Научная статья на тему 'KАSB-HUNАR TАNLАSHDА PSIXОLОGNING О`RNI HАMDА KАSB PSIXОLОGIYАSINING АHАMIYАTI'

KАSB-HUNАR TАNLАSHDА PSIXОLОGNING О`RNI HАMDА KАSB PSIXОLОGIYАSINING АHАMIYАTI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
701
64
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kаsb / islоhоtlаr / psixоlоgiyа / kаdrlаr tаyyоrlаsh / kаsbiy psixо­ lоgiyа / tа’lim jаrаyоnlаri vа kаsb psixоlоgiyаsi. / profession / reforms / psychology / personnel training / professional psychology / educational processes and professional psychology.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Tоyevа Shаhzоdа Istаm Qizi

Mаqоlаdа kаsb tа’limi vа kаdrlаr tаyyоrlаshdа kаsbiy psixоlоgiyаning о‘rni, аhаmiyаti, vаzifаlаri tаhlil qilingаn, tа’lim tizimidаоlib bоrilаyоtgаn islоhоtlаr jаrаyоnidа psixоlоgiyаning kаsb tаnlаshdаgi аhаmiyаti осhib berilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF A PSYCHOLOGIST IN CHOOSING A PROFESSION AND THE IMPORTANCE OF PROFESSIONAL PSYCHOLOGY

The article analyzes the role, significance and tasks of professional psychology in vocational education and training, reveals the importance of psychology in choosing a profession in the course of reforms carried out in the education system.

Текст научной работы на тему «KАSB-HUNАR TАNLАSHDА PSIXОLОGNING О`RNI HАMDА KАSB PSIXОLОGIYАSINING АHАMIYАTI»

ISSN:2181-3337

UIF=8.2

SCIENCE AND INNOVATION 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL ^^ 4

KASB-HUNAR TANLASHDA PSIXOLOGNING ORNI HAMDA KASB PSIXOLOGIYASINING AHAMIYATI To'yeva Shahzoda Istam qizi

Buxoro viloyati Peshko' tumani 17-umumta'lim maktabi amaliyotchi-psixologi https://doi.org/10.5281/zenodo.6838954

Annotatsiya. Maqolada kasb ta'limi va kadrlar tayyorlashda kasbiy psixologiyaning o'rni, ahamiyati, vazifalari tahlil qilingan, ta'lim tizimidaolib borilayotgan islohotlar jarayonida psixologiyaning kasb tanlashdagi ahamiyati ochib berilgan.

Kalit so'zlar: kasb, islohotlar, psixologiya, kadrlar tayyorlash, kasbiy psixo- logiya, ta'lim jarayonlari va kasb psixologiyasi.

РOЛЬ ПСИХOЛOГA В BblBOPE ПРOФЕССИИ И З^ЧЕНИЕ ПРOФЕССИOНAЛЬНOЙ ПСИХOЛOГИИ

Аннотация. В cmambe aнaлизируютcя ponb, 3Ha4enue и 3adauu прoфеccиoнaльнoй ncuxonosuu в прoфeccиoнaльнoм o6pa3oeaHUU и noözomoeKe rnöpoe, pacKpbimo 3HaueHue пcиxoлoгии в ebi6ope прoфeccии в xoöe рeфoрм, npoeoöuMbix в cucmeMe oбрaзoвaния.

Ключевые слова: прoфeccuя, рeфoрмы, пcuxoлoгuя, пoöгomoвкa кaöрoв, прoфeccuoнaльнaя пcuxoлoгuя, oбрaзoвameльныe npo^ccbi и прoфeccuoнaльнaя пcuxoлoгuя.

THE ROLE OF A PSYCHOLOGIST IN CHOOSING A PROFESSION AND THE IMPORTANCE OF PROFESSIONAL PSYCHOLOGY

Abstract. The article analyzes the role, significance and tasks of professional psychology in vocational education and training, reveals the importance of psychology in choosing a profession in the course of reforms carried out in the education system.

Keywords: profession, reforms, psychology, personnel training, professional psychology, educational processes and professional psychology.

KIRISH

Ma'naviy komil insonlar ta'lim-tarbiya olish hamda bu ta'lim va tarbiyani yanada boyitishlari, amaliyotga tatbiq eta olishlari bilan ajralib turadilar. Ta'lim- tarbiya insonda ma'lum bir kasb-hunarga qiziqish, shu kasb orqali o'z hayotini tuzish, kelajagi uchun zarur bo'lgan manbalarni vujudga keltirishni shakllantirib boradi. Insoniyat paydo bo'libdiki, u har doim o'zini boqish, ehtiyojlarini va manfaatlariniqondirishga harakat qilgan va hozirda ham shuyo'ldan bormoqda. Inson o'z ehtiyojlarini eng avvalo, oziq-ovqat, boshpana, kiyim-kechaklarga bo'lgan ehtiyojlarni qondiri shdan b oshl agan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Insoniyat hayot faoliyati uchun zarur bo'lgan ehtiyojlarni qondirish davomida yangi kasblar ham paydo bo'lib bormoqda. Dunyoda 60 ming (qiyoslash uchun Rossiyada 20 ming), O'zbekistonda 6 mingdan ziyod kasblar mavjud. Shuni aytish kerakki, kasb-hunar va uning egalari azaldan xalqimiz tomonidan e'zozlanib kelingan. O'zbekistonda hozirda bilimdon, o'z kasbini yaxshi

ISSN:2181-3337 SCIENCE AND INNOVATION 2022

UIF=8.2 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL № 4

egallagan, mustaqil fikrlovchi, o'z kasbiga ijodiy yondashuvchi, yuqori malakali, madaniyatli, izlanuvchan, intiluvchan mohir ustalar, kasb egalari ko'proq talab qilinmoqda. Shunga asosan, O'zbekiston Respublikasida mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasi dolzarb va katta e'tibor berilayotgan masalalardan biri bo'lib turibdi.

TADQIQOT NATIJALARI

Hozirgi kunda O'zbekistonda yoshlarning kasb-hunar egasi bo'lishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilgan. Yoshlar bu jamiyatning kelajagi, ularni o'zlari qiziqqan kasblarni egallashi, hayotda o'z o'rinlarini topa olishlari zaruriy jarayon hisoblanadi.

Kasb-hunarli bo'lish inson uchun zarur bir ehtiyoj ekanligini buyuk avlodlarimiz o'z asarlarida aytib o'tganlar. Misol uchun, Kaykovus o'zining «Qobusnoma» asarida shunday yozadi: «Bas, agar aqling bo'lsa hunar o'rgang'il, nedinkim hunarsiz aql - boshsiz tan, suratsiz badandekdir... Ey farzand, ogoh bo'lki, hunarsiz kishi hamisha foydasiz bo'lur va hech kishiga naf yetkurmas».

Hozirda o'sib kelayotgan yoshlar o'z qiziqishlaridan kelib chiqib minglab kasblar ichidan o'zlari uchun qiziqarli bo'lgan kasbni tanlab olishlari va o'z hayotlarini mazmunli, yaxshi o'tkazish uchun intiladilar. Ularga bu kasblarni tanlashlarida kasb psixologiyasining o'rni va ahamiyati judakatta.

Izlanuvchi yoshlar kasb-hunar va uni egallash hayotlari, kelajaklarini hal qiluvchi omil ekanligini bilib boradilar. Shulardan kelib chiqib, kasb - bu inson hayoti uchun zarur bo'lgan, jamiyatdagi huquqiy me'yorlarga javobberadigan, insonning kelajagini belgilab beradigan o'ziga xos murakkab jarayon, deb belgilashimiz mumkin. Kasb - bu insonning ma'lum bir ehtiyojlarini va manfaatlarini o'zi tanlagan kasb faoliyatidagi bilimlari, layoqati, malakalariga xos xususiyatlari orqali namoyon bo'lishidir. Kasbga xos bo'lgan jarayonlar, ularni egallash, tanlash inson psixologiyasi bilan bog'liq. Kasb psixologiyasi aynan shunday murakkab jarayonlarni o'rganish orqali yoshlarni o'zlari qiziqqan kasbga yo'nalish beruvchi fan hisoblanadi.

Har bir kasbning o'ziga xos tomonlari, insonlarni o'ziga jalb qila oladigan qirralari mavjud bo'lib, inson bu jarayonlarni kuzatib borib, shu kasbni egallashga intiladi. Bu jarayonlarda inson o'zining ruhiyati bilan shu kasbga xos bo'lgan psixologik tomonlarni ham shakllantirib boradi.

1-bosqich 2-bosqich

Kasb Kasbning

tanlashga ta'rifi va

o'quvchini tabiati

aqlan va haqida

ruhan bilim

tayyorlash berish

3-bosqich

Qiziqish tushunchasini ochib berish va o' quvchining qiziqishini aniqlash

4-bosqich

Qobiliyat tushunchasini ochib berish va o' quvchidagi qobiliyatni aniqlash

5-bosqich 6-bosqich

Kasb Ilovalar asosida

tanlovini kasb tanlovini

amalga tajriba

oshirish va tariqasida

algoritmini amalga oshirish

ochib berish

1-rasm. Kasb tanlash ketma-ketligi

ISSN:2181-3337 SCIENCE AND INNOVATION 2022

UIF=8.2 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL № 4

Yoshlarning kasb tanlashlari maktabdan boshlanadi. Bunga ularni tayyorlab borish zarur bo'ladi. Buni psixolog olim Anvar Jalolov o'zining «Kasb qanday tanlanadi» kitobida 1-rasmdagi kabi ko'rsatib berdi.

Bu rasmdan ko'rinib turibdiki, yoshlar kasb tanlashlarida ma'lum bir bosqichlarni bosib o'tadilar. Xilma-xil va qiziqarli kasblarni tanlashning asosiy maqsadi yaxshi yashash va yaxshi kasbni tanlash hisoblanadi. O'zi uchun qiziqarli bo'lgan kasb insonni har doim o'z ustida ishlashga, uni yaxshiroq bilishga undaydi. Anvar Jalolov insonda kasb tanlash jarayonini 2-rasmdagidek belgilaydi.

MUHOKAMA

Insonda ma'lum kasb, uni egallashga havas, mayl, orzu, ishtiyoq, hafsala bo'lmasa, u hech qanday kasbni egallay olmaydi. Insondagi shu jarayonlar odamning o'z kelajagini to'g'ri anglash, tushunishga olib keladi. Unda istak, xohish paydo bo'ladi. Bular bolada ma'lum bir maqsadning shakllanishi va bu yo'lda iroda kuchini sarf qilishga olib keladi. Irodali inson o'z maqsadi sari intiladi va orzu- havaslariga erishadi. Bunda bolada paydo bo'luvchi havas atrofdagi insonlarni kuzatish orqali, ularga aytilgan maqtov so'zlarni tinglash va ularning mahoratiga qoyil qolish, bu insonlarning bilimdonligi, qo'llaridan ko'plab ishlar kelishini kuzatishi unda shu insonlarga o'xshashga havasni uyg'otadi. Unda orzu, armon, tilak, ishtiyoq va hafsala paydo bo'ladi. Bu jarayonlar bolada uyg'onayotgan ehtiyojlar va manfaatlar bilan bog'liq bo'lib, uning o'z oldiga qo'ygan maqsadlarini amalga oshirishning hissiyotlari, irodalari bilanbog'liq jarayondir.

Katta bo'lib borayotgan bolada havas hissi paydo bo'ladi. Kasbga nisbatan olganda bolanishu kasbga qiziqishi, intilishi, mayli, xohishi, istagi va orzusi bo'lib ko'zga tashlanadi. Bu yo'lda bola o'ziga biror kasbni tilab, shu kasbni egallashga bo'lgan intilishi sodir bo'ladi. Agarda bola o'z tilaklarini hafsala bilan amalga oshirmasa, harakat qilmasa, bu armon va orzu bo'lib qoladi.

Yoshlarni kasb tanlashlari yo'lidagi bundayjarayonlarni o'rgangan psixolog olim inson ning anglash darajasiga ko'ra kasb tanlashdagihislariga quyidagicha ta'rif bergan.

Yaxshi kasb tanlash uchun kerak bo'lgan ji-hatlar 3-rasmdagi kabi ko'rsatilishi mumkin.

Kasb va kasbiy psixologik jarayonlar kasbtanlovchidan quyidagilarni talab qiladi:

• kasb tanlashga kerak bo'lgan idrok, xohishning mavjud bo'lishi;

• o'z maqsadi va manfaatini to'g'ri anglab olgan bo'lishi;

• kelajagi haqidagi tasavvurlarning bo'lishi.

XULОSA

Yuqorida tahlil qilgan fikrlarimiz kasb psixologiyasi bu o'ziga xos murakkab va doimiy inson-kasb o'rtasidagi bo'ladigan munosabatlarni o'rganib boruvchi jarayon ekanligini tasdiqlaydi. Kasb psixologiyasi insonni o'z faoliyati davomida kerak bo'lgan, uni doimo qiziqtirib kelayotgan kasb yo'nalishlariga yo'llab turadi. O'sib kelayotgan yoshlarga maslahatlar berish, ularni kasbga yo'llash, kasblar haqida bilimlar berish, malakalarini oshirishga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish, attestatsiyalash, o'z kasbining ustasi bo'lib yetishishlarida ularga yordam berish kabi ko'plab amaliy ishlarni bajarib boradi.

Bulardan tashqari, kasbni insonga qo'yadigan talablari ham borki, kasb psixologiyasi bu

ISSN:2181-3337 SCIENCE AND INNOVATION 2022

UIF=8.2 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL № 4

masalalar bilan ham keng shug'ullanishi zarur bo'ladi. Bu talablar ob'ektiv bo'lib, ularni inson o'zgartira olmaydi. Kasb qo'yadigan talablar, birinchidan, kasb bilan bog'liq jarayonlar bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchidan, jamiyat uchun zarur bo'lgan talablar bilan bog'liq bo'ladi. Lekin bular insonning ishtiroki va ta'siri ostida shakllangandir. Kasblarning shakllanishi va rivojlanishi texnika sohasidagi taraqqiyot va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan bog'liq bo'ladi. Bu esa ko'plab kasblarning paydo bo'lishigaolib keladi.

Kasb va kasbiy psixologiya o'zining tadqiqot sohasi bilan eng muhim amaliy ishni hayotga tatbiq etib boradi. Kasb psixologiyasi inson va kasb o'rtasidagi munosabatlarni o'rganish orqali insonni kasbga tayyorlaydi, uning imkoniyatlari va qiziqishlarini o'rganish orqali unga ma'lum bir kasblar haqida bilimlar va o'ziga qiziq tuyulgan kasbni egallashga yo'l-yo'riqlar berib boradi. Bu kabi ko'plab misollar, ya'ni insonni kasbga o'rgatish, kasbga xos bo'lgan xulq-atvorlarni singdirish insoniyat tarixida ko'plab uchraydi. O'sib kelayotgan yosh avlod, uning kasbni egallashi masalalari katta avlodni har doim qiziqtirib kelgan va hozirda ham bu masala dolzarb masalalar qatorida turadi.

REFERENCES

1. Kaykovus. Qobusnoma. - T.: «Istiqlol», 1994. -26-b.

2. Jalolov А. Kasb qanday tanlanadi. - T., 2010. -62-b.

3. Mahmud Hasaniy. Odob bo'stoni va axloq gulistoni. - T.: «Fan», 2014 y. -20-b.

4. Хoлйигитoвa, Н. (2014). Иннoвaциoн технoлoгиялaр-тaълим Ba тарбия жaрaёнлaрининг cифaт Ba caмaрaдoрлиги oмили cифaтидa. CoBpeMeHHoe o6pa3oBaH^ (Узбекистан), (1), 2225.

5. TypaeBa, Д. Р. (2014). Фaктopы, oпpeдeляющиe индивидуaльнoпcихoлoгичecкиe oco6eHHocra личнocти пeдaгoгoв пpoфeccиoнaльнoгo кoллeджa. ^временные гyмaнитapныe иccлeдoвaния, (3), 118-121

6. Akhmedova, M. T., Narmetova, Y. K., Nurmatova, I. T., & Malikova, D. U. K. (2022). Communicative Competence Formation in Future Teachers Based on an Integrated Approach. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 9(4), 54-60.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.