Научная статья на тему 'JISMONIY TARBIYA VA SPORT MASHG‘ULOTLARI TA’LIMDA PEDAGOGIK JARAYON SIFATIDA'

JISMONIY TARBIYA VA SPORT MASHG‘ULOTLARI TA’LIMDA PEDAGOGIK JARAYON SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
11
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarbiya / mashqlar / sport / mashg‘ulot / tayyorgarlik / ta’lim / sifat / samaradorlik / natija / rivojlanish. / воспитание / занятия спортом / спорт / тренировка / тренировка / воспитание / качество / эффективность / результат / развитие.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sh.B.Fayzullayev

jismoniy tarbiya va sport o'quvchilarning har tomonlama rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. Jismoniy salomatlikni mustahkamlashdan tashqari, bu tadbirlar aqliy farovonlikka, ijtimoiy ko'nikmalarga va akademik natijalarga hissa qo'shadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS AS A PEDAGOGICAL PROCESS IN EDUCATION

физическое воспитание и спорт играют важную роль во всестороннем развитии учащихся. Помимо укрепления физического здоровья, эти занятия способствуют психическому благополучию, социальным навыкам и академической успеваемости.

Текст научной работы на тему «JISMONIY TARBIYA VA SPORT MASHG‘ULOTLARI TA’LIMDA PEDAGOGIK JARAYON SIFATIDA»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

JISMONIY TARBIYA VA SPORT MASHG'ULOTLARI TA'LIMDA PEDAGOGIK JARAYON SIFATIDA

© Sh.B.Fayzullayev

■1H

1Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston O'zbekiston

universiteti Jizzax filiali, Jizzax,

Annotatsiya

KIRISH: jismoniy tarbiya va sport o'quvchilarning har tomonlama rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. Jismoniy salomatlikni mustahkamlashdan tashqari, bu tadbirlar aqliy farovonlikka, ijtimoiy ko'nikmalarga va akademik natijalarga hissa qo'shadi.

MAQSAD: ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi jismoniy tarbiya va sportning ta'lim kontekstidagi ahamiyatini o'rganishdir.

MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu tadqiqot miqdoriy so'rovlar va sifatli intervyularni birlashtirgan aralash usullardan foydalanadi. Miqdoriy ma'lumotlar o'quvchilar, o'qituvchilar va ota-onalar o'rtasida jismoniy tarbiyaga bo'lgan munosabatni va uning idrok etilgan afzalliklarini baholash uchun o'tkaziladigan so'rovlar orqali to'planadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: topilmalar shuni ko'rsatadiki, jismoniy tarbiya va sport o'quvchilarning jismoniy salomatligini sezilarli darajada yaxshilaydi, aqliy salomatlikni yaxshilaydi va ijtimoiy ko'nikmalarni rivojlantiradi. Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug'ullanish yurak-qon tomir tizimining yaxshilanishi, semirib ketish xavfining kamayishi va motorli ko'nikmalarning yaxshilanishi bilan bog'liq.

XULOSA: ushbu tadqiqot o'quvchilarning har tomonlama barkamol rivojlanishida jismoniy tarbiya va sportning muhim ahamiyatini ta'kidlaydi. Maktablar jismoniy tarbiya dasturlarini birinchi o'ringa qo'yishi va barcha o'quvchilarning muntazam jismoniy faoliyatdan foyda olishini ta'minlash uchun zarur resurslar va yordamni taqdim etishlari kerak.

Kalit so'zlar: tarbiya, mashqlar, sport, mashg'ulot, tayyorgarlik, ta'lim, sifat, samaradorlik, natija, rivojlanish.

Iqtibos uchun: Fayzullayev Sh.B. Jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlari ta'limda pedagogik jarayon sifatida // Inter education & global study. 2024. №5(1). B.70-77.

ФИЗИЧЕСКОЕ ВОСПИТАНИЕ И СПОРТ КАК ПЕДАГОГИЧЕСКИЙ ПРОЦЕСС В ОБРАЗОВАНИИ_

© Ш.Б.Файзуллаев1И_

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5(1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

1Джизакский филиал Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека, Джизак, Узбекистан

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: физическое воспитание и спорт играют важную роль во всестороннем развитии учащихся. Помимо укрепления физического здоровья, эти занятия способствуют психическому благополучию, социальным навыкам и академической успеваемости.

ЦЕЛЬ: основная цель данного исследования - изучить значение физического воспитания и спорта в контексте образования.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в данном исследовании используются смешанные методы, сочетающие количественные опросы и качественные интервью. Количественные данные будут собраны посредством опросов учащихся, учителей и родителей для оценки отношения к физическому воспитанию и его предполагаемых преимуществ.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты показывают, что физическое воспитание и спорт значительно улучшают физическое здоровье студентов, улучшают психическое здоровье и развивают социальные навыки. Регулярные физические упражнения связаны с улучшением сердечно-сосудистой системы, снижением риска ожирения и улучшением двигательных навыков.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: данное исследование подчеркивает значение физического воспитания и спорта во всестороннем развитии школьников. Школы должны уделять приоритетное внимание программам физического воспитания и предоставлять необходимые ресурсы и поддержку, чтобы все учащиеся получали пользу от регулярной физической активности.

Ключевые слова: воспитание, занятия спортом, спорт, тренировка, тренировка, воспитание, качество, эффективность, результат, развитие.

Для цитирования: Файзуллаев Ш.Б. Физическое воспитание и спорт как педагогический процесс в образовании // Inter education & global study. 2024. №5(1). S. 70-77.

PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS AS A PEDAGOGICAL PROCESS IN EDUCATION_

© Sherzod B, Fayzullayev1®

Jizzakh branch of the National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek, Jizzakh, Uzbekistan_

Annotation

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5(1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

INTRODUCTION: physical education and sports play an important role in the comprehensive development of students. In addition to promoting physical health, these activities contribute to mental well-being, social skills, and academic performance.

AIM: the main objective of this study is to investigate the importance of physical education and sports in the context of education.

MATERIALS AND METHODS: this study uses mixed methods combining quantitative surveys and qualitative interviews. Quantitative data will be collected through surveys of students, teachers, and parents to assess attitudes toward and perceived benefits of physical education.

DISCUSSION AND RESULTS: The findings show that physical education and sports significantly improve students' physical health, improve mental health, and develop social skills. Regular exercise is associated with improved cardiovascular health, reduced risk of obesity, and improved motor skills.

CONCLUSION: this study emphasizes the importance of physical education and sports in the comprehensive development of students. Schools should prioritize physical education programs and provide the necessary resources and support to ensure that all students benefit from regular physical activity.

Key words: education, exercise, sports, training, training, education, quality, efficiency, result, development

For citation: Sherzod B. Fayzullayev (2024) Physical education and sports as a pedagogical process in education, Inter education & global study, (5(1)), pp. 70-77. (In Uzbek).

Dunyoning rivojlangan mamlakatlari tajribalarini о'rganish, mahalliy shartsharoit, iqtisodiy va intellektual resurslarni inobatga olgan holda jamiyat hayotining barcha sohalarida tub islohotlarning amalga oshirilayotganligi yangidan-yangi yutuqlarga erishishni ta'minlamoqda. Turli sohalarda уоЧда qо'yiIayotgan xalqaro hamkorlik garchi о^ samarasini berayotgan bD'Isa-da, biroq, milliy mustaqillikni har jihatdan mustahkamlash, erishilgan yutuqlarni boyitish, mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etish jamiyat a'zolaridan alohida fidokorlik, jonbozlik, shijoat va qat'iyat to'rsatishni talab etiladi.

Ma'lumki, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanish odam organizmini har tomonlama jismonan rivojlanishi va mustahkamlanishi, fiziologik funksiyalarning takomillashtirishi va sog'lomlashtirishga olib kelibgina qolmay jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish maqsadida organizmning shakllari va funktsiyalarini uyg'un ravishda jismonan kamol toptirish, aholining sog'ligini mustahkamlash, uzoq umr ko'rishini ta'minlaydi. Shunday ekan ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlarini tashkil e'tishda bir qator kamchilik va muammolarga e'tibor qaratishimiz

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

joiz. Va o'z vaqtida shu kamchilik hamda muommalarni echish yo'llarini ishlab chiqishimiz kerak.

Shuningdek, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanuvchilarning yoshi, jinsi, jismoniy tayyorgarliklari, sog'lig'i hamda qiziqishlari ham jismoniy tarbiyani amalga oshirishda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Mashg'ulotlarga pedagogik jixatdan to'g'ri rahbarlik qilish, o'rgatish tarbiyaning maqbul uslubiyoti jismoniy mashqlarning ratsional ta'sirini belgilaydigan omildir. Shu bilan birga quyidagi omillarni ham hisobga olish zarur:

1. Shug'ullanuvchining o'ziga hos hususiyatlari (yoshi, jinsi, sog'ligi, tayyorgarlik darajasi, mehnat, o'qish, dam olish, turmush rejimi).

2. Jismoniy mashqlarning o'ziga hos hususiyatlari, ularning murakkabligi, yangiligi, yuklamasi, emotsiya berishi va boshqalar.

3. Tashqi sharoitning alohida hususiyatlari (meteorologik, mahalliy hususiyatlar, jihozlar va snaryadlarning sifati, mashg'ulot joyining gigienik holati va boshqalar).

Bundan ko'rinib turibdiki: jismoniy tarbiya va sport darslarini tashkil qilish bir tamonlama emas har tamonlama ko'pgina jihatlarga e'tibor berish kerak.

Albatta sport turlari o zining murakkab harakatlari va jozibadorligi bilan ajralib turadi. Shuningdek jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlarining shug'ullanuvchilarga nisbatan o'ziga xos talablari mavjud bo'lib, ularga maxsus ta'sir qilish kuchiga ega. Sport turlarini rivojlantirish bilan bir qatorda, katta sport mavqeini ko'tarishga ham ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Yildan yilga Respublikamizda xalqaro va jahon miqyosidagi nufuzli musobaqalarni o'tkazish an'anaviy tadbirlar tarkibidan joy olmoqda.

Bizga ma'lumki Respublikamiz oliy ta'lim muassasalarining barcha bakalavr ta'lim yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan talabalar jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlari 1 semestr davomida olib boriladi. Shu semester davomida ular jismoniy tarbiya sportning nazariy asoslari, engil atletika (yugurish va sakrash), sport o'yinlari (futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi) va suzish kabi sport turlari bo'yicha mashg'ulotlarini tashkil qilinadi va o'tqaziladi.

Bunday ijtimoiy-pedagogik vazifalarni amalga oshirishda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari, ya'ni o'qituvchilar, sport murabbiylari va boshqa jismoniy tarbiya harakatini tashkil etuvchi va boshqaruvchilar katta bilim, malaka va ko'nikmalar hamda amaliy tajribalarga ega bo'lishi kerak. Chunki jismoniy tarbiya va sport darslari bitta sport turidangina bo'lmay yuqorida ko'rsatilgandek bir qancha sport turidan mashg'ulotlar o'tqaziladi.

Bugungi kunda Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar aholi jismoniy madaniyatini oshirish uchun kuchli turtki bo'lib xizmat qilmoqda. Mutaxassis sifatida aytishimiz mumkinki, jismoniy tarbiya va sportni aholi o'rtasida, ayniqsa, talabalar va o'quvchi yoshlar o'rtasida rivojlantirish uchun davlatimiz sarflayotgan mablag', moliyaviy - iqtisodiy va moddiy tovar boyliklari hech bir mamlakatda yo'q. Shunday ekan bu imkoniyatlardan to'g'ri foydalanishimiz kerak.

Natijalar

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Talabalar amaliy jismoniy tayyorgarligi jarayonida ularning barcha kasb sifatlari shakllanadi. Bu esa amaliy jismoniy tayyorgarligi ishlab chiqarish bosqichida muhimdir.

Izlanishlarning ko'rsatishicha, sharqshunoslarning ruhiy, siyosiy, madaniy va jismoniy tayyorgarligiga qo'yiladigan talab shifokor, muhandis, pedagog va boshqa qo'yilgan talablardan farq qiladi. Bu talab filolog, muhandis tarjimon, kimyogar, iqtisodchi va tarixchilar uchun o'ziga hosdir. Jismoniy madaniyat malakalari doirasidagi har taraflama keng miqyosdagi jismoniy tayyorgarlik mehnat faoliyatiga bo'lgan tayyorgarlikni ta'minlaydi.

Tadqiqotlar natijasiga ko'ra talaba yoshlar jismoniy tarbiyasining asosiy vazifalariga salomatlikni, jismoniy rivojlanishini yaxshilash; o'quv tarbiya jarayonini shaxsning tipologik xususiyatlarini o'rganish asosida individuallashtirish; quyi kurs talabalarini o'quv yurtiga adaptatsiyasini yengillashtirish maqsadida jismoniy tarbiyaning sog'lomlashtirish yo'nalishini kuchaytirish; tananing tashqi muhim ta'siriga qarshiligini oshirish, charchoqni bartaraf etish kiradi.

Jismoniy mashqlarni bajarish shakllari, usullari, davomiyligi, ketma-ketligi valeologiyaning asosiy vazifalariga bevosita bog'liqdir.

Talabalarda jismoniy tarbiya jarayonining maqsadi asta-sekinlik bilan ularni jismoniy kamolotga erishishi va shu asnoda hayotga, ijodiy mehnatga va vatan mudofaasiga tayyorlashni nazarda tutadi. Talabalar jismoniy tarbiyasi jarayonida umumiy va xususiy vazifalar hal qilinadi. Umumiy vazifalar - bilim berish, jismoniy tarbiyalash va soglomlashtirishdan iborat bo'lib, xususiylari esa jismoniy tarbiyadan Davlat ta'lim standarti dasturidagi maxsus vazifalar tarzida hal qilinadi. Xususiy vazifalarga quyidagilar kiradi:

1) o'quvilar organizmining sogligini mustahkamlash, rivojlantirish va chiniqtirish;

2) turli xildagi mehnat faoliyatiga tayyor bo'lish uchun shu yoshga xos bo'lgan jismoniy sifatlarni rivojlantirish;

3) hayot uchun kerakli harakat malakalari va ko'nikmalarini rivojlantirish va keyinchalik kerak bo'ladiganlari bilan qurollantirish;

4) o'quvchilarga umumiy o'rta ta'lim me'yorida jismoniy madaniyatga oid yangi nazariy bilimlarni berish va ularni yildan yilga takomillashtirish;

5) o'quvchilarni jismoniy mashqlar bilan muntazam shug'ullanishga qiziqtirish va ularda qat'iy odatni shakllantirish;

6) o'quvchilarni jismoniy madaniyat faollari qilib tarbiyalash va bu bilan ularda tashkilotchilik qobiliyatini tarbiyalash;

7) jismoniy tarbiyani ma'naviy tarbiyaning elementlari: ahloqiy, ruhiy, estetik va mehnat tarbiyasi bilan bog'lash, qadriyatlarimizga oid vazifalar bilan birgalikda o'quvchilar yoshining ulg'ayishi, jismoniy tayyorgarligining ortishini e'tiborga olib, o'qitishning ayrim bosqichlariga aniqliklar kiritish va boshqa qator vazifalar.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Bu vazifalar ma'naviy tarbiyaning elеmеntlari xisoblangan axloqiy ruhiy estеtik va mehnat tarbiyalarining vazifalari bilan birgalikda o'quvchilarni yoshini ulg'ayishi, jisman tayyorgarligiga qarab o'qitishning ayrim etaplarida aniqliklar kiritiladi.

Organizm o'sib borar ekan uning funktsional imkoniyatlarini oshib borishi ham tabiiy. Oldin egallangan harakat malakalari zaxirasi bazasida yangi, keyin egallanishi lozim bo'lgan harakat malakalari uchun poydevor yaratiladi. Bu yoshdagilarda ularning jismoniy madaniyat sohasidagi bilimlarni boyitish, sport trenirovkasi asoslari, sportchini o'z-o'zini nazorat qilishi qoidalariga o'rgatish maqsadga muvofiq bo'ladi.

OTMda talabalarni jismoniy tarbiyasining maqsadi:

1. Sog'lomlashtirish.

2. Xar tamonlama etuk inson qilib tarbiyalash.

3. Vatan mudofaasiga hamda mexnatga tayyorlash.

Jismoniy tarbiyaning maqsadidan kelib chiqgan holda o'quvchilarni sog'lomlashtirish, chiniqtirish, jismoniy rivojlantirish, xarakat malaka va ko'nikmalarini shakllantirish bo'yicha jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalari belgilanadi: Sog'liqni mustaxkamlash, o'quvchilarni to'g'ri jismoniy rivojlantirishga va chiniqtirishga yordam berish. Tabiat omillari suv, quyosh, havo ta'sirida o'quvchilarni sog'ligini mustaxkamlash, chiniqtirish hamda organizmni kasalliklarga chidamliligini orttirish maqsadida jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini imkoni boricha toza havoda o'tkazish yoki sport zallarini toza havo bilan ta'minlanishini tashkil etish zarur.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki - jismoniy tarbiya mashqlari bilan mustaqil shug'ullanish har bir talaba pedagogning topshirig'iga muvofiq tanlagan sport turi bo'yicha, uni yuqori darajada egallash uchun mustaqil shug'ullanishi kerak. Bunday mashg'ulotlar talabaning jismoniy, sport tayyorgarligini va sog'ligini hisobga olib bajariladi. Bizga ma'lumki sport bir kun yoki bir haftalik tayyorgarlik bilan biror natijaga erishib bulmaydi bunga oylab qolaversa yillab mashq qilish talab qilinadi. Shunday ekan, sport guruhidagi talabalar uchun mustaqil mashqlar sportda yuqori natijalarga erishishlari uchun tayyorlanish mashqlari bo'lib qoladi. Qolgan talabalar o'quv dasturi bo'yicha saboq olishlari kerak.

O'qishdan tashqari vaqtda talabalar gigiyenik gimnastika va atletik mashqlar bilan shug'ullanishsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Bularga yugurish, yurish va boshqa mashqlar kiradi. Gigiyenik gimnastika bilan sutkaning istagan vaqtida, ovqatlanishdan 1-2 soatdan so'ng va uxlashdan 2-3 soat oldin shug'ullanish tavsiya etiladi

Jismoniy tarbiyaning butun jarayoni bunday qimmatli axloqiy va irodaviy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Umuman olganda barcha turdagi jismoniy mashqlar, o'yin harakatlari dovyuraklik va do'stlik xislarini tarbiyalashga yordam beradi. Shuningdek, bolalarda Vatanga muhabbat, vatanparvarlik his-tuyg'ularni shakllantirish va tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Turganda va yurganda qomatni to'g'ri tutish ko'nikmalarini oshirish, qomatni to'g'ri shakllantirish murakkab va uzoq davom etuvchi

Munozara

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

jarayondir. Shunday ekan, bu soxada ijobiy natijalarga erishish uchun bola o'tirganda, tik turganda, yurganda qomatini to'g'ri tutishi haqida g'amxo'rlik qilish zarur: jismoniy mashqlarni keng qo'llash kerak: jismoniy madaniyat dasrlari mazmuniga albatta qomatni yaxshilashga oid mashqlarni, mashg'ulotlargacha bo'lgan gimnastikani, jismoniy madaniyat vaqtlarini, badan tarbiyani kiritish, o'quvchilarga uyga tegishli vazifalar berish kerak. Jismoniy tarbiyaning maqsadi odamni bolalik davridan boshlab jismoniy kamolotini shakllantirish, salomatligini mustaxkamlash, va ishchanlik kobiliyatini oshirishdan iborat.

Talim tizimi jismoniy madaniyatining keyingi bosqichlarida xam o'ziga xos maqsad vazifalari belgilab berilgan bo'lib, jismoniy tarbiya uzluksiz ravishda amalga oshiriladi. Jismoniy madaniyatning ta'lim tizimidagi o'rni va vazifalari va uning axamiyatini nakadar muximligini anglagan xolda mavjud ta'lim tizimi davomida jamiyatda xar tomonlamia barkamol shaxsni tarbiyalash maqsad qilib olingan. Shunday ekan jismoniy madaniyatni ushbu tizimning ajralmas tarkibiy kismi sifatida qarash va uni muntazam ravishda takomillashtirib borish zarur. Ta'lim tizimining barcha bo'g'inlari jismoniy madaniyatiga aloxida bir muommo sifatida qarash va uning uzviyligini ta'minlash orkali ta'lim-tarbiyada ko'zlangan maqsadga erishish mumkin. Bu borada talabalar jismoniy madaniyatiga aloxida e'tibor qaratish va doimiy ravishda rivojlangan mamlakatlar tajribalarga asoslangan zamonaviy talablar bilan boyitib borish zarur.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. NORQOBILOV MUHIDDIN NAJIMOVICH "JISMONIY TARBIYA VA SPORT" (O'quv qо'IIanma). Toshkent, 2019.

2. Ashur Nazarovich Normurodov JISMONIY TARBIYA (O'quv qо'IIanma) Toshkent, 2011.

3. Холчураев Ботир Холикович (2020). Жисмоний тарбия дарсларини ташкил этишда таълим услубларининг ах,амияти. Science and Education, 1 (3), 752-756.

4. Васильева Виктория Руслановна, & Коробейникова Елена Ивановна (2021). Применение инновatsiонных технологий на уроках физической культуры. Наука-2020, (6 (51)), 131-136

5. Абдуллаев А., Хонкелдиев Ш.Х. Жисмоний тарбия назарияси ва усулияти. 2000 й. Тошкент.

6. Саломов Р.С Спорт машfулотларининг назарий асослари. Укув кулланма Т.:2005.-261 б

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Fayzullayev Sherzod Bahodirovich, dots v.b, [Файзуллаев Шерзод Бахадирович, доцент], [Sherzod B. Fayzullayev, Associate Professor]; manzil: Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali 130100, Jizzax viloyati,

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5(1)

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Jizzax shahri Sh.Rashidov shox ko'chasi, 259 uy [адрес: Джизакский филиал Н^БЮнального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека, ул. Ш. Рашидова, 259, г. Джизак, Джизакская область, 130100], [address: Jizzakh branch of the National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek, 259 Sh. Rashidov branch street, Jizzakh city, Jizzakh region, 130100].

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5(1)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.