Научная статья на тему 'KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA PASTKI JAGʻ SHOXI UZUNLIGINING YOSHGA MOS KRANIOMETRIK OʻLCHAMLARI'

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA PASTKI JAGʻ SHOXI UZUNLIGINING YOSHGA MOS KRANIOMETRIK OʻLCHAMLARI Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
antropometriya / kraniometriya / pastki jagʻ / kichik maktab yoshi / tragion (tr)nuqtasi / gonion (gn) nuqtasi / kraniometrik nuqtalar / jinsiy dimorfizm / intensivlik / oʻsish dinamikasi / anthropometry / craniometry / lower jaw / junior school age / tragion (tr)point / gonion (gn) point / craniometric points / sexual dimorphism / intensity / growth dynamics

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — G.J.Ulugbekova, Sh.A.Adxamov

Ushbu ilmiy maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarda pastki jagʻ shoxining uzunligi kraniometrik parametrlarining oʻsish dinamikasini tahlil qilish maqsadida olib borilgan kraniometrik tekshiruv natijalari yoritilgan. Kraniometrik koʻrsatkichning oʻsish dinamikasi Izboskan tumanida yashovchi kichik maktab yoshidagi 165 nafar bolalardan olingan kraniometrik oʻlchov natijalari misolida tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AGE-APPROPRIATE CRANIOMETRIC MEASUREMENTS OF THE LENGTH OF THE MANDIBULAR HORN IN PRIMARY SCHOOL-AGED CHILDREN

This scientific article describes the results of the craniometric examination conducted in order to analyze the growth dynamics of the craniometric parameters of the length of the mandibular horn in children of primary school age. The dynamics of craniometric index growth was analyzed on the example of craniometric measurement results obtained from 165 children of junior school age living in Izboskan district.

Текст научной работы на тему «KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA PASTKI JAGʻ SHOXI UZUNLIGINING YOSHGA MOS KRANIOMETRIK OʻLCHAMLARI»

*TABIIY FANLAR * ЕСТЕСТВЕННЫЕ НАУКИ * NATURAL SCIENCES*

UDK 611.91+616-053.5 KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA PASTKI JAG' SHOXI UZUNLIGINING YOSHGA MOS KRANIOMETRIK O'LCHAMLARI

G.J.Ulugbekova, Sh.A.Adxamov*

Kalit so'zlar: antropometriya, kraniometriya, pastki jag', kichik maktab yoshi, tragion (tr)nuqtasi, gonion (gn) nuqtasi, kraniometrik nuqtalar, jinsiy dimorfizm, intensivlik, o'sish dinamikasi.

Kirish. Kichik maktab yoshidagi bolalar kraniometrik ko'rsatkichlarining rivojlanish qonuniyatlarini ochib berishda va ularni yanada chuqurroq tahlil qilishda quyidagilarni aniqlash lozim:

- Kichik maktab yoshidagi bolalarning kraniometrik ko'rsatkichlarini o'sish dinamikasini tavsiflash.

- Kichik maktab yoshidagi bolalarning kraniometrik ko 'rsatkichlarini nisbatan intensiv o'sish davrlarini aniqlash.

- Kichik maktab yoshidagi bolalar kalla suyagi va uning ma'lum bir qismlari orasidagi o'zaro nisbatlarni aniqlash.

- Kichik maktab yoshidagi davrda o'g'il va qiz bolalar kalla suyagi kraniometrik ko'rsatkichlari orasidagi jinsiy tafovutlarni aniqlash.

Adabiyotlar taxlili va metodoligiya. Asosiy anropometrik ko'rsatkichlaming o'sish jadalligining maksimal cho'qqisi ikkala jins vakillarida ham 8-9 yoshlar orasiga to'g'ri keladi [1].

Yoshlik davrida kefalometrik ko'rsatkichlarda jinsiy dimorfizm kuzatilib, bu holat ayniqsa yuzning pastki 1/3 qismida kuchliroq namoyon bo'ladi [2].

Birinchi bolalik, ikkinchi bolalik va o'smirlik davrlarida bolalardagi ko'plab kraniometrik ko'rsatkichlarda jinsiy dimorfizm kuzatiladi [3].

Pastki jag' shoxining uzunligi - tragion (tr) va gonion (gn) nuqtalari orasidagi masofaga to'g'ri keladi. Bu ko'rsatkichni shtangensirkul bilan o'lchadik.

Antropometrik tekshiruvni o'tkazish joyida doimiy qulay harorat bo'lishi zarur va tekshiruv o'tkaziladigan xona polining barcha qismi bir xil gorizontal tekislikda bo'lishi kerak [4].

Material va metodlar. O'quvchilar ustida olib borilgan tekshirishlar maktabning maxsus tibbiy xonasida o'tkazildi. Tadqiqot o'tkazilgan xonalar tabiiy va sun'iy yorug'lik bilan ta'minlandi.

Antropometrik ko'rsatkichlarni o'lchash uchun eng qulay vaqt bo'lib, ertalab och qoringa yoki ovqatlangandan 2-3 soat keyingi payt hisoblanadi. Kunning o'rtasida odam tanasining uzunligi muskullar tonusining susayishi hisobiga 2-4 santimetrga kamayadi [4].

Ilmiy tadqiqotimizga oid kraniometrik tekshirishlarning asosiy qismi ertalab soat 8:00 dan 12:00 gacha o'tkazildi. Maktablardagi ayrim sinflarda o'qish vaqti kunning ikkinchi yarmida ekanligini hisobga olib, soat 14:00 dan 16:00 gacha bo'lgan vaqt oralig'ida o'tkazildi.

* Г.Ж.Улугбекова - т.ф.н., Андижон давлат тиббиёт институти Анатомия ва клиник анатомия кафедраси доценти. Ш.A.Aдхамов - Андижон давлат тиббиёт институти педиатрия факултети талабаси.

Boshning antropometrik ko'rsatkichlarini o'lchashda Speranskiy V.S., Zaychenko A.I. (1980,1988) va Avtandilov G.G. (1990) usullaridan foydalanildi. Ko'rsatkichlarni o'lchash jarayoni bolalar tik turgan holatda amalga oshirildi.

Kraniometrik ko'rsatkichlarni o'lchash jarayonida Marthin R. (1928) tomonidan tavsiya etilgan kraniometrik nuqtalardan foydalanildi.

Chunki Marthin R. ning raqamli belgilarini qo'llash butun dunyo olimlari uchun tushunarli, shuningdek gap qanday belgi to'g'risida ketayotganligi haqida aniq ma'lumot beradi [5].

Natijalar. Pastki jag' shoxi balandligi ko'rsatkichi 7 yoshli o'g'il bolalarda 4,56±0,26 smga; 10 yoshda 5,60±0,14 smga va 12 yoshda 6,22±0,14 smga teng bo'ladi. Qiz bolalarda esa 7 yoshda 4,82±0,16 smga; 10 yoshda 5,46±0,16 smga va 12 yoshda 6,14±0,26 smga teng bo'lishini olingan tadqiqot natijalaridan ko'rishimiz mumkin.

Bu davrda (7-12 yoshlar orasidagi davr) ko'rsatkich 36 % ga oshadi. 7-12 yoshli qizlarda ko'rsatkich 27 % ga ortadi.

Tadqiqotdan olingan natijalardan ko'rishimiz mumkinki, har ikkala jins vakillarida ham o'rganilayotgan yoshlarda ko'rsatkichlarning bir maromda kattalashishini kuzatish mumkin.

1-jadval. 7 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan davrda pastki jag' shoxining balandligi

Yoshi 7 8 9 10 11 12

O'g'il 4,56±0,26 5,24±0,16 5,42±0,34 5,60±0,14 6,02±0,12 6,22±0,14

Qiz 4,82±0,16 5,16±0,24 5,36±0,20 5,46±0,16 5,94±0,20 6,14±0,26

Xulosa. Pastki jag' shoxi balandligi 7-12 yoshdagi bolalarning yoshiga va jinsiga mos

ravishda o'sishi kuzatiladi.

Pastki jag' shoxi balandligi o'lchami 7 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan davrda o'g'il

bolalarda 4,56±0,26 smdan 6,22±0,14 smga ortadi, qiz bolalarda esa bu ko'rsatkich mos ravishda

4,82±0,16 smdan 6,14±0,26 smga yetishi kuzatiladi.

Adabiyotlar:

1. Platonova N.A. Morfofunksionalnbie osobennosti organizma detey korennogo naseleniya Respubliki Saxa (Yakutiya) na prepubertatnom etape ontogeneza: Avtoreferat dis. . . . kand. med. nauk. - Novosibirsk, 2005.

2. Gorelik Ye.V. Variantbi polojeniya chelyustey v sagittalnoy ploskosti pri sformirovavshemsya ortognaticheskom prikuse postoyannbix zubov: Avtoref. dis. . . . kand. med. nauk. - Volgograd, 2006.

3. Izmaylova T.I. Zakonomernosti morfogeneza kraniofatsialnogo kompleksa v period smenbi zubov u detey s fiziologicheskoy okklyuziyey: Avtoref. dis. . . . kand. med. nauk. - Volgograd, 2006.

4. Martirosov E.G. Metodbi issledovaniya v sportivnoy antropologii. - M.: Fizkultura i sport, 1982. - s. 9-13.

5. Tegako L.I., Salivon I.I. Osnovbi sovremennoy antropologii. - Minsk: Universitetskoye, 1989. -s. 39-81.

6. Speranskiy V.S. Zaychenko A.I. Forma i konstruksiya cherepa. - M.: Meditsina, 1980. - 278 s.

7. Avtandilov G. G. Meditsinskaya morfometriya. - M.: Meditsina, 1990. - 384 s.

8. Ulug'bekova G.J., Jalolov I.A., Adhamov Sh.A. 7-12 yoshdagi bolalarda yuzning o'rta kengligi kraniometrik ko'rsatkichlari. Xorazm Ma'mun akademiyasi axborotnomasi-2023, Xiva, 5-2/, 255-257-b.

9. Ulug'bekova G.J. Adhamov Sh.A. Profilaktik tibbiyotda antropometriya: 7-12 yosh toifasidagi bolalarda boshning gorizontal aylanasi o'sish dinamikasining tahlili. Zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolari yosh olimlar xalqaro anjumani to'plami, 2023, Toshkent, 182-183-b.

10. Ulug'bekova G.J. Adhamov Sh.A. Kichik maktab yoshidagi bolalarda yuzning morfologik balandligi o'sish dinamikasi. O'zbekiston Milliy universiteti xabarlari, 2023,Toshkent,№3/1/1, 160-161-b.

11. Ulug'bekova G.J. Adhamov Sh.A. Profilaktik tibbiyotda antropometrik tadqiqotlarning o'rni. "Ilm-fan muammolari tadqiqotchilar talqinida" xalqaro ilmiy konferensiyasi materiallari to'plami,2023, Qo'qon, 227-231-b.

12. Ulug'bekova G.J., AdhamovSh.A. Kraniometrik tadqiqotlar: 7-12 yoshdagibolalarda boshning bo'ylama diametri o'sish ko'rsatkichlari. "Yosh olimlar kuni" Respublika xalqaro talabalar ilmiy-amaliy anjumani materiallari,2023,Toshkent, 808-809-b.

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA PASTKI JAG' SHOXI UZUNLIGINING YOSHGA MOS KRANIOMETRIK OLCHAMLARI

Ushbu ilmiy maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarda pastki jag' shoxining uzunligi kraniometrik parametrlariningo'sish dinamikasini tahlil qilish maqsadida olib borilgan kraniometrik tekshiruv natijalari yoritilgan. Kraniometrik ko'rsatkichning o'sish dinamikasi Izboskan tumanida yashovchi kichik maktab yoshidagi 165 nafar bolalardan olingan kraniometrik o'lchov natijalari misolida tahlil etilgan.

ВОЗРАСТНЫЕ КРАНИОМЕТРИЧЕСКИЕ ИЗМЕРЕНИЯ ДЛИНЫ НИЖНЕЧЕЛЮСТНОГО РОГА У ДЕТЕЙ МЛАДШЕГО ШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА

В данной научной статье описаны результаты краниометрического обследования, проведенного с целью анализа динамики роста краниометрических показателей длины нижнечелюстного рога у детей младшего школьного возраста. Проанализирована динамика роста краниометрического показателя на примере результатов краниометрических измерений, полученных у 165 детей младшего школьного возраста, проживающих в Избосканском районе.

AGE-APPROPRIATE CRANIOMETRICMEASUREMENTS OF THE LENGTH OF THE MANDIBULAR HORN IN PRIMARY SCHOOL-AGED CHILDREN

This scientific article describes the results of the craniometric examination conducted in order to analyze the growth dynamics of the craniometric parameters of the length of the mandibular horn in children ofprimary school age. The dynamics of craniometric index growth was analyzed on the example of craniometric measurement results obtainedfrom 165 children ofjunior school age living in Izboskan district.

«Yosh olimlar axborotnomasi» - «Вестник молодых ученых» - «The bulletin of young scientists» 151

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.