Научная статья на тему 'KΟRPΟRATIV BΟSHQARUVNI TASHKIL ETISHNING IQTISΟDIY MΟHIYATI VA AHAMIYATI'

KΟRPΟRATIV BΟSHQARUVNI TASHKIL ETISHNING IQTISΟDIY MΟHIYATI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
аksidаоrlik jаmiyаtlаri / milliy iqtisоdiyоt / bаhоlаsh / menejment / аksiyаdоr / minоritаr аksiyаdоrlаr / kuzаtuv kengаshi / xаlqаrо mоdellаr / kоrpоrаtiv bоshqаruv / rаqоbаt / аksiyа.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Pulatbekov Azizbek Ulfatbek O‘G‘Li

Bu tаdqiqоt tаjribаviy mа’lumоtlаrgа аsоslаnib, аksiyаdоrlik jаmiyаtlаrini bоshqаrish tizimidа sаmаrаdоrlikning muhim kо‘rsаtkichlаrini аniqlаsh vа ulаrni jоriy qilishgа qаrаtilgаn tаhlil, mustаqil birlik vа mаslаhаtlаr bilаn tа’minlаngаn. Bu tаdqiqоtning аsоsiy mаqsаdi аksiyаdоrlik jаmiyаtlаrining bоshqаrish tizimidа sаmаrаdоrlikni tа’minlаsh uchun muhim bо‘lgаn kо‘rsаtkichlаrni аniqlаsh vа ulаrni аmаlgа оshirishdа о‘rinli yо‘nаlishlаrni belgilаshdir. Bu yо‘nаlishlаr bоshqаruv оrgаnlаri vа mаslаhаtchilаr uchun sаmаrаli strаtegiyаlаrni shаkllаntirishdа yоrdаm berishi mаqsаdidа rivоjlаntirilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KΟRPΟRATIV BΟSHQARUVNI TASHKIL ETISHNING IQTISΟDIY MΟHIYATI VA AHAMIYATI»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

KORPORATIV BOSHQARUVNI TASHKIL ETISHNING IQTISODIY MOHIYATI VA AHAMIYATI

Pulatbekov Azizbek Ulfatbek o'g'li

https://doi.org/10.5281/zenodo.12179351

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-June 2024 yil Ma'qullandi: 15- June 2024 yil Nashr qilindi: 20- June 2024 yil

KEY WORDS

aksidaorlik jamiyatlari, milliy iqtisodiyot, bahоlash, menejment, aksiyadоr, minоritar aksiyadоrlar, kuzatuv kengashi, xalqarо mоdellar, kоrpоrativ bоshqaruv, raqоbat, aksiya.

Bu tadqiqоt tajribaviy ma'lumоtlarga asоslanib, aksiyadоrlik jamiyatlarini bоshqarish tizimida samaradorlikning muhim ko'rsatkichlarini aniqlash va ularni joriy qilishga qaratilgan tahlil, mustaqil birlik va maslahatlar bilan ta'minlangan. Bu tadqiqotning asosiy maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarining boshqarish tizimida samaradorlikni ta'minlash uchun muhim bo'lgan ko'rsatkichlarni aniqlash va ularni amalga oshirishda o'rinliyo'nalishlarni belgilashdir. Bu yo'nalishlar boshqaruv organlari va maslahatchilar uchun samarali strategiyalarni shakllantirishda yordam berishi maqsadida rivojlantirilgan.

Korporativ boshqaruv tizimining asosiy jihati bu - korxonaning barcha ishtirokchilari o'rtasidagi ijtimoiy hamkorlik muhitini va ishonchni shakllantirishdir. Ushbu boshqaruv tizimining shakllanishi xulq tamoyillariga rioya qilinishi hamda aksiyadorlik jamiyatida shaffof va tizimli boshqaruv natijasida jamiyatning rivojlanishi ta'minlanadi.

Korporativ boshqaruv tizimining rivojlanishi bir necha ming yillik tarixga egadir. Hozirgi kundagi ushbu nomni shakllanishi insoniy munosabatlarga tayangan holda paydo bo'lgan. Sodda sherikchilik tuzilmalaridan boshlanib va sherikchilik asosidagi boshqaruvning shakllanishiga olib kelgan.

Sherikchilik munosabatlarida ishtirokchilar o'rtasida umumiy maqsad va mulkka egalik qilishga hamda ularni bir maqsad yo'lida birlashtirishga sababchi bo'lgan. Misol uchun, insonlarning qabilalarga birlashishi va ovga guruh-guruh bo'lib chiqishi, o'z navbatida, bunday sherikchilik asosida birlashgan ovchilar o'lja uchun birlashishi sababli qo'lga kiritilgan o'lja har birining vazifasi hamda bajargan amallariga qarab taqsimlangan. Sherikchilikning keyingi bosqichda insonlar umumiy mulk egalariga aylanib, to'liq sherikchilik munosabatlarining shakllanishiga sababchi bo'lishgan.

Undan keyin esa kommandit sherikchilik turining shakllanishiga asos solingan. Ushbu shaklda ishtirokchilar boshqaruvga bevosita qatnashmaydilar, lekin ishtirokchilarning ulushini taqsimlash bilan cheklanishadi. Bu shakl korporativ boshqaruvning yangi bir turi sifatida shakllanishidan darak beradi. Insoniy munosabatlarda ayirboshlash hislatlarining shakllanishi haqidagi dastlabki ma'lumotlar Venesiyadan topilgan hamda XII asrga kelib, keng rivojlangani qayd etilgan.

1792-1750 yillarda Bobilni boshqargan Xammurapi qonunlarida ham korporativ boshqaruv munosabatlarining dastlabki jihatlarini ko'rish mumkin. Shuningdek, Qadimgi Rim imperiyasidagi ichki tuzilmaviy shirkatlarning tashkil topishi hamda Qadimgi Yunonistonda ham jamoaviy munosabatlar shakllanishida guruh ishtirokchilarning bir maqsadda boshqarish xislatlari qayd etilgan.

Keyinchalik savdo uyushmalariga asos solina boshladi. G'arbiy Yevropada savdo uyushmalari keng tarqaladi. Shuningdek, XII-XV asrlarda quruqlikda savdo qilish rivojlanibdi, bu savdogarlarning ham bir maqsadda, ya'ni ma'lumotlar almashish uchun birlashishlariga olib kelgan.

XIV asrda Yevropaning ko'plab davlatlarida yangi turdagi uyushmalar tashkil etila boshladi, jumladan, dengizchilik, tog' ishlari va boshqa ko'plab sohalarda tuzilmalar tashkil qilingan. Ushbu tuzilmalarning asosiy maqsadi - uyushma a'zolari o'rtasida ma'lumotlar almashishdan tortib, ularda uchrayotgan muammolarni hal etishga qaratilgan edi.

Shunday qilib, insonlarning bir maqsadda birlashishi aksiyadorlik jamiyati deb ataluvchi biznes tuzilmalarning shakllanishiga sabab bo'ldi. 1462 yilda aksiyadorlik tuzilmalarining shakllanishi, xususan Gollandiyada «Ost India» korxonasining tashkil etilishi diqqatga sazovordir. Ushbu korxona Sharqiy Hindiston bilan savdo munosabatlarini yo'lga qo'yish uchun tuzilgan bo'lib, u asosini Hindistonda keyinchalik Xitoy va Yaponiyada yakka holda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etgan. Keyinchalik birlashuvlarni Gollandiya, Angliya, Fransiya va Germaniyada shu kabi mustamlakachilik kompaniyalari tuzilgan.

XVII asrlarga kelib, birlashmalar aniq maqsadlar yo'lida tashkil etila boshlaydi, misol uchun Hindiston va Amerika kelishuvi. Shuningdek, shu asrda Hudson's Bay Company, Levant Company va boshqa ko'plab yirik jamiyatlar tashkil topadi. Shu kabi munosabatlarning shakllanishi, natijada, aksiyadorlik jamiyatlari tashkil qilinishining hozirgi zamondagi tizimini ko'rinishiga asosiy poydevor bo'ldi.

XVII asrning oxirlariga kelib, Angliyada aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etila boshlaydi. 1864 yilda davlat tashabbusi bilan tashkil etilgan birinchi Angliya banki dastlabki to'laqonli aksiyadorlik jamiyati sanaladi. Ushbu aksiyadorlik jamiyatining kapitali 1,2 mln.funt sterling bo'lib, har bir aksiyador 20 ming funt strelingdan ko'p bo'lmagan ulushga ega bo'lgan. Keyingi yillarda ushbu davlatda, xususan, 1680-1719 yillar ichida Angliyada yana qirqqa yaqin aksiyadorlik kompaniyalari tashkil qilingan. AQSh mustaqilligining dastlabki yillarida esa 259 ta turli xildagi aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etilgan, ulardan faqat 8 tasi sanoat, 29 tasi bank va qolgani savdo sohasida faoliyat yuritgan.

a^uanapra эraпнк ^h^hm th3hmh

monhflbhh th3hm

monuabhh mahöanap myhocaöaraaph

Korporativ boshqaruv tizimining rivojlanishi har bir hududning aksiyalarga egalik qilinishi, moliyaviy tizimi va uning manbalari, aksiyadorlarning urf-odatlari, mavjud bozor munosabatlari, davlatning aralashuvi, makroiqtisodiy ko'rsatkichi, iqtisodiy islohotlar va davlatning siyosiy tizimlariga bog'liq bo'lgan holda shakllanadi. Yuqorida sanab o'tilgan omillar aksiyadorlik jamiyati tizimining yaralishiga bilvosita ta'sir qo'rsatgan (1.1-rasm).

makpoh^thcoghh kypcatkhh

KopnopaTi 6omn;apy]

TH3HMH

flabnathhhr apanamybh

hmôhnapmohnhk myx,hth

1-rasm. Korporativ boshqaruvning shakllanishga ta'sir ko'rsatuvchi omillar

Bu ko'rinishda, korxona boshqaruvi muayyan ko'rinishda tashkilotda korporativ boshqaruvning shakllanishiga sababchi bo'lsa, moliyaviy tizimga o'tishdan oldin, ushbu so'z birikmasiga berilgan ta'rifni keltirishni lozim topdik «Moliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va riskni almashishda foydalaniladigan bozorlar va boshqa institutlar majmuiga moliyaviy tizim» deyiladi. Demak, ko'rinib turibdiki, agarda aksiyadorlik jamiyati aksiyalarni chiqarishi ortida qo'shimcha mablag'larni o'zlashtirishi va jamiyatning keyingi faoliyatini kengaytirishi maqsadida ushbu mablag'lardan foydalanishi, o'z navbatida, aksiyadorlarga moliyaviy jihatdan hisobdorlik mas'uliyatini yuklatadi.

Ishbilarmonlik muhitida esa, o'z navbatida, korporativ boshqaruv tizimini shakllanishida mavjud bo'lgan muhit muhimdir. Chunki bo'lajak aksiyadorlar uchun ishonch va kiritilayotgan investitsiyasi qaytishini bilish lozimdir. Davlatning aralashuvini turli hil holatda ko'rib chiqish mumkin, misol uchun, bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida davlat ulushi yuqori yoki umuman, monopol bo'lgan tashkilotlarni kamaytirish, yoki xususiy sektorga turli xil shartlar asosida berishni shakllantirilishi zarurdir. Shu boisdan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyov «Davlat korxonalarini boshqarish, faoliyati samarasini oshirish, ularning funksiyalarini xususiy sektorga berish bo'yicha hali sezilarli o'zgarishlar bo'lmadi» deya ta'kidlab o'tdi.

Muhim omillardan yana biri - davlatning ushbu tizimni rivojlantirish uchun olib borayotgan siyosatidir. Chunki, davlat tomonidan olib borilayotgan siyosat korporativ boshqaruv tizimining shakllanishi uchun zamin yaratadi. O'z navbatida, normativ hujjatlarni qabul qilish, tashkilotlarda aksiyadorlarni himoya qilish va aksiyadorlik jamiyatlarini shakllantirish orqali ham olib boriladi. Davlat tomonidan olib boriladigan siyosat, korporativ boshqaruv tizimi rivojlanishining birinchi bosqichi sifatida ham qaraladi.

Makroiqtisodiy ko'rsatkichlar esa, muyyan mamlakat, mintaqa yoki sektorning iqtisodiy holatlarini aks ettiruvchi statistik yoki ma'lumotlar ko'rinishidir. Ushbu ko'rsatkich tahlilchilar tomonidan iqtisodiyot va moliya bozorlarining hozirgi hamda kelajakdagi holatini baholash uchun qo'llaniladi. O'z navbatida, makroiqtisodiy ko'rsatkichlarga hududdagi Fond bozori iqtisodiy salomatlikning yaxshi bashoratli ko'rsatkichi hisoblanadi, chunki bozor ishtirokchilari o'z vaqtini kompaniyalar va iqtisodiyotning muhitini baholashga sarflaydilar.

Korporativ boshqaruv aksiyadorlar (investorlar) manfaatlariga xizmat ko'rsatish jarayoni sifatida tan olinadi. Korporativ boshqaruvning asosiy ko'rinishini quyidagi chizmada ko'rishimiz mumkin (1.4-rasm). Ushbu boshqaruv tizimiga ko'ra, aksiyadorlar umumiy yig'ilishida kuzatuv kengashi saylanadi. Kuzatuv kengashi esa ijro etuvchilarni, ya'ni

menejerlarni boshqaradi va ularni nazorat qiladi. O'z navbatida menejerlar kuzatuv kengashiga hisobot beradi. Kuzatuv kengashining esa aksiyadorlarga aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida hisobot berishi ko'rsatilgan.

1.4-rasm. Korporativ boshqaruv tizimi

Korporativ boshqaruvning yana bir o'ziga xos tomoni shuki, uning asosi turli iqtisodiy manfaatlarning yotadi. Boshqa so'z bilan aytganda, aksiyadorlar, investorlar, kreditorlar, xodimlar, raqobatchilar, mahalliy boshqaruv organlari va boshqa manfaatdorlar tomonidan korxona faoliyatiga ta'sir ko'rsatishga harakat qilinadi. Shuning uchun ham ushbu tizim yuqoridan sanab o'tilganlar qiziqishini muvofiqlashtirishga qaratilgan. Quyidagi jadvalda ushbu turli manfaatdorlarni ko'rishimiz mumkin (1.2-jadval). 1.2-jadval

Korporativ boshqaruvdagi turli ishtirokchilar

Guruh Vazifasi Manfaati

Aksiyador Korporatsiya investorlari hisoblanadi Dividend olish

Menejer Menejmentning barcha vazifalarini bajaradi Daromad olish

Xodimlar Ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiradi Daromadi barqaror bo'lishi

Davlat boshqaruvi organlari Me'yoriy-huquqiy munosabatlarni shakllantiradi Soliq olish va yangi ish o'rinlarini yaratish

Kreditor Korxona faoliyatini moliyalashtirish Foizlarning qaytishi

Ushbu jadvaldan shuni ko'rishimiz mumkinki, korporativ boshqaruvda turli ishtirokchilarning vazifa va manfaatlari o'zaro farq qiladi. Shuningdek, korporativ boshqaruvda turli ishtirokchilarning manfaatlarini A.Xashimov ham alohida yoritib o'tgan. Unga ko'ra, aksiyadorlar maqsadi tashkilot sof foydasidan dividendni olish bo'lsa, menejerlar maqsadi korxona faoliyatini kengaytirish orqali daromad miqdorini oshirishdir. Xodimlar uchun korxona faoliyati to'xtab qolmasliigi va oylik haqlarini o'z vaqtida olish bo'lsa, davlatga esa, soliqlarni to'lab borish orqali budjetni to'ldirish hamda aholini ish bilan ta'minlashdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Bringham E.F., Ehrhardt M.C. Financial management theory and practice. Thomson Southwestern, 2008. 1107 p.

2. Hillier D., Grinblatt M., Titman Sh. Financial Markets and Corporate Strategy. London: McGraw-Hill Higher Education, 2012. 877 p.

3. Korso E. Inclusive growth analysis and HRV: A methodological note. 2011. Elektron manba: http://siteresources.worldbank.org

4. Landesmann, Michael Alroy (2000): Structural Change in the Transition Economies, 1989 to 1999. The Vienna Institute for International Economic Studies.

5. Modigliani F., Miller M. The Cost of Capital, Corporate Finance, and the Theory of Investment // American Economic Review, v. 48. (1958).

6. Modigliani F., Miller M. (1963) "Corporate Income Taxes and the Cost of Capital: A Correction" American Economic Review, Vol. 53, No. 3, pp. 147 - 175.

7. Peter Brusov, Tatiana Filatova, Natali Orehova, Nastia Brusova. Weighted average cost of capital in the theory of Modigliani-Miller, modified for a finite lifetime company // Applied Financial Economics, v. 21, № 4.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.