Научная статья на тему 'KАNАKUNJUT VА UNING FOYDАLI XUSUSIYATLАRI'

KАNАKUNJUT VА UNING FOYDАLI XUSUSIYATLАRI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
1585
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Yosh mutaxassislar
Область наук
Ключевые слова
Kanakunjut / moyli ekin / dorivor / manzarali o‘simlik / sutlamadoshlar oilasi / yod soni / agrotexnika. / Sesame / oilseed / medicinal / decorative plant / family of milkweed / iodine number / agrotechnics.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Xalikov Baxodir Meylikovich, Ergashev Bunyod Dilmurodovich, Po‘Latov Sarvar Mustafoyevich

Kanakunjut qadimdan maʼlum bo‘lgan o‘simlikdir. Maʼlumotlarga ko‘ra kanakunjut Sharqiy Аfrikadan kelib chiqqan deb topilgan. Hozir ham Аbissoniyada va Eritriyada yovvoyi holda o‘suvchi kanakunjut ko‘p uchraydi. Har xil tuproq-iqlim sharoitida tarqalganligi tufayli kanakunjutning xilma-xil shakllari vujudga kelgan. Ilmiy izlanishlar natijasida kanakunjutni O‘zbekistonda ham yetishtirish imkoniyatlari mavjudligi isbotlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

KANAKUJUT AND ITS USEFUL PROPERTIES

Sesame seed is a plant that has been known since ancient times. According to the information, sesame originated from East Africa. Even now, in Abyssonia and Eritrea, sesame seeds are found growing wild. Due to its distribution in different soil and climate conditions, various forms of sesame have appeared. As a result of scientific research, it has been proven that there are opportunities to grow sesame seeds in Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «KАNАKUNJUT VА UNING FOYDАLI XUSUSIYATLАRI»

K�N�KUNJUT V� UNING FOYD�LI XUSUSIYATL�RI

Xalikov Baxodir Meylikovich1 � q.x.f.d., professor,

e-mail: xolikovbahodirm1968@gmail.com

Ergashev Bunyod Dilmurodovich2 � tayanch doktorant,

e-mail: bunyodergashev79@gmail.com

Po�latov Sarvar Mustafoyevich2 � katta o�qituvchi.

e-mail: m-biologiya@mail.ru

1Paxta seleksiyasi urug�chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalar

ilmiy-tadqiqot instituti.

2Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7978998

Qabul qilindi: 28.05.2023

Crossref DOI: 10.24412/cl-37059-2023-05-228-233

���: 632.08

�nnotatsiya: Kanakunjut qadimdan ma?lum bo�lgan o�simlikdir. Ma?lumotlarga ko�ra kanakunjut Sharqiy �frikadan kelib chiqqan deb topilgan. Hozir ham �bissoniyada va Eritriyada yovvoyi holda o�suvchi kanakunjut ko�p uchraydi. Har xil tuproq-iqlim sharoitida tarqalganligi tufayli kanakunjutning xilma-xil shakllari vujudga kelgan. Ilmiy izlanishlar natijasida kanakunjutni O�zbekistonda ham yetishtirish imkoniyatlari mavjudligi isbotlangan.

Kalit so�zlar: Kanakunjut, moyli ekin, dorivor, manzarali o�simlik, sutlamadoshlar oilasi, yod soni, agrotexnika.

KANAKUJUT AND ITS USEFUL PROPERTIES

Abstract: Sesame seed is a plant that has been known since ancient times. According to the information, sesame originated from East Africa. Even now, in Abyssonia and Eritrea, sesame seeds are found growing wild. Due to its distribution in different soil and climate conditions, various forms of sesame have appeared. As a result of scientific research, it has been proven that there are opportunities to grow sesame seeds in Uzbekistan.

Keywords: Sesame, oilseed, medicinal, decorative plant, family of milkweed, iodine number, agrotechnics.

KIRISH.

O�simlik moyi olish uchun ekib yetishtiriladigan, urug�ida va mevasida ko�p miqdorda o�simlik moyi to�playdigan ekinlar � moyli ekinlar deb ataladi. Moyli ekinlarning urug�i va mevasi tarkibida 20-60 % moy bo�lib, oziq-ovqatda, konserva ishlab chiqarishda, qandolat va non mahsulotlari tayyorlashda qo�llaniladi. Bundan tashqari, o�simlik moyi margarin, sovun, lak, bo�yoq, alif, stearin, linoleum ishlab chiqarishda, tabobatda, parfyumeriyada, teriga ishlov berishda qo�llaniladi.

Yer yuzida moyli ekinlar ko�p tarqalgan, ekin maydoni 140 mln ga.dan ortiqdir. Eng ko�p tarqalgan ekinlar � soya (111,3 mln. ga), kungaboqar (20,6 mln. ga), maxsar (7,82 mln. ga), yeryong�oq (23,7 mln. ga), moyli zig�ir (7,5 mln. ga), kunjut (9,4 mln. ga). Moyli ekinlar �QSh, Kanada, Hindiston, Braziliya, �rgentina, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Moldova, Ukrainada tarqalgan.

ASOSIY QISM.

Moyli ekinlar turli botanik oilalarga mansub, ular � karamdoshlar, dukkakdoshlar, sutlamaguldoshlar va boshqalardir. O�simlik moyi � glitserinning moy kislotalari bilan birikishidan vujudga keladigan murakkab efirlardir. Yog� tarkibiga uglerod (75-79 %), vodorod (11-13 %) va kislorod (10-12 %) kiradi. Oqsil va uglevodga nisbatan moyning quvvati ikki - uch barobar ortiqdir. 100 g moy qancha yodni qabul qilsa, shunga qarab yod soni aniqlanadi. Yod soni ko�p bo�lgan moy tez quriydi. Shunga qarab o�simlik moyi 3 guruhga bo�linadi:

- quriydigan moy (perilla, lyalemantsiya, rijik, zig�ir moyi) � yod soni 130 dan ortiq bo�ladi;

- yarim quriydigan moy � yod soni 85-130 bo�lib, bu oziq-ovqatda ishlatiladigan moy (kungaboqar, kunjut, soya, raps, xantal, maxsar);

- qurimaydigan moy (yeryong�oq va kanakunjut moyi) � yod soni 85 dan kam bo�ladi [11].

Kanakunjut � sutlamadoshlar oilasiga mansub ko�p yillik o�simlik, asosan, moy olish uchun ekiladigan ekin. Kanakunjutning 3 turi uchraydi: mayda urug�li kanakunjut, yirik urug�li kanakunjut, zanzibar kanakunjuti. Misrda bundan to�rt ming yil avval ekilganligi ma?lum. Vatani � Shimoliy-Sharqiy �frika. Jahondagi ko�pgina mamlakatlar dehqonchiligida ikki, uch yillik yoki bir yillik ekin tarzida o�stiriladi. O�zbekistonning sug�oriladigan mintaqalarida bir yillik ekin. Kanakunjut ekilgan maydonlar jahon bo�yicha 1500 ming gektarga yaqin, o�rtacha hosildorlik 11,0 s/ga.ni tashkil qiladi. O�zbekistonning sug�oriladigan yerlarida hosildorligi 20-25 s/ga.

Kanakunjutning o�q ildizi tuproqqa 2-4 m.gacha kirib boradi. Poyasi o�tsimon, ichi kovak, tik o�sadi. Balandligi o�z vatanida (tropik mintaqalarda) 6-10 m.gacha, O�zbekistonda 2-3 m. Poyasi shoxlanadi. Rangli barglari yirik, qalqonsimon, uzun bandli (25-60 sm), bo�laklarga bo�lingan. Guli mayda, yashil, gulto�plami shingil, shakli ponasimon, 5 ta gultojibargdan iborat. Gul to�plami uchki qismida urg�ochi gullari, pasti. Mevasi � uch uyali ko�sakcha. �yrim poyalarda ko�sakchalar yetilganda chatnaydi. Pastki qismida erkak gullari joylashadi. To�pguli uzun 10-30 sm, ba?zan 70 sm.ga boradi. Urug�i � tuxumsimon, yirik, 1000 ta urug�i vazni 200-300 g, tarkibida 40-57 % moy mavjud. Kanakunjut issiqsevar, yorug�sevar, namsevar o�simlik, unumdor yerlarda yaxshi o�sadi. O�sish davri 120-150 kun. Moyi qurimaydigan (yodlar soni 82-86) guruxiga kiradi. (-100� dan -180� da qotadi), tibbiyotda (K. moyi-kastorka), parfumeriyada, lak-bo�yoq sanoatida, sovun tayyorlashda, teri va to�qimachilik sanoatlarida ishlatiladi. Kunjarasi zaharli (ritsinin alkaloidi bor), o�g�it hamda yelim ishlab chiqarishda ishlatiladi. Kanakunjut kuzgi don, dukkakli don, makkajo�xori ekinlaridan bo�shagan yerlarga ekiladi [1].

Kanakunjutning poyasi shoxlangan bo�lib, bargi yirik, tuksiz, 5-11 barmoqsimon bo�lakli, barg plastinkasining markaziga o�rnashgan uzun bandi bilan poyada ketma-ket joylashgan bo�ladi. Barg bo�lakchalari chuziq tuxumsimon, cheti tishsimon qirrali. Gullari shingilga to�plangan. Guli ko�rimsiz, bir jinsli, gulqo�rg�oni oddiy, onalik gullari shingilning yuqori qismiga, otalik gullari esa pastki qismiga joylashgan. Mevasi uch urug�li, uch chanoqli, tikan bilan qoplangan ko�sak. Ko�sak pishganda yoriladi va urug�lari sochilib ketadi [2].

Kanakunjut tarkibida ko�p miqdorda (45-59 %) moy to�planadigan o�simlikdir. Tabobatda, parfumeriyada, sovun tayyorlashda, teri va to�qimachilik sanoatlarida ishlatiladi. Kunjarasi zaharli, o�g�it hamda yelim ishlab chiqarishda ishlatiladi. Dehqonchilikda kanakunjut qadimdan ma�lum bo�lib, u Hindiston, Xitoy, Misrda tarqalgan. Markaziy Osiyo va Kavkazortida ekiladi. O�rtacha 10-12 s/ga, suvli yerlarda 20-25 s/ga hosil beradi.

Yetishtirish agrotexnologiyasi.

Kanakunjut kuzgi don, dukkakli don ekinlardan bo�shagan yerlarga ekiladi. Kanakunjut chuqur, yani 27-30 sm shudgor qilib haydalgan yerga qadaladi. Erta bahorda boronalanadi va 1-2 marta kultivatsiya qilinadi, shudgor oldidan 10-12 t go�ng, 60-80 kg fosfor solinadi. Ekish chuqurligidagi yer 120�C gacha isiganda ekish mumkin. Bu aprel oyiga to�g�ri keladi. Ekishdan oldin urug�i maxsus ishlov beriladi. Keng qatorlab ekiladi, qator orasi 70 sm, ekish chizmasi 70x20 sm, urug� SUPN-8, SPCH-6 M E yoki makkajo�xori va chigit ekiladigan seyalkalarda gektariga 50-80 ming dona unuvchan urug� sepiladi. O�simlik tup soni 30-40 ming/ga kam shoxlanadigan navlari uchun 50-60 ming/ga. Ekish chuqurligi 6-8 sm. Begona o�tlarga qarshi ekishdan oldin treflan (3-5 1/ga), maysalanishdan avval 2,4D 500 (1,6-2,0 1/ga) bilan ishlanadi. Maysalanish boshlanganda qator orasiga ishlov beriladi va 3-4 marta sug�oriladi. Gullash va meva hosil qilish davrida ikki marta suv taraladi. O�simlikda 4-5 ta chinbarg rivojlanganda asosiy poya va yon shoxlarning uchlari chilpinadi, bu tez rivojlanishga yordam beradi. Bir vaqtda yetilishi uchun defolatsiya qilinadi, buning uchun 10-15 kg 100 l suvga magniy xlorati qo�llaniladi. Barglari 8-10 kundan so�ng quriydi va to�kiladi. Hosil KKS-6, KKS-9 kombaynlari yordamida yig�iladi yoki shingillar kesib olinadi, quritiladi, mevalari yoriladi va don tozalash mashinalarida tozalanadi. Saqlanadigan urug�larning namligi 8 %dan oshmasligi lozim [3].

Bargli manzarali o�simliklar � amarant, grechixa, manzarali karam, yozgi kiparis, kanop, makkajo�xori, lavatera, lebeda, mangold, paslen, perilla, ermon va boshqalar qatori kanakunjut o�simligi ham ekiladi. Kichik guruhlar va yagona o�simlik ko�rinishida ekish uchun qo�llaniladi [4].

Hozirgi kunda tabobatda bir qancha maqsadlarda foydalanib kelinmoqda. Jumladan, bir bog� petrushkani maydalab ezib, yarim choy qoshiq spirt, yarim choy qoshiq suv, 2 osh qoshiq kanakunjut yog�ini aralashtirib, sochingizga surtilganda, so�ngra 1 soatdan so�ng sochni shampun bilan yuvish lozim. So�ng 1 osh qoshiq sirkani 1 litr suvga qo�shib, shu suvga bir necha tomchi limon sharbati ham tomizib, shu suv bilan sochlaringizni chayilganda sochlarni o�ta darajada jilolanishini ko�rishimiz mumkin [5].

Barcha turdagi sochlar uchun niqob. Bu niqobni tayyorlash uchun o�simlik moyi bilan kanakunjut moyi 1:9 nisbatda aralashtirib soch ildizlariga surtiladi. So�ng boshga sellofan qalpoq kiyib, 1 soatdan keyin yuvib tashlanadi. Sochni yuvishda quruq sochlarga mo�ljallangan shampundan foydalanish kerak. Ushbu davo usuli haftada 2 marta, jami 10 marta takrorlanadi.

Quruq sochlar uchun niqob. 1 dona tuxum, 1 choy qoshiq glitserin, 1 choy qoshiq sirka, 2 osh qoshiq kanakunjut moyi aralashtirilib, soch ildizlaridan to uchigacha surtiladi. Boshga issiq qilingan sochiq o�rab qo�yiladi. Sochiqni ikki-uch marta almashtirish lozim. Soch keragicha namlangandan so�ng tuxum sarig�i ekstrakti qo�shilgan shampun yordamida yuviladi. Ushbu davolash usuli haftada ikki marta bajariladi [6].

Kanakunjut (kamfora) moyidan bir-ikki tomchi quloqqa tomizilsa, og�riqni yo�qotib, quloqqa kirgan hasharotlarni o�ldiradi [7].

O�zbekiston Respublikasining �Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to�g�risida�gi qonuniga hamda O�zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-fevraldagi PQ-3532-son �Farmatsevtika tarmog�ini jadal rivojlantirish bo�yicha qo�shimcha chora-tadbirlar to�g�risida�gi qaroriga muvofiq, 2018-yil 27-martda Sog�likni saqlash vazirligi tomonidan �Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, saqlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni rasmiylashtirish tartibi to�g�risida�gi nizom tasdiqlangan. Nizomda kanakunjut moyining zichligi 0,948-0,968 deb ko�rsatilgan [8].

Kanakunjut moyining boshqa foydalari. Zamonaviy tibbiyotda kanakunjutning urug�idan olingan moyi ishlatiladi. Urug�i zaharli, tarkibida ko�p miqdorda moy, lipaza fermenti, oqsil (shu jumladan, o�ta zaharli ritsin), ritsinin alkaloidi va boshqa moddalar bor. Kanakunjut moyi eng yaxshi surgi sifatida qo�llanadi. Bundan tashqari, u terini yumshatish uchun, ginekologiya va jarrohlik amaliyotida hamda surtma va balzamlar tarkibiga qo�shilib, kuyganni, yaralarni, leyshmaniyozni davolashda ishlatiladi. Moyidan olingan undesilen kislotasining surtmasi (undesin) dermatozlar, psorioz va boshqa teri kasalliklarida qo�llaniladi.

Kanakunjut yog�idan o�z o�rnida foydalanilsa bir qator xastaliklarga shifo bo�ladi. So�gallarni ketkazish uchun kechqurun yotishdan oldin 20 daqiqa davomida kanakunjut yog�i so�galga surtiladi. Yangi tug�ilgan go�dakning kindigi tezda tuzalmayotgan bo�lsa, unda kanakunjut yog�i surtib turmoq lozim.

Kanakunjut yog�i haftasiga bir marta kipriklarga surtilsa, kipriklar tez o�sadi.

�yollarning ko�krak beziga kanakunjut yog�i surtilsa, sut ajralishi ko�payadi.

Go�dakning sochi sekin o�sayotgan bo�lsa, uning boshiga kanakunjut yog�i singdirib surtiladi. Odatda bunday muolaja haftasiga ikki marta qo�llanilib, kechqurun surtilgan yog� ertalab yuvib tashlanadi. Sochning o�sishi jadallashgach, bunday tadbir haftasiga bir marta qo�llanishi mumkin.

Bavosil qiynayotgan bo�lsa, to�g�ri ichakning tashqi qismiga kanakunjut yog�i surtiladi. U shilliq qavatni yumshatib, davolanishga yordam beradi. Tik turib mehnat qilish natijasida oyoqlar zirqirab og�riydigan bo�lsa, haftasiga ikki marotaba uyqudan oldin oyoqqa kanakunjut yog�i ishqab surtilgach, ustidan paxta matoli paypoq kiyib yotiladi. Bunday muolaja qo�llangach, oyoq terisi mayin tortib noxush og�riqlardan xalos bo�lishi mumkin.

Tanangizda yaralar bo�lsa, kanakunjut yog�ini surting, yaradan xalos bo�lasiz.

Shamollaganda yoki bronxit bilan og�riganda 1 oshqoshiq skipidar va 2 oshqoshiq kanakunjut yog�i aralashtirilib, ko�krakka yengil surtilgach, issiq mato bilan o�ralsa tuzalish tezlashadi [9].

Sochni muntazam ravishda oziqlantirish uning yaxshi o�sishiga sharoit yaratib, uning jilvakor va sog�lom bo�lishini ta?minlaydi. Bunda quyidagi kanakunjutli asalli niqob ham katta samara beradi. Buning uchun 2 choy qoshiq asal 2 dona tuxum sarig�i va ozgina kanakunjut moy aralashtirilib sochlarga 40 daqiqa davomida surib qo�yiladi. Ushbu niqob soch to�kilishida qazg�oqda samarali yordam beradi [10].

FOYD�L�NILG�N �D�BIYOTL�R RO�YX�TI:

1. �tabayeva H.N. va b., O�simlikshunoslik, Toshkent, 2000.

2. Xolmatov X.X., �xmedov �. Farmakognoziya. Toshkent, Ibn Sino nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi. 1995, 8-12 betlar.

3. Atabayeva H., Qodirxo�jayev O. O�simlikshunoslik. Oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi tomonidan bakalavriyat ta�lim yo�nalishi uchun darslik sifatida tavsiya etilgan. Toshkent �Yangi asr avlodi� 2006.

4. Agroolam.uz. Bir va ikki yillik gul ko�chatlari yetishtirish qo�llanmasi. Toshkent, 2020.

5. Hidoyat.uz. Shamsiddinxon Boboxonov nashriyot � matbaa uyi. Toshkent, 2019.

6. Sog�likni saqlash vazirligining 2018-yil 27-martdagi �Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, saqlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni rasmiylashtirish tartibi to�g�risida�gi nizomi. Toshkent.

Internet tarmog�i manbaalari:

7. https://diyor24.uz/date/2020/01

8. https://www.muslima.uz/index.php/uz/home-uzbek/94-bekajon/salomatlik/ 151-khar-dardning-shifosi-bor

9. Avitsenna.uz. https://erkak.uz/post/kanakunjut-moyining-foydalari

10. https://davolash.ru/sochlar/

11. https://www.hufocw.org/Download/file/6700

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.