kitobsevar, gadjet.

Kitob — boylik. Lekin sotib olingani emas, o'qilgani.

Asqad muhtor

Statistika ma'lumotlariga qaraganda, kitob o'quvchilarsoniga qaraganda kitob o'qimaydiganlar soni juda ham ko'p. Bunga juda ko'p narsalarni sabab qilib ko'rsatishimiz mumkin. Shiddat bilan rivojlanib borayotdan axborot asrida yashayapmiz. Har qadamimizda kompyuter, telefon, dron va shu kabi ko'plab gadjetlarga duch kelamiz. Bularning barchasi hayotimizga shu darajada shiddat bilan kirib kelyaptiki, ularsiz hayotimizni tasavvur eta olmaymiz xatto. Gadjetlar turmush tarzimizni yengillashtirdi. Buni tan olishimiz kerak. Ammo, ularning zararli oqibatlari ham juda ko'p. Eng achinarlisi "kitobxonlik"ning sezilarli darajada kamayib ketganidir.

Kitob —axborotlarni, g'oya, obraz va bilimlarni saqlash hamda tarqatish, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, estetik karashlarni shakllantirish vositasi; bilimlar targ'iboti va tarbiya quroli; badiiy, ilmiy asar, ijtimoiy ada-biyotdir. Buyuk shoir va mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy yozganidek, kitob - beminnat ustoz, bilim va ma'naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai.

Kitob bizning hozirgi hayotimizdir. Unga hamma muhtoj ... qariyalar, o'rta yoshlilar, yoshlar va xatto bo-lalar ham. Hamma gap ular uchun kitob tanlashda, biz hammadan oldin nomunosib tanlangan kitoblarni o'qish hech narsa o'qimagandan ko'ra yomonroq va zararliroqdir, degan fikrga qo'shilamiz. Kitoblarning tanlanishi odamning fikr dunyosini, uning hayotiy qadriyatlarini ochib beradi (Jim Rohm). Biz pedagoglarning kelajagimiz bolmish yosh avlodni talim-tarbiya olishlari uchun shart-sharoit yaratish, sog-salomat ulgaytirish, ularga ota-ona kabi mehr berish oliy maqsadimiz. Bolaning barkamol shaxs bo'lib ulg'ayishida ularning hayotida kitobning hayoti beqiyosdir. Ular qachon kitobga mehr beradi degan savolga yagona javob bor. Qachonki bolalarga o'zla-rining dunyo qarashi va yoshiga mos kitob tanlay olsak, bolada kitobga muhabbat uyg'otadi.Aslida, tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, yosh o'quvchilar o'z adabiyotlarini to'g'ri tanlaganlarida, ular yaxshi o'qiydiganlar bo'ladi. O'qituvchilarning asosiy vazifasi, o'quvchilarning qaysi turdagi kitoblarni o'qishlariga yordam berishini aniqlaydi. O'qituvchi bolalarning xarakteri, qiziqishlarini inobatga olib ularga, sarguzasht, komedia, sheriy, drama, rivoyat v.h.k tavfsiya qilish mumkin. Bolalarni kitob o'qishga qiziqishtirishning yana bir usuli kitob o'qishni yaxshi ko'radigan, ularga yaxshi tanish bo'lgan buyuk shaxslarni, asr qahramonlari hayotini, yutuqlarini misol keltirishdir. Masalan hammaga birdek tanish bo'lgan MICROSOFT asoschisi Bill Geyts haqidagi hikoya bo 'lishi mumkin. Hikoya ta'sirli va asosli bo'lishi kerak.

Bill Geyts bilimi va tirishqoqligi bilan nafaqat o'zining, balki insoniyatning ham hayotini yaxshilagan biznesmen, jamoat arbobi. U jahonning eng ko'p kitob mutolaa qiladigan kishilaridan biri sifatida ham nom qozongan. Janob Geyts har yili o'rtacha 50 ta kitob o'qiydi. Ya'ni, har haftada bitta kitob! Bill Geyts uchrashu-vlarda ham sayyoramizning eng muvaffaqiyatli kompaniyasini yaratishda unga o'qish va o'rganishga bo'lgan qiziqishi yordam berganini ko'p takrorlaydi. Uning fikrcha, yaxshi kitob — hayotidagi muhim hodisa. Kitob o'qishda Bill Geytsning o'z qoidalari mavjud. Zero, o'qish bilan uqishning farqi borligini biz ham yaxshi bilamiz. Milliarder yaqinda Quartz nashri bilan suhbatda o'zining kitob o'qishda e'tibor qiladigan odatlarini ma'lum qildi. Quyida ularni bayon qilamiz.

1. Kitob hoshiyasiga qaydlar qoldirish. «O'qish insondan diqqatni jamlashni talab qiladi. Ayniqsa, ilmiy yoki badiiy bo'lmagan kitoblarni o'qish jarayonida sen yangi bilim olasan. Ularni o'zingdagi qarashlar bilan chog'ishtirish uchun qayd yozish foydali odat. Qolaversa, yaxshi kitob o'z sir-asrorini bir o'qishda fosh qilmaydi. Uni takror o'qiganing sayin tushunib borasan.

2. Boshlagan kitobingni tashlab qo'yma. Bill Geyts oxiriga qadar o'qishga ko'zi yetmagan kitobni qo'liga olishdan qochadi. Buning yaxshi tomoni bor — kitobni esga tushganida o'qish vaqtni behuda sarflashdan farq qilmaydi. Milliarderning fikricha. ming yil avval yozilgan kitob uni o'qimagan odam uchun hali yangi hisoblanadi.

3. Bosma yoki raqamli? Qaysi qulay bo'lsa, shuni o'qing.

© Hosilbekova L.Sh., Rustamova X.Y., 2021.

ISSN 2223-4047

BecmnuK Maeucmpamypu. 2021. № 1-3 (112)

«Hozircha bosma kitoblar mutolaasi men uchun qulay. Biroq, sekin-asta gadjetlarda ham kitob o'qishni odat qilmoqchiman», deydi Bill Geyts. Agar sizga mobil qurilmalarda kitob o'qish qulay bo'lsa, bu — sizning tanlovingiz. Muhimi — eski po'stin kiysangiz ham, yangi kitob o'qishga odatlaning.

Qo'llanilgan mazkur metod bolada kitobxonlikni yanada rivojlantirishga turtki bo'ladi. Eshitgan voqealarni amalda qo'llashga ishtiyoq uyg'otadi.

Kitob haqida maqol va afarizmlar:

Kiyim ustingni bezaydi, kitob-aqlingni.

Kitob-ko'zgu, unda olamni ko'rasan.

Oltin yer tagidan kavlab olinadi, bilim kitobdan.

Kitobsiz uy - quyoshsiz kun.

Kitoblar orzu-istak tug'diradi, uni hayotga chorlaydi, kishini fikrlashga majbur etadi, muhokamalarda mus-taqil bo'lish qobiliyatini tarbiyalaydi.

S.T. Strumilin Kitob eng olis va zimiston umr yo'llarida insonga nur bag'ishlab turuvchi sehrli chiroqdir. A. Upit

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Vikipediya. Ochiq ensiklopediya

2."Adabiyot nazariyasi", V. V. Prozorov, 1987 yil

3.Efferit

4.Ziyonet.uz

5.Afarizmlar.uz

HOSILBEKOVA LATOFAT SHAMIDDIN QIZI - Guliston davlat universiteti Ta'lim va tarbiya nazaryasi (Bishlang'ich ta'lim) 1-bosqich magistranti.

RUSTAMOVA XURSHIDA YUSUPOVNA - Guliston davlat universiteti Pedagogika va psixologiya yo'nalishi 1- kursb magistri.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.