Научная статья на тему '“KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI” AMALDA'

“KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI” AMALDA Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
7219
429
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Tamoyil / “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” / ta’lim / shaxs / davlat / jamiyat / davlat ta’lim standartlari / uzluksiz ta’lim / shartnomalar va konventsiyalar.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Nargiza Bahodir Qizi G’Ayratova

Ushbu maqolada “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, uning asosiy vazifa va maqsadlari, ta’lim sohasidagi davlat siyosati yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI” AMALDA»

"KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI" AMALDA

Nargiza Bahodir qizi G'ayratova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti, 3-kurs

talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", uning asosiy vazifa va maqsadlari, ta'lim sohasidagi davlat siyosati yoritib berilgan.

Tayanch so'zlar. Tamoyil, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", ta'lim, shaxs, davlat, jamiyat, davlat ta'lim standartlari, uzluksiz ta'lim, shartnomalar va konventsiyalar.

Ma'lumki, «Ta'lim to'g'risidagi Qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (1997 yil 29-avgustda qabul qilingan) qabul qilingach, ta'lim tizimi tubdan isloh qilina boshlandi. Bu muhim hujjatlarga ko'ra respublikamizda kasb-hunar kollejlarini jadal sur'atlar bilan rivojlantirish chora tadbirlari belgilangan. Bu birinchidan mutaxassislar tayyorlash sifatiga bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan o'quv yurtining zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlanganligiga bog'liq. Kasb-hunar kolleji muhandis-pedagog hodimlari oldiga tayyorlanayotgan ishchi kadrlarga ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatini tarkib toptirish ularda yuksak mehnat intizomini va madaniyatini, jamoa oldida burch his-tuyg'ularini tarbiyalash kabi vazifalarni qo'yadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta'lim to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonun-qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo'lib, milliy tajribaning tahlili va ta'lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo'ljalni to'g'ri ola bilish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirilgandir.

Milliy dasturning asosiy maqsadi: ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to'la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak manaviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.

Jamiyatda sodir bo'layotgan bugungi yangiliklar hamda iqtisodiy o'zgarishlar ta'lim tizimiga xususan o'rta maxsus kasb-hunar ta'limiga boshqacha yondashishni talab qiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy amalga oshirish vazifalaridan biri ta'lim oluvchilarning tayyorgarlik sifati va ixtisosiga zaruriy talablarni, ularning madaniy va ma'naviy-ruxiy darajalarini aniqlab beruvchi davlat ta'lim standartlarini yaratish va tatbiq etishdir.

Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir:

shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub'yekti va ob'yekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchi;

davlat va jamiyat — ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;

uzluksiz ta'lim-kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha hisoblanib,malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi hamda ta'limning barcha turlarini, davlat ta'lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko'rsatish muhitini o'z ichiga oladi;

fan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg'o r pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi;

ishlab chiqarish kadrlarga bo'lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo'yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta'minlash jarayonining qatnashchisi.

Davlat va jamiyat uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiq bo'lishini va hayot o'zgarishlariga moslashuvchanligini ta'minlaydi. O'zbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari, ta'lim, bola huquqi sohasidagi shartnomalar va konventsiyalarning bajarilishi, kadrlar tayyorlash sohasida jahon ilg'or tajribasini hisobga olish uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining barcha jihatlariga daxldor bo'lib, uning rivojlanishi omillaridan biridir.

Kadrlar tayyorlash milliy modelining o'ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to'qqiz yillik umumiy o'rta hamda uch yillik o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini joriy etishdan iboratdir. Bu esa, umumiy ta'lim dasturlaridan o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi dasturlariga izchil o'tilishini ta'minlaydi.

Umumiy ta'lim dasturlari: maktabgacha ta'lim, boshlang'ich ta'lim (I-IV sinflar), umumiy o'rta ta'lim (I-IX sinflar), o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini qamrab oladi.

"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" bilan bir qatorda, so'nggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ta'lim va ilm-fanga oid keng ko'lamli islohotlari o'zining natijasini bermasdan qolmayapti.

Lekin o'zgarish va yangiliklar osonlikcha kechayotgani yo'q. Chunki, bu tadbirning amalga oshishi nihoyatda katta mablag',professional mutaxassis-

kadrlarga ehtiyoj tug'diradi. Shuningdek, shu paytgacha tizimda to'planib qolgan muam molarni birdaniga hal etishning imkoni yoq. Davlat

rahbarining Janubiy Koreya, Angliya, Yaponiya, Xitoy, Rossiya va boshqa mamla-katlarning nufuzli mutaxassislarini ta'lim jarayoniga jalb qilish, yurtimizda xorijiy mam lakatlar universitetlarining filiallarini ochish, yoshlarimizning xorijda malaka oshirishi y oki o'qishi uchun imkoniyat yaratishga alohida e'tibor qaratishining boisi ham shunda.

Xulosa qilib aytganda, O'zbekistonning buyuk davlatga aylanishida talim-tarbiya ishlarini oqilona yo'lga qo'yish, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot taqdirini ma naviy jihatdan yetuk, texnikaviy bilimlar va murakkab texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, iymoni butun, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak salohiyatli odamlar hal etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi tasir ko'rsatadigan asosiy omil -fan-texnika, madaniyat, marifat, talim-tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar borasidagi yangiliklar va yutuqlarni, jahon mamlakatlari tajribalarini keng kolamda o'rganish, rivojlantirish va hayotga joriy etishdir. Ilm-fan, madaniyat va marifat har qanday mamlakat va xalqni yuksaklikka ko taradi, uning taraqqiyotini taminlaydi, kelajagini oldindan ko'rsatib beradi. Ilm- marifat e'zozlangan, talim-tarbiyaga birinchi darajali ahamiyat berilgan mamlakatda turish nizolar, urush to'g'risida o'ylash hech kimning hayoliga ham kelmaydi. Chunki ilm-marifat insonni yuksaklikka kotaradi. Talim-tarbiyaga birinchi darajali ahamiyat berish, bu haqda qayg'urish mamlakat va xalq istiqbolini o'ylash demakdir.

REFERENCES

1. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

2. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

3. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

4. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

5. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

6. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

7. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

8. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

9. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

10. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

11. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

12. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

13. Гайдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

1. https://lex.uz/docs/-5013007

2. http://hozir.org/oliy-va-orta-maxsus-talim-vazirligi-v35.html?page= 103

3. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Digital history

4. https://daryo.uz/amp/2021/03/28/gumanitar-fanlar-bolmasa-tanqidiy-fikrlay-olmaymiz/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.