Научная статья на тему 'JISMONIY IMKONIYATI CHEKLANGAN TALABA QIZLARDA EGILUVCHANLIK VA UNI RIVOJLANTIRISH USULIYATI'

JISMONIY IMKONIYATI CHEKLANGAN TALABA QIZLARDA EGILUVCHANLIK VA UNI RIVOJLANTIRISH USULIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
234
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
jismoniy sifatlar / egiluvchanlik / morfologik / funksional / imkoniyati cheklangan / mashqlar amplitudasi

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Charos Alisher Qizi Berdiyeva

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng, Prezidentimiz tomonidan barcha sohalarga, xususan, jismoniy tarbiya va sportga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Aholi salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bugungi kunning dolzarb ijtimoiy vazifalaridan biri boʻlib qolmoqda. Aholi salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bugungi kunning dolzarb ijtimoiy vazifalaridan biri boʻlib qolmoqda. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan 2014 yilni “Sogʻlom bola yili” deb e’lon qilinishi ham shu sohaga berilayotgan e’tiborning isbotidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JISMONIY IMKONIYATI CHEKLANGAN TALABA QIZLARDA EGILUVCHANLIK VA UNI RIVOJLANTIRISH USULIYATI»

JISMONIY IMKONIYATI CHEKLANGAN TALABA QIZLARDA EGILUVCHANLIK VA UNI RIVOJLANTIRISH USULIYATI

Charos Alisher qizi Berdiyeva

O'zDJTSU

ANNOTATSIYA

O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng, Prezidentimiz tomonidan barcha sohalarga, xususan, jismoniy tarbiya va sportga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Aholi salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bugungi kunning dolzarb ijtimoiy vazifalaridan biri bo'lib qolmoqda. Aholi salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bugungi kunning dolzarb ijtimoiy vazifalaridan biri bo'lib qolmoqda. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan 2014 yilni "Sog'lom bola yili" deb e'lon qilinishi ham shu sohaga berilayotgan e'tiborning isbotidir.

Kalit so'zlar: jismoniy sifatlar, egiluvchanlik, morfologik, funksional, imkoniyati cheklangan, mashqlar amplitudasi

Dolzarbligi. Sog'liqni saqlash vazirligining statistik ma'lumotlariga asosan shuni qayd qilish mumkinki, ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlarning faqatgina 10%i sog'lomdir. Qizlardagi bu holat diqqatni oshirishga va ogohlikka undaydi.

Agar XX asrning 60-yillarida 40% qizlar sog'lom bo'lgan bo'lsa, hozirgi kunga kelib har to'rt nafar talaba-qizdan bittasigina sog'lomdir. Balki bu kundalik faoliyat davomida qizlarning jismoniy mashqlar bilan umuman shug'ullanmasliklari, o'zlari tahsil olayotgan ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslariga loqayd munosabatda bo'layotganliklari, sport to'garaklariga bo'lgan e'tiborning sustligi, oqibatidadir.

Harakat sifatlari: kuch, tezlik, chaqqonlik, chidamlilik va egiluvchanlik sportchining qobiliyatini belgilashda, uning yuqori natijaga erishishida muhim ko'rsatkich bo'lib, ular harakat malakasining shakillanishida takomillashishida birgalikda rivojlanadi. Harakat malakalari va jismoniy sifatlarning takomillashishi yagona jarayondir. Harakat sifatlar harakat apparatining boshkarilishi va koordinatsiyasi mehanizmlarini takomillashishi tufayli rivojlanadi. Shu tufayli jismoniy sifatlarni takomillashishi funktsional va marfologik siljishga bog'lik bo'ladi. Harakat malakasi va jismoniy sifatlarning takomillashishi jismoniy mashklar bilan muntazam shug'ulanish, ularni takrorlash natijasida Yuzaga keladi. Jismoniy mashq bilan muntazam shug'ullanish natijasida muskulda ko'ndalang kesimni ortishi ishchi gifertrofiya deb Yuritiladi. Muskullari gipertrofiyalangan kishilarda muskul to'qimasining massasi ortib boradi.

Egiluvchanlik - tayanch - harakat apparatining morfolgik va funktsional xususiyati bo'lib, harakat amplitudasini belgilaydi. Shuning uchun ham egiluvchanlik harakat amplitudasining o'lchovi bo'ladi. egiluvchanlik 2 turga bo'linadi: aktiv va passiv. Aktiv egiluvchanlik deganda kishi tashqi yordamsiz o'zi mustaqil Yuzaga chiqara oladigan harakatning maksimal amplitudasi tushuniladi. Bunday egiluvchanlikning Yuzaga kelishida bo'g'imlarning harakatchaniligi muhim ahamiyatga ega, yani bo'g'im qanchalik harakatchan bo lsa egiluvchanlik shunchalik yuqori, harakat amplitudasi shunchalik katta bo'ladi.

Passiv egiluvchanlik - sport uskunasi yoki sportchining sherigi, yoxud ustozi yordamida erishiladigan bo'g'imlardagi harakatchanlikdir. Passiv egiluvchanlik aktiv egiluvchanlikka nisbatan Yuqori bo'ladi. Amalda, turli jismoniy mashqlarni bajarishda aktiv egiluvchanlik safarbar etiladi. Bu jihatdan passiv egiluvchanlikka nisbatan aktiv egiluvchanlik Yuqori bo'ladi. egtluvchanlik kishining yoshiga, jinsiga, bo'g'imlarining harakatchanligiga, tashqi muhit omillariga, bajariladigan mashqning turiga bog'liq.

"Jismoniy sifatlar" va "jismoniy tayyorgarlik" atamalari maxsus adabiyotlarda qismlarga bo'lib ko'rsatilgan. Bular insonning harakat imkoniyatlariga xos ayrim jihatlarni aniqlaydi. Jismoniy sifatlar dinamikasiga tatbiqan "rivojlanish" va "tarbiya" atamalari qo'llaniladi. "Rivojlanish" atamasi sifatning sog'lomlashtiruvchi o'zgarishlarini tavsiflaydi. "Tarbiya" esa harakatlantiruvchi sifat ko'rsatkichlarining o'sishiga ta'sir o'tkazishning faolligi va yo'naltirilganligini nazarda tutadi. Inson kuchi deganda tashqi qarshiliklarni mushak kuchi orqali yengish qobiliyati tushuniladi. Qarshiliklarni yenguvchi ishlarda harakatlarga qarshi yo'naltirilgan kuchlar, yon beruvchi ishlarda esa harakat yo'nalishi bo'yicha ta'sir etuvchi kuchlar qarshilik kuchi hisoblanadi. Maktablardagi o'quvchilar uchun jismoniy tarbiya dasturida birinchi sinflardan boshlab bolalarning kuch tayyorgarligi ko'zda tutilgan.

Har bir kishi harakatlarni bajarishda muayyan imkoniyatlarga ega. Masalan, u biror og'irlikdagi shtangani ko'tara oladi, qandaydir bir vaqt oralig'ida 1000 m masofani yugurib o'ta oladi. Bu imkoniyatlar bir qator sifat va miqdor xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladigan muayyan harakatlar bilan amalga oshiriladi. Masalan, sprintcha va marafoncha yugurish organizmga sifat jihatidan boshqa-boshqa talablar qo'yadi, turli xil jismoniy sifatlar namoyon etilishini talab qiladi. Kishi harakat qilish imkoniyatlarining ba'zi-bir sifatli tomonlarini kishining jismoniy (yoki harakat) fazilatlari deb atash qabul qilingan. Odatda, kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlikka asosiy jismoniy sifatlar deb qaraladi. Kishidagi jismoniy fazilatlarning rivojlanganlik darajasi faqat kishi organlarining funksional (fiziologik) imkoniyatlari bilan emas, balki psixik omillar, irodaviy fazilatlar bilan ham belgilanadi. Bu holda irodaviy fazilatlar kishining o'z funksional imkoniyatlaridan qanchalik foydalana olishini belgilaydi.

Egiluvchanlikni rivojlantirishda cho'zilishga ta'sir qiladigan turli mashqlarning munosabati. Egiluvchanlik mashqlarini mashg'ulotlarning turli qismlariga: tayyorlov, asosiy yoki yakuniy qismida majmuaga 6-8 mashqni kiritishi mumkin. Bo'g'imdagi harakatni rivojlantirishda muhim bo'lhan hayotiy harakatlarda katta ro'l o'ynaydigan mashqlar orqali bo'g'imlar faolligini rivojlantirish kerak. Mushaklarni cho'zish mashqlarini bir kunda 2marta (ertalab va kechqurun) bajarish lozim. Bo'g'imlardagi harakatni yuqori darajaga yetkazish uchun mashg'ulotlarni bir xaftada 3-4 marta o'tkazish kerak, takrorlash soni mushak guruhlarining ko'pligiga, mashq bajarishdagi cho'zilishiga, shug'illanuvchining yoshiga va tayyorgarligiga bog'liq.

Egiluvchanlikni rivojlantirishda mashqlarning taxminiy me'yori.

Tananing Shug'illanuvchilar toifasi

asosiy qismiga 15 yoshgacha 15 yoshli Malakali sportchilar

mashqlar boshlang'ich ixtisoslashgan

Yelka 40-50 50-60 90-100

Tos qismi 45-50 60-70 60-70

Umurtqa 50-60 80-90 20-25

pog'onasi 15-20 20-25 20-25

Tizza-tovon

Xulosa: Egiluvchanlik mashqlarini dastlab yaxshi qizib, ter paydo bo'lguncha bajarish lozim, bunda mushaklarning jaroxat olishi kutilmaydi, mashqlarning amplitudasini asta-sekin kuchaytirgan holda, avval sekin, so'ng tezroq bajarish kerak. Egiluvchanlik mashqlarini mustaqil tur sifatida uyga vazifa qilib bergan ma'qul. Dinamik faol-40-45% statik-20% sust-35-40%. Shuningdek, mushakdagi kuchlanishni pasaytirish va bo'shashtirish uchun ruhiy sozlash mashg'uloti usullarini ishlatish kerak.

REFERENCES

1. Zaylobiddin Sobirovich Artikov 13-14 yoshli belbog'li kurashchilarning kuch sifatlarini tarbiyalash. SCIENTIFIC PROGRESS (pp. 598-603).http://scientificprogress.uz/storage/app/media/3-1.%20100.%20598-603.pdf.

2. Sherali Hoshimovich G'Ofurov Qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarni mashg'ulotlarini rivojlantirishning usullari // Scientific progress. 2021. №8. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/qisqa-masofaga-yuguruvchi-sportchilarni-mashg-ulotlarini-rivojlantirishning-usullari (дата обращения: 22.01.2022).

3. Bobomurodov, Norpo'lat Shirinovich. "Kurashchilarning jismoniy tayyorgarligi tuzilmalari".Fan va ta'lim axborotnomasi 4-2 (82) (2020).).ения: 24.12.2021

4. Mirjamolov M.X., Odilov R.F., Zokirov d.r.salomatligi nogironat imkoniyatlari bo'lgan o'quvchilarning maxsus Jismoniy tarbiyasini takomillashtirish // Jismoniy tarbiya va sportning dolzarb muammolari. - 2020. - S. 20-23.

5. Sherali Hoshimovich G'Ofurov, Dilshod Baxtiyor O'G'Li Baxtiyorov, Umid Abdugaforovich Saidov MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI YENGIL ATLETIKA MASHQLARI ORQALI MASHG'ULOTLARINI TASHKIL ETISH // Scientific progress. 2022. №1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/maktabgacha-yoshdagi-bolalarni-yengil-atletika-mashqlari-orqali-mashg-ulotlarini-tashkil-etish (дата обращения: 04.02.2022).

6. Н. Ю. Валиева, Р. Ф. Одилов Методы развития эффекта тонусных рефлексов при детском церебральном параличе с помощью фитбольной гимнастики // Academic research in educational sciences. 2021. №11. (2021): 966-972.

7. Н. Ю. Валиева. "Рейтинговый уровень упражнений специально двигательной подготовки в учебно-тренировочном процессе юных спортсменов" Academic research in educational sciences, no. 3, 2020, pp. 1266-1271.).

8. Л. Б. Собирова Эффективность использования специальных упражнений в профилактике нарушений роста у младших школьников // Academic research in educational sciences. 2021. №5.

9. Собирова Лайло Бахромовна Эффективность использования специальных упражнений для предупреждения сколиоза у учеников начальных классов // Современное образование (Узбекистан). 2019. №10 (83).

10. G'ofurov S. H. Malakali sprinterchilarning sport mashg'ulotlarini rivojlantirishning usullari //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. -№. 4. - С. 309-313.

11. .Миржамолов М.Х Валиева Н.Ю. Дифференцированная программа занятий физической культуры для учащикся с ограниченными физическими возможностями Физическая культура и спорт / Медико-биологические основы физической культуры и спорта страницы14-19 2020

12. СА ЮНУСОВ Особенности периодизации тренировочного процесса высоко квалифицированных парапауэрлифтёров- Фан-Спортга, 2021

13. СА ЮНУСОВ Роль и значимость психологической подготовки паралимпийцев пауэрлифтёров высокой квалификации- Фан-Спортга, 2020

14. Гофуров Шерали. Nogironlar aravachasidan foydalanadigan umurtqa pog'onasi shikastlangan yoshlarning adaptiv jismoniy tarbiyasi. международная научно-практическая онлайн конференция 2021/4/24

15. Сабирова, З. Б. (2021). Иностранный язык как компонент профессиональной подготовки студентов вуза физической культуры. Academic Research in Educational Sciences, 2(11), 973-979. doi: 10.24412/2181-1385-2021-11-973-979

16. Светличная Н.К. Вопросы повышения физической активности подростков и молодежи в современных условияхВ сборнике: Физическое воспитание и спорт в высших учебных заведениях. Сборник статей XVII Международной научной конференции. В 2-х частях. Белгород, 2021. С. 107-110.

17. Svetlichnaya N.K. Integral approach in assessing the functional state of adaptive and healthy physical cultureB сборнике: . Материалы XXVI Международного научного Конгресса. Под общей редакцией Р.Т. Бурганова. г. Казань, 2021. С. 412414

18. Светличная Н.К Повышение эффективности применения средств адаптивной физической культуры и спорта у детей и подростков с ограниченными возможностями здоровья.В сборнике: Олимпийский спорт и спорт для всех. Сборник научных трудов, представленных на XXIV Международный научный конгресс. Казань, 2020. С. 361-364.

19. Л. Т. Давлатова Болалар церебрал фалажида жисмоний тайёргарликни машгулот жараёнида ва илмий назарий сохдда ривожлантириш // Academic research in educational sciences. 2021. №Special Issue 1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/bolalar-tserebral-falazhida-zhismoniy-tayyorgarlikni-mash-ulot-zharayonida-va-ilmiy-nazariy-so-ada-rivozhlantirish (дата обращения: 12.01.2022).

20. Абдиев Ш. А. Планирование тренировочной нагрузки высококвалифицированных легкоатлетов с пораженим опорно-двигательного аппарата //Современное образование (Узбекистан). - 2021. - №. 1 (98).

21. Abdurakhmonovich A. S. Planning of training load of highly qualified athletes with locomotor system damage Page 1 European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. 8 No. 10, 2020 Part II ISSN 2056-5852 Progressive Academic Publishing, UK Page

22. ГОФУРОВ Ш. Х. БОЛАЛАР ВА УСМИРЛАР СПОРТ МАКТАБЛАРИДА БОШЛАНГИЧ ТАЙЁРЛОВ ГУРУ^ИДА ШУГУЛЛАНУВЧИ ЕНГИЛ АТЛЕТИКАЧИЛАР МАШГУЛОТЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ //Фан-Спортга. - 2020. - №. 5. - С. 38-40.

23. Физическое воспитание школьников в инклюзивном образовании. "SCIENTIFIC PROGRESS" Scientific Journal ISSN: 2181-1601 // Volume: 1, ISSUE: 6. Апрель 2021 йил

24. Ruhiddin Faxriddinovich Odilov, Nilufar Yusufjon Qizi Valiyeva Sensor tizimida nuqsoni bo'lgan bolalar mashg'ulotlarini kompleks nazorat qilish // Scientific progress. 2021. №8. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/sensor-tizimida-nuqsoni-bo-lgan-bolalar-mashg-ulotlarini-kompleks-nazorat-qilish (дата обращения: 13.01.2022).

25. Юнусов С. А. Физическое воспитание школьников в инклюзивном образовании" SCIENTIFIC PROGRESS //Scientific Journal ISSN. - 2021. - С. 21811601.

26. M. X.Mirjamolov, R. F.Odilov, N. Y.Valiyeva, D. B.Baxtiyorov Ko'rish qobilyatida nuqsoni bo'lgan talabalarda harakat koordinatsiyasini rivojlantirish uslubiyati // Academic research in educational sciences. 2021. №12. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/ko-rish-qobilyatida-nuqsoni-bo-lgan-talabalarda-harakat-koordinatsiyasini-rivojlantirish-uslubiyati (дата обращения: 22.01.2022).

27. Bahodir Hoshimovich G'ofurov. Paralimpiya bo'yicha yengil atletikachilarining musobaqada ishtirok etish sinflari. 2020/9/6 МЕЖДУНАРОДНАЯ НАУЧНО-ПРАКТИЧЕСКАЯ ОНЛАЙН КОНФЕРЕНЦИЯ ISSN. - 126 - 2020.10.09

28. Еофуров Шерали. Jismoniy tarbiya vositalari orqali sportchilarni o'z-o'zini rivojlantirish qobiliyatlarini shakllantirish. 2020/6/5 МЕЖДУНАРОДНАЯ НАУЧНО-ПРАКТИЧЕСКАЯ ОНЛАЙН КОНФЕРЕНЦИЯ ISSN. - 2021. - С. 2181-1601 468

29. G'Ofurov S. H., Baxtiyorov D. B. O. G. L., Saidov U. A. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI YENGIL ATLETIKA MASHQLARI ORQALI MASHG'ULOTLARINI TASHKIL ETISH //Scientific progress. - 2022. - Т. 3. - №. 1. - С. 557-562.

30. Бердиева Ч. А. Жисмоний имконияти чекланган талабалар организмининг функционал хрлатини бахрлаш усули //Academic research in educational sciences. -2021. - Т. 2. - №. Special Issue 1. - С. 94-100.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.