Научная статья на тему 'KARTOSHKANI AXOLI TOMARQASI SHAROITIDA YETISHTIRISHDA VA SAQLASHDA ZARARKUNANDALAR ZARARINI KAMAYTIRISH'

KARTOSHKANI AXOLI TOMARQASI SHAROITIDA YETISHTIRISHDA VA SAQLASHDA ZARARKUNANDALAR ZARARINI KAMAYTIRISH Текст научной статьи по специальности «Электротехника, электронная техника, информационные технологии»

CC BY
52
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kartoshka / zararkunandalar / kartoshka kuyasi / kimyoviy / kartoshka tugunaklari / fumigsatsiya.

Аннотация научной статьи по электротехнике, электронной технике, информационным технологиям, автор научной работы — Qodirov Jalolliddin Jamoldinovich, Toʻlanvoyev Umriddin Orif Oʻgʻli

Kartoshka qishloq xoʻjaligining asosiy ekini. Kartoshka yetishtirish oziq-ovqat sanoati uchun muxim ahamiyatga ega. Kartoshka uchun zarar keltirayotgan zararkunandalari va kartoshka kuyasini zararini kamaytirish, oldini olish, saqlovga qoʻyganda kamroq zarar bilan chiqish hamda iqtisodiy samaradorligni yuqori natijalarga olib chiqish haqida maʼ-lumotlar koʻrsatib oʻtilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KARTOSHKANI AXOLI TOMARQASI SHAROITIDA YETISHTIRISHDA VA SAQLASHDA ZARARKUNANDALAR ZARARINI KAMAYTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

KARTOSHKANI AXOLI TOMARQASI SHAROITIDA YETISHTIRISHDA VA SAQLASHDA ZARARKUNANDALAR ZARARINI KAMAYTIRISH 1Qodirov Jalolliddin Jamoldinovich, 2To'lanvoyev Umriddin Orif o'g'li

1Farg,ona davlat universiteti, q.x.f.n (dotsent) 2Farg,ona davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.8001979 Annotatsiya. Kartoshka qishloq xo'jaligining asosiy ekini. Kartoshka yetishtirish oziq-ovqat sanoati uchun muxim ahamiyatga ega. Kartoshka uchun zarar keltirayotgan zararkunandalari va kartoshka kuyasini zararini kamaytirish, oldini olish, saqlovga qo'yganda kamroq zarar bilan chiqish hamda iqtisodiy samaradorligni yuqori natijalarga olib chiqish haqida ma'-lumotlar ko'rsatib o'tilgan.

Kalit so'zlar: kartoshka, zararkunandalar, kartoshka kuyasi, kimyoviy, kartoshka tugunaklari, fumigsatsiya.

Kartoshka qishloq xo'jaligining asosiy ekinlaridan biri. Kartoshka qishloq xo'jaligining asosiy ekinlaridan biri. Axoli sonini ortishi kartoshka yetishtirishni ko'paytirishni taqozo etmoqda. Kartoshka yetishtirishning ko'paytirishning asosiy omillardan biri uning xosildorlikni oshirish hamda hosilni nobudgarchiligini kamaytirish kabi dolzarb omillarga bog'liq. Kartoshka yetishtirishda Respublikamizda Fermer xo'jaliklari bilan bir qatorda shaxsiy tomorqa xo'jaligi egalarining ham hissasi kattadir. Tomorqa sharoitda kartoshka yetishtirishning hududlarga mos va xos boy tajribalari borki bular bir-biridan qisman farq qilsada lekin yuqori xosildorligi bilan katta maydonlardagi kartoshka yetishtirish bo'yicha yuqori mo'l xosildorligi bilan farq qiladi. Keyingi yillarda kartoshka yetishtirishda dexqonlarimizga yangidan-yangi zararkunanda va kasalliklar mo'l va sifatli hosil olishda bir qator muammolar tug'dirmoqda. . Bular ,,Kalorado qo'ng'izi", ,,G'ovaklovchi pashsha", ,,Oq qanot" ,,Zang kana'' kabilar bilan bir qatorda ayniqsa ,, Kartoshka kuyasi". Har qanday zararku-nanda va kasalliklarga qarshi kurashishdan oldin uning biologiyasi va tarqalishini xisobga olish ijobiy natija beradi.

Kartoshka kuyasi kartoshka, tamaki, baqlajon, pomidor va boshqa ituz-umdoshlar oilasiga kiruvchi o'simliklarga katta zarar yetkazuvchi xavfli ka-rantin hasharot hisoblanadi. Kapalagi kich-kina, och kulrang tusda bo'ladi. Bosh qismi to'q jigarrang yoki qora rangda.Tuxumi oval shaklda, uzunligi 0,45 mm, eni 0,27 mm, rangi xira oq. Qurtining uzunligi 10-12 mm gacha boradi, rangi xira oq yoki och kulrang, ba'zan noravshan ko'kimtir, yoki pushti jiloli bo'ladi, qurtning boshi qalqoni birinchi segment tergitida, oyoq-lari tuk qo'ng'ir yoki qora, qalqonida uzunasiga ketgan yorug' yo'l bor. G'umbagi jigarrang, uzunligi taxminan 6 mm, qorin segmentlarida tikanlari yuk, mo'ylov kurtaklarining ma'lum bir qismi bir- biriga tegib turadi.

Kuya lichinkasi umri davomida 4 davrni o'taydi, 11-26 kungacha rivoj-lanadi. Kartoshka kuyasi havo harorati +40 dan yuqori bo'lganda 7 kunda rivojlanadi. Havo harorati +27 darajaga yet-ganda zararkunandaning rivoj-lanishi hammasi bo'lib 25 kunga cho'ziladi. Bir yilda 5-6 avlod beradi. Qulay sharoitda kartoshka kuyasi yiliga 11-13 tagacha avlod berishi ham mum-kin.Havo harorati qanchalik baland bo'lsa, kuya shunchalik tez rivojlanadi. Aslida, hasharotning bir avlod berish davri o'rtacha 3-4 haftani o'z ichiga olishi kerak, ammo harorat 35 darajadan yuqorini ko'rsatganda zarar-kunanda 16 kundayoq «oyoqqa turishi» hech gap emas.

Urg'ochi kapalak 3 kundan 14 kungacha yashasa-da, o'ziga yuklatilgan vazifani «qoyillatadi». Ya'ni, ularning har biri jon berishdan avval o'rta hisob-da 50-200 tagacha tuxum

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

qo'yadi. Ular odatda barglarning ichki qismida, band yaqinida joylashgan bo'ladi. Tuxumdan juda mayda, ammo ochko'z kapalak qurti ochib chiqadi va shu zahoti kartoshka bargi hamda tuganak-lariga «tahdid» soladi.

Kartoshka kuyasi ko'chatlarga ham, o'zini tutib olgan o'simliklarga ham zarar yetkazadi, ko'chatlarning ayrim barglarini va ba'zan butun tupini qu-ritib qo'yish holatlari kuzatiladi. Tamaki o'simligiga kuya tushsa, u sanoat uchun yaroqli va sifatli hosil bermaydi. Kartoshka kuyasi ba'-zan pomidor-ning mevasiga ham zarar yetkazadi. Kartoshka kuyasining lichinkalari ekinla-rning bar-gidan tashqari yuzaroqdagi kartoshkasini ham jarohatlaydi. Dala-da kartoshka qazib olingandan keyin, omborga kuya lichinkalari bilan zara-rlangan tugunaklar olib kirilsa 2580 foiz saqlanayot-gan kartoshka tugunak-lari nobud bo'lishi mumkin. Ko'p zararlangan barglar qurib, qo'ng'ir tusga kiradi va qovjirab yorilib ketadi. Kuya ko'paygan dalalar kuyganga o'xshab qoladi. Kuzda o'simlik-larning uchlaridagi qo'shni barglar ko'pincha o'rgim-chak iplari bilan bir-biriga yopishadi. Zararlangan kartoshka yuzasi qurt kirgandan bir necha kun keyin pushti dog' bo'lib qoladi. Zararlangan pom-idor va kartoshka hosilining aksariyati chirib ketadi.

1-jadval

Ertangi muddatda ekilgan kartoshka zararkunandalariga qarshi kurash usullarini

zararlanishi va xosildorlikka ta'siri.

Zararkunandalariga qarshi kurash usullari Kartoshka poyasi zararlanishi(%) Kartoshka tugunaglari zararlanishi(%) Xosildorligi (ts/ga)

O'suv davrida 1

marotaba kimyoviy ishlov berish 30-40 40-50% 180 ts/ga

O'suv davrida 2 marotaba

kimyoviy ishlov berish

10-20% 25-30% 220 ts/ga

O'suv davrida har 18-20

kunda kimyoviy ishlov

berish (3 marotaba) 10-15% 5-10% 285ts/ga

Tomorqa sharoitda ,, Kartoshka kuyasi"ga qarshi kurashish samaradorligini o'rganish maqsadida 3 xil tajriba o'tkazdik.

1-jadvaldan ko'rinib turibdiki olib borilgan tajribalarda o'suv davrida faqat 1 marotaba kinyoviy ishlov berganimizda kartoshka poyasi zararlanishi yuqori darajada namoyon bo'ldi. Bu esa o'z-o'zidan xosildorlikka va kartoshka tugunagiga katta miqdorda zarrar yetkazdi. Xosildorlikni 40-50% gacha zararlanishiga olib keldi. O'suv davrida 2 marotaba ishlov berganimizda poya va tugunaklar zararlanishi kamaydi xosildorlik 220 ts/ga ga yetib 25-30% zararlanish xolati kuzatildi. Kartoshka o'suv davrida har 18-20 kunda ishlov berganimizda poyaning zararlanishi kamayib, xosildorlik 285 ts/ga ga yetdi poyalarda zararlanish 10-15% holatda kuzatilib tugunaklarda 5-10% xolatda zararlanish kuzatildi. Tajribalar shuni ko'rsatadiki zararkunandalarga qarshi kurashda o'z vaqtida va me'yorda ishlov berish kartoshkadan yuqori va sifatli, oziqabop va urg'lik uchun yaroqlik bo'lgan kartoshka olish imkonini beradi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Kartoshka yetishtirish bilan birga uni saqlab qolish ham bir mashshaqat bo'lib juda katta mexnat talab etadi. Kartoshka tugunagini zararkunandalardan saqlab qolish maqsadida 2 xil tajriba o'tkazdik.

2-jadval

1-oktabr xolatiga ko'ra

Zararlangan tugunak(%)

Fumigatsiya qilinmaganida 25-30%

Fumigatsiya qilinganida 0%

2-jadvaldan ko'rinib turibdiki kartoshka saqlanadigan omborlarni kartoshka qo'yishdan avval zararkunandalardan tozalab olish, omborni fumigatsiya qilish biz uchun iste'molga va urug'lik uchun yaroqlik kartoshkani saqlab qolish imkonini beradi. Tajribadan ko'rinib turibdiki fumigatsiya qilinmagam omborlarda saqlangan kartoshkalar tekshirilganda oktyabr oyi xolatiga ko'ra 25-30% tugunak zararlanishi kuzatiladi. Bu esa iqtisodiy samaradorligni o'z-o'zidan 2530% ga pasaytirib yuboradi. Biz iqtisodiy samaradorligda, kartoshkadan sifatli xosil yetishtirish va saqlashda muntazam va belgilangan me'yorda ishlov berib borishimiz lozim.

REFERENCES

1. Ахатов, А. К. Мир томата / А. К. Ахатов, 2012.

2. Буриев, Х. Ч. Рекомендатсии по технологии получения местних сортов репчатого лука в фермерских хозяйствах и приусадебних участках / Х. Ч. Буриев, З. А. Абдикаюмов. - Ташкент, 2005 г.

3. Гарбуз, В. С. 50 самих урожайних сортов картофеля, огурсов, помидоров, капусти, перса, свекли, кабачков, баклажанов, моркови / В. С. Гарбуз. - Ташкент, 2012.

4. Зуев, В. И. Томат: возделивание и заготовка / В. И. Зуев. - Ташкент, 2008.

5. Зуев, В. И. Картофелеводство / В. И. Зуев, Х. Ч. Буриев и др. - Ташкент, 2010.

6. Туленкова, А. Как вирашиват овоши круглий год / А. Туленкова, 2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.