Научная статья на тему 'KARBAMID, FARMALIN VA LIMON KISLOTA ASOSIDA KOMPLEKS HOSIL QILUVCHI SORBENTLAR SINTEZI VA TADQIQOTI'

KARBAMID, FARMALIN VA LIMON KISLOTA ASOSIDA KOMPLEKS HOSIL QILUVCHI SORBENTLAR SINTEZI VA TADQIQOTI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
15
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KARBAMID, FARMALIN VA LIMON KISLOTA ASOSIDA KOMPLEKS HOSIL QILUVCHI SORBENTLAR SINTEZI VA TADQIQOTI»

Book of Absracts. "WOMEN IN STEM" International Forum, Tashkent, February 13 - 15, 2024. https://doi.org/10.5281/zenodo.10643244

KARBAMID, FARMALIN VA LIMON KISLOTA ASOSIDA KOMPLEKS HOSIL QILUVCHI SORBENTLAR SINTEZI VA TADQIQOTI

Muqumova G.J.,Mo'minova Sh.N., Karimova N.J, Azimqulova R.D.

Termiz davlat universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10845881

Annotatsiya: Ilmiy tadqiqot ishida polikondensatsiya reaktsiyasi orqali karbamid, formalin va limon kislotasi (KFL) asosida sorbent sintezi va xossalari bo'yicha tadqiqot olib borilgan. Ushbu polikondensatsiya reaksiyasini o'tkazishda boshlang'ich moddalarning molyar nisbati 0,02: 0,05 mol: 0,01mol optimal harorat esa 70-80 0C, pH=8-9 bo'lgunga qadar ammoniy gidroksid eritmasi qo'shildi.Olingan sorbentning suvdagi solishtirma hajmi va 0,1 n NaOH eritmasi uchun statik almashinish sig'imi (SAS) qiymati aniqlandi.

Tayanch so'zlar: sorbent, karbamid, formalin, limon kislotasi, Polikondensatsiya reaksiyasi, statik almashinish sig'imi, bo'kish darajasi

Tarkibida azot va kislorod saqlagan kompleks hosil qiluvchi ionit sintezi uchun qaytar sovutgich va avtomatik aralashtirgich o'rnatilgan uch og'izli kolbaga 1,2 g(0,02 mol) karbamid 4 ml(0,05 mol) formalinda eritildi va pH=8-9 bo'lgunga qadar ammoniy gidroksid eritmasi qo'shildi. Harorat 70-80 °C da qavushqoq massa hosil bo'lgungacha qizdirildi. Hosil bo'lgan qovushqoq aralashmaga 1,92 g(0,01mol) limon kislotani 5 ml ammoniy gidroksiddagi eritmasidan tomchilatib qo'shildi va aralashtirildi. Harorat 110-140 °C ga ko'tarilganda qattiq yoki saqichsimon massa hosil bo'ldi. Hosil bo'lgan smolasimon massa chinni kosachaga solindi va 100 °C haroratda quritish shkafida 20 soat davomida quritildi. Quritilgan polimer maydalangach, past molekulyar og'irlikdagi moddalardan dastlab 5 % li natriy ishqor eritmasi bilan, so'ngra bir necha marotaba distillangan suv bilan neytral holga kelguncha yuvildi. Natijada kichik g'ovaklardan iborat oq rangli donador massa hosil bo'ldi. Mahsulot unumi 91 % ni tashkil etdi.

Sintez qilingan sorbentning namligini GOST 10898.1-84 bo'yicha, massa zichligini GOST 10898.2-84 bo'yicha, gidratlangan holatda sorbentning zichligini GOST 10898.3-84 bo'yicha, shishgan sorbentning solishtirma hajmini GOST 10898.4-84 bo'yicha va statik almashinuv quvvatini GOST 20255.1-89 bo'yicha aniqlandi. [1].

Polikondensatsiya reaksiya tipidagi sorbent (ion almashtirgich) olingan bo'lib, u sorbentlar xususiyatlarini sistemaga solishga va ularga effektiv ish faoliyatini ta'minlashga qaratilgan. Karbamid, formalin va limon kislota(KFL) polikondensatsiyasi reaksiyasiga muqobil harorat ta'sirini o'rganish bo'yicha izlanishlar olib borildi. Polikondensatsiya reaksiya jarayoni: 110, 120, 130 va 140 °C haroratlarda o'rganildi. Izlanishlar davomida reaksiyaning vaqtga bog'liqligi, sorbentning suvdagi solishtirma hajmi va 0,1 n NaOH eritmasi uchun statik almashinish sig'imi (SAS) qiymati aniqlandi. Ma'lumotlar 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval.

Polikondensatsiya jarayonida haroratining ion a mashinuvchi xossalariga ta'siri

Maxsus SAS,

№ Reaksiya harorati T, ° Reaksiya vaqti t, soat hajm suvda bo'kkan sorbent H shakli,ml/g 0,1 n NaOH eritmasi mg-ekv/g bo'yicha

1. 110 5-6,5 1,8 4,8

2. 120 4,5-5 1,6 5,2

3. 130 2,5-3 1,3 7,0

4. 140 1,5-2 1,2 5,8

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

l.Kasimov Sh.A. Ba'zi d-metallarning tarkibida N,P,S bo'lgan immobillangan ligandlar bilan metallokomplekslari: sintezi, tuzilishi va xossalari. // Doktorlik dissertatsiyasi - T.: 2021. 28-46 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.