Научная статья на тему 'KELAJAK MUHANDIS-TEXNOLOGLARGA KASBIY KOMPETENSIYALARINI CHET TILARI ORQALI RIVOJLANTIRISHNING YECHIMLARI'

KELAJAK MUHANDIS-TEXNOLOGLARGA KASBIY KOMPETENSIYALARINI CHET TILARI ORQALI RIVOJLANTIRISHNING YECHIMLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
87
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
texnologiya / muhandis / kasbiy konpetensiya / chet tili. / technology / engineer / professional competence / foreign language.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — A. Xasanov

Ushbu maqolada bo‘lajak mutahasisga-texnolog mutaxasislarga kasbiy fanlarni o‘rganish jarayonida kasbiy kompetensiyalarini chet tili orqali shakllantirishning yechimlariga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOLUTIONS FOR FUTURE PROCESS ENGINEERS TO DEVELOP PROFESSIONAL COMPETENCIES THROUGH FOREIGN LANGUAGES

This article focuses on the solutions to the formation of professional competencies in the process of studying the professional sciences in the foreign language for future specialists-technologists.

Текст научной работы на тему «KELAJAK MUHANDIS-TEXNOLOGLARGA KASBIY KOMPETENSIYALARINI CHET TILARI ORQALI RIVOJLANTIRISHNING YECHIMLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

KELAJAK MUHANDIS-TEXNOLOGLARGA KASBIY KOMPETENSIYALARINI CHET TILARI ORQALI RIVOJLANTIRISHNING YECHIMLARI Xasanov Azamat Sobirjonovich

Farg'ona politexnika instituti Hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi assistenti https://doi.org/10.5281/zenodo.7178562

Annotatsiya. Ushbu maqolada bo'lajak mutahasisga-texnolog mutaxasislarga kasbiy fanlarni o'rganish jarayonida kasbiy kompetensiyalarini chet tili orqali shakllantirishning yechimlariga qaratilgan.

Kalit so'zlar: texnologiya, muhandis, kasbiy konpetensiya, chet tili.

РЕШЕНИЯ ДЛЯ БУДУЩИХ ИНЖЕНЕРОВ-ТЕХНОЛОГОВ ПО РАЗВИТИЮ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ ЧЕРЕЗ ИНОСТРАННЫЕ ЯЗЫКИ

Аннотация. Данная статья посвящена решениям формирования профессиональных компетенций в процессе изучения профессиональных наук на иностранном языке у будущих специалистов-технологов.

Ключевые слова: технология, инженер, профессиональная компетентность, иностранный язык.

SOLUTIONS FOR FUTURE PROCESS ENGINEERS TO DEVELOP PROFESSIONAL COMPETENCIES THROUGH FOREIGN LANGUAGES

Abstract. This article focuses on the solutions to the formation of professional competencies in the process of studying the professional sciences in the foreign language for future specialists-technologists.

Keywords: technology, engineer, professional competence, foreign language.

KIRISH

Hozirgi kunda jamiyatimizda ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlaming jadal amalga oshirilishi, ta'lim tizimining bosqichma-bosqich isloh qilib borilishi - murakkab ijtimoiy hodisa sifatida umume'tiborli va ma'naviy qiziqishiga molik jarayonga aylandi.

Kasbiy ishlab chiqarish faoliyatiga moslashuv yordamida inson hayotiga, ijtimoiy munosabatlar rivojlanishiga ma'lum ta'sir ko'rsatish mumkin. Mutaxassislaming ishlab chiqarishga moslashuvning ijtimoiy uyg'unlashuvi jamiyatni taraqqiy ettirishning muhim omili hisoblanadi.

Bo'lajak mutaxassislami tayyorlashdagi murakkab muammolar qatorida ishlab chiqarish faoliyatiga moslashuv ham o'ziga xos o'rin tutadi. Ayniqsa, ta'limni modemizatsiyalash bilan bog'liq islohotlaming joriy bosqichida ishlab chiqarish faoliyatiga moslashuv muammosi yanada yorqin va aniq namoyon bo'lmoqda. Bolajak mutaxassislar tayyorlashning mazmuni kasbiy, amaliy, psixologik, metodik, tadqiqiy faoliyat turlari bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayoniga moslashuv bilan boyib bormoqda.[1:123.]

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Xalqaro loyihalar va ta'lim dasturlari. Jahon ta'limi muammolarini hal etishda turli ta'lim tizimlari ishtiroki zaruriyatini talab etadigan yirik xalqaro dastur va loyihalash muhim ahamiyat kasb etadi. Yirik xalqaro loyihalarga quyidagilar kiradi:

• ERAZMUS - maqsad Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar talabalarinin mobilligini taminlash (masalan, dastur doirasida 10% talabalar Yevropa mamlakatlaridagi boshqa oliy ta'lim muasssalarda o'qishga borishlari kerak).

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

• LINGVA — bu dastur kichik sinflardan boshlab chet tillarni o'rganish samaradorligini oshirishga mo'ljallangan.

• EVRIKA - ushbu loyihaning maqsadi Sharqiy Yevropa davlatlari bilan amalga ooshirilayotgan tadqiqotlarni uyg'g'unlashtirish.

• ESPRIT — yangi axborot texnologiyalarini yaratish sohasida Yevropa universitetlalariri, kompyuter firm kuch va imkoniyatlarini birlashtirishni talab etuvchi loyiha.

• EIPDAS — arab davlatlarida ta'limni rejalashtirish va boshqarishni takomillashtirish sohasiga doir dastur.

• TEMPUS - Yevropa Ittifoqining hamkor-davlatlarda oliy ta'limni rivojlantirishga yo'naltirilgan dasturi.

• IRIS — xotin-qizlarning kasbiy ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirishgga yo'naltirilgan loyihalar tizimi.[2:320.]

Chet til o'qitish metodi - deyilganda chet til o'rgatishning amaliy, umumta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga erishuvni ta'minlovchi muallim va o'quvchi faoliyatining majmuasi tushuniladi. Metod atamasi "ta'lim usullari yig'indisi" va "ta'limning yo'nalishi" ma'nolarida qo'llanadi. Birinchisi ta'lim nazariyasida jarayon metodlar ma'nosida ishlatilsa,ikkinchi ma'noda uni o'qitish metodikasi tarixiga oid asarlarda uchratishimiz mumkin. Masalan, chet til o'qitishning tarjima metodi, tog'ri metod, ongli- qiyosiy metod, an'anaviy metod, intensiv metod va boshqalar hisoblanadi.

TADQIQOT NATIJALARI

Tabiat va jamiyat hodisalari o'zaro bog'langan va uzluksiz aloqada rivojlanadi. Fanlar obyektiv voqelikning inikosi ekanligi uchun ularning hech biri boshqalaridan ajralgan holda mavjud emas. Hodisa va predmet ayni zamonda bir talay fanlarning tadqiqot manbai bo'la oladi, misol uchun, "til" ijtimoiy hodisasini o'z nuqtai nazaridan tilshunoslik (lingvistika), ruxshunoslik (psixologiya), ta'limshunoslik (didaktika) o'rganadi. "Chet til metodikasi" atamasi kishi ongida quyidagicha ya'ni assotsatsiya "bog'lanish" uyg'otadi:avvalambor, tilni o'rgatishga qaratilgan metod va metodik usullar yig'indisi tushuniladi yoki o'qitish metodlari haqidagi ilmiy bilimlar va nihoyat, mustaqil pedagogik fan ko'z oldimizga keladi. Chet til o'qitish metodikasi didaktika bilan uyg'un, o'zaro bog'langan holda rivojlanib kelgan. Barcha o'quv fanlarining o'qitish nazariyalari didaktika faniga asoslanishi, undan ilmiy ozuqa olishi shubhasiz barchamizga ma'lum. Chet til o'qitish ham didaktikaga asoslanadi. Didaktika ta'limining umumiy nazariyasi, metodika muayyan o'quv predmetini o'qitish ilmi, lingvodidaktika tillarni o'qitish umumiy nazariyasi, lingvometodika aniq bir tilni o'qitish ilmi sifatida qaraladi. "Metod" atamasi bilim, malaka, ko'nikmani egallash, o'quvchilarda dunyoqarashni shakllantirish va bilish imkoniyatlarini yaratish yo'lidagi o'qituvchi-pedagog va talabaning ish usuli ma'nolarini bildiradi. Ushbu tushuncha son -sanoqsiz ta'riflarga ega. Chet tillar o'qitilishida metodlarni tatbiq etish uzoq davrlardan boshlangan, prinsiplar esa nisbatan yangiroq metodik atamalardir. Tarixan metodlar to'rt guruhga birlashtirilib, ularning nomlariga "tarjima", "to'g'ri", "qiyosiy", "aralash" deb atash qabul qilingan.

Tarjimasiz metod. Mazkur metodning turli ko'rinishlari tarixan ma'lum. Ularni ikki yirik guruhga ajratish mumkin: tabiiy va tog'ri metodlar. Tabiiy metodda chet tilni o'rganish ona tilini egallash sharoitiga monand bo'lishi kerak. Metodning bosh maqsadi chet tilida gapirishni o'rganish orqali o'qish va yozishni o'rganib olishga imkoniyat yaratiladi, degan g'oya amaliy maqsadtarzida shakllangan. Tabiiy metod tarkibiga kiritilgan prinsiplardan eng muhimi-til

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

muhitini yaratishdir. Olg'a surilgan metodik prinsiplarni amalda qo'llashda turli yondashuvlar paydo bo'lgan. Metod namoyondalarining ijodiy faoliyatida buni yaqqol sezish mumkin.

MUHOKAMA

Chet til ta'limidan ko'zlangan maqsadning yangicha talqinida, asosan, pragmatik tilshunoslik tadqiqotlari natijalariga tayanildi. Tilshunoslikning bu sohasi tilni tilga oid shakl tizimi emas, balki inson faoliyati sohasi deb talqin qiladi. Chet til ta'lim sohasida 70-yillarning boshidan beri to'plana boshlangan yangi xulosalar majmui ta'lim maqsadini belgilash sohasida qizg'in munozaralariga olib keldi. Chet til ta'limining asosiy yo'nalishlarini belgilovchi maqsadi o'quvchilarga "muomala qilishni o'rgatish", bo'lgan yangi o'quv rejalari qabul qilindi. 70-yillarda "kommunikativ metod" bir qator urinishlardan so'ng bir necha bosqichda o'z isbotini topdi. Shunday asnoda metodika fani rivojlanib bordi. Hech qaysi chet tilni biz uning metodikasini chuqur o'rganmasdan egallay olmaymiz. Chet til o'qitish metodikasida "kommunikativ didaktika" metodi ham ahamiyatga molik sanaladi. Kommunikativ didaktika quyidagilarni o'zida mujassamlashtiradi. - Ochiq va moslashuvchan dars konsepsiyasi; - mavzu va mazmun muhim; - darsdagi asosiy ish shakli: suhbatlashish va guruh bo'lib ishlash; -o'quvchilarni faollashtirish va tildan ijodiy va erkin foydalanishga e'tibor katta bo'lishi zarur; -Tushunishdan fikrni izhor qilishga prinsipi asosida mashqqa kuchli e'tibor berish; - Ma'noni ochishda, harakat ko'lamini belgilashda va mashqni tashkil qilishda vizualizatsiya (ko'rish tayanchi) muhim ro'l o'ynaydi; - Kundalik nutqiy muloqotni hayotiy vaziyatda o'rganish (dialogni mashq qilish); - Tildan og'zaki foydalanish va shu bilan birga asliy matnlarni tushunish muhim hisoblanadi. [3:523.]

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki bulajak muhandis-texnolog mutaxassisni kelajak mutahasisi bo'lib yetishishi uchun ingliz tilini bilish birinchi galdagi vazifa. Sababi ishlab chiqarish korxonalarida ko'chilik zamonaviy qurilmalar ingliz tilida dasturlanadi.

1-rasm yigiruv mashinasi dasturini o'rnatish jarayoni Tadqiqotlar davomida kasbiy tayyorlashning uzlukli tizimini joriy etish ularning mehnat unumdorligini sezilarli darajada oshirishi, jaroxatlar darajasini pasaytirish, hayot xavfsizligini yaxshilash, ishlab chiqarishda insonlar salomatligi va xavfsizligining umumiy darajasini oshirish uchun ingliz tilini o'rganish zaruriyatiga to'xtalindi.

ACAUTION

Danger

Secondary power source connected backup generator installed

2-rasmda texnika havsizligi va ingliz tili

Tashkilot va korxonalarda va muxandis texnologlarga ingliz tilini o'rgatishning samarali usullaridan biri tarjimasiz metodir.

Korxonalar va tashkilotlar hayoti xavfsizlig va mexnatini muxofazasiga qaratilgan choralar ishlab chiqilishi zarur. Shu bilan birga ishlab chiqarish hajmini va sifatini yaxshilash ham muhimdir. Buning uchun horijiy tillarni hususan ingliz tilini bilish va tilini o'rganishni yechimi sifatida 2-rasmda ko'rsatilgan kabi belgilar sonini oshirish va havsiz mexnatni taminlash eng to'g'ri yo'ldir.

REFERENCES

1. A.I.Avazboyev, Y.A.Ismadiyorov. Kasbiy pedagogika o'quv qo'llanma Toshkent 2014yil 284 bet.

2. B.X.XODJAEV Umumiy pedagogika Darslik. Toshkent, 2017-yil, 416 bet.

3. Z.Sanaqulov CHET TIL O'QITISH METODIKASIDA ZAMONAVIY METODLAR maqola. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00627

4. I. Mamirov, A. Sobirov, A. S. Xasanov, & I. Meliboyev. (2022). Raqamlashib Borayotgan Zamonaviy Oliy Ta'limda Pedagogning Kasbiy Kompetentsiyalarini Rivojlantirishning Zamonaviy Mexanizmlari. Conference Zone, 8-11. Retrieved from http://www.conferencezone.org/index.php/cz/article/view/696

5. O. Xakimov, A. S. Xasanov DEFOLIANT OLISH JARAYONINI FIZIK KIMYOVIY ASOSLARI // Scientific progress. 2022. №6. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/defoliant-olish-jarayonini-fizik-kimyoviy-asoslari (дата обращения: 06.10.2022).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.