Научная статья на тему 'JISMONIY VA TEXNIK-TAKTIK TAYYORGARLIKNING BOG‘LIQLIGI VA UNI NAZORAT QILISH MASALALARI'

JISMONIY VA TEXNIK-TAKTIK TAYYORGARLIKNING BOG‘LIQLIGI VA UNI NAZORAT QILISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1011
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
HARAKAT MALAKALARI / JISMONIY TAYYORGARLIK / TEXNIK-TAKTIK TAYYORGARLIK / TRENIROVKA / NAZORAT TEST

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Turg'Unov A.A.

Ushbu maqolada yosh voleybolchilarning jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlik masalalari tahlil qilingan. Muallif, bu maqolada sport mashg’ulotlarining zamonaviy tizimida jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlikni nazorat qilishga alohida e’tibor qaratadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEPENDENCE OF PHYSICAL AND TECHNICAL AND TACTICAL TRAINING AND ITS CONTROL ISSUES

The physicality of young volleyball players in this article and technical and tactical training issues were analyzed. In this article, the author pays special attention to the control of physical and technical-tactical training in the modern system of sports training.

Текст научной работы на тему «JISMONIY VA TEXNIK-TAKTIK TAYYORGARLIKNING BOG‘LIQLIGI VA UNI NAZORAT QILISH MASALALARI»

Turg'unov A.A.

Namangan davlat universiteti Sportfaoliyati kafedra o'qituvchisi

JISMONIY VA TEXNIK-TAKTIK TAYYORGARLIKNING BOG'LIQLIGI VA UNI NAZORAT QILISH MASALALARI

Annotatsiya: ushbu maqolada yosh voleybolchilarning jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlik masalalari tahlil qilingan. Muallif, bu maqolada sport mashg'ulotlarining zamonaviy tizimida jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlikni nazorat qilishga alohida e 'tibor qaratadi.

Kalit so'zlar: harakat malakalari, jismoniy tayyorgarlik, texnik-taktik tayyorgarlik, trenirovka, nazorat test.

Turg'unov A.A. lecturer

department of sports activity Namangan State University

DEPENDENCE OF PHYSICAL AND TECHNICAL AND TACTICAL TRAINING AND ITS CONTROL ISSUES

Annotation: The physicality of young volleyball players in this article and technical and tactical training issues were analyzed. In this article, the author pays special attention to the control of physical and technical-tactical training in the modern system of sports training.

Keywords: movement skills, physical training, technical and tactical training, training, control.

Respublikamizda aholini salomatligini mustahkamlash borasida ham

doimiy ravishdakatta ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Prezidentimiz tomonidan respublikamizda ommaviy sportning sifat va samaradorligini oshirish maqsadida 2017-yil 3-iyunda "Jismoniy tarbiya vaommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi "O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6017-son va "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish choratadbirlari to'g'risida"giPF-6099-son Farmonlari sport ishlarini tizimli yo'lga qo'yishda dasturi amal bo'lib kelmoqda.

Harakat malakalari jismoniy sifat va qobiliyatlar asosida amalga oshirilaldi. Binobarin, jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlik bir-biri bilan uzviy bog'liqdir. Shunday ekan bu ikki turdagi tayyorgarlik jarayonini nazorat qilib

turish o'quv — trenirovka mashg'ulotlarini to'g'ri tashkil qilish imkoniyatini yaratadi.

Shug'ullanuvchining jismoniy tayyorgarligi sport faoliyati uchun zarur bo'lgan jismoniy sifatlarni tarbiyalashdan iboratdir.

Yosh voleybolchilar bilan ishlashdagi dastlabki tayyorgarlik bosqichida har tomonlama jismoniy tayyorgarlikni egallashga, sog'liqni mustahkamlash, hilma-hil ko'nikma va malakalarni egallab olishga, voleybol o'yini texnikasi va taktikasining boshlang'ich asoslariga o'rgatishga qaratilgan vositalar kompleksidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Pedagogik nazorat shug'ullanuvchilarning jismoniy, texnik va taktik tayyorgarligini aniqlashning asosiy shaklidir. Pedagogik nazorat trener va shifokor tomonidan olib boriladi. Bunda o'tkazilgan mashg'ulotlarning mazmuni, hajmi va shiddati xisobga olinadi hamda trenirovka rejalarining bajarilishi tahlil qilinadi. Quyidagilarni tahlildan o'tkazish tavsiya etiladi.

- jamoalarning trenirovka rejalari va ularning bajarilishi;

- mashg'ulot vositalari, shakllari va uslubiyati hamda ularning mashg'ulotlarda qo'llanilishi;

- shug'ullanuvchilar jismoniy sifatlarining qay darajada oshganligi, texnika va taktikasidagi o'zgarishlar;

- shug'ullanuvchilarning sog'ligi va funksional imkoniyatlarining o'zgarishi.

Mashg'ulot rejalarining bajarilishini hisobga olish jurnallari, kundaliklari konspektlar bo'yicha va trenirovkalarni kuzatish yo'li bilan aniqlanadi. Mashg'ulot vositalari, uning shakli va usuliyati hamda ularning qo'llanilishi mashg'ulot jarayonidagi pedagogik kuzatishlar yo'li bilan hamda tuzilgan rejalarni tahlil qilish yordamida aniqlanadi.

Jismoniy, texnik va taktik tayyorgarlikning qay darajada rivojlanganligini nazorat-sinovlar, o'yin natijalariga qarab aniqlanadi.

Voleybolchilarning trenirovkasini pedagogik jihatdan nazorat qilish uchun nazorat mashqlar komplekslari va testlar tuziladi. Bunda harakat sifatlarining ham umumiy, ham maxsus rivojlanishiga baho berish uchun bajariladigan mashqlar olinadi.

Jismoniy sifatlarning maxsus rivojlanishidagi o'zgarishlarni baholash uchun olinadigan mashqlar shaklan asosiy sport harakatlariga yaqin bo'lishi kerak.

Testlar bir muddatda va imkon boricha bir sharoitda o'tkaziladi. Testlar komplekslari va sinovlarini o'tkazish sharoitini tez-tez o'zgartirish tavsiya etilmaydi. Ularni tez-tez almashtirish trener - pedagogning test davomida ko'rsatilgan natijalarni taqqoslash imkonidan mahrum qiladi.

Trenirovkaga stimul berish uchun nazorat mashqlar komplekslarini joriy qilish bilan bir qatorda me'yoriy talablar ham joriy etiladi.

Nazorat mashqlariga oid me'yorlar voleybolchilar yoshiga, jinsiga va mahorat darajasiga muvofiq ravishda differensiatsiyalanadi.

Shug'ullanuvchilarning texnik va taktik tayyorgarligini quyidagicha kuzatib borish mumkin:

1. Shug'ullanuvchilarning musobaqada faollik va ishchanlik ko'rsatishi. Musobaqada bajargan ishlari (yugurish, sakrash, texnik va taktik harakatlarning bajarilishi)ga qarab baho beriladi.

2. Harakat ko'nikmalarining barqarorligini nazorat qilish qo'shimcha ko'nikma barqarorligining buzilish xarakteri, buzilish vaqti va oqibatlari, buzilishga sabab bo'lgan vaziyat va omillar o'rganiladi.

3. Maqsadga muvofik ravishda bajarilgan harakatlar soni.

O'quv trenirovka jarayonini samaradorligini oshirish uchun uni ko'p jihatdan kompleks nazorat qilish dasturi ishlab chiqilmog'i zarur bo'ladi.

Bosqichma - bosqich nazorat qilish bu voleybolchilarning har bir tayyorgarlik bosqichining boshi va ohiridagi tayyorgarligini baholashdir.

Joriy nazorat qilishda oylik va xaftalik sikllardagi mashg'ulotlar natijasida ro'y beradigan fiziologik, bioximik, psixologik o'zgarishlar va nagruzkalarning mikdori hamda yo'nalishi baholanadi.

Tezkor nazorat qilish yordamida mashqlarning hajmi va shiddati, ularning dozalarga bo'linishi va ta'sir qilishi, mashg'ulotlarda mashqlar bilan dam olishning to'g'ri almashtirib turilishi, bajarilish samaradorligi, texnik va taktik harakatlarning ishonchliligi baholanadi.

Jismoniy tayyorgarlikni aniqlash uchun nazorat mashqlari:

1. Yugurish 30; 60 metrlarga

2. Estafera yugurishlari

3. To'siqlar osha yugurish

4. Mokisimon yugurishlar

5. Kross yugurishlar

6. Turgan joyida uzunlikka sakrash va ko'p sakrashlar

7. Turgan joyidan balandlikka sakrash

8. Yugurib kelib uzunlikka va balandlikka sakrash

9. Irg'itishlar (koptok, to'ldirma to'p, nayza, granata)

Javob harakati reaksiyasini aniqlash uchun nazorat mashqlari:

1. Start chizig'idan turli holatlarda (yon tomon bilan, orqa bilan, qo'llarga tayanib yotgan holda, o'tirgan holda) 5; 10; 15 metrga tezlanib yugurish.

2. Kombinatsiyalangan mokisimon yugurish (boshlanishida oddiy yugurish, kaytishda orqa bilan).

3. Signallar bo'yicha (oldindan belgilangan holda) harakatlarni o'zgartirib yugurish.

4. Harakatli va milliy o'yin lar.

Shug'ullanuvchilarning texnik va taktik tayyorgarligi darajasi vizual kuzatishlar usuli bilan nazorat qilinadi. Voleybolchilar bajargan texnik va taktik usullar balli tizim bo' yicha baholanadi. o ' yin texnikasi va taktikasida o'zgarishlarni baholash uchun vizual yozib olishdan foydalaniladi. Bunda texnik va taktik harakatlar uchun maxsus ishlab chiqilgan ballar qo'yiladi.

Mashg'ulot va musobaqa vaqtlarida shug'ullanuvchilarni muntazam kuzatib borish va ularni doimo taqqoslash trenirovka mashg'ulotlarining samarasini oshiradi va musobaqalarda yaxshi natijalarga erishishga imkon yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:

1. Узбекистон Республикаси Президентининг «Жисмоний тарбия ва оммавий спортни янада ривожлантириш чора-тадбирлари тyFрисида»ги К,арори (2017. 3 июн). Узбекистон Республикаси конун хужжатлари туплами № 23. -Тошкент, 2017. 12 июн.

2. Ашуркова С.Ф. Теория и методика волейбола. // Учебник для высших учебных заведений. Т.: 2020. - 550 с.

3. Pulatov A.A., Qdirova M.A., Ummatov A.A. Voleybol nazariyasi va uslubiyati. // O'quv qo'llanma. T.: 2017. - 485 b.

4. Pulatov A.A., Qdirova M.A. Sport pedagogik mahoratni oshirish (voleybol). // O'quv qo'llanma. T.: 2017. - 251 b.

5. Pulatov A.A. Voleybol nazariyasi va uslubiyati. // Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. T.: 2020. - 440 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.