Научная статья на тему 'JORJINA HOUELLNING “QUEEN OF THE DESERT” BIOGRAFIK ASARIDA GERTRUDA BELL TIMSOLI TASVIRI'

JORJINA HOUELLNING “QUEEN OF THE DESERT” BIOGRAFIK ASARIDA GERTRUDA BELL TIMSOLI TASVIRI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

90
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Epistolyar janr / epistolyar asar / kundalik / maktub / syujet / obraz. / Epistolary genre / epistolary work / diary / letter / plot / image

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Manzila Nuriddinovna Habibova

Maqolada Jorjina Howelning “Sahro malikasi” biografik asarining stilistik tahlili berilgan bo`lib, asardagi bosh qahramonning yorqin obrazi talqin qilingan. Shuningdek, badiiy personajlarning maktublarida Gertruda Bell timsoli yoritilishi tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMAGE OF GERTRUDA BELL DESCRIBED IN THE BIOGRAPHICAL WORK OF GEORGINA HOWELL "QUEEN OF THE DESERT”

The article provides a stylistic analysis of the biographical work "Queen of the Desert" by Georgina Howel, which interprets the bright image of the main plot. It also explores, the illumination of the Gertrude Bell's image in the letters of other artistic characters

Текст научной работы на тему «JORJINA HOUELLNING “QUEEN OF THE DESERT” BIOGRAFIK ASARIDA GERTRUDA BELL TIMSOLI TASVIRI»

JORJINA HOUELLNING "QUEEN OF THE DESERT" BIOGRAFIK ASARIDA GERTRUDA BELL TIMSOLI TASVIRI

Manzila Nuriddinovna Habibova

Buxoro davlat universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada Jorjina Howelning "Sahro malikasi" biografik asarining stilistik tahlili berilgan bo'lib, asardagi bosh qahramonning yorqin obrazi talqin qilingan. Shuningdek, badiiy personajlarning maktublarida Gertruda Bell timsoli yoritilishi tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: Epistolyar janr, epistolyar asar, kundalik, maktub, syujet, obraz.

IMAGE OF GERTRUDA BELL DESCRIBED IN THE BIOGRAPHICAL WORK OF GEORGINA HOWELL "QUEEN OF THE DESERT"

Manzila Nuriddinovna Habibova

Master student, Bukhara State University

ABSTRACT

The article provides a stylistic analysis of the biographical work "Queen of the Desert" by Georgina Howel, which interprets the bright image of the main plot. It also explores, the illumination of the Gertrude Bell's image in the letters of other artistic characters.

Keywords: Epistolary genre, epistolary work, diary, letter, plot, image.

KIRISH

O'tgan asrda Gertruda Bellchalik hech bir kishi hayratlanarli yoki ta'sirli hayot kechirmagandi. Birinchi jahon urushi paytida Britaniya imperiyasining eng qudratli ayollaridan biri bo'lish uchun harakat qildi. Usmoniylar imperiyasining mag'lubiyatidan so'ng, u bugungi kunda mintaqani belgilaydigan chegaralarni, shu jumladan mustaqil Iroqni yaratishda muhim rol o'ynadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

"Queen of the Desert" biografik asar Bellning hayotini tasvirlovchi epik hikoya bo'lib, uning maktublari, harbiy jo'natmalari, kundalik yozuvlari va boshqa yozuvlari

orqali bayon etilgan. U millatlarni shakllantirgan ayol sifatida o'ziga xos va samimiy ko'rinishni taqdim etadi.[1] Sahro malikasi bo'lgan Gertruda Bell o'z kundaligida shunday yozgan edi: "I cannot feel exiled here; it is a second native country. "[2,272] "Men bu yerda surgunlikni his qila olmayman; bu ikkinchi ona vatanim." Tarixiy shaxs sifatida Gertrude Bell - juda vajohatli, o'z davrining buyuk tadqiqotchisi bo'lgan. U Britaniyalik yirik merosxo'r bo'lib, o'z kuchini, intellektini va mablag'larini, har qanday muammolarini o'zi mustaqil hal qila olgan, shuningdek, mablag'larini hayotidagi ijtimoiy masalalarga, jahon urushidagi yaradorlar va bedarak ketganlarga, josuslikka va toqqa chiqish safarlariga sarflagan. U keyingi avlodlarga "Sharq" an'analariga moyil bo'lgan va Iroqning yaratilishida muhim rol o'ynagan ayol sifatida tanilgan. O'sha davrda murakkab vaziyat bo'lishiga qaramay, Bellni Iroqning mavqeini ko'targan arxeologik qutqaruvchi sifatida maqtashgan va uni "ko'ngilli", deb tan olishgan.

"Queen of the Desert" asarining eng katta yutuqlardan biri shundaki, bu asar Gertrudaning shaxsiy qo'lyozmalari, maktublari va xotiralari to'plamlaridan keng qamrovli kontekstlashtirilgan va Jorjina Hovell tomonidan yaratilgan. Muallif Gertrudani, o'sha davrni va uning shaxsiy yozuvlarini imkon darajada keng taqdim etgan. Uning maktublari shu qadar o'ziga ishongan va murosasiz ediki, ular haqiqatni ochiq oydin namoyon etgan. Hovell oqilona yondashgan holda, Gertrudaning barcha qirralarini munosib ravishda ko'rsata olgan, Gertrudaning qalamiga mansub bejirim latifalari bilan bir qatorda yozuvchi o'z iqtidorini ham namoyon eta olgan, ba'zan satrlar orasida bir asrlik hikoyani tasvirlagan.

Gertrudaning hayotiy sayohatnomalari ham chiroyli tasvirlarni, ham tasodifiy, yoki inkor etib bo'lmaydigan irqchilikni namoyon etgan. Garchi Arabistondagi taniqli G'arb fuqarosi sifatida uning erkinliklari Gertrudani xursand qilgan bo'lsa-da, u "becoming a capital-P "Person",[3.63] bosh harfli "Shaxs" bo'lish haqida o'z xotiralarida aytib o'tgan-bu boshqalarning cheklangan erkinliklarini eslatadi. Uning hayotini taqdim etadigan juda katta miqdordagi material borligini hisobga olgan holda, Gertruda Bellning hayoti Jorjina Hovell tomonidan "Sahro malikasi " deb nomlangani hayratlanarli emas. Ko'pincha, tarixning zarvaraqalariga qaraganda, Gertrudaning merosi hozirgi kungacha, Yaqin Sharqning siyosiy shaklini aniqlashga intilayotgan dunyo kuchlari va boshqa erkak hamkasblari tomonidan jiddiy qabul qilinishi kerak bo'lgan ayollar kurashidir. "Arabistondagi Ayol" (A Woman in Arabia) asarida, u boshdan kechirgan hayotini ehtiros va samimiylik bilan qabul qilgan; bir asr vaqt sarflansa ham, u bilishga va o'rganishga arziydigan ayol sifatida gavdalantirilgan.

Gertrude Margaret Lowthian Bell, (1868 yil 14 iyul - 1926 yil 12 iyul) - ingliz yozuvchisi, sayohatchisi, siyosiy ofitseri, ma'mur va arxeolog sifatida mashhur. [4] U Buyuk Britaniyaning imperatorlik siyosatiga katta ta'sir ko'rsatgan, shu bilan birga, yaqin do'sti hamda hamkasbi Lawrence bilan birga Buyuk

Suriya , Mesopotamiya , Kichik Osiyo va Arabistonga qilingan keng sayohatlar orqali bilim va tajribasini oshirgan, davlat va millatlar orasidagi o'zaro aloqalarni mustahkamlagan .[5] Bell Hoshimiylar dinastiyasini, shuningdek, Iroqni qo'llab-quvvatlashga yordam bergan. Bell safarlarining birida Tur-Abdindan chiqib, u Xettlarning qadimiy janubiy poytaxti Karkemish arxeologik qazilmalar joylashgan yerga bordi. U erda u eski o'qituvchisi va do'sti Devid Hogart bilan uchrashishishi kerak edi, lekin uning o'rniga, hayotiga kirishi kerak bo'lgan va muhim o'rin egallagan inson bilan uchrashdi. 1911 yil 18 aprelda Gertruda u haqida shunday yozgan edi: «Qiziqarli bola; undan zo'r sayohatchi chiqadi " (" An interesting boy, he will make a traveller").[6,133] Uning ismi T.E.Lourens edi, Bell unga chuqur taassurot qoldirdi va xuddi shunday Lourens ham unga yuksak darajada ta'sir ko'rsatdi. U Angliyaga onasiga ushbu taniqli sayohatchini latofatli, o'ttiz olti yoshga o'xshaydi (haqiqatda esa u qirq uch yoshda) va lekin uncha chiroyli emasligini yozgan.

"Miss Gertruda Bell called last Sunday, and we showed her all our finds, and she told us all hers. We parted with mutual expressions of esteem: but she told Thompson his ideas of digging were prehistoric: and so we had to squash with a display of erudition. She was taken (in 5 minutes) over Byzantine, Crusader, Roman, Hittite, and French architecture ... and over Greek folk-lore, Assyrian atchitecture, and Mesopotamian Ethnology ... prehistoric pottery and telephoto lenses, bronse age metal technique, Meredith, Anatole France and the Octobrists ... the Young Turk movement, the construct statein Arabic, the price of riding camels, Assyrian burial-customs, and German methods of excavation with the Baghdad railway ... This was a kind of hors d'oeuvre ... she was getting more respectful" [7,133]

NATIJALAR

Ko'rinib turibdiki, Lourence onasiga yozgan maktubida Gertrudani donishmand va qalb nazokatini o'zida mujassamlantirgan buyuk optimist sifatida tasvirlagan. Uning jamiyatga, ijtimoiy muhitga va aksincha, jamiyatning yoki ijtimoiy muhitning Gertruda hayotiga ta'sirini diqqat markazida tutgan. Vizantiyaliklar, salibchilar, rimliklar, xettliklar kabi millatlar, fransuz me'morchiligi va yunon afsonalari, Ossuriya me'morchiligi va Mesopotamiya etnologiyasi

kabilaming xatda tilga olinishi bevosita tarix bilan chambarchas bog'liqligi ifodalangan. O'sha davr texnikalaridan darak beruvchi telefoto linzalari, bronza davri metallga ishlov berish texnikasi haqida so'z borgan, Meredit, Anatol Frantsiya va Oktobristlar-turk yoshlar harakati bo'yicha ekskursiyalar tilga olingan. Bu maktubdan ko'rinib turibdiki, Gertruda Bellning qiziqishlari keng qamrovli bo'lib, u ilm-fan sohasidagi yangiliklarga, siyosatga, tarixga, turli millatlarning ijtimoiy hayot tarziga, shu jumladan, o'z davrining barcha sohasiga faol aralashgan. Lourens "Arab cho'llari" asarining kirish qismida bir millat vakillarini quyidagicha tasvirlaydi:

"The Beduins has been born and brought up in the desert, and has embraced this barrenness too harsh for volunteers with all his soul, for the reason ... that there he finds himself indubitably free. He loses all natural ties, all comforting superfluities or complications, to achieve that personal liberty which haunts starvation and death ... He finds luxury in abnegation, renunciation, self-restraint. He lives with own life in a hard selfishness" [8,194]

Bu Lawrence tomonidan yozilgan epistolyar namunasi "Sahro malikasi " asarining 8 bobida berilgan bo'lib, uning badaviylarga bergan ta'rifi ifodalangan. Bu millatning o'ziga xos madaniyat, ong va mentalitet zaminida tarkib topgan ijtimoiy shakl deb bilib, bu xalqning tarixiy birligi, umumiqtisodiy turmushi, hudud birligi, madaniyati, ongi, ruhiyat uyg'unligini tasvirlagan. Bu millat uchun erkinlik, hurlik; hech qanday majburiyat bilan bog'lanmaganlikdir. Ularning milliy ozodligi baxt va faro-vonlikdir. ..Chunki ozodlikni hamma ham chapak chalib, xursandchilik bilan kutib olmasligi tabiiy. Badaviylarning to'la ma'noda vokelikka aylangani, ya'ni boshqalarga tobe bo'lmay, o'z erki bilan yashash, o'zini-o'zi boshqarish va o'z taqdirini o'zi belgilashi kabi tushunchalar maktubning asosiy mazmuni hisoblanadi.

Gertruda Lourens bilan dildan suhbat qilar ekan, badaviylarning kuch-qudratini targ'ib qilgan sirliligi, ularga nisbatan kuchli hayratini bo'lishgan. Ularning ikkalasi ham bu ko'chmanchilarni sahro zodagoniga aylantirgan mustaqilligi, epchilligi va qat'iyatliligiga qoyil qolishgan. Ehtimol, ularning har ikkalasi ham asket jangchilarining jismoniy jozibasidan hayratga tushganligi namoyon bo'lgan. Gertruda Bell Yaqin Sharq bo'ylab sayohatlar va qabila rahbarlari bilan bo'lgan munosabatlardagi noyob nuqtai nazaridan foydalanib, zamonaviy Iroq davlatini barpo etish va boshqarishda katta rol o'ynagan . U hayoti davomida Buyuk Britaniya rasmiylari tomonidan juda ulkan hurmatga sazovor bo'lgan. U ("one of the few representatives of His Majesty's Government remembered by the Arabs with anything resembling affection"[9,162] "Arablar tomonidan mehr va chuqur ehtirom bilan

yodda qolgan Buyuk Britaniya hukumatning noyob vakillaridan biri" sifatida tasvirlangan.

Gertruda ularni o'zining ajoyib jasorati bilan ilhomlantirgan ... u qo'rquv nima ekanligini bilmagan. O'lim uni zarracha qo'rqitmadi. Hech qanday xavf va qiyinchiliklar unga haddan tashqari tuyulmagan. U shaxsiy xavfsizligi haqida eng kam tashvishlangan. Faysal u haqida o'zligini yashirish qobiliyatini, o'zini har qanday qabilaning vakili sifatida ko'rsatish san'atini shu qadar mohirona tasvirlab berishini alohida ta'kidladi:

"Once my men brought me a picturesque looking Arab camel driver, who answered all my questions in the vernacular as though his whole life had been spent in following this humble occupation. After I have questioned the captive and have obtained from him all the information I sought ... the camel driver owned to being Miss Bell. I think I may reveal now the fact that in one of the critical phases of our history, when some of our men were wavering, the great white woman herself led them in an attack on the Turks ." [10,417]

MUHOKAMA

Maktub mazmunidan shuni anglaymizki, Gertruda harbiy daho bo'lgan, va arablarga vaqti-vaqti bilan juda qimmatli taktik maslahatlarni bergan. Faysal va Gertruda yangi yaratilgan arab mamlakatining gullab-yashnashi va oxir-oqibat arablarning butunlay mustaqilligi uchun birgalikda kurashganlar. Ushbu davr Faysal uchun ham, Gertruda uchun ham mamnuniyat va qiziqish bilan to'la bo'lgan, ular bir-biriga chinakam do'st sifatida ishongan yaqin odamlar bo'lganligi ko'rinib turibdi. Shuningdek, Faysal Gertrudaning kuchli sadoqati tarix zarvaraqalarida muhrlanganligini maktubda aytib o'tgan. Epistolyar janr namunasining yana birida, Gertruda o'z his tuyg'ularini ifada etgan:

"I'm acutely conscious of how much life has, after all, given me. I've gone back now, after many years to the old feeling of joy in existence, and I'm happy in feeling that I've got the love and confidence of a whole nation. It mayn't be the intimate happiness which I've missed, but it is a very wonderful and absorbing thingalmost too absorbing perhaps. "[11,415-416]

Gertruda to'liq fidoyilik bilan ishlashga qodir bo'lganidan xursand ekanligi ushbu epistolyar texnika namunasi orqali ifodalangan. Maktub orqali Gertruda Bellni o'ziga xos shaxsiyatga egaligi, ishtiyoqi, aql va zakovati, shuningdek, sarguzashtlarga chanqoqligi uning hayot yo'lini shakllantirganini guvohi bo'lamiz. O'zining shonli hayot yo'lini ulug'lashi, bani-basharda tinchlik-omonlikni orzu

qilganlar mushoirasi bilan birga, muhim hayotiy muammolar va insoniy dardu kechinmalar tasvirini ham ko'ramiz. Bularning barchasi Gertruda Belldagi g'oyaviy yuksaklik, dilbarlik va pokizalik, teran ma'no-mazmunga ega bo'lgan xususiyatlar jarayonida yuzaga chiqqan. Undagi bunday hayotbaxshlik va insoniylik fazilatlari, millatlarning ma'naviy hayotidagi fidoyiligi uni sadoqatli yetuk insonga aylantirgan. Maktub orgali shuni anglaymizki, hayotni o'zining yuksak ma'naviyati va ayolga xos nazokatli nigohi bilan kuzatib yashagan Gertruda inson hayotida sodir bo'ladigan sevinchli va g'amgin holatlarga ro'baro' kelgan bo'lsa ham, hayot sinovlari va to'fonlari oldida qaddi bukilmagan, o'z taqdirini boshqa xalqlar taqdiri bilan bog'liqlikda his qilgan, uning izzat-ikromiga muyassar bo'lganligi uchun shukronalar keltirganligi maktubda yaqqol sezilib turibti. Gertrudaning yoshligidan xalqaro masalalarga bo'lgan intiluvchanligi uning Britaniya siyosatini olib borishda zamin yaratgan, ehtimol, uning dunyoga bo'lgan qiziqishi keyinchalik xalqaro siyosatga aralashishiga turtki bo'lgan.[12]

Gertrude Bell uch yoshda bo'lganida onasining vafoti otasi ser Hugh Bell bilan doimiy yaqin munosabatlarga olib kelgan, Sir Hugh Bell 2-chi baronet , mashhur kapitalist va fabrika egasi edi, va u o'z ishchilariga yaxshi maosh to'lash va g'amxo'rlik qilishlarini ta'minlagan.[13] Gertrude butun umri davomida turli xil davlat lavozimlarida xizmat qilgan otasi bilan siyosiy masalalar bo'yicha maslahatlashgan. Gertruda Bell dastlab Londonning Queen's Collegeda, keyinchalik 17 yoshida Oksford universitetining Lady Margaret Hall, , da tahsil olgan.[14] Tarixdan ma'lumki, o;sha davrda ayollar uchun ko'plab cheklovlar bo'lgan, bir necha fanlarni o'rganishga ruxsat berilmasdi. U (zamonaviy) Eng yangi tarix mutaxassisligini o'rgangan va u Oksfordda zamonaviy tarixni birinchi darajali imtiyozli diplom bilan tugatgan birinchi ayol , bunday yutuqlarga atigi ikki yilda erishgan.[15] Aslida o'sha yili o'n bir kishi bitirgan. To'qqiztasi qayd etilgan, chunki ular erkak edi, qolgan ikkitasi Bell va Elis Grinvud bo'lgan .[16]

Gertruda yetti yoshida, otasi uylandi, unga o'gay onasi Florens Bell (nee Olliffe) uch aka-ukalarni hadya etdi. Florensiya Bell dramaturg va bolalar hikoyalari muallifi, shuningdek, Bell zavodi ishchilarining tadqiqotlari muallifi edi. U Gertrudaga burch va insonparvarlik tushunchalarini uyg'otgan va uning intellektual rivojlanishiga hissa qo'shgan. Florentsiya Bellning zavod ishchilarining turmush o'rtoqlari bilan olib borgan faoliyati Gertruda Bellga Iroq ayollari bilan munosabatida va ularga ta'lim berishda ijobiy ta'sir ko'rsatgan. [17,5-6] U ayollar uchun ma'rifiy ma'ruzalar uyushtirgan, shunday yozgan edi: "Ular o'zlariga-o'zlari najot topishlari kerak va bunga butparast tomonidan faol qo'llab-

quvvatlanishi ularga yordam bermaydi, hatto ... Menga bu erda ko'p narsalarga ruxsat berilgan bo'lsa-da.""They must work out their own salvation and it wouldn't help them to be actively backed by an infidel, even ... I who am permitted many things here"[18,257] deb yozgan Gertruda o'z xotiralarida. Bu misralar orqali Iroq ayollarining huquq va erkinliklari chegaralanganligini, ularning ruhiy holati, o'y-fikrlarini aks ettiradi. Hayot hamisha insonlarning tirikchiligi, mehnat faoliyati, kurashi, his-tuyg'ulari, kechinmalaridan iborat degan tushunchaga tayangan holda,ayollarning erkin, ozod inson sifatida yashashi va o'z insonligini namoyon etishi uchun juda ko'p narsalar kerakligiga shama qiladi. Hayotdagi voqea-hodisalar, ayollarning dunyoqarashi, xarakter xususiyati, madaniy-ilmiy saviyasini oshirishga, ularning niyatlarini va orzu-istaklarini ro'yobga chiqarishga intilayotgani yaqqol ko'rinib turibti. Yuqorida eslatib o'tganimizday, turli xalqlar ayollari bilan munosabatlarining rivojlanishida va ular hayotidagi ayrim muammolarini hal etishda Gertrudaning aralashuviga sabab bo'lgan ayol uning o'gay onasi Florensiya bo'lgan. Juda ko'plab maktublar orqali shularni bilib olishmiz mumkinki, bu mehribon ochiq ko'ngilli ayol Gertruda hayotiga 8 yoshida kirib borgan, va uning yetuk shaxs, shuningdek, ayol sifatida shakllanishida eng katta ta'sir ko'rsatgan. ba'zan Florensiya u bilan bahslashgan, ammo uning ta'siri doimo mustahkam va ijobiy bolgan. Florensiya ko'plab iste'dodlarga ega bo'lganganligi, uning musiqa va adabiyotni yaxshi bilganligi, kitoblar, insholar va pyesalar yozganligi, hamma bilan til topisha oladigan, sotsiologiya va bolalarni o'qitish va tarbiyalashni yaxshi eplaganligini bir qator maktublarda ko'ra olamiz. Gertruda otasi Hyu bilan juda yaqin aloqada bo'lgan, ular hamma narsani bir-birlari bilan bo'lishgan, fikr almashishgan va hatto dunyoning turli burchaklarida yashaganlarida ham shunday bo'lib qolgan. Florens yozganidek: Gertrudaning otasi bilan erta bolalikdan boshlangan munosabati uning hayotiga doimiy ta'sir ko'rsatgan. Otasiga bo'lgan sadoqati, unga nisbatan samimiy munosabati, yaqin do'stligi, ikkalasiga ham yoqimli, o'zaro chuqur vafodorlik-ikkalasi uchun ham u o'limigacha hayotning asosi edi. "The abiding influence in Gertrude's life from the time she was a little child was her relation to her father. Her devotion to him, her whole-hearted admiration, the close and satisfying championship between them their deep mutual affection - these were to both the very foundation of existence until the day she died. "[19,15]

Gertruda haqidagi so'zlar Florentsiyaning saxiyligini ko'rsatib turibdi: u hech qachon hasadga berilmagan, sadoqatli otasi va qizini bir-biridan uzoqlashtirishga urinmagan.Aksincha, qizining har bir hatti-harakatini, uning dunyoqarashini qo'llab quvvatlagan.

XULOSA

Demak, Gertruda o'z hayoti davomida nafaqat o'zining ruhiy-ma'naviy dunyosini boyitib bordi, balki Eron, Arabiston va arab xalqlarining hayot tarzini, tashqi dunyoni, tabiat va jamiyatni mukammal o'rgangan. Shuni ta'kidlash lozimki, Gertruda obrazini tasvirlovchi barcha epistolyar janr namunalarida, undagi tug'ma g'oyalar, adolat, insoniylik, uyg'unlik goyalari barq urib turgan. U o'zini qurshab olgan olamni uyg'unlikda idrok eta olgan, hayotni chuqur his etgan Gertruda obrazi kitobxon qalbini jumbushga keltirgan. Shuningdek, epistolyar janr namunalari Gertruda hayotining o'tkirchanligini ifodalashga xizmat qilgan. Biografik asarda epistolyar janrning qo'llanganligi asar mazmunini tushunishda, hamda syujetlar haqida ma'lumot berishga xizmat qilgan. Maktublar orqali Gertruda Bellni o'ziga xos shaxsiyatga egaligi, ishtiyoqi, aql va zakovati, shuningdek, sarguzashtlarga chanqoqligi uning hayot yo'lini shakllantirganini guvohi bo'lamiz. O'zining shonli hayot yo'lini ulug'lashi, bani-basharda tinchlik-omonlikni orzu qilganlar mushoirasi bilan birga, muhim hayotiy muammolar va insoniy dardu kechinmalar tasvirini ham ko'ramiz. Bularning barchasi Gertruda Belldagi g'oyaviy yuksaklik, dilbarlik va pokizalik, teran ma'no-mazmunga ega bo'lgan xususiyatlar jarayonida yuzaga chiqqan. Undagi bunday hayotbaxshlik va insoniylik fazilatlari, millatlarning ma'naviy hayotidagi fidoyiligi uni sadoqatli yetuk insonga aylantirgan. Hayotni o'zining yuksak ma'naviyati va ayolga xos nazokatli nigohi bilan kuzatib yashagan Gertruda inson hayotida sodir bo'ladigan qiyinchiliklar, hayot sinovlari va to'fonlari oldida qaddi bukilmagan, o'z taqdirini boshqa xalqlar taqdiri bilan bog'liqlikda his qilgan, uning izzat-ikromiga muyassar bo'lganligi yuqorida keltirilgan maktublarda yaqqol namoyon bo'lgan.

REFERENCES

1. Georgina Howell is the author of the acclaimed biography Gertrude Bell: Queen of the Desert, Shaper of Nations.

2. The Writings of the Queen of the Desert by Gertrude Bell and Georgina Howell Paperback, 272 pages

3. Georgina Howell. Queen of the Desert. Pan Books 2007. Page 63

4. Bell, Gertrude Lowthian. O'Brien, Rosemary (ed.). Gertrude Bell: The Arabian Diaries, 1913-1914

5. "Getrude Bell". The Dictionary of National Biography.

6. Georgina Howell. Queen of the Desert. Pan Books 2007. Page133

7. Georgina Howell. Queen of the Desert. Pan Books 2007. Page133

8. Georgina Howell. Queen of the Desert. Pan Books 2007. Page194

9. Meyer, Karl E.; Brysac, Shareen B. (2008), Kingmakers: The Invention of the Modern Middle East, New York: W.W. Norton & Co., p. 162

10. Georgina Howell. Queen of the Desert. Pan Books 2007. Page417

11. Georgina Howell. Queen of the Desert. Pan Books 2007. Page415-416

12. O'Brien, Rosemary, ed. (2000), Gertrude Bell: The Arabian Diaries, 1913-1914, Syracuse, NY: Syracuse University Press

13. Howell, Georgina (2008). Gertrude Bell: Queen of the Desert, Shaper of Nations (Paperback ed.). Farrar, Straus and Giroux. ISBN 0-374-53135-8

14. "LMH, Oxford - Prominent Alumni". Retrieved 20 May 2015.

15. Howell, Georgina (2007). Queen of the Desert: The Extraordinary Life of Gertrude Bell (Paperback ed.). Pan

16. "Greenwood, Alice Drayton (1862-1935), historian | Oxford Dictionary of National

17. O'Brien, pp. 5-6

18. Georgina Howell. Queen of the Desert. Pan Books 2007. Page 257

19. Georgina Howell. Queen of the Desert. Pan Books 2007. Page15

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.