Research BIB / Index Copernicus
KIBERPEDAGOGIKA KONSEPSIYASINING NAZARIY ASOSLARI
Mazkur maqolada kiberpedagogika konsepsiyasining nazariy asoslari tahlil qilinadi. Unda raqamli texnologiyalar, sun 'iy intellekt va virtual muhitlarning ta 'lim jarayoniga ta'siri yoritiladi. Kiberpedagogikaning shakllanish omillari, uning an 'anaviy pedagogika bilan integratsiyasi hamda zamonaviy ta 'lim tizimidagi o 'rni ochib beriladi. Shuningdek, o'quv jarayonini samarali tashkil etishda innovatsion yondashuvlar va interaktiv metodlarning ahamiyati asoslab beriladi.
Kalit so'zlar: kiberpedagogika, raqamli ta'lim, sun'iy intellekt, Virtual muhit, innovatsion texnologiyalar, ta'lim jarayoni, interaktiv metodlar, pedagogik yondashuv.
В данной статье рассматриваются теоретические основы концепции киберпедагогики. Освещается влияние цифровых технологий, искусственного интеллекта и виртуальной среды на образовательный процесс. Анализируются факторы формирования киберпедагогики, её интеграция с традиционной педагогикой и роль в современной системе образования. Также обосновывается значение инновационных подходов и интерактивных методов в повышении эффективности обучения.
Ключевые слова: киберпедагогика, цифровое образование, искусственный интеллект, виртуальная среда, инновационные технологии, образовательный процесс, интерактивные методы, педагогический подход.
This article examines the theoretical foundations of the cyberpedagogy concept. It highlights the impact of digital technologies, artificial intelligence, and virtual environments on the educational process. The study analyzes the factors influencing the development of cyberpedagogy, its integration with traditional pedagogy, and its role in modern education systems. It also emphasizes the importance of innovative approaches and interactive methods in enhancing learning effectiveness.
Keywords: cyberpedagogy, digital education, artificial intelligence, virtual environment, innovative technologies, educational process, interactive methods, pedagogical approach.
Choriyeva Shahlo Baxtiyorovna
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti magistranti e-mail: [email protected]
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
Research BIB / Index Copernicus
KIRISH
XX-XXI asrlar chegarasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, texnologik o'sish va insoniyatning faol kiber-sotsializatsiyasi ta'limni raqamli transformatsiya qilishning global tendensiyasi hamda kiberontologik yondashuvning shakllanishi uchun asos yaratdi. O'z navbatida, ushbu tendensiya an'anaviy pedagogika fanidan tashqariga chiqadigan bir qator muammolarni yuzaga keltirdi. Shu bilan birga, ta'limni raqamli transformatsiya qilish bilan bog'liq muammolar fan va amaliyotning turli darajalarida - nazariy-metodologikdan tortib xususiy-metodik darajagacha - namoyon bo'lmoqda. Bu esa o'z navbatida kiberpedagogika fanini kompleks o'rganishni taqozo etmoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Kiberpedagogikaning ilmiy bilimlar tizimidagi o'rni shundan iboratki, bir tomondan u psixologik-pedagogik fanlarning tobora rivojlanib borayotgan va dolzarb yo'nalishlaridan biri hisoblanadi, ikkinchi tomondan esa turli pedagogik, psixologik va falsafiy ilmiy yo'nalishlar kesishgan nuqtada shakllanadi. Masalan, O. A. Vereshchagin va O. N. Vaskina ta'kidlaganidek, kiberpedagogika pedagogik psixologiya sohasidagi tadqiqotlar bilan chambarchas bog'liq bo'lib, ta'limiy kiberkommunikatsiya "o'zgargan" psixologik holatlar hamda shaxslararo munosabatlarning sun'iy shakllarini yuzaga keltiradi. Shu bilan birga, kiberpedagogika jurnalistika va kommunikatsiya kabi boshqa fanlar bilan ham o'zaro aloqada rivojlanadi, chunki bu yo'nalishlar ham bugungi kunda kiber makon kengayishi sharoitida shakllanmoqda [1].
Kiberpedagogikaning asosiy maqsadi - inson hayot faoliyati moddiy borliq va kiber makonning belgili-ramziy realligi integratsiyasi sharoitida amalga oshirilayotgan bir paytda, shaxsni rivojlantirish, o'qitish, tarbiyalash, ijtimoiylashtirish va kiberijtimoiylashtirishga qaratilgan samarali psixologik-pedagogik texnologiyalarni yaratish va joriy etishdan iborat. Bu yondashuv zamonaviy ta'limning bosh maqsadi sifatida shaxsning jamiyat uchun zarur bo'lgan sifatlarini rivojlantirish g'oyasiga asoslanadi. Bilim, ko'nikma va malakalar esa shaxsning har tomonlama uyg'un rivojlanishini ta'minlovchi vosita sifatida qaraladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Kiberpedagogikaning vazifalari keng qamrovli bo'lib, ular kiberijtimoiylashuv sharoitida shaxs rivoji va ta'limiga oid ilg'or tajriba hamda ilmiy bilimlarni tizimlashtirish, real borliq va kiber makon integratsiyasi sharoitida ta'lim, tarbiya va rivojlanish qonuniyatlarini o'rganish, insonni hayotining barcha bosqichlarida kiberijtimoiylashtirishga xizmat qiluvchi metodlar, vositalar va texnologiyalarni ishlab chiqish, "Homo Cyberus" deb ataluvchi kiberijtimoiylashayotgan insonni rivojlantirishga qaratilgan yangi texnologiyalarni yaratish va joriy etish, barcha
Research BIB / Index Copernicus
subyektlarda xavfsiz va samarali kiberijtimoiylashuv madaniyatini shakllantirish, kiber makon imkoniyatlaridan ongli va ijobiy foydalanish kompetensiyalarini rivojlantirish, kiberontologik yondashuvni takomillashtirish istiqbollarini belgilash hamda ta'lim va shaxs rivojining kelajakdagi tendensiyalarini prognoz qilishni o'z ichiga oladi [2].
Kiberpedagogikaning obyekti - kiber ijtimoiylashuv sharoitida insonning rivojlanishi va ta'limi, predmeti esa kiber makonda shaxsni rivojlantirishga qaratilgan psixologik-pedagogik faoliyat hisoblanadi. Ushbu yo'nalishning asosiy kategoriyalariga kiberrivojlanish, kibertarbiya, kibero'qitish va kiber ta'lim kiradi. Kiberpedagogika subyektlari esa ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarini qamrab oladi, ya'ni o'qituvchilar, tarbiyachilar, pedagoglar, shuningdek, o'quvchilar, talabalar va boshqa ta'lim oluvchilar. Ota-onalar esa bu tizimda alohida o'rin egallaydi, chunki ular bir vaqtning o'zida ham yo'l ko'rsatuvchi, ham o'rganuvchi sifatida faoliyat yuritadilar [3].
Kiberpedagogika an'anaviy pedagogikaning ajralmas qismi sifatida uning umumiy qonuniyatlari va prinsiplariga bo'ysunadi. Jumladan, ta'lim va tarbiya birligi, ta'lim va rivojlanish uyg'unligi, ilmiylik, ongli o'zlashtirish, nazariya va amaliyot birligi kabi prinsiplar bu sohada ham amal qiladi. Shu bilan birga, kiberpedagogikaga xos bo'lgan o'ziga xos prinsiplar ham mavjud. Ulardan biri - rivojlanish, tarbiya va ta'lim sharoitlarini real borliq va kiber makon uyg'unligi asosida tashkil etishni nazarda tutuvchi integratsiya prinsipidir. Yana bir muhim prinsip - texnik ta'minlanganlik va mavjudlik prinsipi bo'lib, u o'quvchilarning kiberijtimoiylashuv jarayonida faol ishtiroki ularning texnik va dasturiy vositalarga ega b o'lish darajasiga bog'liqligini anglatadi. Shuningdek, sog'liqni saqlash va psixofiziologik hamda ijtimoiy xavfsizlik prinsipi muhim ahamiyatga ega bo'lib, qo'llanilayotgan texnologiyalar ta'lim ishtirokchilarining salomatligiga zarar yetkazmasligi kerak. Kiberxavfsizlik prinsipi esa texnik vositalar va shaxsiy ma 'lumotlarning himoyalangan bo'lishini taqozo etadi. Nihoyat, sifat ustuvorligi prinsipi shuni anglatadiki, agar elektron ta'lim shakli past natija bersa, undan voz kechib, an'anaviy shaklga murojaat qilish lozim, aksincha, agar raqamli shakl samaraliroq b o'lsa, uni keng qo'llash zarur [4].
Kiberpedagogika ta'limni raqamli transformatsiya qilish sharoitida o'quvchi va o'qituvchining hayot faoliyatiga tizimli yondashuvga o'tish imkonini beradi. Kiberpedagogikaning maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti, kategoriyalari, subyektlari, prinsiplari, nazariy-metodologik asoslari va texnologiyalarining shakllantirilishi, bir tomondan, uni zamonaviy ilmiy bilimlar tizimiga organik ravishda kiritish, uning qo'llanish imkoniyatlari va cheklovlarini aniqlashga xizmat
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
qilsa, ikkinchi tomondan esa samarali pedagogik faoliyat uchun mustahkam asos yaratadi.
Kiberpedagogika sohasida olib boriladigan nazariy hamda tajriba-eksperimental tadqiqotlar va pedagogik amaliyot jarayonida ushbu yondashuvlarga tayanish, xususan kiberpedagogikaning o'ziga xos prinsiplari va turli texnologiyalardan foydalanishning maqsadga muvofiqligini tahlil qilish tavsiya etiladi. Faqat shu holdagina kiberpedagogika XXI asr boshidagi oddiy bir trend bo'lib qolmay, balki psixologik-pedagogik fikrning chinakam samarali va istiqbolli yo'nalishiga aylanishi mumkin [5].
XULOSA
Kiberpedagogika konsepsiyasi zamonaviy ta'lim tizimining raqamli transformatsiyasi sharoitida eng muhim ilmiy va pedagogik yondashuvlardan biriga aylanib bormoqda. Uning nazariy asoslari ta'lim jarayonini an'anaviy yondashuvlardan raqamli muhitga integratsiyalashga, o'qituvchilar va talabalar faoliyatini yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan uyg'unlashtirishga va talabaga yo'naltirilgan ta'limni ta'minlashga xizmat qiladi. Tahlillar shuni ko'rsatadiki, kiberpedagogika nafaqat texnologik vositalardan foydalanishni, balki o'quvchilarning o'zaro ta'sirini, mustaqil o'rganish faoliyatini va konstruktiv bilimlarni egallashni ham yangi bosqichga ko'taradi. Uning nazariy va metodologik asoslari kompetensiyaga asoslangan yondashuv, tizimli va funksional tahlil va raqamli didaktika tamoyillariga asoslangan.
Xulosa qilib aytganda, kiberpedagogika konsepsiyasini ishlab chiqish ta'lim sifatini oshirish, raqamli jamiyat talablariga muvofiq kadrlar tayyorlash va uzluksiz ta'lim tizimini takomillashtirish uchun muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Shuning uchun, bu sohada ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish va amaliy modellarni ishlab chiqish dolzarb vazifalardandir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Агранович М., Дренёва А. Организация образования в условиях пандемии. Практика стран ОЭСР // Мониторинг экономической ситуации в России: тенденции и вызовы социально-эко-номического развития .2020 .№ 9 (111). - С. 134-150.
2. Баронина К. А. Об интегративных возможностях киберпедагогики на основе феномена кибер-социализации в высшем профессиональном образовании // Научный вестник Норильского индустриального института. 2010 .№ 7. - С. 24-29.
Research BIB / Index Copernicus
3. Беспалько В. П. Киберпедагогика - вызов XXI века // Народное образование. 2016. № 7-8. - С. 109-118.
4. Беспалько В. П. Компьютеры и киберпедагогика. Прошлое и будущее, без настоящего // На-родное образование. 2012. № 10 (1423). - С. 223-230.
5. Мудрик А. В. Социально-педагогические проблемы социализации. - М.: МПГУ, 2016. - 256 а