Научная статья на тему 'JISMОNIY TАRBIYА VА ОMMАVIY SPОRT SОGLОMLАSHTIRISH MАSHGULОTLАRIDА YUKLАMАLАRNI MЕYОRLАSHTIRISHNING ILMIYMЕTОDIK АSОSLАRI'

JISMОNIY TАRBIYА VА ОMMАVIY SPОRT SОGLОMLАSHTIRISH MАSHGULОTLАRIDА YUKLАMАLАRNI MЕYОRLАSHTIRISHNING ILMIYMЕTОDIK АSОSLАRI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
10
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ta’lim fidoyilari
Область наук
Ключевые слова
mаshg`ulоt / yuklаmа / spоrt / kо`nikmа / jismоniy tаrbiyа / mеtоd

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Nazokat Abdullayeva

Аnnоtаtsiyа: Ushbu mаqоlаdа jismоniy tаrbiyа hаmdа оmmаviy sоg`lоmlаshtiruvсhi mаshg`ulоtlаr yuklаmаlаrini mе`yоrlаshtirish, tо`g`ri оlib bоrish mаsаlаlаri muhоkаmа еtilаdi hаmdа qо`llаsh mumkin bо`lgаn mеtоdik tаvsiyаlаr kо`rsаtib о`tilаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JISMОNIY TАRBIYА VА ОMMАVIY SPОRT SОGLОMLАSHTIRISH MАSHGULОTLАRIDА YUKLАMАLАRNI MЕYОRLАSHTIRISHNING ILMIYMЕTОDIK АSОSLАRI»

JISMONIY TARBIYA VA OMMAVIY SPORT SOGLOMLASHTIRISH MASHGULOTLARIDA YUKLAMALARNI MEYORLASHTIRISHNING ILMIY-

METODIK ASOSLARI

Xorazm viloyati, Yangibozor tumani 15-son umumiy o'rta ta'lim maktabi Jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi Nazokat Abdullayeva

Annotatsiya: Ushbu maqolada jismoniy tarbiya hamda ommaviy sog'lomlashtiruvchi mashgulotlar yuklamalarini me'yorlashtirish, to'g'ri olib borish masalalari muhokama etiladi hamda qollash mumkin bolgan metodik tavsiyalar korsatib o'tiladi.

Kalit so'zlar: mashg'ulot, yuklama, sport, konikma, jismoniy tarbiya, metod.

KIRISH

Yuklamalarni to'g'ri taqsimlamaslik va yuklamalar yosh sportchi organizmiga ta'sirini to'g'ri nazorat qilmaslik oqibatida o'sha sportchining sog'ligiga putur yetadi.Bundan tashqari biz kelgusida jahon yoki Olimpiya chempioni bo'lib yetishishi mumkin bo'lgan sportchini yo'qotamiz.

Quyida yuklamalarni nazorat qilish va yuklamarni sportchilarda aynan sizga kerakli sifatlarini rivojlantirishga yo'naltirish bo'yicha tavsiyalar korib chiqiladi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Sport mashg'ulotlarining yurak-qon tomir tizimi uchun foydali ekanligi barchaga ayon. Biroq, ba'zan yuklamalarning keragidan ortiq berilishi natijasida inson salomatligi xavf ostida qolishi ham muqarrar. Jismoniy yuklamar yurak-qon tomir tizimi hamda organizmga zarar yetkazmasligi uchun mashqlar intensivligini qanday aniqlash mumkin degan savol tug'iladi63.

63 Normurodov A.N. Jismoniy tarbiya. T., O'zbekiston. 2018.

Kardiologlar va sport tibbiyoti mutaxassislari jismoniy mashqlar paytida yurak urishini o'lchash va uning tezligiga alohida e'tibor qaratishni tavsiya etishadi. Odatda, jismoniy mashqlar paytida yurak urishi normadan oshsa, yuklama haddan tashqari ko'p deb hisoblanadi, agar u normaga yetib bormasa - yetarli emas. Ammo, yurak urish tezligiga ta'sir qiluvchi tananing fiziologik xususiyatlari mavjud. Quyidagi tamoyillar sport yuklamalar meyorini belgilab beradi:

Muntazamlilik tamoyili

Muntazamlik tamoyili jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlarining shuningdek, jismoniy yuklama bilan dam olishni almashtirib turishning muntazamliligida namoyon boladi. Muntazam ravishda mashq qilishning samarasi beqiyos katta boladi. Jismoniy tarbiya jarayonining muntazamliligi asosan yuklama bilan dam olishni eng qulay navbatlashuviga qay darajada bogliq ekani xususiyati bordir. Uzluksizlik -jismoniy tarbiya inson xayotining barcha davrlaridan uzluksiz davom etadigan jarayondir64.

Jismoniy tarbiya jarayonida ixtisoslashtirilgan mashgulotlar muhim ahamiyatga ega boladi. Dastlab zaruriy harakatlar, xususan qol harakatlari malaka va konikmalar shakllantiriladi, keyinchalik oyoq va gavda harakatlari bolgan asosiy malakalar takomillashtiriladi. Bu bilan tanlangan sport turi boyicha ixtisoslashish yuzaga keladi. Jismoniy tarbiya jarayonida harakat malaka va konikmalarini ijobiy kochishidan maksimal foydalanib salbiy ko' chishini esa imkoniyat boricha bartaraf etish zarur. Jismoniy yuklamalarni samarali natija berishi muntazamlilik tamoyilining bosh omillari hisoblanadi. Shuningdek, bunday mashgulotlardan song aktiv va passiv dam olishning tashkil etish zarur. Mashgulotlar va mashqlar izchilligi shugullanuvchilarning shaxsiy xususiyatlariga, mashgulotlar yonaltirilishiga, hamda jismoniy yuklamalarning miqdori va tarkibi shuningdek ta'sir kuchiga bog'liq boladi.

Taraqqiyot tamoyili

Bu tamoyil jismoniy tarbiya jarayonida shugullanuvchilarga qoyiladigan talablarning umumiy yonalishini ifoda etadi va qiyinlashib boruvchi yangi-yangi

64 Klemesheva L.S., Ergashev M.S.. Yoshga oid fiziologiya. T., 2011.

vazifalarni qo'yish va bajarishni, shular bilan bog'liq bo'lgan yuklamalar xajmi va intensivligini asta-sekin oshirib borishni oz ichiga oladi. Jismoniy tarbiya ham mashg'ulotdan-mashg'ulotga, bosqichdan-bosqichga uzliksiz ozgarib borish yoli bilan doimiy harakatda, o'sishda boladi. Bunda mashqlarning murakkabligi ortib, taosir kuchining pasayib borishi harakterli belgi hisoblanadi.

Jismoniy tarbiya jarayonida talablarni oshirishning asosiy shartlari yengillik, individuallashtirish, tizimlilik tamoyillarini tahlil qilish ularning ozaro muvofiqdaligini ko'rsatadi. Talablarni oshirib borish yangi topshiriqlar va yuklamalarni bajarishga shugullanuvchilar tayyorgarligi muvofiq kelsa topshiriq va yuklamalar organizmining funktsional imkoniyatlariga mos kelsa, yosh, jins, individual xususyatlarga mos bo'lsa ijobiy natijalarga olib keladi. Mashqlarning almashinishi va ozaro aloqada bo'lishi bilan bogliq bolgan izchillik, mashgulotlarning muntazamliligi yuklama va dam olishning optimal almashinuvi ham asosiy shartlardan hisoblanadi.

Jismoniy tarbiya uslublari65

Jismoniy tarbiya jarayonini amalga oshirish uchun ta'lim va tarbiyaning orgatish kabi pedagogik uslublaridan keng foydalaniladi. Jismoniy tarbiya jarayonida hilma-xil uslublar qollaniladi. Bu uslublar bevosita, his-tuygu bilan idrok etishdan yoki sozdan, yoki amaliy harakat faoliyatidan foydalanishga asoslanadi. Yuklama va dam olish jismoniy tarbiya uslublarining oziga xos tarkibiy qismi hisoblanib, tarbiya jarayonida foydalaniladi. Yuklamani tashkil qilish va uni dam olish bilan qoshib bajarishning tartibi jismoniy tarbiya uslublari tuzilishining asosi bolib hisoblanadi. Yuklama samarasi uning hajmi va intensivligiga bog'liqdir

Qat'iy reglamentlashtirilgan mashq usulublari harakatli mashqlarni qat'iy reglamentlashtirilgan sharoitlarda kop marta qayta takrorlashdan iborat. Belgilangan harakat dasturida; yuklamaning qat'iy normalashtirish va mashq jarayonida uning dinamikasini tola boshqarishda; dam olish intervalini qat'iy tartibga solish va ularn i

Qurbonov Sh., Qurbonov A. Jismoniy mashqlarning fiziologik asoslari. T., "OAJBNT" markazi. 2013.

55

TAFAKKUR MANZILI

2022-IYUL

WWW REANDPUB UZ

belgilangan tartibda yuklama bilan navbatlashishida qat'iy reglamentlashtirilgan mashqlar foydalaniladi66.

Musobaqa uslubi

Jismoniy tarbiyada musobaqa-bellashuv usullari muhim ahamiyatga ega. Musobaqa keng tarqalgan ijtimoiy jarayon hisoblanadi. U hamma sohaga xos bo'lib faoliyat ko'rsatuvchilarni yuksak natijalarga erishishga chorlaydi. Jismoniy tarbiya jarayonida musobaqalashish uslubi mashg'ulot o'tkazishda ham mustaqil musobaqa shaklida ham tashkil etilishi mumkin. Musobaqa uslubini harakterlovchi xususiyat birinchilik yoki yuksak natijaga erishish uchun kurashda kuchlarni sinashdir. Sport musobaqalarida raqiblarning bellashuvlari o'yin holatiga nisbatan ko'proq namoyon bo'ladi. Jamoalararo musobaqalar g' alabaga erishish uchun kurashga ma'suliyat sezib, bir-biriga yordam berish jamoatchilik munosabatlari bilan tavsiflanadi. Musobaqa uslubining o'ziga xos xususiyatlari yuklamani me'yorlash va shug'ullanuvchilar ustidan nazorat qilish uchun cheklangan imkoniyat beriladi.

XULOSA VA MUNOZARA

Jismoniy faoliyatning turi va intensivligi inson uchun katta ahamiyatga ega. Masalan, uzoq masofaga yuguruvchilar jismoniy mashqlar paytida katta kuch sarflaydigan sportchilarga qaraganda kamroq yurak urishlariga ega bo'ladi. Sport bilan shug'ullanuvchilar yuklamalarni to'g'ri yo'lga qo'yishsa kerakli natijalarga erishishi muqarrar.

ADABIYOTLAR ROYXATI

1. Normurodov A.N. Jismoniy tarbiya. T., O'zbekiston. 2018.

2. Klemesheva L.S., Ergashev M.S.. Yoshga oid fiziologiya. T., 2011.

66 Kachenkova E.S., Krivitskaya E.I. The problem of reducing the physical performance of men older than 45 years and its correction by means of health training // Uchenye zapiski universiteta im. P.F. Lesgaft. 2019. No. 1 (167). pp. 146-151.

TAFAKKUR MANZILI

2022-IYUL

WWW REANDPUB UZ

3. Qurbonov Sh., Qurbonov A. Jismoniy mashqlarning fiziologik asoslari. T., "OAJBNT" markazi. 2013.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

4. Kachenkova E.S., Krivitskaya E.I. The problem of reducing the physical performance of men older than 45 years and its correction by means of health training // Uchenye zapiski universiteta im. P.F. Lesgaft. 2019. No. 1 (167). pp. 146-151.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.