Научная статья на тему 'KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA KRANIAL INDEKSNING YOSHGA DOIR MORFOMETRIK OʻZGARISHLARI'

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA KRANIAL INDEKSNING YOSHGA DOIR MORFOMETRIK OʻZGARISHLARI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA KRANIAL INDEKSNING YOSHGA DOIR MORFOMETRIK OʻZGARISHLARI»

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

UDK 611.91+616-053.5 KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA KRANIAL INDEKSNING YOSHGA DOIR MORFOMETRIK O'ZGARISHLARI

Sh. A. Adhamov

Andijon davlat tibbiyot instituti pediatriya fakulteti talabasi Ilmiy raxbar: G.J. Ulug'bekova Andijon davlat tibbiyot instituti Anatomiya va klinik anatomiya kafedrasi dotsenti, t.f.n.

O'zbekiston.

Yangi O'zbekistonda yosh avlodni jismonan sog'lom qilib voyaga yetkazishda tibbiyotning antropometriyaga oid loyixalari va ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishning o'rni beqiyosdir! Kraniometriya-bosh suyagini o'lchash usullari to'plami, uning tuzilishidagi o'zgarishlarni o'rganish uchun mo'ljallangan va antropologiyada, sud tibbiyotida, shuningdek, tibbiyotning ayrim sohalarida qo'llaniladi [2]. Boshni suyagini chuqurroq tekshirish uchun maxsus kraniometrik o'lchovlarni o'tkazish lozim.

Kichik maktab yoshidagi bolalarda kranial indeksni tahlil qilish: o'sishini dinamikada kuzatish, shakllanish muddatlari, o'sish va rivojlanish qonuniyatlarini o'rganish maqsadida Andijon viloyatining Izboskan tumanida yashovchi 7-12 yoshdagi o'g'il va qiz bolalarda antropometrik tadqiqot olib borildi. Tadqiqot jarayonida aytib o'tilgan yoshdagi jami 165 nafar bolalarda kraniometrik o'lchashlar o'tkazildi.

Kalla suyagining shaklini aniqlash uchun quyidagi parametrlar o'lchanadi.

680

May 15, 2024

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

1-rasm. Boshning ko'ndalang diametrini o'lchash sohasi

1- Boshning ko'ndalang diametri

Guruhlardagi tekshiriluvchilarda kallaning bo'ylama diametri uning ko'ndalang diametridan kattaroq o'lchamga ega, bu tananing uzunligiga bog'liq. Shu sababli uzun bo'yga ega kishilarning kalla ko'rsatkichi past bo'ylilarga qaraganda kichikroq bo'ladi [4].

Morfometrik tahlillarga ko'ra o'g'il bolalarda kranial indeks 7 yoshda 86,74, 10 yoshda 89,08 va 12 yoshda esa 92,14 ga teng bo'ladi. Qiz bolalarda ushbu ko'rsatkich 7 yoshda 92,32, 10 yoshda 92,38, 12 yoshda bo'lsa 91,44 ni tashkil etishi olib borilgan morfometrik o'lchashlar natijalaridan ma'lum bo'ldi. 7 yoshdan to 12 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalarda ko'rsatkich 86,74 dan 92,14 gacha ortib borishi kuzatilsa, ushbu yosh oralig'idagi qiz bolalarda 92,32 dan 91,44 ga o'zgarib boradi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning kraniometrik ko'rsatkichlari orasida jinsga bog'liq tafovutlar kuzatiladi.

1-jadval. 7 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan davrda kranial indeksning o'sish dinamikasi (X±m, sm da)

Bolaning yoshi Jinsi Kraniometrik ko'rsatkichlar

kranial indeks

7 yosh O'g'il 86,74

Qiz 92,32

8 yosh O'g'il 87,64

681

May 15, 2024

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

Qiz 92,12

9 yosh O'g'il 88,32

Qiz 91,60

10 yosh O'g'il 89,08

Qiz 92,38

11 yosh O'g'il 90,36

Qiz 91,90

12 yosh O'g'il 92,14

Qiz 91,44

Olib borilgan tadqiqot natijalarini ko'rsatadiki, qiz bolalarda asosiy kraniometrik ko'rsatkichlaming jadal o'sishi kichik maktab yoshi davrining 1 -yarmiga ya'ni 8-10 yoshlar orasiga to'g'ri keladi, o'g'il bolalarda esa kalla suyagining o'sishi kichik maktab yoshi davrining 2-yarmida ya'ni 10-12 yoshlar orasida jadallashadi. Bu qiz bolalar kalla suyagining taraqqiyoti o'g'il bolalarnikidan erta boshlanishini ko'rsatadi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning kraniometrik ko'rsatkichlari orasida jinsga bog'liq tafovutlar kuzatiladi.

Kalla suyagining miya qismi kraniometrik ko'rsatkichlarida ikkala jinsdagi kichik maktab yoshidagi bolalarda muttasil o'sish jarayonini kuzatish mumkin. Izboskan tumani sharoitida yashovchi kichik maktab yoshidagi bolalarning kalla suyagi braxikraniya tipida bo'lishi aniqlandi.

REFERENCES

1. Avtandilov G. G. Meditsinskaya morfometriya.-M.: Meditsina,1990. - 384 s.

2. 2. Ulug'bekova, G.J., Adhamov, Sh.A. (2023).Andijon viloyati Andijon shahri sharoitida yashovchi kichik maktab yoshidagi bolalarning kraniometrik ko'rsatkichlari (monografiya). "Andijon nashriyot-matbaa" MCHJ. 112 bet.

3. Ulug'bekova, G.J., Adhamov, Sh.A. (2023).Andijon viloyati Izboskan tumani sharoitida yashovchi 7-12 yoshdagi bolalarning kraniometrik ko'rsatkichlari (monografiya) "Andijon nashriyot-matbaa" MCHJ. 116 bet.

4. Raimjanov R.R. Andijon viloyati Andijon tumani sharoitida yashovchi kichik maktab yoshidagi bolalarning kraniometrik ko'rsatkichlari. /Dissertatsiya.Andijan, 2014.

5. 5. Shokirov X.U. Andijon viloyati Andijon shahri sharoitida yashovchi kichik maktab yoshidagi bolalarning kraniometrik ko'rsatkichlari // Magistrlik dissertatsiyasi. Andijon-2017.

6. https://www.dissercat.com

May 15, 2024

682

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.