Научная статья на тему 'JISMONIY TARBIYA VAZIFALARI VA VOSITALARI'

JISMONIY TARBIYA VAZIFALARI VA VOSITALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’limiy / sog’lomlashtiruvchi / tarbiyaviy / termoregulyasiya / ertalabki badantarbiya / mashg’ulot / sayr / o’yinlar / harakatli o’yinlar / sport mashqlari / quvnoq jismoniy daqiqalar / sport musobaqalari / estafetalar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ganiyeva Dildora Muqimovna, Xamidova Dilzoda Komiljon Qizi

Ushbu maqolada Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasining vazifalari. Jismoniy tarbiya vazifalarining tasnifi usullari. qobiliyatlarini shakllantirish masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o’rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JISMONIY TARBIYA VAZIFALARI VA VOSITALARI»

JISMONIY TARBIYA VAZIFALARI VA VOSITALARI

1Ganiyeva Dildora Muqimovna, 2Xamidova Dilzoda Komiljon qizi

1Qo'qon davlat pedagogika instituti o'qituvchisi, 2Qo'qon davlat pedagogika institut talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11210084

Annotatsiya. Ushbu maqolada Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasining vazifalari. Jismoniy tarbiya vazifalarining tasnifi usullari. qobiliyatlarini shakllantirish masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o'rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: ta'limiy, sog'lomlashtiruvchi, tarbiyaviy, termoregulyasiya, ertalabki badantarbiya, mashg'ulot, sayr, o'yinlar, harakatli o'yinlar, sport mashqlari, quvnoq jismoniy daqiqalar, sport musobaqalari, estafetalar.

Аннотация. В данной статье рассмотрены задачи физического воспитания детей дошкольного возраста. Методика классификации задач физического воспитания. Подчеркивается научно-теоретическая значимость вопроса формирования способностей, уровень его изученности и актуальность в настоящее время.

Ключевые слова: познавательная, оздоровительная, воспитательная, терморегуляция, утренняя физкультура, зарядка, прогулка, игры, подвижные игры, спортивные упражнения, веселые физкультурные моменты, спортивные соревнования, эстафеты.

Abstract. In this article, the tasks of physical education of preschool children. Methods of classification of physical education tasks. the scientific theoretical importance of the issue of formation of abilities, the level of its study and its importance at the present time are highlighted.

Keywords: educational, healthy, educational, thermoregulation, morning physical education, exercise, walk, games, action games, sports exercises, fun physical moments, sports competitions, relays.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasining vazifalari. Jismoniy tarbiya tizimining barcha bo'g'inlaridagi yagona maqsad: bolalarni hayotiga, mehnat va vatan himoyasiga tayyorlash ishini amalga oshirishdir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalashning vazifalari, ularni yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda berilgandir.

Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalari mavjuddir.

1. Sog'lomlashtirish vazifalari.

2. Ta'limiy vazifalar.

3. Tarbiyaviy vazifalar.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o'tkaziladigan jismoniy tarbiya tadbirlar (ertalabki badantarbiya, mashg'ulot, sayr vaqtida o'ynaladigan o'yinlar, harakatli o'yinlar, sport mashqlari, quvnoq jismoniy daqiqalar, sport musobaqalari va turli bayramlar sharafiga uyushtiriladigan estafetalar)i orqali sog'lomlashtirish, ta'limiy va tarbiyaviy vazifalar amalga oshiriladi.

Sog'lomlashtirish vazifalari. Bola hayotiini saqlash va sog'lig'ini mustahkamlash, jismoniy rivojlanishni yaxshilash, organizm funksiyalarini takomillashtirish, chiniqish yo'li bilan uning turli kasalliklarga nisbatan himoyalanish xususiyatlarini va chidamliligini, tashqi muhitning noqulay sharoitlariga (suv va havoning past va yuqori haroratiga, quyosh nurining ta'siri) bo'lgan qarshiligini oshirish. Bundan tashqari bolalarning umumiy ish qobiliyatini oshirish ham muhimdir.

Bola organizmi rivojlanishi xususiyatlarini hisobga olgan holda sog'lomlashtirish vazifalari juda aniq belgilanadi, chunonchi: suyaklarning to'g'ri va o'z vaqtida qotishiga, umurtqa

egiklarining shakllanishiga, tovon ravoqlariniig rivojlanishiga, bo'g'imbog'lam apparatnnipg mustahkamlanishiga yordam berish; tana qismlarining (proporsiyalar) to'g'ri nisbatda rivojlanishiga, suyaklar o'sishi va massasini bir tartibga solishga yordam berish; barcha muskullar guruhini rivojlantirish (tana, oyoq, qo'l va elka kamari, barmoqlar, tovon, bo'yin, ko'z, ichki organlar yurak, qon tomirlar, nafas olish va boshqa muskullar); ayniqsa zaif rivojlapgan bukuvchi muskullar guruhining rivojlanishiga alohida e'tibor berish lozim.

Yurak-qon tomirlari va nafas olish sistemalari faoliyatini takomillashtirishga yordam berish, ya'ni yurakka qon oqishini kuchaytirish, uning qisqarish ritmini yaxshilash va to'satdan o'zgaradigan yuklamaga moslashish qobiliyatini rivojlantirish; ko'krak qafasi harakatchanligini o'stirish, chuqur iafas olish, uning ritmi barqarorligiga, o'pka sig'imini oshirishga cordam berish, burundan nafas olishni yaxshilash; ichki organlarning (ovqat hazm qilish, modda ajralish va boshqalar) to'g'ri ishlashiga yordamlashish; termoregulyasiya funksiyasining to'g'ri rivojlanishiga ko'maklashish. Markaziy nerv tizimning faoliyatini takomillashtirish: qo'zg'alish va tormozlanish, ularning harakatchanligi jaraconlarining muqobilligiga, shuningdek, harakat analizatori, sezgi organlarining takomillashuviga cordam berish.

Ta'limiy vazifalar. Maktabgacha Yoshdagibolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonida ta'limiy vazifalarni hal etish ham muhimdir. Chunonchi: harakat ko'nikma va malakalarini shakllantirish, jismoniy sifatlar (Chaqqonlik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, ko'z bilan chamalash, kuchlilik, chidamlilik) ni o'stirish, to'g'ri qaddiqomat, gigiena ko'nikmalarini tarbiyalash, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni o'zlashtirish. Bolalar nerv tizimning plastikligi tufayli ularda harakat ko'nikmalari nisbatan engil shakllanadi. Ularning ko'pchiligida (emaklash, yurish, yugurish, chang'ida yurish, velosipedda sayr qilish va boshqalar) kundalik hayotida harakat vositasi sifatida foydalanadilar. Harakat ko'nikmalari tashqi muhit bilan aloqani osonlashtiradi va uni bilishga yordam beradi: bola emaklab o'zini qiziqtirgan narsalarga yaqinlashadi va ular bilan tanishadi; chang'ida yura oladigan; velosipedda sayr qila oladigan, qor, shamol kabi tabiat hodisalarini idrok etadilar; suzish chog'ida esa bolalar suvning xossalari bilan tanishadilar.

Jismoniy mashqlarni to'g'ri bajarish muskullar, paylar, bo'g'inlar, suyak tizimni rivojlantirishga samarali ta'sir qiladi.

Mustahkam shakllangan harakat ko'nikmalaridan foydalanish bolaga mashqlarni bajarishda jismoniy kuchni tejash va o'yin faoliyatida e'tiborni kutilmagan vaziyatlarda yuzaga keladigan turli vazifalarni tushunib olishga yo'naltirish imkonini beradi. Bolalarda 7 yoshgacha shakllangan harakat ko'nikmalari maktabda ularni yanada takomillashtirish uchun zamin bo'lib xizmat qiladi va kelajakda sportda yuqori natijalarga erishish imkonini beradi. Bolalarda harakat ko'nikmalarining shakllanishi jarayonida birmuncha murakkabroq harakatlar va bu harakatlarni o'z ichiga oluvchi turli faoliyat turlarini osongina egallash qobiliyati hosil qilinadi.

Yosh guruhlariga oid harakat ko'nikmalarining hajmi Maktabgacha ta'limga qo'yiladigan Davlat talablari va "Ilk qadam" dasturida berilgan (ko'rsatmalar, indikatorlar, ta'limiy yondashuv, umrivojlantiruvchi mashqlar, asosiy harakatlar, sport mashqlarini bajarish) ko'nikmalarini shakllantirish lozim. Bundan tashqari, bolalarni sport o'yinlariga (suzish, velosipedda uchish) va sport o'yinlari elementlari (basketbol, xokkey, futbol, voleybol)ni bajarishga o'rgatish zarur. Harakat ko'nikmalari hajmi maktabgacha tarbiya muassasalarida sharoitning mavjudligi, bolalarning jismoniy tayyorgarligi, tarbiyachilarning malakasi, otaonalar yordamiga qarab kengaytirilishi mumkin.

Maktabgacha yoshidagi bolalarni o'tirgan, turgan holatda va yurganda qaddi-qomatni to'g'ri tutish ko'nikmalariga o'rgatish muhim.

Bu yoshda shaxsiy va ijtimoiy gigienaning boshlang'ich ko'nikmalari (qo'l yuvish, kiyimkechak, poyabzalni yaxshi tutish, o'yinchoqlar, jismoniy tarbiya inventarlari, xona va hokazolarni toza tutish) ko'nikmalarini singidirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga mashg'ulotlarning foydasi haqidagi, jismoniy mashqlarning ahamiyati, ularni o'tkazish metodikasi haqida, harakatli o'yinlar va hokazolar haqidagi jismoniy tarbiyaga oid bilimlarni berish muhimdir.

Bolalar gavda qismlarining nomini, harakat yo'nalishi (yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, o'ngga, chapga, to'la aylanish), jismoniy tarbiya inventarlarining nomi va qay maqsadda ishlatilishi, ularni saqlash va tutish, kiyim-kechak va poyabzalga qarash qoidasini bilishlari lozim. Olingan bilimlar bolalarga jismoniy mashqlar bilan juda ongli va to'laqonli shug'ullanish, bolalar bog'chasi va oiladagi jismoniy tarbiya vositalaridan mustaqil foydalanish imkonini beradi.

Jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish jarayonida tabiat hodisalari, ijtimoiy hayoti, hayvonlar, qushlar, hasharotlar haqidagi bilimlarni mustahkamlash zarur.

Tarbiyaviy vazifalar. Jismoniy tarbiya jarayonida bolalarda rejimga rioya qilish, jismoniy mashqlar bilan har kuni shug'ullanish ehtiyojini hosil qilish bu mashqlar bilan maktabgacha tarbiya tashkilotlarida va oilada mustaqil shug'ullanish malakalarini rivojlantirish, ularni o'z tengdoshlari va kichik yoshdagi bolalar bilan o'tkazish. Bolalarda sport mashg'ulotlariga muxabbat, ularning natijalariga, sportchilarning yutuqlariga qiziqishni tarbiyalash lozim.

Jismoniy mashqlarni bajarishda xarakterning ijobiy xususiyatlari (uyushganlik, intizomlilik, kamtarlik, ko'ngilchanlik va hokazo) va axloqiy fazilat (halollik, haqqoniylik, o'rtoqlik hissi, o'zaro yordam, jamoa bo'lib shug'ullanish malakasi, jismoniy tarbiya inventarini ehtiyot qilish, topshiriqni mas'uliyat bilan bajarish) larni tarbiyalash, shuningdek, irodaviy fazilatlar (botirlik, qat'iylik, o'z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni engishda sabotlilik, chidamlilik va boshqalar) ni namoyon qilish uchun juda qulay sharoit yaratiladi.

To'g'ri tashkil etilgan jismoniy tarbiya tadbirlari bolalarning aqliy o'sishiga yordam beradi, chunki nerv tizim va boshqa organ hamda sistemalarning normal faoliyati uchun qulay sharoit yaratiladi, bu esa yaxshiroq idrok etish va eslab qolishga yordam beradi. Bolalarda barcha psixik jarayonlar (idrok, tafakkur, xotira, xayol va boshqalar), shuningdek, tafakkur operasiyalari (kuzatish, taqqoslash, analiz, sintez, umumlashtirish va boshqalar) rnvojlanadi.

Bolalarda harakat faoliyat sohasida olingan bilim va ko'nikmalardan faollik, mustaqillik, fahmlilik, ziyraklik va topqirlik ko'rsatgan holda ijodiy foydalana olish malakasini tarbiyalash zarur. SHuningdek, njobiy emosiyalar, tetik, xushchaqchaq kayfiyatni tarbiyalash, salbiy psixik holatni tezda engib o'tish malakasini rivojlantirish juda muhimdir. Bu shuning uchun ham zarurki, ijobiy emosiyalar barcha organlar va organizm sistemalari ishiga yaxshi ta'sir qiladi, harakat ko'nikmalarining tez va barqaror shakllanishini ta'minlaydi.

Jismoniy tarbiya estetik tarbiyani amalga oshirish uchun qulaylik yaratadi. Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida estetik zavqni his qilish va idrok etish, go'zalliknn, harakatlarning ifodaliligini, qad-qomatning nafisligini, kiyimbosh, sport inventarlari, tevarakatrofning go'zalligini tushunish va to'g'ri baholay olish qobiliyatini rivojlantirish lozim.

Jismoniy tarbiya jarayonida mehnat tarbiyasi ham amalga oshiriladi. Bolalar sog'ligi mustahkamlanadi, harakat ko'nikmalari shakllanadi, mehnat qilish uchun zarur bo'lgan jismoniy fazilatlar rivojlanadi. Bolalar binoni, uchastkani jihozlash (sakrash uchun qum to'ldirilgan o'ralar, qor uyumlari, sirg'anish uchun muz yo'lkalar, yaxmalak, chang'i yo'li va hokazolar qurish), jismoniy tarbiya inventarini yasash va yaratish (uloqtirish uchun qopchalar tikish, nishonlarni bo'yash va hokazo), sport kiyimlari, poyabzalini saqlash, ularga qarash, bino va uchastkani

mashg'ulotga tayyorlash (uchastkani qordan tozalash, to'kilgan barglarni yig'ib olish, maydonchaga suv quyish va hokazo) jismoniy mashg'ulotlarda jismoniy tarbiya inventarlari, atributlari, o'yinchoqlarni joyjoyiga qo'yish va yig'ib olish bilan bog'liq mehnat ko'nikmalarini egallaydilar.

Bundan tashqari bolalar jismoniy tarbiya inventarlarini saqlashga oid mehnat ko'nikmalarini hosil qiladilar: gimnastika devori, skameykasi, doska, to'p, tacoqlar, chambarak va boshqalardagi changni artadilar; chang'ilarni qordan tozalab, yog' surtib, joyiga qo'yib qo'yadilar, velosipedni changdan tozalaydilar va hokazo. Bolalarda o'zo'ziga xizmat qilish (kiyimboshni, poyabzalni o'zi kiyish va echish), shuningdek, chiniqish va hokazo mashg'ulotlarini o'tkazishda tarbiyachiga yordamlashishga intilish ko'nikmalari shakllanadi. Mashg'ulotlar vaqtida bolalarda kattalar va tengdoshlari mehnatiga nisbatan hurmat hissini tarbiyalash zarur.

Jismoniy tarbiya vositalarining umumiy xarakteristikasi. Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi vazifalarini hal etishda gigienik omillar, tabiatning tabiiy kuchlari, jismoniy mashqlar va boshqalardan foydalaniladi. Har xil faoliyat turlariga kiruvchi (qo'l mehnati, musiqa asboblarini chalish, loy yoki plastilindan narsa yasash, qurishyasash, rasm chizish, kiyinish, yuvinish va boshqalar) hilma-xil harakatlar bolalarning jismoniy rivojlanishiga ta'sir etadi. To'laqonli jismoniy tarbiyaga barcha vositalar kompleks qo'llanilganda erishiladi, chunki ularning har biri kishi organizmiga turlicha ta'sir qiladi.

Gigienik omillar (mashg'ulotlar rejimi, dam olish, ovqatlanish, uyqu, kiyimbosh, poyabzal, jismoniy tarbiya jihozlari, xonalari, maydonchalari va boshqalar) jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishning majburiy sharti hisoblanadi. Ular jismoniy mashqlarning shug'ullanuvchilar organizmiga ta'siri samaradorligini oshiradi. Masalan, jismoniy mashg'ulotlar suyak va muskul tizimning rivojlanishiga yaxshi yordam beradi (to'laqonli va o'z vaqtida ovqatlanilganda). Xonalar, jismoniy tarbiya jihozlari, atribut, o'yinchoqlar, bolalar kiyimlari va payabzalining tozaligi kasalliklarning oldini oladi. Gigiena talablarini bajarish bolalarda ijobiy emosiya uyg'otadi va jismoniy mashqlarni o'zlashtirish uchun qulay sharoit yaratadi.

Gigiena omillari mustaqil ahamiyatga ham ega: ular barcha organ va sistemalarning normal ishlashiga yordam beradi. Masalan, muntazam va sifatli ovqatlanish ovqat hazm qilish organining faoliyatiga ijobiy ta'sir qiladi va boshqa organlarga zaruriy oziq moddalarning o'z vaqtida etib borishini ta'minlaydi, bolaning normal rivojlanish va o'sishiga yordam beradi. To'laqonli uyqu nerv tizimga dam beradi va uning ish qobiliyatini oshiradi. To'g'ri yoritish ko'z kasalliklari (shabko'rlik va boshqalar)ning sodir bo'lishiga yo'l qo'ymaydi, bolalarning makonda harakat qilishi uchun qulay sharoit yaratadi. Kundalik rejimga qat'iy rioya qilish uyushqoqlikka, intizomlilikka o'rgatadi.

Tabiatning tabiiy kuchlari (quyosh, havo, suv) jismoniy mashqlarning organizmga ta'sirini kuchaytiradi va kishini qobiliyatini oshiradi. Quyoshli, ochiq havoda yoki suvda (suzish) bajariladigan mashqlar jarayonida ijobiy emosiyalar paydo bo'ladi, ayrim organlar va organizm sistemalarining funksional imkoniyatlari oshadi (ko'proq kislorod yutiladi, modda almashuvi kuchayadi va hokazo).

Quyosh, havo, suv organizmni chiniqtirish, uning yuqori va past haroratiga moslashuv qobiliyatini oshirish uchun foydalaniladi. Bular natijasida issiqlikni idora qiluvchi apparat harakatga keladi, ya'ni kishi organizmi meteorologik omillarning hilma-xil o'zgarishlariga o'z vaqtida javob bera oladigan darajaga keladi. Bunda tabiatning tabiiy kuchlarini jismoniy mashqlar bilan birga qo'shib olib borish chiniqish samaradorligini oshiradi.

Tabiatning tabiiy kuchlaridan mustaqil vosita sifatida ham foydalanilishi mumkin. Suv terini kirdan tozalash, kishi tanasiga mexanik ta'sir etish uchun qo'llaniladi. O'rmon, bog'lar, parklardagi shifobaxsh moddalar (fitonsidlar) ga boy havo mikroblarni yo' qotishga yordam beradi, qonni kislorodga to'yintiradi, kishi organizmiga yaxshi ta'sir qiladi. Quyosh nuri teri ostida D vitaminining saqlanishiga xizmat qiladi, turli mikroblarni o'ldiradi va kishini kasalliklardan (raxit va boshqalardan) saqlaydi. Organizmga har tomonlama ta'sir ko'rsatish uchun tabiatning barcha tabiiy kuchlarini qo'llash, ularni oqilona tarzda birga qo'shib olib borish zarur.

Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning kishiga har tomonlama ta' sir etuvchi asosiy o'ziga xos shaklidir. Ulardan jismoniy tarbiyaning sog'lomlashtirish, ta'limiy va tarbiyaviy vazifalarini hal etishda foydalaniladi: aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasini amalga oshirishga xizmat qiladi, shuningdek, ko'plab kasalliklarni davolashda vositachi hisoblanadi.

Musiqa jo'rligidagi raqs mashqlari organizmning barcha sistemalariga ta'sir qiladi, jismoniy fazilatlar (chaqqonlik, tezkorlik va boshqalar)ni rivojlantiradi, shuningdek, xarakatlar nafis, erkin, ifodali bo'la boradi, ijobiy emosiyalar paydo qiladi, to'g'ri qad-qomatni shakllantirishga yordam qiladi. Shuning uchun raqs va o'yinlarning hilma-xil elementlari (oyoqlarni yonmayon qo'yish, aylanish kabilar) jismoniy tarbiya vositalari sifatida foydalaniladi.

Hilma-xil faoliyat turlari (mehnat, rasm chizish, narsa yasash va boshqalar) ga kiruvchi harakatlar agar qomatni to'g'ri tutishga rioya qilinsa, shuningdek jismoniy yuklamalar bolalarning yosh va individual xususiyatlari, sog'lig'ining ahvoli, jismoniy rivojlanishi va tayyorlanganligini hisobga olgan holda berilsagina bola organizmiga ijobiy ta'sir etish mumkin.

Uqalash (silash, surtish, uqalash, shapatilash, titratish) kishining butun organizmiga ta'sir etadi. Teri analizatorlarining o'tkazuvchi yo'llari bola tug'ilguncha yuzaga keladi, shuning uchun yangi tug'ilgan chaqaloq teri reseptorlari orqali bo'ladigan tashqi ta'sirni ko'proq qabul qiladi (bolalarda 6 oygacha teri yuzasidagi reseptorlar nisbatan ko'p bo'ladi). Uqalash qon tomiri tizimga ham ta'sir qiladi. Terida nerv uchlari ta'sirlariga javob tariqasida tomir reflekslari yuzaga keladi, kapillyarlar kengayadi qon aylanishi kuchayadi, issiqlik chiqarish ortadi. SHu ma'noda uqalash organizmni issiq havodan qizib ketishdan saqlaydi. Uqalash ta'sirida yog' va ter bezlarining sektor funksiyasi yaxshilanadi, muskullarda oksidlanish, qaytarilish jarayoni kuchayadi va ularning qisqarish qobiliyati ortadi. Muskul toliqishlari tez o'tib ketadi va ish qobiliyati tiklanadi. Uqalash limfa tizimga ta'sir qilib, suyuqlik oqimini tezlashtiradi.

Bola hayotiining birinchi kunlaridanoq namoyon bo'ladigan shartsiz (tug'ma) reflekslar uning jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta'sir qiladi. Agar bolani qorni bilan yotqizilsa, u boshini ko'taradi va buradi. Taroziga qorni bilan yotqizilganda bola boshini orqaga, chalqancha yotganda oldinga oladi, o'ngga yonboshlatilganda chapga, chapga yonboshlatilganda o'ngga tomon buradi. Bolaning oyoq terisiga qo'l tekkizilsa emaklay boshlaydi, orqa terisiga tekkizilsa, qayisha boshlaydi. Shunday qilib, shartsiz reflekslar muskullar qisqarishini yuzaga keltiradi va ulardan bola hayotiining birinchi haftasida, hali jismoniy mashqlarni qo'llash mumkin bo'lmagan (qo'l va oyoqni bukuvchi muskullar gipertoniyasi tufayli) paytda rivojlantirish va umuman organizmga ta'sir etishda foydalanish mumkin.

Sog'lomlashtirish, ta'limiy, tarbiyaviy vazifalarini to'la hal etishning majburiy sharti jismoniy tarbiyaning yuqorida sanab o'tilgan barcha vositalaridan kompleks tarzda foydalanish hisoblanadi. Turli yosh bosqichlarida ko'rsatib o'tilgan vazifalarni amalga oshirishning samaradorligi asosiy va qo'shimcha vositalarni to'g'ri qo'shib olib borgan taqdirdagina oshadi. CHunonchi, bolaning dastlabki uch oyligida gigiena omillari, tabiatning tabiiy kuchlari, shartsiz reflekslar katta ahamiyatga ega bo'ladi. Bola bir yoshga to'lganida uqalash, passivaktiv mashqlar,

asosiy harakatlar (emaklash va boshqalar) dan foydalaniladi. Yosh orta borgan sari gigienik omillar, tabiatning tabiiy kuchlarining roli kamaymaydi, biroq uyqu, ovqatlanish va boshqalarga ozroq vaqt sarfalanadi va birmuncha murakkab jismoniy mashqlardan foydalanish uchun zamin yaratiladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayoni sog'lomlashtirish, ta'limiy va tarbiyaviy vazifalardan birgalikda, mujassam holda foydalanishni talab etadi.

Harakatli o'yinlar. Bu turli emosional harakatlardan iborat murakkab faoliyatdir. Bu faoliyat belgilangan qoidalar asosida to'satdan o'zgaradigan sharoit va vaziyatlarda bajariladi. Gimnastikadan farqli o'laroq, o'yinlarni o'tkazishda jismoniy yuklanishlarni taqsimlash qiyin bo'ladi.

Harakatli o'yin shug'ullanuvchilar faoliyatini tashkil etish va boshqarish xususiyatlari bilan farqlanadi.

REFERENCES

1. Takomillashgan "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim tashkilotining Davlat o'quv dasturi. - T.: YUNISEF, 2022.

2. Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning Davlat standarti // https://lex.uz/docs/ 5179335?query.

3. Nurmatova M.Sh., Xasanova Sh.T. Rasm buyum yasash va bolalarni tasviriy faoliyatga o'rgatish metodikasi. - T.: "Cho'lpon", 2010.

4. Djanpeisova G.E., Xodjimuratova B.N. . Matematik tasavurlarini shakllantirish. T.: "Innovatsiya-Ziyo", 2020

5. Ganiyeva Dildora Muqimovna. KICHIK YOSHDAGI BOLALARGA O'ZGA TILLARNI O'QITISH PRINSIPLARI VA USULLARI . ILM SARCHASHMALARI: Nazariy va amaliy izlanishlar (2023): 129-132

6. 6.Ganiyeva Dildora Muqimovna : MAKTABGABCHA YOSHDAGI BOLALARDA SOG'LOM TURMUSH TARZI MADANIYATI KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH. ILM SARCHASHMALARI: Nazariy va amaliy izlanishlar (2023): 64-67

7. Ganiyeva Dildora Muqimovna FORMATION OF HEALTHY LIFESTYLE CULTURE SKILLS IN CHILDREN OF PRESCHOOL AGE ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 IMPACT FACTOR: 7.603 Vol 12, Issue 10, 2023 36-39

8. Ganiyeva Dildora Muqimovna PRINCIPLES AND METHODS OF TEACHING OTHER LANGUAGES TO YOUNG CHILDREN ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 IMPACT FACTOR: 7.603 Vol 12, Issue 10, 2023 (51-53)

9. Bahodirovna, Azizova Ziroat. "THE IMPORTANCE OF ORGANIZING CHILDREN'S ACTIVITIES IN PREPARATION FOR SCHOOLING." Open Access Repository 9.11 (2022): 236-240. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE 2022 Boston, USA 53

10. Baxodirovna, Azizova Ziroat. "INTERNATIONAL TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF THE PRESCHOOL EDUCATION SYSTEM." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.11 (2022): 458-461.

11. Ziroat, Azizova, and Abdurazzoqova Zebiniso. "LEGAL AND PEDAGOGICAL BASES OF PREPARATION OF CHILDREN FOR THE IMPLEMENTATION OF SOCIAL PROTECTION." Yosh Tadqiqotchi Jurnali 1.5 (2022): 395-403. 25. Азизова, Зироат Баходировна. "IMPROVING STUDENTS INDEPENDENT WORK IN THE CREDIT-MODULE SYSTEM." Актуальные научные исследования в современном мире 2-5 (2021): 209-212.

12. Азизова, Зироат Баходировна. "СИСТЕМА ГАРАНТИЙ ПРАВ РЕБЕНКА В УЗБЕКИСТАНЕ." Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 1.11 (2021): 575-578.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.