Научная статья на тему 'KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILARIDA QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARI'

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILARIDA QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
qobiliyat / intellekt / idrok / iqtidor / barkamollik

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Usmonov Sherzod Axmadjonovich

Ushbu maqolada qobiliyat va unga yaqin tushunchalar tahlili hamda kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarida qobiliyatlarni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik omillari keng atroflicha yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILARIDA QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O'QUVCHILARIDA QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARI Usmonov Sherzod Axmadjonovich

FarDU

https://doi.org/10.5281/zenodo.13208057

Annotatsiya. Ushbu maqolada qobiliyat va unga yaqin tushunchalar tahlili hamda kichik maktab yoshidagi o'quvchilarida qobiliyatlarni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik omillari keng atroflicha yoritib berilgan.

Kalitso'zlar: qobiliyat, intellekt, idrok, iqtidor, barkamollik

Istiqlolga erishgan O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida xalqimizning xayoti, davlatimizning siyosiy faoliyatida tub o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu o'zgarishlarni biz yosh avlodga berilayotgan etibordan ham ko'rishimiz mumkin. Bizga malumki, yosh avlodni etuk, barkamol va intellektual darajasi yuqori qilib tarbiyalash hamma zamonlarda ham e'tiborli va dolzarb vazifa bo'lib kelgan. Shu bilan birga mazkur vazifa keng xajmga ega va murakkab hisoblanadi.

Shuni alohida e'tiborga olishimiz lozimki, odam bolasining shaxs sifatida shakllanishi murakkab tadrijiy rivojlanish yo'liga ega. Har bir bola ruhiyati o'ziga xos bo'lgan murakkablikka ega, shu bilan birga unga ta' sir etuvchi omillar va ularning ta' siri ham juda xar-xildir. Bu murakkab jarayonni to'liq o'rganib chiqish uchun ko'plab ilmiy tadqiqotlar olib borilishi kerak bo'ladi.

Qobiliyatga tarif beradigan bo'lsak—bu kishining biror faoliyatga yaroqliligi va shu faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishidir. Ya'ni insonning biror faoliyat turini boshqalarga nisbatan muvaffaqatliroq amalga oshirishini ko'rsatib beradi.

E.G\ Goziev nazariyasi bo'yicha boshlang'ich sinf o'quvchilari (6-10 yosh yani 1-4 sinfgacha) kichik maktab yosh davriga to'g'ri keladi. Ularning qobiliyat va iste'dodi o'qish, mehnat va o'yin faoliyatlarida namoyon bo'ladi hamda shu faoliyatlari jarayonida o'sib, kamol topib boradi.

Ma'lumki, maktabga yangi kelgan o'quvchilarning hammasi o'z kuch-quvvati va jismoniy o'sish darajasi jihatidan bir xilda bo'lmagani singari ular o'z qobiliyati va kamol topish darajasi jihatidan ham bir xilda bo'lmaydi. Buni o'qituvchining darsda tushuntirib beradigan narsalarini ba'zi o'quvchilarning ziyraklik bilan darhol idrok qilib, esda yaxshi qoldirishlari, ayrim o'quvchilarning esa tez idrok qilib, esda yaxshi qoldirmasliklarida, shuningdek sinfda va sinfdan tashqi amaliy ishlarda o'qituvchining qilib ko'rsatadigan narsalarini ba'zi o'quvchilarning darhol ilib olib, tez va yaxshilab bajara olish lari, ayrim o'quvchilarnish esa ancha qiynalib, ko'p mashaqqat bilan o'zlashtirishlari va qiladigan ishlarining ham unchalik muvaffaqiyatli chiqmasligidan, ba'zi o'quvchilarning ayrim sohaga oid narsalarni, ayrim o'quv fanlariga doir bilim va malakalarni juda osonlik bilan o'zlashtirishlari, boshqalarning esa, aksincha qiynalishlarini ko'rish mumkin. Bu narsa ularning individual xususiyatlariga ham bog'liq bo'ladi. Qobiliyat sifatida namoyon bo'ladigan fazilatlar yig'indisining tuzilishi oqibat natijada konkret faoliyat talablari bilan belgilanadi va faoliyatning xar xil turlari uchun turlicha bo'ladi. Masalan, adabiy qobiliyatlarning tuzilishi estetik tuyg'ularning yuksak tarakkiy etgan darajasini, xotirada yorqin ko'rgazmali obrazlar mavjudligini, til xissini, boy fantaziyani, odamlar psixologiyasiga nisbatan qiziqishni, o'z-o'zini ifodalash extiyojini va shu kabilarni taqoza qiladi. Musiqiy, pedagogik, konstruktorlik, tibbiy qobiliyatlar va juda ko'p qobiliyatlar tuzilishi o'ziga xos xarakterga egadir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

Konkret qobiliyatlar tuzilishini tashkil etadigan shaxs xislatlari va xususiyatlari orasida bazi birlari etakchi o'rinni egallasa, bazi birlari yordamchi rolni o'ynaydilar. Jumladan, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida pedagoglik odobi, kuzatuvchanlik, bolalarga muxabbat, ularga nisbatan yuksak talabchanlik bilan qushib olib boriladigan bilim berishga extiyoj, yordamchilik tarzida shular jumlasiga kiradigan bir kator tashkilotchilik qobiliyatlari kompleksi etakchi fazilatlar xisoblanadi.

Tabiiyki, o'quvchilarning o'z maqsadlariga erishishlari uchun ta'lim maskanida olgan bilim, ko'nikma va malakalari kamlik qiladi. Ular yuksak maqsad yo'lida o'z ustilarida tinmay izlanishlari, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishlari lozim.

Fanlarda o'zlashtira olmagan o'quvchilarni qobiliyatsiz deyish xato, o'qituvchining birinchi galdagi vazifasi - har bir o'quvchining yosh va psixologik xususiyatini chuqur o'rganish, uning qiziqishi va istaklarini aniqlash, ularni hisobga olgan holda pedagogik chora-tadbirlarni ko'rishdir. Umuman, pedagogik jihatdan to'g'ri uyushtirilgan har qanday faoliyat bola shaxsining aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy hamda irodaviy rivojlanishiga ijobiy ta'sir etadi.

Bola shaxsining rivojlanishi uchun faol kundalik faoliyat zarur. Faoliyat yordamidagina bola atrof-muhit bilan munosabatni tashkil etadi, shu orqali uning bilish qobiliyati rivojlanadi, xarakter sifatlari takomillashib, kamol topadi.

Bundan tashqari quyidagi ishlarning sifatini ta'minlash lozim:

- ular bilan individual faoliyat olib borish;

- auditoriyadan tashqari tarbiya ishlarini takomillashtirish;

- mustaqil fikrlash jarayonini rivojlantirish;

- ularni bo'sh vaqtini maqsadli rejalashtirish;

- trening mashqlardan samarali foydalanish yaxshi samara beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1) Usmonov, S., & Ahadjonova, S. (2023). YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINI EMPIRIK O'RGANISH. Евразийский журнал академических исследований, 3(12 Part 2), 243-248.

2) Usmonov, S. A., & Meliboyev, D. H. (2023). O"SMIRLARDA AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA"MINLASHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK IMKONIYATLARI. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(25), 156-161.

3) Axmadjonovich, U. S., & Mirzamirovna, M. C. (2022). SOCIALPSYCHOLOGICAL FEATURES OF FORMING POSITIVE ATTITUDES IN STUDENTS OF JUNIOR SCHOOL AGE. American Journal of Interdisciplinary Research and Development, 11, 341344.

4) Usmanov, S. A., & Barno, S. (2023). PSYCHODIAGNOSTICS OF STRESS AND AGGRESSIVE CONDITIONS. JOURNAL OF CHILD PSYCHOLOGY AND PSYCHIATRY, 6(5), 25-30.

5) Axmadjonovich, U. S., & Ilhomjon o„g„li, N. I. (2022). THE INFLUENCE OF MASS MEDIA ON HUMAN PSYCHOLOGY. American Journal of Interdisciplinary Research and Development, 11, 345-348.

6) Axmadjonovich, U. S., & Murodjon To„lqinjon o„g, A. (2022). PRACTICAL OPPORTUNITIES FOR THE DEVELOPMENT OF CREATIVE THINKING IN STUDENTS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(7), 180-183.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" April 25, 2024

7) Axmadjonovich, U. S. (2022). AN EMPIRICAL STUDY OF THE EFFECT OF MENTAL ABILITIES ON STUDENT ACHIEVEMENT. American Journal Of Social Sciences And Humanity Research, 2(12), 125-132.

8) Axmadjonovich, U. S. Khakimova Ugilkhon Nasimhon qizi.(2022). SOCIOPSYCHOLOGICAL BASIS FOR THE MANIFESTATION OF AGGRESSIVE BEHAVIOR IN ADOLESCENTS. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 3(6), 65-67.

9) Usmanov, S. A., & Khakimova, M. P. (2023). SOCIAL PSYCHOLOGICAL FACTORS OF THE INFLUENCE OF THE PSYCHOLOGICAL HEALTH OF TEACHERS ON THE EDUCATIONAL PROCESS. SO „NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 6(12), 481-486.

10) Axmadjonovich, U. S. (2022). Empirical analysis of the impact of sociopsychological factors on mastery indicators in students. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 3(2), 5-11.

11) Усмонов, Ш. А. (2022). ТАЛАБАЛАРДАГИ АКЛИЙ КОБИЛИЯТЛАРНИ ЕТАКЧИ СИГНАЛЛАР ТИЗИМИГА БОЕЛЩЛИГИНИ УРГАНИЛИШИ: Усмонов Шерзод Ахмаджонович, Фаргона давлат университети, Психология кафедраси укитувчиси. Образование и инновационные исследования международный научнометодический журнал, (7), 328-333. IJODKOR O'QITUVCHI JURNALI 5 MART / 2024 YIL / 37 - SON 85

12) Axmadjonovich, U. S. (2022, December). PSYCHOLOGICAL AND PEDAGOGIC FACTORS INFLUENCING STUDENTS'LEARNING ABILITY. In Conference Zone (pp. 767-774).

13) Усмонов, Ш. А., Закирова, М. С., & Нуриддинов, Р. С. У. (2021). ИЛК УСПИРИНЛИК ДАВРИДА АКЛИЙ КОБИЛИЯТЛАРНИНГ ЭМПИРИК ТАХЛИЛИ. Современное образование (Узбекистан), (9 (106)), 12-16.

14) Усмонов, Ш. А. (2021). Закирова Мухаббат Сабировна, Нуриддинов Расулжон Самитжон угли. ИЛК УСПИРИНЛИК ДАВРИДА АКЛИЙ КОБИЛИЯТЛАРНИНГ ЭМПИРИК ТАХ,ЛИЛИ//СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ (УЗБЕКИСТАН), 9, 106.

15) Usmonov, S. A., & Xoldaraliyeva, A. A. Q. (2021). Talaba yoshlarni tolerantlik ruhida tarbiyalashning psixologik tamoillari. Academic research in educational sciences, 2(5), 7377.

16) Усмонов, Ш. А., & Закирова, М. С. (2021). Нуриддинов РСУ ИЛК УСПИРИНЛИК ДАВРИДА АКЛИЙ КОБИЛИЯТЛАРНИНГ ЭМПИРИК ТАХЛИЛИ. Современное образование (Узбекистан).-2021, 9(106), 12-16.

17) Usmanov, S., & Absalomov, E. U. (2020). IMPROVEMENT OF TOLERANT CULTURE IN THE FAMILY. Theoretical & Applied Science, (1), 674-676.

18) Usmonov, S. A. (2020). Problems and solutions with working ability children. In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 177-179).

19) Usmonov, S. A. (2020). Opportunities with working ability children in education. In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 298-300).

20) Усмонов, Ш. А. (2015). Развитие толерантной культуры у учащейся молодёжи. In Актуальные аспекты современной науки (pp. 9-12).

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS"

_April 25, 2024

21) Усмонов, Ш. (2023). МИЛЛАТИМИЗ ХАРАКТЕР ХУСУСИЯТИДА ТОЛЕРАНТЛИК МАДАНИЯТИНИНГ ТАРКИБ ТОПИШИ. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 3(6 Part 2), 21-24.

22) Усмонов, Ш. (2023). БОГЧА ЁШИДАГИ БОЛАЛАРДА МУЛО^ОТ МАДАНИЯТИНИ ШАКЛЛАНТИРИШНИНГ ПСИХОЛОГИК ШАРТШАРОИТЛАРИ. INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION, 2(19), 1-6.

23) иБшопоу, S., & Нак1шоуа, О. (2023). О „SMIR QIZLAR XULQ ATVОRI SHAKLLANISHINING IJTIMОIY-PSIXОLОGIK XUSUSIYATLARI. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 3(5 Part 2), 189-194.

24) Axmadjonovich, U. S. (2022). SOCIO-PSYCHOLOGICAL BASIS FOR THE MANIFESTATION OF AGGRESSIVE BEHAVIOR IN ADOLESCENTS.

25) Usmonov, A. (2021). БОЛА ТАРБИЯСИДА ДОНОЛАР УГИТИ ВАА ИКМАТЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ. Boshlang'ich ta'limda innovatsiyalar, 2(Архив№ 3).

26) Усмонов, Ш. А. (2015). Развитие толерантной культуры у учащейся молодёжи. In Актуальные аспекты современной науки (pp. 9-12). IJODKOR O'QITUVCHI JURNALI 5 MART / 2024 YIL / 37 - SON 86

27) Sherzod AxmadjonovichUsmonov, D.H.Meliboyev //O"SMIRLARDA AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA"MINLASHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK IMKONIYATLAR// O„ZBEKISTONDAFANLARAROINNOVATSIYALARVA ILMIYTADQIQOTLARJURNALI. 25-SON. 20.12.2023. 156-161.

28) Usmanov, S., & Abdulhamidova, F. (2023). DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITY IN STUDENTS WITH SPECIAL EDUCATION NEEDS. INTERNATIONAL BULLETIN OF APPLIED SCIENCE AND TECHNOLOGY (Т. 3, Выпуск 12, сс. 415-420).

29) Axmadjonovich, U. S., & Mirzaolim o"g"li, M. J. (2022, December). PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL FACTORS AFFECTING THE EDUCATIONAL ACTIVITY OF STUDENTS. In Conference Zone (pp. 775-780).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.