Научная статья на тему 'KANALLI SISTEMADA TARQALUVCHI NURLAR XOSSALARINI O’RGANISH'

KANALLI SISTEMADA TARQALUVCHI NURLAR XOSSALARINI O’RGANISH Текст научной статьи по специальности «Физика»

CC BY
139
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Optik nur tola / to’la ichki qaytish / attractor / dinamik sistemalar / billyard sistemalar / muhitning nur sindirish ko’rsatkichi. / Optical light fiber / full internal rotation / attractor / dynamic systems / billiard systems / ambient light refractive index.

Аннотация научной статьи по физике, автор научной работы — Mexriniso Omon Qizi Bexudova

Nur tolada katta hajmli informatsiyani yuborish uchun kirish aperturasini oshirish lozim, katta aperturalarda signallarni buzilishi yana ortadi. Bu holda nurtola o'zagining sindirish ko'rsatkichi yuqorida ko'rsatilgan uslubda o'zgarishi ham bu signalni sifatini saqlay olmaydi. Bu hollarda signalni sifatini saqlash uchun nurning nur tolaga kirish burchagini o’zgartirish maqsadga muvofiq bo’ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDY OF THE PROPERTIES OF RADIATED RADIATION IN A CHANNEL SYSTEM

In order to transmit large amounts of information in a light fiber, it is necessary to increase the input aperture, at large apertures the signal distortion increases again. In this case, even if the refractive index of the nurtola core changes in the manner described above, it will not be able to maintain the quality of this signal. In these cases, it may be advisable to change the angle at which the light enters the fiber to maintain the signal quality.

Текст научной работы на тему «KANALLI SISTEMADA TARQALUVCHI NURLAR XOSSALARINI O’RGANISH»

KANALLI SISTEMADA TARQALUVCHI NURLAR XOSSALARINI

O'RGANISH

Mexriniso Omon qizi Bexudova

O'zbekiston Milliy universiteti mexrinisobehudova@gmail.com

ANNOTATSIYA

Nur tolada katta hajmli informatsiyani yuborish uchun kirish aperturasini oshirish lozim, katta aperturalarda signallarni buzilishi yana ortadi. Bu holda nurtola o'zagining sindirish ko'rsatkichi yuqorida ko'rsatilgan uslubda o'zgarishi ham bu signalni sifatini saqlay olmaydi. Bu hollarda signalni sifatini saqlash uchun nurning nur tolaga kirish burchagini o'zgartirish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Kalit so'zlar: Optik nur tola, to'la ichki qaytish, attractor, dinamik sistemalar, billyard sistemalar, muhitning nur sindirish ko'rsatkichi.

STUDY OF THE PROPERTIES OF RADIATED RADIATION IN A CHANNEL

SYSTEM

Mekhriniso Omon kizi Bekhudova

National University of Uzbekistan mexrinisobehudova@gmail.com

ABSTRACT

In order to transmit large amounts of information in a light fiber, it is necessary to increase the input aperture, at large apertures the signal distortion increases again. In this case, even if the refractive index of the nurtola core changes in the manner described above, it will not be able to maintain the quality of this signal. In these cases, it may be advisable to change the angle at which the light enters the fiber to maintain the signal quality.

Keywords: Optical light fiber, full internal rotation, attractor, dynamic systems, billiard systems, ambient light refractive index.

Fizika rivojlanishda davom etmoqda va so'nggi o'n yilliklarda uning sinergetika, dinamikxaos va o'z-o'zidan tartibga kelish kabi yangi sohalariga qiziqish ortdi. Bu tarmoqlarda ko'p xollarda o'ziga xos matematik apparatdan foydalaniladi, kompyuterlarning o'sayotgan quvati va "sonli eksperiment" imkonyatlari bilan birgalikda esa bu sohalarning bashorat qobilyatlari ananaviy fizik nazaryalardan qolishmaydigan darajaga chiqdi [1].

Zamonaviy fizikaga kirishib ketish oson emas. Agar berilgan momentda sistemaning holatini tavsiflovchi kattaliklar to'plami berilgan bo'lib, malum qoidaga ko'ra bu kattaliklarning so'nggi momentlardagi qiymatlarini aniqlash mumkin bo'lsa, dinamik sistema haqida gapirish o'rinli bo'ladi. Bunday kattaliklarga dinamik o'zgaruvchilar va sistemaga dinamik sistema deyiladi. O'zgarish qoidasini esa evalyutsiya operatori aniqlaydi. Agar sistemaning holati N kattalik bilan aniqlansa holatning vaqt bo'yicha o'zgarishi, yani sistema dinamikasini N o'lchovli fazalar fazosidagi nuqtaning traektoriyasi bo'yicha harakati sifatida tasavvur etish mumkin. [2]

Dinamik sistemalar nazariyasining muhim tushunchalaridan biri invariant to'plam tushunchasidir. Agar biror to'plamning ihtiyoriy nuqtasidan boshlanuvchi traektoriya shu to'plamga to'liq tegishli bo'lsa, bunday to'plamga invariant to'plam deyiladi. Ihtiyoriy attraktor invariant to'plam bo'ladi. Noturg'un qo'zg'almas nuqtalar va noturg'un yopiq orbitalar ham invariant to'plam bo'ladi. Attraktorlardan farqli ravishda invariant to'plamlar ham dissipativ, ham konservativ sistemalarda uchraydi. Sistemani bir qancha boshlang'ich vaziyatlarini ko'rib chiqamiz. Fazoviy bo'shliq birinchi nuqtani uyg'onishini tasvirlaydi va bu to'liqligicha "bulut" ko'rinishida bo'ladi. "Kiritilgan" vaqt xamma "sakrashlar" ko'rsatiladi. Kompyuter modellashtirishni tushungan holda ma'lum vaqt oralig'ida bulut ustida "fotosuratni" bir onda yaratish mumkin. O'shanda ekranda evalutsion bulutlarni kuzatish mumkin bo'ladi. Nur tolada to'lqin tarqalishi masofasini cheklovchi omillardan biri past chastotali tovushlar okeanlardagi,yoki optik nur toladagi optik nurlar bu muhitning nur tarqalish yo'nalishidagi bir jinsli bo'lmagan muhitdir. Ayrim hollatlarda uni kanalli sistemalar bo'ylab davriy g'alayon sifatida tasvirlash mumkin. Bu holda uzunligi muhit nobirjinsliligi bilan rezonansda bo'lgan to'lqinlar effektiv Nurtola kanalida ushlanishi mumkin.[3]

TOA (Tolali Optik Aloqa) da optik tebranishlarning tarqalishini chegaralovchi va yorug'lik energiyasi oqimini berilgan yo'nalishda yo'naltiruvchi muxit optik uzatuvchi kanal yoki optik nur o'tkazuvchilar deyiladi. Kichik so'nish koeffitsientiga ega bo'lgan optik nur o'tkazuvchilar asosida optik signallarni uzoq masofalarga uzatishni taminlovchi optik kabellar yaratilmoqda.

Optik nur o'tkazuvchilar ikki turga bo'linadi: yassi optik nur o'tkazuvchilar va nur o'tkazuvchi optik tolalar. Yassi optik nur o'tkazuvchilar, o'z navbatida

n2 n2

a) b)

1-rasm. Yassi optik nur o'tkazuvchilar

plyonkali (1.a-rasm) va kanalli ga (1.b-rasm) bo'linadi. Nur o'tkazuvchi optik tolalar esa bir qatlamli (2.a-rasm), ikki qatlamli (2.b-rasm), uch qatlamli (2.c-rasm) va h.k bo'lishi mumkin.

a)

1.4.1.2-rasm. Nur o'tkazuvchi optik tolalar

OT ning tarkibiy qismlari (3-rasm) da tasvirlangan. O'zak va qobiq uchun asosiy material kvarts shishasi (Si02) hisoblanadi. Kerakli sindirish ko'rsatkichlarini olish uchun kvarts shishasi bor, germaniy va shunga o'xshash boshqa qo'shimchalar qo'shiladi. Tolaning qo'shimcha qobiqlari himoya qobig'i hisoblanadi. Quyidagi rasmda tashqi plastik qoplama ko'rsatilgan.

Optik tolaning tuzilishi

Nur tolada katta hajmli informatsiyani yuborish uchun kirish aperturasini oshirish lozim, ammo katta aperturalarda signallarni buzilishi yana ortadi. Bu holda nurtola o'zagining sindirish ko'rsatkichi yuqorida ko'rsatilgan uslubda o'zgarishi ham bu signalni sifatini saqlay olmaydi. Bu hollarda signalni sifatini saqlashning boshqa usullaridan foydalaniladi. Signallarni nurtolaning ichida bunday tebranishini nochiziqli

tebranishlar sifatida qarab ularni tashqi tasirlar bilan rezonans holatga olib kelish lozimdir.

Xulosa qilib aytganda, Tola optikasi sohasida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, nur tolalarning keng ko'lamda optik aloqada qo'llanilishiga olib keldi. Hozirgi kunda an'anaviy simli aloqa kabellari o'rnini axborot uzatish imkoniyatlari katta bo'lgan nur tolali kabellar egallamoqda.

Nurni profili aylana ko'rinishdagi nurtolaga nisbatan kesilgan aylana ko'rinishdagi nurtolada uzoq masofaga uzatish mumkin. Bundan tashqari, olinadigan natijalar ushbu geometiryaga ega xaqiqiy fizik muhitlardagi (optik nurtolalar, optik rezonatorlar, fazaviy bir jinsli bo'lmagan muhitlarda sochilish va boshqalar) jarayonlarni baholashda muvafaqqiyatli qo'llanilishi mumkin.

REFERENCES

1. Н.В.Евдокимов, В.П.Комолов, П.В.Комолов "Интерференция динамеческого хаоса гамилътоновых систем: Эксперимент и возможности радиофизических приложений "УФН Том 117, №1 775 2001

2. С.С. Абдуллаев, Г.М. Заславский, ЖЭТФ 80, №2,3 524 (1981)

3. А.П.Кузнецов, С.П.Кузнецов, Н.М.Рыскин. Нелинейные Колебания. Москва Физматлит,2002.

4. Г.М.Заславский, Р.З.Сагдеев. Введение в нелинейную физику: от маятника до турбулентности и хаоса.

Б.В.Чириков. Нелинейный Резонанс

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.