Научная статья на тему 'KICHIK YOSHDAGI O‘QUVCHILARGA O‘ZBEK ADABIY TILINI O‘RGATISHDA BOSHLANG‘ICH TA’LIMNING ROLI'

KICHIK YOSHDAGI O‘QUVCHILARGA O‘ZBEK ADABIY TILINI O‘RGATISHDA BOSHLANG‘ICH TA’LIMNING ROLI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
boshlang‘ich ta’lim / bosglang‘ich sinf o‘quvchilari / o‘zbek adabiy tili / o‘zbek tilini o‘qitish va o‘rgatish / kommunikativ yondashuv.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Zulxumor Rustamovna

Bugungi kunda til bilan bog‘liq globallashuv jarayonlarining jamiyatda tez «urf»ga kirishi maktab o‘quvchilarining aynan o‘zbek tili xususidagi bilimlarini yanada kuchaytirish lozimligiga ishora qilmoqda. Shu sababli ham umumta’lim maktabining boshlang‘ich bosqich sinfidanoq o‘zbek adabiy tilini o‘qitish, o‘rgatsih masalasini soha mutaxassislaridan jiddiy talqin qilsihni talab etyapti. Shundan kelib chiqib, ushbu maqolada kichik yoshdagi o‘quvchilarga o‘zbek adabiy tilini o‘rgatishda boshlang‘ich ta’limning roli va ahamiyati to‘g‘risidagi fikr-mulohazalar bayon qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по наукам об образовании , автор научной работы — Zulxumor Rustamovna

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KICHIK YOSHDAGI O‘QUVCHILARGA O‘ZBEK ADABIY TILINI O‘RGATISHDA BOSHLANG‘ICH TA’LIMNING ROLI»

YANGI OZBEKISTONDA O'ZBEK ADABIY TILINING RIVaJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

KICHIK YOSHDAGI O'QUVCHILARGA O'ZBEK ADABIY TILINI O'RGATISHDA BOSHLANG'ICH TA'LIMNING ROLI

Zulxumor Rustamovna

Namangan shahar 31-maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.13959199

Annotatsiya. Bugungi kunda til bilan bog'liq globallashuv jarayonlarining jamiyatda tez «urf»ga kirishi maktab o'quvchilarining aynan o'zbek tili xususidagi bilimlarini yanada kuchaytirish lozimligiga ishora qilmoqda. Shu sababli ham umumta'lim maktabining boshlang'ich bosqich sinfidanoq o'zbek adabiy tilini o'qitish, o'rgatsih masalasini soha mutaxassislaridan jiddiy talqin qilsihni talab etyapti.

Shundan kelib chiqib, ushbu maqolada kichik yoshdagi o'quvchilarga o'zbek adabiy tilini o'rgatishda boshlang'ich ta'limning roli va ahamiyati to'g'risidagi fikr-mulohazalar bayon qilindi.

Kalit so'zlar: boshlang'ich ta'lim , bosglang'ich sinf o'quvchilari, o'zbek adabiy tili, o'zbek tilini o'qitish va o'rgatish, kommunikativyondashuv.

Аннотация. Сегодня процессы глобализации, связанные с языком, стремительно становятся «традицией» в обществе, что указывает на необходимость дальнейшего укрепления знаний школьников об узбекском языке. По этой причине вопрос обучения узбекскому литературному языку с начальной ступени общеобразовательной школы требует серьезного осмысления специалистами в данной области. Исходя из этого, в данной статье представлены мнения о роли и значении начального образования в обучении узбекскому литературному языку младших школьников.

Ключевые слова: начальное образование, учащиеся начальных классов, узбекский литературный язык, преподавание и изучение узбекского языка, коммуникативный подход.

Abstract. Today, the globalization processes related to the language are rapidly becoming a "tradition" in the society, indicating the need to further strengthen the knowledge of schoolchildren about the Uzbek language. For this reason, the issue of teaching the Uzbek literary language from the primary level of the general education school requires a serious interpretation by the experts in the field. Based on this, in this article, opinions on the role and importance of primary education in teaching the Uzbek literary language to young students were presented.

Keywords: primary education, primary school students, Uzbek literary language, teaching and learning the Uzbek language, communicative approach.

Boshlang'ich sinflarda o'zbek tilini o'rgatish bu tilni o'quvchilarga o'rgatishning eng muhim qismdir. O'zbekistonda maktab o'quvchilarining til qobiliyatlarini shakllantirish borasida, ona tili bo'yicha bilimlarining mustahkam poydevorini ta'minlashda boshlang'ich ta'limning va unda qo'llaniladigan metodoligiya muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda respublikaning turli hududlaridagi umumta'lim maktablarida faoliyat olib borayotgan o'qituvchilarda boshlang'ich sinf o'quvchilariga o'zbek tilini to'g'ri va mukammal o'rgatish uchun qator imkoniyatlar mavjud. Bunga ular darslarni tashkil qilishda foydalanishi mumkin bo'lgan qo'shimcha usul va vositalarni sanash ham yetarli. Masalan, boshlang'ich sinf o'quvchilariga o'zbek tilini samarali o'rgatish usullardan biri sifatida kommunikativ yondashuvni aytish mumkin.

YANGI OZBEKISTONDA O'ZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

Ushbu yondashuv boshlang'ich sinf o'quvchilarilarni real hayotiy vaziyatlarda samarali muloqot qilish orqali tarbiyalashga qaratiladi. Bunda o'qituvchi o'quvchilarning o'zbek tilida yozish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun rolli o'yinlar, muhokamalar, tinglash, tushunish, o'qish va mashq qilish yordamida natijaga erishishi mumkin. Shuningdek, bu yondashuv aynan boshlang'ich ta'limda tahsil olayotgan o'quvchilarning til ko'nikmalarini rivojlantirishga mazmunli va amaliy tarzda ham o'z yordamini beradi.

Boshlang'ich ta'lim yoshidagi o'quvchilarga o'zbek tilini o'rgatishda amaliy mashg'ulotlarda ko'rgazmali materiallar va qurollar, kartalar, rasmlar, plakalardan unumli hamda oqilona foydalana bilish texnikasi boshlang'ich sinf o'quvchilarining lug'at va grammatika qoidalarini o'rganish va albatta, eslab qolishlarida yanada ahamiyatli hisoblanadi. Bunday jarayonlarda yana so'z o'yinlari, qo'l san'ati namunalari, boshqotirmalardan ham foydalanish o'quvchilarnning tilni qiziqarli va interaktiv tarzda hamda amaliy faoliyat ichida o'rganishlarida juda as qotadi.

Birgina kommunikativ yondashuvning o'zi emas, balki vizual materiallardan amaliy mashg'ulotlarni tahskil etish jarayonlarida o'qituvchi tomonidan foydalanilishi ham maqsadga muvofiqdir, albatta. Yana shuni aytish kerakki, darslarni tashkil etishda qo'shiq va qofiyalardan o'rinli foydalana bilish musiqa va ritm kuchli o'quvchilarning aytilgan so'zlarni so'z boyligi «xaltasi» ga saqlab olishida, grammatik qoidalarni ham eslab qolishida o'zining ahamiyatini namoyon etadi. Bunda asosan o'qituvchilarga an'anaviy o'zbek qo'shiqlari, ulardagi o'quvchilar uchun notanish yangi tushunchalarni olmoshlar va talaffuzni qayta mashq qildirishda foydalanish tavsiya etiladi.

Bundan tashqari o'qituvchilar boshlang'ich sinflarda o'zbek tilini o'qitish va o'rgatish bosqichlarida tematik yondashuvdan foydalanishlari ham nojoiz emas. Bu yondashuv muayyan mavzular yoki kichik hajmli matnlar bo'yicha til darslarini tashkil qilishni o'z ichiga. Mazkur amaliy ish o'quvchilar uchun dolzarb va qiziqarli. Masalan, boshlang'ich sinf o'qituvchilari oila, oziq-ovqat, hayvonlar yoki mavsum bilan bog'liq ma'lum bir mavzu kontekstida lug'atni o'rgatishlarida qo'llashi mumkin. Ushbu qo'llangan yondashuv o'quvchilarga turli til tushunchalari va bilimlarini hayotda har xil vaziyatlarda qo'llash, ya'ni o'zaro aloqalarni o'rnatishlariga yordam beradi.

Ancha yillik tajribalarga asoslangan holda aytish mumkinki, boshlang'ich sinflarda hikoya va adabiyotlardan o'zbek tilini o'qitish, o'rganish jarayonlarida samarali qo'llash boshlang'ich sinf o'quvchilariga tinglash va o'qish qobiliyatlarini rivojlatirishga, adabiyot va tilga muhabbatni tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi.

Yuqorida birin-ketin ta'kidlanganlar asosida boshlang'ich sinf o'quvchilariga o'zbek tilini o'rgatish va o'qitish ishlarini tashkil qilishda tajribadan o'tgan yondashuvlarga murojaat qilish faqat dars uchun oldinga qo'yilgan maqsadlarga erishishning samarali ekanligini isbotlaydi deb xulosa qilish mumkin. Jumladan, buguni zamonoviy ta'lim muhiti sharoitidan kelib chiqib, innovatsion texnologiya va vositalardan mazkur sanalgan texnikalarni qo'llashda o'rinli foydalana bilish qobiliyatining o'qituvchida mavjud bo'lishi o'quvchilarida hosil qilmoqchi bo'ligan bilim, ko'nikma, malakalarni rivojlantirishda samaradorlikning yuqori darajada bo'lishiga xizmat qiladi.

REFERENCES:

1. Afanaseva V.N. Didaktika dlya odarennbix detey // Odar. rebenok. - 2010. - No 6. - S. 50-5

2. Dilshoda Jalilova Ural qizi, Shaxnoza Jalilova Ural qizi. MUAMMOLI TA'LIM -BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA O'QUVCHILARNI IJODIY

YANGI O'ZBEKISTONDA O'ZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

FIKRLASHGA O 'RGATISH VOSITASI SIFATIDA. "RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 25-oktabr 2023-yil. 509-512-b.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10038453

3. Dilshoda Jalilova Ural qizi, Shaxnoza Jalilova Ural qizi. RAQAMLI TA'LIM DAVRIDA INNOVATSION TARBIYA TEXNOLOGIYALARINING TALABALAR TARBIYAVIY FAOLIYATGA KIRISHISHIDA TUTGAN O'RNI. "RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 25-oktabr 2023-yil. 564-566-b. https://doi.org/10.5281/zenodo.10040596

4. Muhiddinova X. Ta'lim bosqichlarida o'zbek tili o'qitilishi uzluksizligini ta'minlashning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish ped. fan. nom-di diss. TDPI - Toshkent, 2011. -270 b.

5. https://t.me/jalilova dilshoda 2292

6. https://cyberleninka.ru

7. http://scientists.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.