Научная статья на тему 'KIMYOVIY BOG;LANISHLAR MAVZUSINI O’QITISHDA ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI ISHLAB CHIQISH'

KIMYOVIY BOG;LANISHLAR MAVZUSINI O’QITISHDA ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI ISHLAB CHIQISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ismatov S.Sh, Yaxshiboyeva K. Z, Choriyeva.Y.B

Maktabda kimyoviy bog’lanish 8sinf kimyo kursida o’rganiladi o’quvchilar bu mavzuni to’liq tshunib oish uchun atom yadrosi mavzusidagi bilimlarga ega bo’lishlar kerak Kimyoviy bog’lanish, kovalent bog’lanish, qutbli va qutbsiz kovalent bog’lanish, ion va metall bog’lanish, vodorod bog’lanish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KIMYOVIY BOG;LANISHLAR MAVZUSINI O’QITISHDA ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI ISHLAB CHIQISH»

KIMYOVIY BOG;LANISHLAR MAVZUSINI O'QITISHDA ZAMONAVIY TA'LIM TEXNOLOGIYALARINI ISHLAB

CHIQISH

1Ismatov S.Sh, 2Yaxshiboyeva K. Z, 3Choriyeva.Y.B

1Denov tadbirkorlik instituti umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar kafedrasi mudiri, 2'3Denov tadbirkorlik institute kimyo yo'nalishi IV - kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11122338

Annotatsiya. Maktabda kimyoviy bog'lanish 8- sinf kimyo kursida o'rganiladi o'quvchilar bu mavzuni to'liq tshunib oish uchun atom yadrosi mavzusidagi bilimlarga ega bo'lishlar kerak

Kimyoviy bog'lanish, kovalent bog'lanish, qutbli va qutbsiz kovalent bog'lanish, ion va metall bog'lanish, vodorodbog'lanish.

Bu mavzular bir necha darslar mobaynida kichik mavzularga bo'lib o'rganiladi.

O'qituvchi yangi materialni bayon etish haqida tuzilgan rejaga ko'ra darsda quyidagilar to'g'risida batafsil ma'lumot beradi:

Kimyoviy elementlarning nisbiy elektromanfiylik qiymatlariga e'tibor bergan holda kimyoviy birikmalarni quyidagi 3 guruhga bo'lib olishimiz mumkin.

Kimyoviy element atomining o'z sirtqi qavatini tugallash uchun boshqa atomlardan elektronlar tortib olish xossasi elektromanfiylik deb ataladi.

Metallarda elektrmanfiylik ikkidan kichik, metallmaslarda ikkidan katta. Elektrmanfiyligi eng kuchli element - ftor bo'lib, uning elektrmanfiyligi 4 ga teng.

Kimyoviy bog'lanishning asosiy tiplari mavzusida: a). Darsda o'quvchilarga elementlar orasidagi elektrmanfiylik tushunchasiga muvofiq sodir bo'ladigan kimyoviy bog'lanish tiplari (ion bog'lanish, metall bog'lanish, kovalent bog'lanish, qutbli va qutbsiz bog'lanish, vodorod bog'lanish) haqida, elektronlarning bir element atomidan ikkinchi element atomiga kuchishi yoki siljishi haqida bilim berish.

b). O'quvchilarga kimyoviy elementlar va ular hosil qilgan birikmalarning orasida qanday bog'lanishlar mavjud bo'lishini farqlay olish bog'lanishlar hosil bo'ladigan sxemalarni chiza bilish qobiliyatlarini tarbiyalash.

Elektrmanfiylik- birikmalar hosil bo'lishida atomlar orasida elektronlarning taqsimlanishiga ta'sir qiladi. Barqaror elektron qavatining turli yullar bilan hosil bo'lishiga asoslanib, kimyoviy bog'lanishlarni bir necha turlarga bo'lish mumkin: kovalent bog'lanish, ion bog'lanish, metall bog'lanish, vodorod bog'lanish.

Kovalent bog'lanish - bu tip bog'lanish elektrmanfiyligi bir xil bo'lgan elementlar atomlari oralig'idagi bog'lanishda uchraydi.

O'qituvchi misollarni doskaga yozib ko'rsatgan holda tushintiradi. Atomlarning elektronlar jufti vositasidagi bog'lanish kovalent bog'lanish deb ataladi degan xulosaga kelinadi.

H+Cl=HCl

Odatda kimyoviy birikmalar hosil bo'lishida har bir element atom o'zining tashqi elektron qobig'ida elektronlar sonini - elektron konfigurasiyasini o'ziga yaqin bo'lgan tuzilishi holatiga yetkazishga intiladi va yetkazadi. Biz bu o'rinda o'quvchilarning atom tuzilishi nazariyasi haqidagi bilimlarini yangi materiallarni o'rganish jarayonida qo'llaymiz va rivojlantiramiz. Boshqacha qilib aytganda, avval o'rganilgan materiallarni o'zlashtirish uchun tayanch qilib

olinadi. Demak, har bir oddiy modda atomdagi valent elektronlar bir xil elementining ikki atomi uchun umumiy bo'lib qoladi.

O'qituvchi mavzuni takrorlash vaqtida o'rganish uchun berilgan qo'shimcha materiallardan o'tilgan mavzuni takrorlashi va mustahkamlash bosqichlarida foydalanishni tavsiya etadi.

Elektromanfiyligi bir xil bo'lgan atomlar orasida umumiy elektron juftlari hosil bo'lishi hisobiga vujudga keladigan kimyoviy bog'lanish qutbsiz kovalent bog'lanish deyiladi..H2. O2, N2

va boshqalar kiradi

Elektromanfiyliklari bir-biridan biroz farq qiladigan atomlar orasida hosil bo'lgan kimyoviy bog'lanish qutbli kovalent bog'lanish deb ataladi. Masalan, HF, HCI, H2O yordamida tushintirish mumkin. Bu holatda elektronlar jufti kuchliroq elektrmanfiy element atomi tomon siljigan bo'ladi.

Kimyoviy bog'lanish elektrmanfiyligi bir - biridan keskin farq qiladigan elementlar orasida sodir bo'ladi. Bu holda valent elektronlar bir element atomidan ikkinchi element atomiga to'liq siljiydi. Natijada musbat va manfiy zaryadli ionlar hosil bo'ladi.

Bir atomning kimyoviy bog'lanishda ishtirok etmagan, ya'ni taqsimlanmagan elektron jufti va ikkinchi atomning bo'sh orbitali o'rtasida hosil bo'lgan bog'lanish donor-akseptor yoki koordinatsion bog'lanish deb ataladi. NH3 + H+ ^ NH4 +

Donor-aktseptor ta'sir moddalarning bir agregat holatidan ikkinchi holatiga otishga olib keladi. NH3 va HCl gaz moddalar, lekin ularning ozaro ta'sir mahsuloti NH4Cl kristall.

Ionlar zaryadlangan zarrachalar bo'lib, atom elektron berganda yoki elektron biriktirib olganda ana shu ionlarga aylanadi.

Ionlarning o'zaro birikishidan hosil bo'lgan moddalar ionli birikmalar deb ataladi. Ionlar orasidagi elektrostatik tortishuv kuchi ta'sirida hosil bo'lgan bog'lanish ion bog'lanish deb, hosil bo'lgan birikmalar esa ion birikmalar deyiladi.

Ionli bog'lanishlar qarama-qarshi zaryadli ionlar o'rtasida hosil bo'lgan bog'lanishlardir. Masalan, natriy xlorid yoki iste'mol tuzini hosil qilish uchun musbat zaryadlangan natriy ionlari va manfiy zaryadlangan xlorid ionlari bir-birini o'ziga tortadi. Ko'plab ionli birikmalar kabi iste'mol tuzi ham shunchaki bitta natriy va bitta xlorid ionidan tashkil topmaydi, balki u ko'plab takroran joylashgan, 3D ko'rinishidagi (kristall) shakllardan tashkil topgandir.

REFERENCES

1. YU.T.Toshpo'latov, SH.YE.Ishoqov. Anorganik kimyo. Toshkent. «O'qituvchi». 1992 y.

2. N.A.Parpiyev, H.R.Rahimov, A.G.Muftaxov. Anorganik kimyo nazariy asoslari. Toshkent. «O'zbekiston». 2000 y.

3. Q.Ahmerov, A.Jalilov, R.Sayfutdinov Umumiy va anorganik kimyo. Toshkent. «O'zbekiston» 2003 y.

4. Парпиев Н.А., Рахимов Х,.Р., Муфтахов А.Г. Анорганик кимё назарий асослари. Т.: Узбекистан. 2000. 134-162 бетлар.

5. Тошпулатов Ю.Т., Исходов Ш.С. Анорганик кимё. Т.: Укитувчи. 1992. 53-56-бетлар.

6. Toshpulatov Yu.T., Raxmatullayev N.G. Anorganik kimyo (nazariy asoslari). T.: TDPU. 2005. 82-90-betlar.

7. Ахмеров Жалилов А., Сайфутдинов Р. Умумий ва анорганик кимё. Т.: Узбекистон. 2003. 92-131 бетлар.

8. Arxiv.uz

9. www.ziyonet.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.