Научная статья на тему 'KANALLARDAGI SUV OQIMINING OQIZIQLARNI TRANSPORT QILISH QOBILIYATI'

KANALLARDAGI SUV OQIMINING OQIZIQLARNI TRANSPORT QILISH QOBILIYATI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
30
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
loy / tub va osilgan cho‘kindi / turg‘un oqim / to‘lqin / o‘lchovsiz parametrlar. / clay / bottom and hanging sediment / stagnant flow / wave / immeasurably parameters.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Zaripova, Nilufar Otabek Qizi, Uzoqova, Madina Baxriddin Qizi, Latipov, Shahboz Alisher O‘G‘Li

Daryo oqimlari bilan birga suv omborlari, kul va dengizlarga oqib keladigan mineral va organik zarrachalar. Oqiziqlar daryo uzani, jarlik va soylarning oqar suvlar, daryo havzalaridagi jinslarning yomgʻir va erigan qor suvlarida yuvilishidan xosil boʻladi. Tabiiy sharoitlarda Oqimning katta-kichikligi togʻ daryolarida bir necha oʻnlab sm gacha borishi mumkin (shagʻal va harsanglar). Suvdagi Oqiziq miqdori uning loyqalik darajasini belgilaydi, kg/m3, g/m3, mg/l va %da o‘lchanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CAPACITY OF WATER FLOW IN CHANNELS TO TRANSPORT FLUIDS

The river currents together with water storehouses , ash and to the seas the flowing incoming mineral and organic particles . Uzani river leaks , rock and streams of flowing water, river in pools of floors rain and dissolved snow in the waters from washing fruits will be Natural in the circumstances of the flow of large and small mountains in rivers one to a dozen cm up to go possible (gravel and harsangi ). In water, everything is in order, the amount of its blurring level determines in kg/m3, g/m3, mg/l and % is measured.

Текст научной работы на тему «KANALLARDAGI SUV OQIMINING OQIZIQLARNI TRANSPORT QILISH QOBILIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

KANALLARDAGI SUV OQIMINING OQIZIQLARNI TRANSPORT QILISH

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti

Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti magistranti Uzoqova Madina Baxriddin qizi, Qarshi muhandislok-iqtisodiyot instituti talabasi

Latipov Shahboz Alisher o'g'li Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti dotsenti Email: uzoqova2023@mail.ru, shakhboz2016@mail.ru

Daryo oqimlari bilan birga suv omborlari, kul va dengizlarga oqib keladigan mineral va organik zarrachalar. Oqiziqlar daryo uzani, jarlik va soylarning oqar suvlar, daryo havzalaridagi jinslarning yomg'ir va erigan qor suvlarida yuvilishidan xosil bo'ladi. Tabiiy sharoitlarda Oqimning katta-kichikligi tog' daryolarida bir necha o'nlab sm gacha borishi mumkin (shag'al va harsanglar). Suvdagi Oqiziq miqdori uning loyqalik darajasini belgilaydi, kg/m3, g/m3, mg/l va %da o'lchanadi.

Kalit so'zlar: loy, tub va osilgan cho'kindi, turg'un oqim, to'lqin, o'lchovsiz parametrlar.

Река токи с вместе вода склады , зола и к морям текущий приходящий минерал и органический частицы . Утечки река узани , скала и потоков текущий воды , река в бассейнах полов дождь и растворенный снег в водах от стирки фрукты будет Естественный в данных обстоятельствах потока большой и маленький гора в реках один сколько дюжина см вплоть до идти возможно (гравий и харсанги). В воде Все в порядке количество его размытость уровень определяет в кг/м3, г/м3, мг/л и % измеряется.

Ключевые слова: глина , дно и висит осадок , застой течение , волна , неизмеримо параметры.

The river currents together with water storehouses , ash and to the seas the flowing incoming mineral and organic particles . Uzani river leaks , rock and streams of flowing water, river in pools of floors rain and dissolved snow in the waters from washing fruits will be Natural in the circumstances of the flow of large and small mountains in rivers one to a dozen cm up to go possible (gravel and

QOBILIYATI Zaripova Nilufar Otabek qizi,

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

harsangi ). In water, everything is in order, the amount of its blurring level determines in kg/m3, g/m3, mg/l and % is measured.

Key words: clay, bottom and hanging sediment, stagnant flow, wave, immeasurably parameters.

KIRISH

Bizga ma'lumki, oqiziqlaming harakati faqat oqimning turbulent rejimli harakatida sodir bo'ladi. Vertikal tashkil etuvchi tezliklarning bo'lishi natijasida oqim o'zi bilan tubdagi va yon tomoni qiyaliklaridagi cho'kindilarni (oqiziqlarni) oqim yo'nalishi bo'yicha olib ketadi (transport qiladi). Agar keladigan oqim tarkibida oqiziqlar bo'lmasa, yuqoridagi holat o'rinli bo'ladi. Agar keladigan oqim tarkibida oqiziqlar miqdori ko'p bo'lsa, unda buning aksi , ya'ni oqiziqlarning cho'kishi sodir bo'ladi. Bu ikki holatlarda ham o'zanning shakllanishi sodir bo'ladi. Birinchi holatda o'zannning chuqurlashishi va kengayishi, ikkinchi holatda esa kanal tubi va yon tomoni qiyaliklarining ko'tarilishi kuzatiladi. Bu ikki holatda ham jaryon toki o'zan o'lchamlari oqimning tezlik va oqiziq rejimlariga mos tushmaguncha davom etadi. Boshqacha qilib aytganda oqim tezligi tub ostidagi materialni harakatga keltirmaydigan holatga va shuningdek bir tekisda oqim chuqurligi bo'yicha oqiziqlarni transport qilish imkoniyatiga ega bo'lmaguncha sodir bo'ladi. Bu holat oqimning transport qilish imkoniyatiga mos bo'ladi. [8]

1.1-jadval

Muallif Formula

K.I.Rossinskiy va I.A.Kuzmin 3 0,024 ° Rw0 0,024 0,24

S.X.Abalyans 3 0,018 ° Ra0 0,018 0,18

A.G.Xachatryan o3 0,01 . . r2 /3®0 o213 0,69 0 m ( R^0)1/3 0,01/ R1/3 o1/2 0,69 0 ... ( R®0)2/3 0,215 1,483

K.M.Yablokov 3 0,028R1/3 0,13

P.V.Mixyev (0,047 - 0,015H / R) x o3 x r4IX (0,047 - 0,015H/R) R1/3 1,18

G.O.Xorst 3 0,025 0 R1/3®0 0,025/ R2/3 0,16

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

A.N.Gostunskiy 3 0,051-^ R a0 0,51R1/2 0,161

V.V.Poslavskiy 3 0,009 ° R a0 0,009/ R2/3 0,417

G.S.Chekulayev u3/2 0,141 o ._ o3/2 0,141 0 ._ ' R5,64ä 0,96

Ye.A.Zamarin < o5'2 0,275 o ... R aa o5'2 0,00055 o ... R al o12 0,275 o ... R a0 o12 0,00055 o ... R a0 1,872 0,004

I.I.Levi 4 0,00312 ° Ra0 0,00312 ( Ra0)1/3 o 0,67

S.A.Shirshkan 7000 o2 C2 a0 7000 o C2 R -

Shunday qilib, o'zan shakllanishi jarayoni qaraladigan oqimning transport qilish imkoniyatiga mos keladigan oqiziqlar miqdoriga yetsagina tugallanadi. Tabiiy gruntlarda kanallarni loyihalashda u yoki bu usullar yordamida ularning ko'ndalang kesim yuzalarinining mustahkam o'lchamlarini yuvilmaslik va oqiziqlar cho'kmaslik shartlaridan aniqlanish kerak bo'ladi. Bundan kelib chiqadiki, kanalga suv olishda vertikal bo'yicha oqiziqlar miqdori shunday bo'lish kerakki, ular yuvilmaslik va cho'kindi cho'kmaslik tezliklariga mos bo'lishlari lozim. Buning uchun oqimning transport qilish kattaligini oldindan bilish zarur.[7]

Bu savolni o'rganish bo'yicha Ye.A.Zamarin, S.X.Abalyans, A.N.Gostunskiy,

A.G.Xachatryan, V.V.Poslavskiy, I.I.Levi, s.Ye.Mirsxuluva, A.M.Latshenkov,

B.I.Studenichnikov, Va X.Ashidalar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlar olib borilgan.[9] Oqimning transport qilish imkoniyatini aniqlashga doir formulalarning

ko'pchiligini quyidagicha qulay ko'rinishga keltirish mumkin:

e

= HV /1 u

Pmp na k (1.1)

gR

Bu formulani A.S.Obrazovskiy quyidagi formulaga ega bo'ldi:

f V/3 a

Pmp

Xuddi shuningdek, S.X.Abaltyans ham

v T y

gß Rao

(1.2)

Pmp = fy^ "TT (1.3)

p 2gß Ra0

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(6), June, 2023

Ko'rinadiki, (1.2) va (1.3) formulalar bir-biridan faqat o3/(Kc0) ko'paytma bilan farqlanadi.

Bu ko'paytmalarning son qiymati S.X.Abalyans tadqiqot ma'lumotlariga ko'ra 0,018 ga teng bo'ladi. Shuning uchun (1.2) va (1.3) tenglamalar quyidagi ko'rinishga ega bo'ladilar: [6]

pmp = 0,018v3 /(H0) (1.4)

K.I.Rossinskiy M.A.Velikanovning o/(HoVc0 )0,33 nisbatini asos qilib olib, o'zan shakllanish fraksiyalarini (d > 0,05mm) transport qilish uchun uyidagi formulani hosil qildi:

Pmp = 0,024v'/(Hcp^) (1.5)

(1.1) formulani (1.2) va (1.5) formulalar bilan taqqoslashdan keyin

PmP = 1^/ Ha, (1.6)

formulaga ega bo'lamiz = 1,0135...0,024) . 77 ning kichik qiymatlari oqiziqlarning mayda fraksiyalariga (d < 0,05mm) , yuqori qiymatlari esa yirik fraksiyalariga (d > 0,05 mm) tegishli bo'ladi. Demak, (1.1) formula boshqa keltirilgan formulalarga nisbatan 77 koefitsientning o'zgarmas qiymati bilan ustunlikka ega. 1.3-jadvalning oxirgi grafasidagi pmp ^/m3 , 0 = 1m / sek, R = 10m va c0 0,01 m / sek

qiymatlarda hisoblangan va ular keng oraliqda (0,04...1.87 kg/M3) joylashadi. Bundan bu formulalarni o'zlarining tajriba o'tkazgan sharoitlari uchun foydalanish mumkin. [4]

B.K.Balakaev ilmiy ishida Qoraqum kanalining ekspluatatsiyasi bo'yicha tadqiqotlarini va oqimning transport qilish imkoniyatlari to'g'risidagi ilmiy tadqiqot ishlarini umumlashtirdi.[5] U tomonidan oqimning transport qilish imkoniyati quyidagi tajriba ma'lumotlari bo'yicha hisoblandi: Q = 100m3/sek, 9 = 0,95m./ sek Ha,r = 2,3 m b = 40m, I = 0,00012, c = 105m2, R = 2m, C = 50,7v / c0'5, n = 0,0225, <c0 = 0,48mm / c, yCM = 2,65m / m3 , y = 1m / m3, pmp= 2,585кг / m3

Uning qiymatlari Yu.A.Ibad-zade formulasi (+7%), I.F.Karasev formulasi (7,2%) va B.K.Balakaevlar formulalari (2,3%) bilan hisoblangan qiymatlar bilan taqqoslanganda qoniqarli natijalarni beradi. Aytib o'tish kerakki, B.K.Balakaev formulasini hosil qilish uchun I.F.Karasevning quyidagi ko'rinishdagi formulasidan foydalangan:[1]

0,000yC2

PmP -X/n -7CC I A C ^ (1.7)

P g2 H (y, - y)(0,755oy g + 0,5c0 C)

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Б =

p _ф0С + 0,7 Vg

P

Д

12©nC

V

f 12œfi \

1 _ g Ш0С+0,7 Jg

J

Г = 1,08_0,581

s = 1,0 _ 0,18

a>riC

v

fg

bu yerda vc - s.Ye.Mirsxuluva formulasi bo'yicha aniqlanadigan uzilish tezligi. B.K.Balakaev ikkita cheklanishlarga boradi: Qorakum kanali sharoitidagi mayda qumli gruntlar uchun 0,5^0С ifodani hisobga olmaydi, ya'ni s = 1 deb oladi; Qoraqum kanalining mayda fraksiyali oqiziqlarining B qiymatlarini nisbatan mustahkam va 0,84 ga teng deb oladi. Bu cheklanishlardan so'ng I.F.Karasev formulasini quyidagi ko'rinishga keltiradi: [10]

p. = 0,0053 yCv

н< Г (1-8)

Н (у см _ у)

2.2-jadvalga muvofiq (1.8) formula tajriba ma'lumotlaridan juda kam farqlangani uchun uni Qoraqum kanalili sharoitlarida oqimning transport qilish imkoniyatini hisoblashga tavsiya etadi- Bu formula yuzasidan quyidagini belgilab olamiz, ya'ni Б = 0,84 va ю0С (s = 1 ) bo'lganda (1.7) formulaga muvofiq koeffitsient qiymati 0,0056 ga emas, balki 1,74x10-6 qiymatga ega bo'linadi.[2]

1.2-jadval

2

Muallif Formula

V-V-Poslavskiy 3 0,009-^ Rma0 4,143 +60

G.S.Chekulaev v3'1 0,141 v ._ 3,075 +19

G.O.Xorst 3 0,025 V 11,52 +340

A.N.Gostunskiy 3 0,051-^ R 10,5 +306

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

S.X.Abalbyans 3 0,018 V R0O 5,491 +112,5

A.G.Xachatryan v32 0,69 V w ( R«c)1/2 4,354 +68,3

Ye.A.Zamarin 11V R0 V 4,354 +68,3

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

A.V.Karaushev pa r Q 2 P0 = SmM = r • 0,00057N—r H 4,802 +85,5

I.F.Karasev 0,00015rc2u14g Cr„ 2,39

g2Hr _r)(0,755u^g + 0,5^) "r" _7,2

B.K.Balakaev 2 0,0053 r U r H (/cm _r) 2,645 +2,3

Yu.A.Ibad-zade 0,029[V13 +®0 _3,6^-U— gn ®0 2,76 +7

S.G.Azizov tomonidan yuqorida keltirilgan tajriba ma'lumotlaridan foydalanilib, I.F.Karasev va B.K.Balakaevlarning formulalari bo'yicha pmp qiymatlari hisoblangan.

Bu ikki formulani qarab chiqamiz.[3]

Avval (1.7) formulaga kiradigan parametrlarni aniqlaymiz:

E_ 0,00048 • 50,7 + 0,7 • 0,9^^9,81 = 12 • 0,00048 • 50,7

f 120,0004850,7

= 0,951;

\ _ ^0,00048 50,7+0,7 0,9^9,81

s =,_ 1,08 0,00048•50,7 .,

0,95 • 3,13

uc ni aniqlash uchun s.Ye.Mirsxuluva formulasidan foydalanamiz:

, 8,8H

U = Xg~T d

au

2gm1 (1.9)

/m2 \_(ycm _r)d +a2pp yk]

bu yerda m -kanalning ishlash sharoitiga bog'liq bo'lgan koeffitsient (qaraladigan misol uchun m = 1,3 ); m2 - yuklash koeffitsienti, 4ga teng; a va a2 -o'lchovsiz koeffitsientlar (a = 0,44;a = 2) ; Ppy = 175/(1010 a) -uzilishdagi normal

toliqish mustahkamligi, t/m3; k- qiymati 0,3...0,6 ga teng bo'lgan bir jinsli bo'lmagan koeffitsient (o'rtacha 0,45ga teng); d = (0,1 + 0,05 + 0,001)/3 = 53 • 10 6 m . Son qiymatlarni (1.9)ga qo'yib,

u = lg8,8 • 2,LP •9814,3 r (2,65 _ 1)53 ^10_6 + 2 • 33 -105 • 0,45]= 0,41m/c c 53• 10"6V 0,44• 1,4 L J

Keyin esa quyidagini topamiz:

7 = 1,08 _ 0,58(u / U)2 = 1 _ 1,08(0,41/ 0,95)2 0,97

Endi son qiymatlarni (1.8)ga qo'yamiz:

0,00015 2570,49 • 0,857 • 3,11-0,97-1-0,95 ^^^ , 3

p =-■==-= 0,00115«?/m

P 96,24 • 2,3 • 1,65(0,755 • 0,95^9,81 + 0,5 • 0,00048 • 50,7)

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(6), June, 2023

1.50 72.о 952

p = 0,0053-^-^-0,97.1 = 3,146кг / м3

Pmp 2,3.1,65 , ,

Shunday qilib, tajriba ma'lumotlarining pmp = 2,585 кг / м3 qiymatida oqimning

transport qilish imkoniyati I.F.Karasev bo'yicha 0,00115 kg/m3ni, B.K.Balakayev formulasi bo'yicha esa 3, 146 kg/м3 ni tashkil etadi.

XULOSA

Kanallarning suv o'tkazish qobiliyatiga uning o'zani bo'yicha sodir bo'ladigan deformatsiyalar salbiy ta'sir etadi, ya'ni kanal tub osti va yon tomoni qiyaliklarining yuvilishi yoki ularda oqiziqlarning cho'kishi hodisasi sodir bo'ladi. Katta yer kanallarida o'zan shakllanishi jarayoni qaraladigan oqimning transport qilish imkoniyatiga mos keladigan oqiziqlar miqdoriga yetsagina tugallanadi. Oqimning oqiziqlarni transport qilish bo'yicha bir qator mualliflar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan bo'lib, ularning natijalari bir-biri bilan taqqoslanganda har xil natijalarni beradi. Buning sababi, ular tomonidan taklif etilgan bog'lanishlar o'tkazilgan tadqiqotlar sharoitiga to'g'ri keladi

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Bagnold R.A. The nature or salutation and or "dob-Load" transport in water. -Proc. Roy. Soc., L., 1973, A 332, 1591. p. 473-504.

2. Ackers P., Ehite W.R. Sediment transport new approach and analysis. Pros ASCE, Now. 1973, 99 (HY11-), p. 2041-2050.

3. Jonsson I.G., Skovgeard O., Jacobsen T.S. Computation of longchore currents, Proc, Const. Eng. Cong., 1974, pp. 699...714.

4. Swart D.H. Coastal sediment transport computation of longshore transport, Delft Hydraulics Laboratory, Report p 968, part 1, 1976.

5. Эшев С.С., Рахимов А.Р., Гайимназаров И.Х. Влиянии волновых потоков на деформаций русел каналов: Монография. - Т.: Издательство «Voris nashriyot», 2021, 189 с.

6. Кантаржи И.Г. а др. Гидравлика ветровых волн в каналах /паод редакцией проф.Е.И.Масса /Изд. ТГУ. - Тбилиси. 1984.-177 с.

7. Eshev, S., Rakhimov, A., Gayimnazarov, I., Isakov, A., Shodiev, B., & Bobomurodov, F. (2021). Dynamically stable sections of large soil canals taking into account wind waves. In IOP Conference Series: Materials Science and Engineering (Vol. 1030, No. 1, p. 012134). IOP Publishing.

8. Eshev, S., Gaimnazarov, I., Latipov, S., Mamatov, N., Sobirov, F., & Rayimova, I. (2021). The beginning of the movement of bottom sediments in an unsteady flow. In

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

E3S Web of Conferences (Vol. 263, p. 02042). EDP Sciences. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202126302042.

9. Eshev, S. S., G'ayimnazarov, I., & Sh, L. (2019). The Calculation of the Parameter of Friction in Border Layer Not Fixed Flow. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology, 6(1), 7796-7800.

10. Eshev, S., Khazratov, A., Rahimov, A., & Latipov, S. (2020). Influence of wind waves on the flow in flowing reservoirs. IIUM Engineering Journal, 21(2), 125-132.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.