Научная статья на тему 'KIBERMAKONDA VOYAGA YETMAGANLARNING HUQUQLARINI MUHOFAZA QILISH VA XORIJ TAJRIBALARI'

KIBERMAKONDA VOYAGA YETMAGANLARNING HUQUQLARINI MUHOFAZA QILISH VA XORIJ TAJRIBALARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kibermakon / jamiyat / jamoatchilik ongi / jamiyatning yoshga doir qatlamlari / voyaga yetmaganlar / bolalar / o‘smirlar / ijtimoiy tarmoq / Buyuk Britaniya / Xitoy. / cyberspace / society / public consciousness / age groups of society / minors / children / teenagers / social network / Great Britain / China.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Yormuxammadova, Zebiniso Otabek Qizi, Rahimjonov, Akmaljon Baxromjon O‘G‘Li

Kibermakon va jamiyat ongi o‘z o‘rnida bir-biri bilan kengayib, boyib boradi. Bu jarayon yuzaga kelishining asosiy qismini voyaga yetmagan shaxslar tashkil qilmoqda. Ushbu masalada yoshlar uchun bir qancha foydali tomonlar bor bo‘lishiga qaramasdan, zararli tomonlariga ko‘z yumishning iloji yo‘q! Albatta bu sohani tartibga solish uchun qo‘shimcha qonun hujjatlari ishlab chiqilishi, hamda, ularning amalda ishlashini nazorat qilish lozim. Ushbu maqolada shu kabi masalalar sanab o‘tilgan va shu bilan birga jahon mamlakatlari hamda O’zbekistondagi mavjud vaziyatlar yuzasidan fikr yuritilgan, holatga ba’zi misollar orqali yondoshgan holda tavsiya va takliflar berib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROTECTION OF MINORS' RIGHTS IN CYBERSPACE AND OVERSEAS EXPERIENCES

Cyberspace and the consciousness of society expand and enrich each other. Minors make up the main part of the occurrence of this process. Despite the fact that there are several beneficial aspects for young people in this matter, it is impossible to ignore the harmful aspects! Of course, in order to regulate this area, it is necessary to develop additional legal documents, as well as control their practical operation. This article enumerates such issues and at the same time reflects on the current situation in the countries of the world and in Uzbekistan, gives recommendations and suggestions by approaching the situation through some examples.

Текст научной работы на тему «KIBERMAKONDA VOYAGA YETMAGANLARNING HUQUQLARINI MUHOFAZA QILISH VA XORIJ TAJRIBALARI»

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

KIBERMAKONDA VOYAGA YETMAGANLARNING HUQUQLARINI MUHOFAZA QILISH VA XORIJ TAJRIBALARI

Yormuxammadova Zebiniso Otabek qizi

O'zMU "Patentshunoslik" yo'nalishi 2-bosqich talabasi E-mail : yormuhammadovazebiniso@gmail.com

Kibermakon va jamiyat ongi o'z o 'rnida bir-biri bilan kengayib, boyib boradi. Bu jarayon yuzaga kelishining asosiy qismini voyaga yetmagan shaxslar tashkil qilmoqda. Ushbu masalada yoshlar uchun bir qancha foydali tomonlar bor bo'lishiga qaramasdan, zararli tomonlariga ko 'z yumishning iloji yo 'q! Albatta bu sohani tartibga solish uchun qo 'shimcha qonun hujjatlari ishlab chiqilishi, hamda, ularning amalda ishlashini nazorat qilish lozim. Ushbu maqolada shu kabi masalalar sanab o'tilgan va shu bilan birga jahon mamlakatlari hamda O'zbekistondagi mavjud vaziyatlar yuzasidan fikr yuritilgan, holatga ba'zi misollar orqali yondoshgan holda tavsiya va takliflar berib o'tilgan.

Kalit so'zlar: kibermakon, jamiyat, jamoatchilik ongi, jamiyatning yoshga doir qatlamlari, voyaga yetmaganlar, bolalar, o'smirlar, ijtimoiy tarmoq, Buyuk Britaniya, Xitoy.

PROTECTION OF MINORS' RIGHTS IN CYBERSPACE AND OVERSEAS

EXPERIENCES

ABSTRACT

Cyberspace and the consciousness of society expand and enrich each other. Minors make up the main part of the occurrence of this process. Despite the fact that there are several beneficial aspects for young people in this matter, it is impossible to ignore the harmful aspects! Of course, in order to regulate this area, it is necessary to develop additional legal documents, as well as control their practical operation. This article enumerates such issues and at the same time reflects on the current situation in the countries of the world and in Uzbekistan, gives recommendations and suggestions by approaching the situation through some examples.

Orcid: 0009-0000-5636-9307

Ilmiy rahbar: Rahimjonov Akmaljon Baxromjon o'g'li

E-mail: akmaljonrakhimjonov@gmail.com

Orcid: 0009-0003-9781-291X

ANNOTATSIYA

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4 (4), April, 2024

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7 www.oriens.uz

Key words: cyberspace, society, public consciousness, age groups of society, minors, children, teenagers, social network, Great Britain, China.

ЗАЩИТА ПРАВ НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИХ В КИБЕРПРОСТРАНСТВЕ

И ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ

АННОТАЦИЯ

Киберпространство и сознание общества расширяются и обогащают друг друга. Несовершеннолетние составляют основную часть протекания этого процесса. Несмотря на то, что в этом вопросе есть несколько полезных для молодежи моментов, игнорировать вредные стороны нельзя! Разумеется, для регулирования этой сферы необходима разработка дополнительных правовых документов, а также контроль их практической эксплуатации. В данной статье перечислены такие вопросы и в то же время размышляется о текущей ситуации в странах мира и в Узбекистане, даются рекомендации и предложения, подходя к ситуации на некоторых примерах.

Ключевые слова: киберпространство, общество, общественное сознание, возрастные группы общества, несовершеннолетние, дети, подростки, социальная сеть, Великобритания, Китай.

KIRISH

Avvalo maqola mavzusi quyidagi savollarni keltirib chiqarishi tabiiy: Kibermakon o'zi nima? Uning jamiyat ongiga ta'siri qanday? Umuman, jamiyat ongi deganda qanday mulohazalar yuritish mumkin?

Kibermakon bu kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan muloqot maydonini ifodalovchi voqelik sifatida 1990-yildan boshlab keng miqyosda rivojlanib, takomillashib kelmoqda1.

Kibermakon tushunchasini dastlab kanadalik yozuvchi Uilyam Gipson 1982-1990-yillardagi "Burning Chrome", "Neuromancer" nomli hikoyalarida yozadi. Bu asardagi kibermakon tushunchasi millionlab odamlarning jamoaviy sarob, xayolparastlikning o'ziga xos ko'rinishi sifatida tasvirlangan.

Bu borada O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidendi I.A.Karimov ham o'zining "yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" asarida ta'kidlab o'tgan!

Shunday qilib, internet tarmoqlari hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan bu davrda kibermakon ulkan kuch, u ongi endi rivojlanib borayotgan yoshlar uchun ma'lum darajada xavfli xududga aylangan deyilsa xato bo'lmaydi.

' mbaza.uz

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Jamoatchilik ongi esa jamiyatning birinchi navbatdagi ma'naviy hayotini ifodalovchi juda muhim xarakteristikasi. Bunday ong ijtimoiy borliq kayfiyatini, g'oyalarini, nazariyalarini va qarashlarini aks ettiradi va mustaqil tizim sifatida qaraladi2.

Jumladan, jamiyatlardagi yoshga doir qatlamlarni ham nazardan qoldirmaslik zarur. Ayni yoshga doir qatlamni 3 guruhga bo'lib tahlil qilish mumkin. Bular, bolalar, o'smirlar hamda katta yoshdagi kishilar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bolalar haqida gap ketganda, bugungi kunning yoqimsiz vaziyatlaridan biri bo'lib qolgan holat, bolalarning turli platformalardagi axloq me'yorlariga to'g'ri kelmaydigan, yoqimsiz videoroliklarni tomosha qilishlari hech birimiz uchun quvonarli hol emas. Bu bolalarning nafaqat ruhiy, balki, jismoniy sog'liqlariga ham katta ziyon keltirmoqda.

O'smirlarda esa bu hol anchayin jiddiy va murakkab vaziyat aks ettirmoqda. Fikrimizcha, o'smirlarning "o'tish davri", hayotdagi yangi pog'onalarga ko'tarilish vaqtida vujudga kelishi mumkin bo'lgan ruhiy holatlarining o'zgarishi, ularni oila a'zolaridan, balki, tashqi muhit bilan bo'ladigan barcha munosabatlarda ziddiyatlarga borishi ularni internet tarmoqlariga bog'lanib qolishiga sabab bo'lmoqda. Buning natijasida ularning ongida paydo bo'lgan bo'shliqlar insoniylikka yod bo'lgan salbiy fiklar bilan to'lib toshadi. Bundan tashqari, ma'lum bir mablag' sarf qilinadigan turli xil virtual o'yinlar borki, ular bugungi kun mavzusiga aylanib bormoqda. Ma'lum miqdordagi pul talab qilinadigan bunday o'yinlarning asosiy mijozlarini o'smirlar tashkil qilmoqda. Albatta, vaziyat iqtisodiy taraflarga ham borib taqalmoqdaki, buning ortidan pul topish uchun qilingan qing'ir ishlar sodir bo'lmoqda. Bu esa shubhasiz jamiyatning eng og'riqli va eng zaif nuqtalariga aylanadi.

Har ikkala vaziyatda ham nafaqat ota-onalar, balki, barcha katta yoshdagi aqlini taniydigan insonlar farzandlari va yaqinlari hayotidagi bunday oqibatlarning kelib chiqmasligi uchun mas'ul hisoblanadilar. Bu holatlar ayni ularning farzanlariga bo'lgan e'tiborsizligi, ilmga bo'lgan rag'batlarining kamligi, faqatgina qornini to'ydirish g'amida bo'lib, ma'naviy oziqlantirishni unutganliklari sabab ildiz otib bormoqda. "Qush inida ko'rganini qiladi" maqoli kabi, o'zlari yetarli o'rnak bo'lmasdan turib bolaga "kitob o'qi" deyish mantiqsizlik albatta! Bunda ota-onalar o'z o'rnida farzandlari uchun yetarli o'rnak va yaqin do'st bo'lishlari zarur.

Rostdan ham, bizda kitobxonlik darajasi juda past. Badiiy adabiyotga ehtiyojni shu kitoblarning savdosi bilan o'lchasa bo'ladi. Masalan, O'zbekistonda 37 mln aholi

2 uz.floodplanuk.org

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

yashaydi. Xo'sh, shuncha odam bor ekan, O'zbekistonda yiliga qancha badiiy adabiyot sotiladi, degan savol bor. Javob: 1 millionta ham sotilmaydi. Rivojlangan davlatlar ichida AQShda kitobxonlik darajasi unchalik yuqori bo'lmasa ham yiliga 300 mln aholi 400 millionta badiiy kitob sotib oladi (faqat badiiy adabiyot soni).Shubhasiz internet cheksiz va unda minglab axborotlar suzib yuradi. Bu cheksizlikda odamni lol qiladigan, o'ziga bo'g'lab qo'yadigan bir kuch borki, u bilan munosabatda doim hushyor bo'lish, aql bilan muomala qilish zarur3.

Shunday ekan, bu kabi muammoli vaziyatlarga yechim topishning jiddiy choralarini ko'rish vaqti kelmadimikan? Xo'sh, bunga qanday yechim topish zarur?

Avallo O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 33-modda 4-bandida keltirib o'tilganidek:

"Axborotni izlash, olish va tarqatishga bo'lgan huquqni cheklashga faqat qonunga muvofiq hamda faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog'lig'ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta'minlash, shuningdek davlat sirlari yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sir oshkor etilishining oldini olish maqsadida zarur bo'lgan doirada yo'l qo'yiladi"4.

Keltirilgan moddadagi ayni aholining sog'lig'ini, ijtimoiy axloqini og'irlashtiruviga yo'l qo'yilishini oldini oluvchi shunday bir qonun hujjati ishlab chiqilishi zarur-ki, ushbu qonun hujjatida inson ruhiyatiga va axloqiga ta'sir ko'rsatuvchi befoyda kontentlar cheklanishi, bunday kontentlarni ishlab chiqqanlik uchun tegishli sanksiyalar qo'llanilishi nazarda tutilmog'i lozim.

Ushbu qonun hujjatining yaratilishiga turtki qilib bir necha rivojlangan davlatlarni misol qilib keltirish mumin:

Buyuk Britaniyada ijtimoiy tarmoqlarni tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi qabul qilingan bo'lib, u asosan internet foydalanuvchilarini xavfli kontentdan himoya qilishga qaratilgan. Chunki, o'smir yoshdagi telefon foydalanuvchilari orasida o'z joniga qasd qilganlar ko'paymoqda, deb xabar berdi Kazinform agentligi5.

Bunday vaziyatlardan biri, Londonda istiqomat qiluvchi, 14 yoshli Molli Rassell ijtimoiy tarmoq qurboni bo'ldi. Talaba mobil telefonida qiziqarli fotosuratlar va videolarni tomosha qilishni yaxshi ko'rardi. Algoritmga ko'ra, platforma siz izlayotgan narsani taklif qiladi va shunga mos ravishda tarkibni ko'rsatadi. Natijada o'quvchi tushkunlikka tushib, o'z joniga qasd qilgan. Uning ota-onasi og'ir yo'qotishdan keyin hamon o'ziga kela olmagan.

3 https://kun.uz/news/2023/04/02/ionlantirish-bolimidagi-millat-ozbekistonda-kitobxonlik-nega-ortga-ketmoqda?q=%2Fuz%2Fnews%2F2023%2F04%2F02%2Fjonlantirish-bolimidagi-millat-ozbekistonda-kitobxonlik-nega-ortga-ketmoqda# !

4 O'zbekiston Respublikasi Kostitutsiyasi: https://lex.uz/docs/-6445145

5 https://demokrat.uz/2023/11/03/buyuk-britaniyada-izhtimoii-tarmoqlarga-cheklovlar-zhorii-etiladi

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Olti yillik muhokamalardan so'ng bahsli qonun loyihasi qabul qilindi. Unga ko'ra, platformalar bolalarga xavfli kontent ko'rsatganliklari uchun javobgarlikka tortiladi. Hayvonlarga shafqatsizlik, giyohvandlik va qurol savdosi hamda terrorizmni targ'ib qiluvchi fotosuratlar va videolarni o'chirib tashlash kerak. Shuningdek, voyaga yetmaganlarning ijtimoiy tarmoqlarda sahifa ochishi ham taqiqlangan. Pochta ilovalari ham diqqat bilan nazorat qilinadi.

"Agar ijtimoiy tarmoqlar qonunga bo'ysunmasa, ular qattiq jazolanadi. Nazorat qiluvchi organ ularni global daromadlarining 10 foizidan mahrum qilishi mumkin. "Menimcha, kompaniyalar milliardlab funt sterling yo'qotishni xohlamaydilar", -deydi Buyuk Britaniyaning Fan, innovatsiyalar va texnologiyalar bo'yicha Davlat kotibi Mishel Dounlan6.

"Internetni tartibga solish haqida gap ketganda, siz ko'z o'ngingizda Yovvoyi G'arbni tasavvur qilishingiz mumkin. Yangi xavfsizlik modeli ixtiro qilingan taqdirda ham, odamlar uni aylanib o'tish yo'lini topadilar. Shuning uchun foydalanuvchilar o'zlari ehtiyot bo'lishlari kerak", - deydi Young Minds xayriya tashkiloti vakili Olli Parker7.

Bundan tashqari, Buyuk Britaniya hukumati yoshlar o'rtasida ruhiy salomatlik bilan bog'liq muammolarning kuchayishi fonida 16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash masalasini ko'rib chiqmoqda.

"Bosh vazir Rishi Sunak bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga cheklovlar joriy etish masalasini ko'rib chiqmoqda, chunki vazirlar yoshlar orasida ruhiy salomatlik muammolari ko'payib borayotganidan xavotirda. 16 yoshgacha bo'lganlar uchun barcha ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash — ko'rib chiqilayotgan variantlardan biri", — deyiladi nashrda chiqqan maqolada8.

Shu bilan birga, hukumat foydalanuvchining tug'ilgan sanasini majburiy tekshirishni va ota-ona nazoratini kuchaytirishni talab qiladigan texnologiyalarni joriy qilishni ham o'rganmoqda.

Nashrning ta'kidlashicha, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bo'yicha yangi me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish dastlabki bosqichda, hozirda vazirlar oldida ijtimoiy tarmoqlar va ruhiy salomatlikning yomonlashuvi o'rtasidagi bog'liqlikni yaxshiroq o'rganish vazifasi turibdi9.

Shu bilan bir qatorda, yaqinda Britaniya hukumati rasmiylarga TikTok ijtimoiy tarmog'idan foydalanishni taqiqladi. Chunki Xitoy platformasi foydalanuvchilarning telefon raqamlari va geolokasiyasi kabi shaxsiy ma'lumotlarini saqlashi va uchinchi

6 https://demokrat.uz/2023/11/03/buyuk-britaniyada-izhtimoii-tarmoqlarga-cheklovlar-zhorii-etiladi

7 https://demokrat.uz/2023/11/03/buyuk-britaniyada-izhtimoii-tarmoqlarga-cheklovlar-zhorii-etiladi

8 https://daryo.uz/2023/12/15/buyuk-britaniya-bolalar-uchun-iitimoiy-tarmoqlami-taqiqlashni-korib-chiqmoqda

9 https://report.az/ru/drugie-strany/v-velikobritanii-rassmatrivayut-vozmozhnost-zapretit-socseti-dlya-detei/

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

shaxslarga uzatishi mumkin. Avvalroq AQSh va Kanada ham xuddi shunday cheklovlarni joriy qilgan edi.

Yana bir rivojlangan va yetakchi davlatlardan biri Xitoy bu borada anchagina qat'iy cheklovlarni joriy etmoqchi. Qabul qilinishi ko'zda tutilgan q onun loyihasiga ko'ra, Xitoyda soat 22:00 dan 06:00 gacha 18 yoshga to'lmagan shaxslarga internetga kirish taqiqlanadi. Cheklovlar bolaning yoshiga bog'liq bo'lib 16 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlarga kuniga ikki soatdan ortiq internetda vaqt o'tkaz ish taqiqlanadi. Barcha qurilmalardan, bolaning yoshidan qat'i nazar, soat 22:00 dan 06:00 gacha internetga kirish taqiqlanadi10.

Ota-onalar ba'zi cheklovlarni qo'lda o'chirib qo'yishlari mumkin. Biroq Xitoy Kibermakoni masalalari bo'yicha boshqarma ma'lumotlariga ko'ra, onlayn platformalar yangi talablarga rioya qilish uchun javobgardir. Ammo loyihada kompaniyalar uchun bu borada maxsus sanksiyalar ko'zda tutilmagan11.

Bizda ham ba'zi bir yoshga doir cheklovlar yo'q emas. Ammo ularning nazorati juda sust va bu yetarlicha asoslarni keltirib chiqarmaydi. Bizga yanada puxta ishlangan, aniq qarashlar bilan tasnif etilgan qonun hujjati zarur. Shubhasiz bu qonun hujjatini ishlab chiqish uchun katta kuch va mablag' sarf etilishi talab qilinadi. Ammo platformalardagi jamiyat ongini himoya qilmaydigan, faqat o'z foydasini o'ylaydigan kontentlarni yo'q qilish vaqti keldi, ular yosh avlod hisobiga pul ishlashni bas qilishlari kerak deb hisobaymiz.

XULOSA

Xulosa qilib shuni ayta olamizki, iloji boricha tez fursatlarda xorijiy tajriba va milliy qadriyatlarimizdan kelib chiqqan holda qonunchiligimizga ham yoshlarning sog'lig'ini, ijtimoiy axloqini, voyaga yetmaganlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta'minlash, davlat va millat uchun o'tkir fikrli, ruhan va jismonan sog'lom, yetuk yosh kadrlarni tayyorlash maqsadida "To'liq muomala layoqatiga yetmagan shaxslarning ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanishi to'g'risida"gi Qonun loyihasini kiritish maqsadga muvofiqdir. Zero, Yoshlar uchun qilingan sarmoya - yurt sha'ni uchun tikilgan sarmoyadir !

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENSES)

1. O'zbekiston Respublikasi Kostitutsiyasi.

2. www.mbaza.uz

3. www.uz.floodplanuk.org

4. www.lex.uz

10 https://report.az/ru/drugie-strany/kitai-mozhet-ogranichit-podrostkam-dostup-v-internet/

11 https://daryo.uz/2023/08/04/xitoyda-osmirlarning-internetga-kirishi-cheklanishi-mumkin

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.