UDK 622.271.2
JYEROY-SARDARA QATLAMLI KONIDAN DONADOR FOSFORITLARNI QAZIB OLISHDA UNING KON-TEXNOLOGIK SHAROITLARINI VA LOYIHAVIY _YECHIMLARINI BAHOLASHLARNI TAHLIL QILISH_
U.Yermekboyev, O.Giyazov, P.Karimov*
Kalit so'zlar: ma'dan, tog' jinsi, frezerli kombayn, qatlam, geologiya, skvajina, burg'ilash, fosforit, Jeroy-Sardara, koeffitsiyent, kon.
Jeroy-Sardara koni Qizilqum cho'llarining markaziy qismida joylashgan bo'lib, u O'zbekiston Respublikasidagi Navoiy viloyatining 70% dan ortiq hududini egallaydi (1-rasm).
Tog' tizmalari kenglik yo'nalishi bo'yicha mutloq balandlik nuqtasi 350-800 m bo'lgan subparallel tizmalar bilan cho'zilgan; hududning eng baland nuqtasi (Aktau sh.) - 900 m [1; 132 b, 2; 17-19 b]. Jeroy - Sardara va "Janubiy-Jeroy" deb ataluvchi notekisliklar va keyinchalik shu nomlar bilan atalgan konlarning maydoni, shimol va shimoliy-g'arbdan Muruntau bilan Tamdbitau, g'arbdan Auminzatau, janub va janubiy sharqdan Aristantau bilan chegaradosh. Könning relyefi biroz tepalikllardan iborat bo'lib, uning nisbiy balandlik otmetkalari 200-310 m.
MDH mamlakatlari (Qoratau, Boltiqbo'yi davlatlari) ning eng yirik fosforitli havzalari resurslari bilan taqqoslanadigan, markaziy Qizilqum fosforitli hududlari Markaziy Osiyoda mineral o'g'itlarning yirik xom ashyo bazasi hisoblanadi, chunki uning resurslari 1,5 milliard tonna (R2O5) ga teng.
"Janubiy-Jeroy" uchastkasi
muhandislik-geologik sharoitlarga ko'ra oddiy turiga kiradi. Muhandislik-texnologik nuqtayi nazardan, konda fizik-mexanik xossalari bilan farq qiluvchi to'rtta tog' jinslar guruhi ajratiladi. Qidiruv ishlari olib borilgan hududlar sinklinal tuzilmalarning nisbatan sokin monoklinal qanotlarida joylashgan. Tog' jinslarining yotish burchaklari odatda 3—5° dan oshmaydi va faqat tog' oldi (chetki) qismlarida 10—15° ga yetadi. Submeridial va subkenglik yo'nalishidagi buzilishlar fosforit qatlamlarini yotishigata'sir qiladi, ayniqsaKurukkuduk qismida. Fosfoplastlarning deyarli gorizontal joylashishi tufayli siljishi 1,2-1,8 km ga yetadi. Qatlamlarni ajratish va cho'ziqlik azimutlarining mos kelganda, ular gorizontal siljishlarga ya'ni fosforit qatlamlarini buzilishiga olib keladi. Shuning uchun, vertikal siljishning kichik amplitudalariga (10-12 m) qaramay, har 25-50 metrda skvajinalarni burg'ilash o'rnatilgan, bu siljishlarni gorizontal tekisliklarning planlarda sezilarli darajada ko'rish mumkin. Ajratilgan paleogen qirqimlarining aniqlangan oltita qatlamdan faqat birinchi va ikkinchisi sanoat ahamiyatiga ega.
a) b)
1-rasm. Jeroy - Sardara konining geologik tuziUshi;
a) Jeroy-Sardara konining geologik xaritasi, b) Navoiy viloyatidagi Jeroy-Sardara fosforit konining «Janubiy-Jeroy» uckastkasini qazib olish xududL
*Umidjon Yermekboyev - "Konchilik ishi" kafedrasi NavDKTU katta o'qituvchisi, Otabek Giyazov - texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori PhD, NavDKTU dotsenti, Po'lotjon Karimov - NavDKTU talabasi.
Birinchi qatlam noldan 0,4-1,5 m pastda joylashgan. U asosan oddiy tuzilishga ega. Ba'zi joylarda qatlam orasida fosforitlangan mergel qatlami joylashgan, ularning qalinligi 0,1-0,15 myetrlik, kamdan-kam hollarda esa 0,2 myetrlik bo'ladi. Bu qatlam maydonlarining aksariyati geologik qidiruv lahimlari bilan ochilgan.
Fosforitlarning ikkinchi qatlami stratigrafik ravishda birinchisining ostida joylashadi. Ushbu qatlamlarni ajratib turadigan mergellarning qalinligi "Janubiy-Jeroy" va Kurukkuduk uchastkalarida 8-9 metrni va Janubiy-Jeroy uchastkalarida 12-13 m. Qatlam donador fosforitdan iborat bo'lib, u asosan oddiy tuzilishga va har tomonga keng tarqalgan. "Janubiy-Jeroy" uchastkasining sharqiy qanotida, Kurukkuduq uchastkasida va "Janubiy-Jeroy" uchastkasining g'arbiy qanotlaridagi qatlamlar orasida qalinligi 0,05-0,15 m bo'lgan fosforitlangan mergel qavatlari mavjud.
"Janubiy-Jeroy" uchastkasida I va II qatlamlar qalinligi 0,3 dan 0,15 m oralig'ida o'zgaradi, shimoliy-g'arbda va janubiy-g'arb qanotlari tomon esa qatlamlarning qalinligi 0,3 dan 0,45 metrga o'zgaradi. I va II fosforit qatlamlar qalinlashishi sharq tomonga qarab o'zgaradi. Markaziy qismlarda qatlamlarning qalinligi asosan 0,4 dan 0,6 m ga teng. Kurukkuduk uchastkalarida qatlamlarning qalinligi 0,4-0,8 m oralig'ida. "Janubiy-Jeroy" uchastkasining sharqiy qismidagi I va II qatlamlarning qalinligi bir xilda bo'lib u 0,6 dan 0,8 m oralig'ida bo'ladi. G'arbiy tomonga qarab I qatlamning qalinligi oshib boradi ya'ni 1^1,5 m ga va bu qatlam orasida qalinligi 0,05-0,2 m detrit mergellari xam mavjud. II qatlamlarning qalinligi esa shu yo'nalishda kamayib boradi ya'ni 0,25 dan 0,35metrgacha.
"Janubiy-Jeroy" uchastkasida I-qatlamning o'rtacha qalinligi 0,8 m ga ega bo'lib, unga yaqin bo'lgan sinflar esa 0,4-0,59 m va 0,6-0,79 m qatlamlar kesishmalarining 86% ni tashkil qiladi.
Olingan ma'lumotlar barcha qidiruv maydonlarida I va II fosforit qatlamlari qalinligining judayam kam o'zgaruvchanligini tasdiqlaydi. Muhandislik va texnologik vaziyatlarga ko'ra konda to'rtta tog' jinslar guruxlari ajralib turadi (1-jadval).
1-jadval. Jeroy-Sardara konidagi tog' jinslarining fizik mexanik ko'rsatkichlari
Tog' jinslarining nomi Ko'rsatkichlar
Xajmiy og'irlik, g/sm3 G'ovak dorlik, % Siqilishga bo'lgan mustaxkamlik chegarasi, MPa Ichki ishqalanish burchagi, grad. Bo'laklarning bir-biriga nisbatan solishtirma ushlanilishi, MPa Namli lik, %
Ma'dan usti qatlami: Qum, qumloq tuproq, qumoq tuproq 1,36-1,96 39,0 0,6-4,9 N/ds) N/ds) 2,8
Oxaktoshli va gipslangan mustaxkam gil 1,85 31,0 1,4-22,1 37-45 0,2-0,4 15,6
Ma'dan qatlami: Fosforitlar 2,02-2,09 13,9 38,9-49,4 N/ds) N/ds) 2,5-5,4
Qatlamlararo mergellar 1,64-2,0 31,9 20,0-44,3 35-50 3,6-10,2 6,59
Ma'dan osti qatlami: Gillar, myergellar, qumtoshlar 1,42-1,89 23,845,6 5,1-27,1 25-50 1,8-5,2 N/ds)
Fosforitlar qatlami mavjud bo'lgan "Janubiy-Jeroy" uchastkasi sharq - janubiy sharqqa qarab 3-50 ga yotgan 6ta fosforit qatlamlari aniqlangan. Faqat birinchi va ikkinchi qatlamlar sanoat ahamiyatiga ega. Fosforit qatlamlarining xususiyatlari 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval. Fosforit qatlamlarining xususiyai tlari
Qatlamlar nomlari Qalinligi, m дан - гача уртача R2O5 -miqdori, дан - гача % - уртача Davrlilik Aralashgan tog' jinslar
Osilgan tomon Yotgan tomon
Tomirsimon 0.1 - 0.3 0.27 7.8 - 21.6 18.0 Yuqori va o'rta eotsen chegarasidagi oxakli gillar asosida gillar mergellar
Nolinchi 0.15 - 0.36 0.26 4.2 - 20.4 11.4 o'rta eotsen mergellari ustki qismiga yaqin mergellar mergellar
Birinchi 0.5 - 0.85 0.63 4.2 - 20.4 11.4 o'rta eotsen mergellari ustki qismiga yaqin mergellar mergellar
Ikkinchi 0.55 -1.05 0.66 13.0 - 24.0 20.84 o'rta eotsen mergellari qirqimining o'rtasida gilli mergellar mergellar
Uchinchi 0.1 - 0.35 0.29 3.83 - 21.0 12.97 o'rta eosyenning asosida oxakli mergellar gillar
To'rtichi 0.15 - 0.4 0.31 2.0 - 10.9 3.6 quyi eosyenning asosida gillar qumtoshlar
Fosforit qatlamlari (I va II) qalinligi 10 m dan 13 m gacha bo'lgan bo'sh tog' jinslar bilan ajratilgan. Ustki qatlam to'rtlamchi davr qumoq tuproq, qum qumtosh aralash, shag'al, gil va mergel qatlamlari bo'lgan tog' jinslar bilan qoplangan, qalinligi esa yon tomonlaridan o'rtasiga qarab 0 dan 50 m gacha oshib boradi. Birinchi navbatdagi kon ishlari olib boraladigan hududlarning I qatlamini tepa qismidagi qoplovchi tog' jinslarining o'rtacha qalinligi 15 m ni tashkil qiladi. O'rtacha qoplovchi tog' jinsi koeffitsiyenti 10,2 m3/tonnani tashkil qiladi. Qoplovchi tog' jinslari koeffitsiyentining bunday qiymatlari tufayli katta hajmdagi ochish ishlarini bajarish kerak bo'ladi, bu esa ochish ishlari uchun texnika va texnologiyalarni tanlashda asosiy omil hisoblanadi. Bo'sh qoplovchi tog' jinslari bo'lgan xududlarda rotorli ekskavatorlar, qatlam-qatlam kesish mashinalari va konveer transportidan foydalangan holda qazish ishlarining uzluksiz texnologik sxemalarini qo'llash imkoniyatini ko'rib chiqish uchun zaruriy shartdir. 2-rasmda karyer hudududining dastlabki ^ ° y'' qazish ishlarini kon-geologik qirqimlari sxemasi keltirilgan bo'lib, u 1998-2000-yillar davomida konni ekspluatatsion 3; c; " ° J " ~ qidiruv natijalariga asoslangan holda shakllangan. Ichki 2-rasm. Karyerning sxematik qirqimi.
ag'darmalar mergellardan tashkil topgan bo'lib, ular I-chi
fosforit qatlami ostida va Il-chi fosforit qatlamining yuqori qismida joylashgan. [5; 22-23 b].
Aralash tog' jinslarning qirqimi Protodyakonov shkalasi bo'yicha qirqimi, MPa
1 Yumshoq qumloq va qumoq tuproq (o'rtacha qalinligi - 1,2 m) f -2 gacha; 20 MP
2 Oxaklili sement bilan ko'p uchraydigan gipslangan mustaxkam gravelit (o'rtacha qalinligi - 3,2 m) f > 4; 40 MPa
3 Oxaktoshli gil (qalinligi 0 dan 20 m. gacha) f 2-4; 20-40 MPa
4 Gilli mergel (o'rtacha qalinligi - ~ 2 m) f 2-4; 20-40 MPa
5 Mergel qatlamlili I fosforit qatlami (qalinligi - 0,5-0,6 m) f 3-4; 30-40 MPa
6 Gilli myergel (o'rtacha qalinligi - 10,2 m) f 2-5; 20-50 MPa, 2-m qatlam >50 MPa
«Yosh olimlar axborotnomasi» - «Вестник молодых ученых» - «The bulletin of young scientists» 17
7 II fosforit qatlami (qalinligi - G,6-G,9 m) f 2-4; 2G-4G MPa
8 Oxaktoshli myergel, qatlam asosi f 3-4; 3G-4G MPa
9 Ichki ag'darma f 2-4; 2G-4G MPa
Tashqi qoplovchi jinslar I-chi qatlam ustida joylashgan jinslardir. Ularning qalinligi 5 dan 50 m oraliqda o'zgaradi (asosan 12-20 m). Ular yuqoridan pastgacha sariq qumoq bilan qum-shag'al aralashmasi, gil xamda ohakli gil va mergel bo'lgan qatlamlari bilan ifodalanadi. Oxirgilari esa I-chi qatlam ustida joylashgan bo'lib, ularning qalinligi 0 dan 4 m gacha oraliqda bo'lib, o'rtachasi 2 m ni tashkil qiladi va mustahkamlik koeffitsiyenti esa 3 gacha bo'ladi [6; 480 b, 7; 132 b].
Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, tashqi qoplovchi tog' jinslarning to'rtlamchi qatlamlari orasida gips va karbonat bilan sementlangan, mustahkamlik koeffitsiyenti 4 gacha yoki undan ham ko'proq bo'lgan qattiq qatlamlar mavjud va gillar orasida esa mustahkamlik koeffitsiyenti 3 gacha bo'lgan zich va karbonatlashgan gil maydonlari mavjud.
2-rasmda ichki qoplovchi tog' jinslar yarim qoyatosh mergellarni o'z ichiga olishi keltirilgan bo'lib, ular birinchi va ikkinchi fosfoqatlamlar orasida joylashgan. Ularning mustaxkamlik koeffitsiyenti 4^5 qiymatlarga yetib boradi. Mergellarning qalinligi 8-9 m dan 15 m gacha bo'lib va ularning o'rtachasi 10,2 m ga teng. Gravelitlar-pleystotsen yoshidagi mustahkam, ohaksimon sementlangan, o'rtacha va yirik tog' jinslardir. Ular konning butun maydonini qamrab oladi. Gravelitlarning qalinligi 2 dan 10,2 m gacha, o'rtachasi esa-3,5 m. Bentonit gillari yashilroq-kulrang, ba'zi hududlarda jigarrang. 8-10 m chuqurlikka qadar gillarda gipergenez mahsuloti bo'lgan ko'plab qurituvchi yoriqlar, uyalar va gips tomirlari mavjud. Mergellar yashil va sarg'ish tusli mustaxkam och kulrang tog' jinslaridir. Fosforit qatlami va mergel o'rtasidagi chegaralar ko'pincha aniq emas. Qatlamning markaziy qismidagi donador fosforit qalinligi kichikrok mergelsimon fosforitiga va undan keyin mergelga o'tadi. Ko'rib
chiqilgan barcha variantlarda qoplovchi tog' jinslarini qazishga tayyorlash burg'ilash-portlatish ishlari yordamida bajariladi, fosforit ma'danlarini qazib olish esa frezerli kombayn yordamida amalga oshiriladi.
Ishda "Janubiy-Jeroy" karyeri ko'rib chiqilgan bo'lib, u 310 ming tonna ma'dan quvvatiga ega, hamda kazib olish ishlari konning janubiy - sharqiy kismidagi tajriba karyeridan boshlanadi 3-rasm.
Qazish ishlari janubdan shimolga qarab olib boriladi. "Janubiy-Jeroy" karyerining 1 va 2 chi tartibli karyer maydonlari kichik hajmdagi qoplovchi tog' jinslardan iborat bo'lgani uchun ularni o'zlashtirish qulay hisoblanadi.
Xulosa. Jeroy-Sardara konining kon-geologik sharoitlari tahlil qilinib, fosforit qatlamlarining o'rtacha qalinligi 0,60 dan 0,75 m gacha ekanligi aniqlandi, tog' jinslarining fizik-mexanik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mustahkamlik darajasi 3^5 gacha, shuningdek, I fosfoqatlamning qalinligi bo'yicha o'zgaruvchanlik koeffitsiyenti 10^12% ni va II fosfoqatlam 1K18% ni tashkil qiladi, qatlamning nishabliligi esa 50 gacha.
Qazib olishning optimal texnologik parametrlarini, qazish ishlari olib boriladigan maydon uzunligini, kon ishlari xarakati yo'nalishini, frezerlash qatlami qalinligini va kon mashinalarining optimal ishchi parametrlarini, shuningdek asosiy texnikalarni ishlatishda ularning ishlatilishini oshirishni tashkil etish maqsadlarini belgilash kerak.
Adabiyotlar:
1. Xakimov Sh.I., Yermekboyev U.B., Tadjiyev Sh.T., Kobilov O.S. Obosnovaniye ratsionalnoy texnologicheskoy sxembi otkrbitoy razrabotki mestorojdeniy fosforitov s pologopadayuщimi
plastami maloy moщnosti //Monografiya. - ISBN 978-9943-8178-6-9. - NAVOIY, 2022. - 132
2. Obrazsov A.I., Norkin N.A., Tarziyev R.A., Mamoxin I.I., Kuleshov A.Yu. Gorno-geologicheskiye osobennosti razrabotki uchastka "Djeroy - Yujnbiy" Jeroy-Sardarinskogo fosforitovogo mestorojdeniya //Gornbiy vestnik Uzbekistana, 2001. - №1. - S.17-19.
3. Yermekbayev, U. B., Nematov, A. R., & Xojiyev, I. G'. (g. 2022). Tashkura fosforit karyerida foydali qazilmalni qazib olishda ratsional texnologik sxemani asoslash. International Journal of Advanced Technology and Natural Sciences, str. 36-40.
4. Yermekboyev, U. B. (2023-04-25). Razrabotka texnologicheskix sxem s primeneniyem frezernbix kombaynov. st. Germamaniya: LAP LAMBERT Academic Publishing https://www.lap-publishing.com/. S-174
5. Xakimov, Sh. (g. 2004). Osenka razvitiya gornbix rabot na karyere Tashkura i razrabotka effektivnbix variantov transportnoy sistembi razrabotki. Gornbiy vestnik Uzbekistana, str. 22-23.
6. Kucherskiy N.I., Astvatsaturyan G.G., Berdinkov Ye.A. i dr. Navoiyskiy - gorno -metallurgicheskiy kombinat: Istoriya sozdaniya i razvitiya. - Navoi, 2002.- 480 s.
7. Xakimov Sh.I., Yermekboyev U.B., Tadjiyev Sh.T., Kobilov O.S. Obosnovaniye ratsionalnoy texnologicheskoy sxemu, otkrbitoy razrabotki mestorojdeniy fosforitov s pologopadayu^imi plastami maloy mo^nosti //Monografiya. - ISBN 978-9943-8178-6-9. - NAVOIY, 2022. - 132
JYEROY-SARDARA QATLAMLIKONIDANDONADOR FOSFORITLARNI QAZIB OLISHDA UNINGKON-TEXNOLOGIKSHAROITLARINI VA LOYIHAVIY YECHMLARINIBAHOLASHLARNITAHLIL QILISH
Jeroy-Sardara konining kon-geologik sharoitlari tahlil qilinib, fosforit qatlamlarining o'rtacha qalinligi 0,60 dan 0,75 m gacha ekanligi aniqlandi, tog' jinslarining fizik-mexanik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mustahkamlik darajasi 3^5 gacha, shuningdek, I fosfoqatlamning qalinligi bo'yicha o'zgaruvchanlik koeffitsiyenti 10^12% ni va II fosfoqatlam 11^18% ni tashkil qiladi, qatlamning nishabliligi esa 50 gacha ekanligi o'rganildi.
O'rganishlar natijasida Jeroy-Sardara fosforit konini qazib olish bo'yicha xulosalarga kelindi. Qazib olishning optimal texnologik parametrlarini, qazish ishlari olib boriladigan maydon uzunligini, kon ishlari xarakati yo'nalishini, frezerlash qatlami qalinligini va kon mashinalarining optimal ishchi parametrlarini, shuningdek asosiy texnikalarni ishlatishda ularning ishlatilishini oshirishni tashkil etish maqsadlarini belgilab berildi.
АНАЛИЗ ГОРНО-ТЕХНОЛОГИЧЕСКИХ УСЛОВИЙ, И ОЦЕНКА ПРОЕКТНЫХ РЕШЕНИЙ РАЗРАБОТКИ ДЖЕРОЙ-САРДАРИНСКОГО ПЛАСТОВОГО МЕСТОРОЖДЕНИЯ ЗЕРНИСТЫХ ФОСФОРИТОВ
Анализом горно-геологические условия месторождения «Джерой Сардара» установлено, что средняя мощность фосфоритов колеблется от 0,66 до 0,75 м, а физико-механические свойства горных пород от 3 до 5, а также коэффициент вариации мощности I фосфопласта 10^12% и для II фосфопласта 11^18% пласты пологопадающие (до 5°).
В результате исследований сделаны выводы относительно отработки фосфоритового рудника Джерой-Сардара. Оптимальные технологические параметры горных работ, протяженность участка разработки, направление горных работ, толщина
s.
s.
слоя фрезерования и оптимальные параметры работы горных машин, а также цели организации увеличения их использования в эксплуатации. были определены основные приемы.
ANALYSIS OF MINING TECHNOLOGICAL CONDITIONS AND EVALUATION OF DESIGN SOLUTIONS FOR THE DEVELOPMENT OF THE JEROY-SARDARINSKY BED
DEPOSIT OF GRANULAR PHOSPHORITES
By analyzing the mining and geological conditions of the Jeroy Sardara deposit, it was found that the average thickness of phosphorites ranges from 0.66 to 0.75 m, and the physical and mechanical properties of rocks from 3 to 5, as well as the coefficient of variation of the power of I phosphoplast 10-12% and for II phosphoplast 11-18%, the layers are gently falling (up to 50).
As a result of the research, conclusions have been drawn regarding the mining of the Jeroy-Sardar phosphorite mine. Optimal technological parameters of mining operations, the length of the development site, the direction of mining operations, the thickness of the milling layer and the optimal parameters of mining machines, as well as the goals of organizing an increase in their use in operation. The main techniques were identified.