Научная статья на тему 'KFQ SORBENTI VA UNING Cu(II) IONI BILAN KOMPLEKSINING TERMIK TAHLILLARI'

KFQ SORBENTI VA UNING Cu(II) IONI BILAN KOMPLEKSINING TERMIK TAHLILLARI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
2
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sorbent / karbamid / formalin / qahrabo kislotasi / differensial termik analiz (DTA) / termogravimetrik (TG) analiz / SEM skanerlovchi elektron mikroskop.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Muqumova Gulvar Jumayevna, Turayev Xayit Xudaynazarovich, Kasimov Sherzod Abduzairovich, Muminova Shaxnoza Normaxammadovna, Karimova Naima Jovliboy Qizi

Ushbu ilmiy tadqiqot ishning maqsadi tarkibida azot va kislorod bo‘lgan kompleks hosil qiluvchi sorbentlar va uni ayrim 3d-metallar bilan komplekslarining termik holatlari o‘rganilgan.KFQ sorbentining differensial termik analiz (DTA) va termogravimetrik (TG) tasviridan olingan egri chiziq natijalari tahlil qilingan. Olingan yangi KFQ markali kompleks hosil qiluvchi sorbentning morfalogik xususiyatlari SEM skanerlovchi elektron mikroskopda o‘lchanib tahlil qilingan. KFQ sorbentining va uning metallokomplekslarining parchalanish vaqtida turli funksional guruhlardan termoliz mahsulotlari haqida xulosa qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KFQ SORBENTI VA UNING Cu(II) IONI BILAN KOMPLEKSINING TERMIK TAHLILLARI»

KFQ SORBENTI VA UNING Cu(II) IONI BILAN KOMPLEKSINING TERMIK TAHLILLARI

1Muqumova Gulvar Jumayevna, 2Turayev Xayit Xudaynazarovich, 3Kasimov Sherzod Abduzairovich, 4Muminova Shaxnoza Normaxammadovna, 5Karimova Naima Jovliboy qizi, 6Ruziboyeva Guzal Sultonaliyeva, 7Iskandarova Jumagul Yusupovna

1TerDU, dotsent, 2'3TerDU, k.f.d.,professor, 4TerDU, katta o'qituvchi, 5TerDU, doktorant, 6DTPI, doktorant, 7TerDU, magistr https://doi.org/10.5281/zenodo.11115028

Annotatsiya. Ushbu ilmiy tadqiqot ishning maqsadi tarkibida azot va kislorod bo'lgan kompleks hosil qiluvchi sorbentlar va uni ayrim 3d-metallar bilan komplekslarining termik holatlari o'rganilgan.KFQ sorbentining differensial termik analiz (DTA) va termogravimetrik (TG) tasviridan olingan egri chiziq natijalari tahlil qilingan. Olingan yangi KFQ markali kompleks hosil qiluvchi sorbentning morfalogik xususiyatlari SEM skanerlovchi elektron mikroskopda o'lchanib tahlil qilingan. KFQ sorbentining va uning metallokomplekslarining parchalanish vaqtida turli funksional guruhlardan termoliz mahsulotlari haqida xulosa qilindi.

Kalit so'zlar: sorbent, karbamid, formalin, qahrabo kislotasi, differensial termik analiz (DTA), termogravimetrik (TG) analiz, SEM skanerlovchi elektron mikroskop.

Ushbu yo'nalishda olimlar tomonidan juda ko'p ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan.Mazkur maqolada polikondensatsiya reaktsiyasi orqali karbamid, formalin va qahrabo kislotasi (KFQ) asosida kompleks hosil qiluvchi sorbent sintez qilingan va xossalari o'rganilgan. [1; 1-6-b.]. Ushbu maqolada sorbentlar sintezi va uning Cu(II), Zn(II), Ni(II) ionlari bilan komplekslarining spektroskopik tahlillari o'rganilgan[2].KFQ sorbentining differensial termik analiz (DTA) va termogravimetrik (TG) tasviridan olingan egri chiziq natijalari tahlil qilingan. DTA natijalariga ko'ra 67,47 X, 198,33 X, 219,86 X va 321,19 X haroratlarda endotermik shu bilan birgalikda 207,37 X, 249,72 X hamda 339,59 X haroratlarda ekzotermik piklar hosil bo'ldi. TG egri chizig'i asosan 4 ta pik hosil qilib, massa yo'qotiladigan harorat oralig'ida amalga oshdi. Birinchi massa yo'qotish harorat 124,92-159,57 X da -0,699 mg massa yo'qotildi bu esa umumiy massani 14,277 % ni tashkil qiladi. Ikkinchi massa yo'qotish harorat 167,38-206,84 °C oralig'ida namuna massasining -1,448 mg i yo'qotildi. Bu umumiy massaning 29,575 % ni tashkil etdi. Uchunchi massa yo'qotish harorat 207,91-238,51 X oralig'ida sodir bo'ldi. Bunda umumiy massaning -0,744 mg i ya'ni 15,196 % ni tashkil etadi. To'rtinchi massa yo'qotish harorat 398,47579,64 X da -1,143 mg massa yo'qotildi bu esa umumiy massani 23,346 % ni tashkil qiladi. KFQ sorbentning umumiy parchalanishi uchun 85,53 daqiqa vaqt talab etildi. 1-rasmda keltirilgan natijalarga ko'ra, KFQ sorbentining parchalanish vaqtida turli funksional guruhlardan H2O, NH3 CO va CO2 kabi birikmalar hosil bo'ladi degan xulosa chiqarildi.

1-rasm. KFQ Sorbentning termik tahlili grafigi.

2-rasm. KFQ sorbenting Cu(II) bilan hosil qilgan metallokompleksning termik tahlili

grafigi.

Olingan yangi KFQ markali kompleks hosil qiluvchi sorbentning morfalogik xususiyatlari SEM skanerlovchi elektron mikroskopda o'lchanib tahlil qilindi hamda o'rganish natijalari 3-4-rasmlarda keltirildi. Skanerlash elektron mikroskopi (SEM) sorbent morfologiyasining adabiyotlarda keltirilgan boshqa sorbentlarga o'xshashligini kuzatildi. SEM fotosuratlarida sorbentning ko'rinishini tegishli ravishda 1:100 va 1:1000-masshtab tasvirlari keltirildi. Ushbu fotosurat ma'lumotlaridan shuni ko'rish mumkinki, asosan notekis joylashgan donachalardan va qirralarning o'tkir burchaklaridan iborat, shu qatorda struktura ko'proq g'ovakliroqdir. Olib borilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, SEM analizi fotosuratlari kompleks hosil qiluvchi sorbent mikrog'ovak tuzilishga ega ekanligini ko'rsatdi. Ush bu ionit juda yuqori sorbsion qobilyatga yoki turli metall ionlarini tutish qobiliyatiga ega ekanligini ko'rsatadi.

3-KFQ markali kompleks hosil qiluvchi sorbentning SEM dagi tasviri

4-KFQ markali kompleks hosil qiluvchi sorbentning SEM dagi element analiz tasviri

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Muqumova G. J., To'rayev X. X., Kasimov Sh. A. Karimova N. J. Karbamid, Formalin va qahrabo kislota asosida xelat hosil qiluvchi sorbentining sintezi va tadqiqoti «Sanoatda raqamli texnologiyalar» ilmiy-texnik jurnal 2024 yil 3-son,53-59 b

2. Muqumova G. J.,To'rayev X. X.,Mo 'minova Sh.N.,Kasimov Sh.A.,Karimova N.J. Karbamid, formalin va qahrabo kislota asosida olingan sorbent va uning Cu(II), Zn(II), Ni(II), ionlari bilan komplekslarining spektroskopik tahlillari.Scientific and Technical Journal Namangan institute of Engineering and Technology Vol.9 Issue 1.2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.