Научная статья на тему 'KANAL LAQQASI (ICTALURUS PUNCTATUS RAFINESQUE,1818) BALIG‘INING AKVAKULTURADAGI AHAMIYATI'

KANAL LAQQASI (ICTALURUS PUNCTATUS RAFINESQUE,1818) BALIG‘INING AKVAKULTURADAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kanal laqqasi / intensiv texnologiya / iqlimlashtirish / Shimoliy Amerika / bioekologik xususiyat.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Аyasov Xushnid G‘Aybullayevich, Dexqonova Diloraxon Rasuljon Qizi, Yaxshibekov G‘Olib Ravshan O‘G‘Li, Aliyorov Panji Xudayberdiyevich

Maqolada Kanal laqqasi (Ictalurus punctatus Rafinesque,1818) balig‘ining biologik, ekologik xususiyatlari, tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati, baliqchilik sohasida tutgan o‘rni, yetishtirish, olib borilgan turli ilmiy tadqiqot ishlari, o‘rganilish tarixi va ularning taxlili shuningdek, yurtimizda kanal laqqasini intensiv tehnologiyalar yordamida yetishtirish afzalliklari haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KANAL LAQQASI (ICTALURUS PUNCTATUS RAFINESQUE,1818) BALIG‘INING AKVAKULTURADAGI AHAMIYATI»

UO'K: 597: 639.3(575.1)

KANAL LAQQASI (ICTALURUS PUNCTATUS RAFINESQUE,1818) BALIG'INING AKVAKULTURADAGI

AHAMIYATI

1Ayasov Xushnid G'aybullayevich, 2Dexqonova Diloraxon Rasuljon qizi, 3Yaxshibekov G'olib Ravshan o'g'li, 4Aliyorov Panji Xudayberdiyevich

1Toshdau, assistent 2Toshdau katta o'qituvchisi b.f.f.d., (PhD) 3Toshdau, assistent 4Toshdau, tayanch doktorant https://doi.org/10.5281/zenodo.11437935

Annotatsiya. Maqolada Kanal laqqasi (Ictalurus punctatus Rafinesque,1818) balig'ining biologik, ekologik xususiyatlari, tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati, baliqchilik sohasida tutgan o'rni, yetishtirish, olib borilgan turli ilmiy tadqiqot ishlari, o'rganilish tarixi va ularning taxlili shuningdek, yurtimizda kanal laqqasini intensiv tehnologiyalar yordamida yetishtirish afzalliklari haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: kanal laqqasi, intensiv texnologiya, iqlimlashtirish, Shimoliy Amerika, bioekologik xususiyat.

Аннотация. В статье рассмотрены биологическая и экологическая характеристика каналного сома (Ictalurus punctatus Rafinesque, 1818), его значение в природе и в жизни человека, его роль в области рыболовства, разведения, различных научных исследований, история исследований и их анализ, а также в нашей стране приведены сведения о преимуществах выращивания канального сома по интенсивным технологиям.

Ключевые слова: канальный сомик, интенсивные технологии, акклиматизация, Северная Америка, биоэкологическая особенность.

Abstract. In the article, the biological and ecological characteristics of the Channel catfish (Ictalurus punctatus Rafinesque, 1818), its importance in nature and in human life, its role in the field of fisheries, cultivation, various scientific researches, the history of research and their analysis, as well as in our country information about the advantages of cultivating channel catfish using intensive technologies is given.

Key words: cahannelcatfish, intensive technology, acclimatization, North America, bioecologicalfeature.

Insoniyat qadimdan baliq ovlash mashg'ulotlari bilan shug'ullanib kelgan bo'lib bu faoliyat bugungi kunga kelib ilmiy tadqiqotlarning rivojlanishi natijasida ko'plab baliq turlarining kashf etilishiga hamda ularning biologik xususiyatlarining o'rganilishiga sabab bo'ldi.

Respublikada baliqchilik tarmog'ini jadal rivojlantirish, baliq mahsulotlari ishlab chiqarishning zamonaviy va innovatsion uslublarini j oriy etgan holda baliq yetishtirish hajmlarini oshirish, sohani tartibga solish bo'yicha bir qator qonun hujjatlari qabul qilinmoqda. Shuningdek, baliqchilik ilmiy faoliyatni takomillashtirish borasida ham bir qator ishlar olib borilmoqda, ko'plab baliq turlari iqlimlashtirilmoqda hamda xorijiy tajribalarni yurtimiz sharoitiga tadbiq etgan holda intensiv usulda baliq turlarini yetishtirish borasida ko'plab ilmiy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, aholini to'laqonli oziq ovqat maxsulotlari, baliq va baliq maxsulotlariga bo'lgan extiyojini ta'minlashda qimmatli, istiqbolli baliq turlarining biologik, ekologik xususiyatlarini

o'rgangan holda intensiy usulda yetishtirish ishlarini olib borish bugungi kunning muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Istiqbolli turlardan biri bo'lgan kanal laqqasi respublikami z uchun yangi iqlimlashtirilayotgan qimmatbaho baliq turidir. Ushbu baliq turini intensiv texnologiyalarda yetishtirish hajmini oshirishda unga ta'sir etuvchi muxit omillari birinchi navbatda turadi. Shu sababli kanal baliqlarining tabiatda tarqalishi hamda bir qator xususiyatlarini hisobga olgan holda horijiy texnologiyalarni taxlil qilish ilmiy axamiyatga ega.

Kanal baliqlari Ictaluridae oilasining a'zosi bo'lib, Shimoliy Amerika baliqlaridir va Qo'shma Shtatlardagi deyarli barcha tijorat oziq-ovqat baliqlarini tashkil qiladi (1-rasm).

Kanal baliqlarining vatani Shimoliy Amerikaning markaziy qismida, Rokki va Appalachi tog'lari orasidagi, shimoliy Meksika ko'rfazidan Gudzon ko'rfazi drenajigacha. Ular mashhur sport baliqlari bo'lib, Shimoliy Amerikada keng tarqalgan.

Kanal baliqlari tiniq, tez oqadigan soylardan tortib, sekin daryolar, ko'llar va hovuzlargacha bo'lgan turli xil joylarda uchraydi. Tabiatda kanal baliqlari odatda och qolganda atrofdagi deyarli hamma narsani istemol qilishi mumkin. Yosh baliqlar, birinchi navbatda, suv detriti, suv hasharotlari va zooplankton bilan oziqlanadi; kattalar asosan suv hasharotlari, chuchuk suv qisqichbaqalari va mayda baliqlar bilan oziqlanadi [5].

Kanal laqqa baliqlari Amerika Qo'shma Shtatlarida tijorat maqsadida o'stiriladigan eng muhim suv hayvonlaridan biri bo'lib, 2006 yildan 2014 yilgacha Milliy Baliqchilik Instituti (NFI) tomonidan Amerika Qo'shma Shtatlarida eng ko'p iste'mol qilinadigan dengiz mahsulotlarining 10 taligiga kirdi (NFI, 2014). Qo'shma Shtatlarda yillik baliq ishlab chiqarish 2003 yilda 300 million kg qayta ishlangan kanal laqqa balig'i ishlab chiqarishning eng yuqori cho'qqisiga chiqdi, 2011 yilda 138 million kg va 2013 yilda 150 million kg ga kamaydi, bu 2003 yildagi eng yuqori cho'qqidan 50% ga kamaydi. Baliq ishlab chiqarishning asosiy qismi Missisipi, Alabama, Arkanzas va Texas shtatlarida to'g'ri keladi [1].

Amerika Qo'shma Shtatlardagi kanal baliqlarini yetishtirish tarixi butun dunyo bo'ylab hovuzlarga asoslangan akvakultura sanoatini rivojlantirish uchun namuna bo'lib xizmat qiladi. Kanal baliqlarini etishtirish Qo'shma Shtatlardagi eng yirik va iqtisodiy jihatdan eng muhim akvakultura sanoatidir. 2003 yilda 300 000 tonnadan ortiq kanal baliqlari qayta ishlandi, bu Qo'shma Shtatlardagi suv mahsulotlari yetishtirishning yarmini tashkil qiladi. Fermer xo'jaligida yetishtiriladigan laqqa baliqlarga talab kuchli bo'lib, 2002 va 2003 yillarda rekord darajada qayta ishlangan [3].

Kanal laqqasi Qo'shma Shtatlarda bir necha o'n yillar davomida muhim tijorat, akvakultura va sport baliqlari bo'lib kelgan. Bullheads 1800-yillarning oxiri yoki 1900-yillarning boshlarida sport usulida baliq ovlash uchun qo'llash keng miqyosda yetishtirilgan. Ictalurus punctatus kanal laqqa baliqlarining birinchi marta sun'iy urug'lanishi 1892 yilda ma'lum qilingan. Prattdagi Kanzas shtat baliqchilik zavodi 1910 yildayoq kanal baliqlarini ko'paytirishni boshlagan. Shuningdek, kanal laqqasi baliqlaridan foydalanib, Vern Krehbiel 1930-yillarda Kanzasda birinchi kichik baliq xo'jaligini tashkil etgan. Kanzasda 1940-yillarda ikkinchi baliq xo'jaligi va o'sha o'n yil ichida Arkanzas va Missisipida birinchi yirik baliq xo'jaliklari tashkil etildi. 1950 -yillarda Gomer Swingl baliq yetishtirish uchun kanal baliqlari orasida eng yaxshisi Ictalurus punctatus ekanligini aniqladi va nisbatan yuqori ishlab chiqarishga erishish mumkinligini ko'rsatdi. 1960 -yillarning boshlarida Alabama shtatida birinchi baliq xo'jaliklari tashkil etilgan, keyin esa birinchi baliqni qayta ishlash zavodlari tashkil etilgan. 1970-yillarning boshlariga kelib, baliq yetishtirish

yiliga 0,5-3 million kg ishlab chiqarilgan va 1970-yillarning oxiriga kelib, ishlab chiqarish 35 million kg gacha ko'tarilgan [2].

Kanal laqqasi Ictalurus punctatus balig'i Shimoliy Amerika ixtiofaunasi vakili va O'zbekistonda ko'paytirish maqsadida Toshkent viloyati baliqchilik xo'jaliklariga olib kelingan. Va u erdan Sirdaryoning o'rta oqimiga o'tgan, 1980-yillarning oxiridan boshlab, ilmiy- tadqiqot ovlarida sanoqli ravishda uchraydi.

Uzunligi 60-70 sm, og'irligi 7 kg ga etadigan yirik baliq. Vatanida ko'llarda tubi qumlik, toshloq katta daryolarni afzal ko'radi. Ko'payish uchun daryolar irmog'iga kiradi.

Hayotining 2-3 yili jinsiy voyaga etadi. Urchishi iyul oyida suv harorati 22-26°C etganda sodir bo'ladi. Baliq xo'jaliklarida sun'iy holatda gormon ta'sirida ko'paytiriladi. Tabiiy holda urchishi aniqlanmagan. Serpushliligi yuqori emas 10 ming donagacha. Oziqlanish xarakteriga ko'ra polifag, ya'ni xasharotlar, baliqlar, suv tubi organizmlari va o'simlik mahsulotlari bilan oziqlanadi. Baliqchilik xo'jaliklarida omuxta em bilan oziqlantiriladi. O'zbekiston baliq xo'jaliklarida ko'paytirish uchun qimmatboho ob'ekt hisoblanadi [4].

Kanal baliqlari xususan Ictalurus punktatus bioekologik xususiyatlarini shuningdek, qishloq xo'jaligi, baliqchilik sanoatidagi ahamiyatidan kelib chiqib xorijiy tajribalarga asoslanib va intensiv texnologiyalardan foydalangan holda tijorat akvakulturasi uchun qimmatli baliq sifatida foydalanish mumkin. Kanal baliqlari nisbatan atrof-muhitning keng doirasiga mostlashib yashab keta oladishi hamda ular barcha keng tarqalgan akvakultura ishlab chiqarish tizimlariga yaxshi moslashih xususiyatlaridan kelib chiqib - hovuzlar, qafaslar va yopiq aylanma suv ta'minoti tizimlarida yetishtiriluvchi qimmathabo ob'ekt deb aytish mumkin. Hamda xorijning ilg'or tajribalarini mamlakatimiz sharoitiga tatbiq etgan holda qafas moslamalarida yetishtirish yaxshi samara berishi tavsiya etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Nermeen Y. Abass, Ahmad S. Alsaqufi, Nonkonzo Makubu, Ahmad H. Elasvad,Chji Ye, Baofeng Su va, Zhenkui Qin, Xanbo Li, Reks A. Dunham Genotype-environment interactions for growth and survival of channel catfish (Ictalurus punctatus), blue catfish (Ictalurus furcatus), and channel catfish, I. punctatus, $ x blue catfish, I. furcatus, S hybrid fry at varying levels of sodium chloride, Elsevier Science 2017, Pages 28-36

2. Rex A. Dunham and Ahmed Elaswad Catfish Biology and Farming Annu. Rev. Anim. Biosci. 2018. 6:305-25

3. Tucker C.S., Hargreaves J.A. Biology and Culture of Channel Catfish Elsevier Science 2004 19 p.

1-rasm. Kanal laqqasi - ictalurus punctatus

4. Yuldashov M.A., Salixov T.V., Kamilov B.G. O'zbekiston baliqlari. Monografiya, GOLD PRINT NASHR - Toshkent. 2018.- 154b.

5. http://extension.msstate.edu/content/biology-catfish.

6. www.wikipedia.org.

ANJUMAN ISHTIROKCHISI ANKETASI

Anjuman ishtirokchilarini ro'yxatga olish kartochkasi

Familiyasi, ismi va otasining ismi (to'liq) Ayasov Xushnid G'aybullaevich

Lavozimi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni Tayanch doktorant

Ish /o'qish joyi (muassasani to'liq nomi qisqartirishlarsiz), shaxar Toshkent davlat agrar universiteti

Maqola mavzusi Kanal laqqasi (Ictalurus punctatus Rafinesque,l8l8) balig'ining akvakulturadagi ahamiyati

Shu'ba tartib raqami 3

Muallifning E-maili xushnid.avasov@mail.ru

Muallifning telefon raqami 99 149 36 90

Anjuman ishtirokchilarini ro'yxatga olish kartochkasi

Familiyasi, ismi va otasining ismi (to'liq) Dexqonova Diloraxon Rasuljon qizi

Lavozimi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni katta o'qituvchi, b.f.f.d. (PhD)

Ish /o'qish joyi (muassasani to'liq nomi qisqartirishlarsiz), shahar Toshkent davlat agrar universiteti

Maqola mavzusi Kanal laqqasi (Ictalurus punctatus Rafinesque,1818) balig'ining akvakulturadagi ahamiyati

Shu'ba tartib raqami 3

Muallifning E-maili dilora.dehqonova@mail.ru

Muallifning telefon raqami 91-143-92-59

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.