Научная статья на тему 'JINOYAT PROTSESIDA DALILLAR VA ISBOTLASH'

JINOYAT PROTSESIDA DALILLAR VA ISBOTLASH Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JINOYAT PROTSESIDA DALILLAR VA ISBOTLASH»

JINOYAT PROTSESIDA DALILLAR VA ISBOTLASH

Askarkhujayeva Gulirano Abiddinovna

Teacher of the department "Legal Sciences" at the National University of Uzbekistan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 04th January 2024 Accepted: 10th January 2024 Online: 11th January 2024 KEY WORDS

Isbot qilish huquqi - jinoyat ishi bo'yicha haqiqatni aniqlash maqsadida tergov tusmollarini ilgari surish, dalillarni to'plash, tekshirish va baholash bilan bevosita bog'liq bo'lgan protsessual faoliyatni va uning davomida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar majmui.

Isbotlash huquqi mustaqil huquq tarmog'i emas, balki jinoyat-protsessual huquqning qismidir. Uning normalari boshqa protsessual normalar bilan bog'liq bo'lib, protsessning barcha bosqichlarida qo'llaniladi. Isbotlash huquqini dalillar nazariyasi bilan chalkashtirmaslik kerak.

Dalillar nazariyasi jinoyat protsessi haqidagi fanning bir qismi bo'lib, jinoyat ishlari bo'yicha isbotlashga bag'ishlangan ilmiy qoidalar tizimidir. Unda isbotlashning metodologik asoslari, «dalillar» tushunchasi, ularning turlari, tasniflanishi, isbotlash predmeti va doirasi ko'rib chiqiladi. Dalillar nazariyasiga isbotlash huquqi normalarini, jinoyat protsessi sub'ektlarining ushbu normalarni qo'llash borasidagi amaliy faoliyati hamda dalillardan to'g'ri foydalanishga yordam beruvchi tavsiyalarni ishlab chiqish kiradi. Materialist faylasuflar haqiqat deganda, inson bilimlarining uning ongidan tashqarida va mustaqil ravishda mavjud bo'lgan ob'ektiv voqelikni to'g'ri aks ettiradigan mazmunini tushunadilar. Jinoyat ishini tergov qilish va ko'rib chiqish jarayonida tergovchi, prokuror, sud oldida sodir etilgan jinoyatning barcha holatlarini ular ob'ektiv voqelikda qanday ro'y bergan bo'lsa, xuddi o'shanday bilishdan iborat.

Jinoyat ishida haqiqatni aniqlash quyidagilarni bildiradi:

1) jinoyatni ochish;

2) uni sodir etgan shaxslarni aniqlash;

3) aybdorlarni adolatli jazolash;

4) aybsiz shaxslarning jinoiy javobgarlikka tortilishiga va jazolanishiga yo'l qo'ymaslik;

5) chiqariladigan qarorlarning qonuniy va asoslangan bo'lishini ta'minlash;

6) fuqarolarni qonunni hurmat qilish ruhida tarbiyalashga ko'maklashish;

7) jinoyatning oldini olish;

www.in-academy.uz

8) jinoyat protsessida fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kafolatlash.

Jinoyat protsessidagi haqiqat tabiatan ob'ektiv haqiqatdir, ya'ni tergovchi va sud ish holatlari haqida chiqargan xulosalarning mazmuni ularning xohish-istaklariga bog'liq bo'lmaydi hamda ob'ektiv voqelikka mos kelishi kerak bo'ladi. Jinoyat protsessida aniqlanadigan haqiqat tabiatan ham mutlaq, ham nisbiy haqiqatdir. Haqiqatning nisbiyligi jinoyat protsessida ob'ektiv olamning tarkibiy qismi bo'lgan jinoyat voqelikdagi barcha aloqalari bilan birga emas, balki jinoyat protsessining vazifalarini bajarish uchun zarur bo'lgan muayyan doirada o'rganilishi bilan bog'liq.

Shu bilan birga, nisbiy haqiqat - tashqi dunyoning hodisalarini to'g'ri aks ettiradigan ob'ektiv haqiqatdir va shu bois mutlaq haqiqatning zarrasiga ega. Mutlaq haqiqatning «zarralari» qonun mavjudligini muayyan huquqiy oqibatlar bilan bog'laydigan barcha holatlarni aniqlashga taalluqlidir. Jinoyat protsessining tartibi haqiqatni aniqlash kafolatlarini yaratadi. Haqiqatga erishishda sodir etilgan jinoyatning holatlarini aniqlaydigan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudyalarning shaxsiy xislatlari katta ahamiyatga ega. Amaliyot har qanday bilish jarayonida haqiqatning asosi va mezoni sifatida qaraladi. Prosessning turli ishtirokchilarining jinoyat-protsessual faoliyatida dalillar tekshiriladi va baholanadi hamda ular asosida jinoyat hodisasi tiklanadi.

Ularning bunday faoliyati isbotlash asosi bo'lib xizmat qiladi. Jinoyat protsessida, amaliy faoliyatning boshqa turlaridan farqli o'laroq, sodir etilgan jinoyatni tajriba (eksperiment) o'tkazib tekshirish ham, bunga yo'l qo'yish ham mumkin emas. Shu bois jinoyat protsessida amaliyot uning bilvosita va bevosita shakllarining, jinoyat ishini tergov qiluvchi va ko'rib chiquvchi shaxslarning bevosita va bilvosita tajribasining majmui bo'lmish ijtimoiy amaliyot sifatida namoyon bo'ladi. Isbotlash predmeti - xususiyati qanday ekanligidan qat'i nazar, har bir jinoyat ishi bo'yicha aniqlanishi shart bo'lgan va ishni mazmunan hal qilish uchun huquqiy ahamiyatga ega bo'lgan holatlar majmui.

Isbotlash predmetiga quyidagilar kiradi:

1) jinoyat ob'ekti; jinoyat tufayli yetkazilgan ziyonning xususiyati va miqdori, jabrlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar;

2) jinoyat sodir etilgan vaqt, joy, uni sodir etish usuli, shuningdek Jinoyat kodeksida ko'rsatib o'tilgan boshqa holatlar; qilmish va ro'y bergan ijtimoiy xavfli oqibatlar o'rtasidagi sababiy bog'lanish;

3) jinoyatning ushbu shaxs tomonidan sodir etilganligi;

4) jinoyat to'g'ri yoki egri qasd bilan yoxud beparvolik yoki o'z-o'ziga ishonish oqibatida sodir etilganligi, jinoyatning sabablari va maqsadlari;

5) ayblanuvchi yoki sudlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar.

Shu bilan birga, isbotlash predmeti doirasida jinoyat ishi yuritishni istisno etuvchi holatlar ham aniqlanishi mumkin. Ushbu holatlarning aniqlanishi, protsessning qaysi bosqichda ekanligiga qarab, quyidagi qarorlardan birining qabul qilinishiga olib keladi: jinoyat ishini qo'zg'atishni rad etish, jinoyat ishini tugatish, oqlov hukmini chiqarish. Jinoyat holatlari ularni tergov qilish va ko'rib chiqish paytiga nisbatan o'tmish faktlari sifatida dalillar yordamida aniqlanadi. Agar isbotlanishi lozim bo'lgan barcha va har bir holat haqidagi haqiqatni rad etib bo'lmas darajada aniqlovchi jinoyat ishiga doir barcha ishonchli dalillar to'plangan bo'lsa, dalillar majmui ishni hal qilish uchun yetarli deb tan olinadi.

«

www.in-academy.uz

Tekshirish doirasini to'g'ri aniqlash isbotlash predmeti, isbotlash sub'ektining faolligi, dalillarning sifati va soniga bog'liq. Dastlabki tergov davomida isbotlash doirasi muayyan paytda isbotlanishi lozim bo'lgan holatlar o'zgarishiga bog'liq ravishda o'zgarib turadi. Jinoyat protsessida ijtimoiy xavfli qilmishning yuz bergan-bermaganligini, shu qilmishni sodir etgan shaxsning aybli-aybsizligini va ishni to'g'ri hal qilish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni surishtiruvchining, tergovchining va sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos bo'ladigan har qanday haqiqiy ma'lumotlar dalil hisoblanadi.

Bu ma'lumotlar guvohning, jabrlanuvchining gumon qilinuvchining ayblanuvchining, sudlanuvchining ko'rsatuvlari, ekspertning xulosasi, ashyoviy dalillar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasvir va fotosuratlardan iborat materiallar, tergov va sud harakatlarining bayonnomalari va boshqa hujjatlar bilan aniqlanadi. Dalilga ichdan xos bo'lgan hamda faktik ma'lumotlar shu tufayli jinoyat ishini to'g'ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo'ladigan holatlarni aniqlashga qodir bo'ladigan xususiyat dalilning aloqadorligi deb ataladi. Aloqadorlik dalilning mazmunini ifodalaydi. Dalilning maqbulligi deganda, dalilni uning manbai, vakolatli shaxslarning faktik ma'lumotlarni olish va qayd etish usullari nuqtai nazaridan tavsiflovchi xususiyati tushuniladi.

Dalilning ishonchliligi olingan ma'lumotlarning qonunda nazarda tutilgan manbalarga mosligi bo'lib, uni dastlabki tergovda va sudda puxta tekshirish natijasidir. Dalilning yetarliligi - jinoyat holatlarini voqelikka mos tarzda aniqlash, jinoyat ishini tergov qilish va ko'rib chiqish jarayonida asoslangan qarorlar chiqarish uchun zarur bo'lgan hamda ichki e'tiqod (ishonch) bo'yicha aniqlanadigan aloqador va ishonchli dalillar majmui. Isbotlashning umumiy shartlari JPKning 9-bobida nazarda tutilgan bo'lib, ularning bajarilmasligi har qanday tergov harakatining natijalari sudda ko'rib chiqish vaqtida daliliy ahamiyatga ega bo'lmasligiga olib keladi.

Isbotlash - butun jinoyat-protsessual faoliyatga singib ketgan va jinoyat protsessi vazifalarining ish bo'yicha haqiqatni aniqlash orqali amalga oshirilishini ta'minlaydigan murakkab jarayon. Isbotlashning mazmunini, avvalo, ishni qonuniy, asoslangan va adolatli hal qilish uchun ahamiyatga ega bo'lgan holatlar to'g'risidagi haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni to'plash, tekshirish va baholashdan iborat protsessual harakatlar majmui tashkil qiladi. Ushbu harakatlarni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud amalga oshiradi. Isbot qilishda ishtirok etish huquqiga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, himoyachi, fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi ham egadirlar.

Nihoyat, isbotlashda ishtirok etishga guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, xolislar, shuningdek JPKda belgilangan tartibda dalillarni to'plash, tekshirish va baholash bilan bog'liq huquqlarini amalga oshiruvchi va burchlarini bajaruvchi boshqa fuqarolar va mansabdor shaxslar ham jalb etiladilar. Isbot qilishni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud amalga oshiradi. Isbot qilishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, himoyachi, jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ishtirok etishga haqlidirlar. Isbot qilishda ishtirok etishga guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, xolislar, shuningdek boshqa fuqarolar va mansabdor shaxslar jalb etiladi. Ular JPKda belgilangan tartibda dalillarni to'plash, tekshirish va baholash bilan bog'liq huquqlarni amalga oshiradilar hamda majburiyatlarni bajaradilar.

«

www.in-academy.uz

Isbot qilishning mazmuniga dalillarni to'plash, tekshirish va baholash jarayonida surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura va sud organlari, shuningdek ushbu organlar bilan fuqarolar o'rtasida yuzaga keladigan munosabatlar ham xosdir.

Isbot qilish jinoyat protsessining barcha bosqichlarida mavjud, chunki hamma joyda faktlarning voqelikka mosligi tarzda aniqlanadi. Turli bosqichlarning vazifalari va protsessual shakllarining xususiyatlariga qarab holatlarning xususiyati, dalillarning yetarliligi, isbot qilish vositalar va dalillarni olish usullari o'zgarishi mumkin. Ammo dalillarni to'plash, tekshirish va baholash borasidagi faoliyatning asosiy yo'nalishi - ish bo'yicha haqiqatni aniqlash o'zgarmay qolaveradi.

Shunday qilib, protsessual isbot qilish deganda, surishtiruv organlari, prokuror va sudning qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladigan protsessning boshqa ishtirokchilari yordamida dalillarni to'plash, tekshirish va baholash borasidagi faoliyati, shuningdek ushbu faoliyat davomida ish bo'yicha haqiqatni aniqlash maqsadida yuzaga keladigan munosabatlar tushuniladi. Isbot qilish elementlari:

a) dalillarni to'plash - surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudning faktik ma'lumotlar manbaini aniqlash, undan zarur axborotni olish va uni qayd etish borasidagi faoliyati bo'lib, ushbu faoliyat jinoyat-protsessual qonunda nazarda tutilgan shakllar va usullarda amalga oshiriladi. Dalillarni davlat organlari va mansabdor shaxslar JPK 22 va 86-moddalarining talablar asosida to'playdilar. Dalillarni, shuningdek gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, himoyachi, jabrlanuvchi, fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari, har qanday fuqarolar va tashkilotlar ham taqdim etishlari mumkin. Dalillar jinoyat protsessining har qanday bosqichida har bir bosqichning protsessual xususiyatlaridan kelib chiqadigan shakl va usullarda to'planadi;

b) dalillarni tekshirish - surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudning faktik ma'lumotlarning ishonchliligini hamda ular olinadigan manbalarning jinoyat ishi holatlarini to'g'ri aniqlash uchun yaroqliligini puxta, har tomonlama va xolisona aniqlash borasidagi faoliyati.

Dalillar protsessning barcha bosqichlarida tekshiriladi. Faktik ma'lumotlar ham, ular olinadigan manbalar ham, har bir dalil alohida hamda boshqa mavjud dalillar bilan birgalikda ham tekshirilishi lozim. Dalillarni protsessual qarorlarning qabul qilinishiga aloqador bo'lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar tekshiradilar. Protsessning boshqa sub'ektlari dalillarni tekshirishda ishtirok etadilar, xolos. Fan va texnika yutuqlari jinoyat protsessiga dalillarni to'plash va tekshirish chog'ida turli ekspertizalar o'tkazish ko'rinishida, videoyozuvni qo'llash, qolip va nusxalar tayyorlash yo'li bilan jadal joriy etilmoqda. Qonunda ularni rasmiylashtirishning protsessual tartibi nazarda tutilgan.

Fan-texnika vositalarini qo'llash materiallari prosessda ham hujjatlar sifatida, ham ashyoviy dalillar sifatida foydalanilishi mumkin. Hammasi ushbu materiallar qanday belgilar majmuiga egaligiga bog'liq. Fan-texnika vositalarini protsessdan tashqarida qo'llash ularni sudda tekshirish uchun shart-sharoit yaratishni talab qiladi. Shu tariqa olingan hujjatlarni mansabdor shaxslar qanday holatlarda va kim aniqlaganini tushuntiruvchi rasmiy hujjat bilan birga taqdim etishga haqlidirlar. Hujjat uni surishtiruvchi, tergovchi, sudya yoki sud ishga qo'shib qo'ygan taqdirdagina dalillar manbai ahamiyatiga ega bo'ladi..

Open access journal

www.in-academy.uz

References:

1. Absalamova, G. S. (2022). TA" LIM TIZIMINING JORIY HOLATI VA MAVJUD MUAMMOLAR (M. MONTEN "TAJRIBALAR" ASARI MISOLIDA). Academic research in educational sciences, (Conference), 796-801.

2. Sharifovna, A. G. (2021). Michel Monten's Style in His "Essays". Procedia of Social Sciences and Humanities, 1, 364-368.

3. Абсаламова, Г. (2021). Французский мыслитель Мишель Де Монтен о воспитании детей. Общество и инновации, 2(5/S), 217-220.

4. Абсаламова, Г. (2021). Bolalar tarbiyasi haqida. Общество и инновации, 2(5/S), 390402.

5. Sharifovna, A. G. (2023, October). MONTEN IJODIDAGI "TAJRIBALAR" ASARIDA FARZAND TARBIYASIDAGI "SALBIY JIHAT" LEKSEMALARINING IJOBIYLIK TOMONLARI. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCES WITH HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS (Vol. 1, No. 05.10, pp. 312-314).

6. Absalamova, G. M. S. (2021). The semantic field of the concept of «family upbringing qualities» in Monten's philosophy and its expression in the Uzbek language. Молодой ученый, (16), 124-125.

7. Ozatbekov, Y. F., & Ozatbekova, O. N. (2022). DEVELOPMENT AND IMPROVEMENT OF THE PRICING STRATEGY OF THE JOINT-STOCK COMPANY" UZBEKISTAN RAIL WAYS". Confrencea, 6(6), 295-296.

8. Ozatbekova, O., & Ozatbekov, Y. (2022). EXPERIENCE OF FOREIGN COUNTRIES IN IMPROVING THE SYSTEM OF PROFESSIONAL TRAINING. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 1(20), 6-8.

9. Ozatbekova, O., & Ozatbekov, Y. (2022, August). THE ROLE OF UNIVERSITIES IN CREATING A REGIONAL INNOVATION SYSTEM. In Международная конференция академических наук (Vol. 1, No. 25, pp. 17-21).

10. Ozatbekova, O., & Ozatbekov, Y. (2022). FORMATION OF AN INNOVATIVE ECONOMY IN THE REPUBLIC. Development and innovations in science, 1(11), 4-7.

11. Ozatbekova, O., & Ozatbekov, Y. (2022). FORMATION OF ORGANIZATIONAL STRUCTURES FOR THE MANAGEMENT OF INNOVATION ACTIVITIES. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 1(20), 4-6.

12. Buranova, M. U., & Buranova, L. U. (2020). New Modern Trends In Teaching Foreign Language. International Journal of Research, 7(04).

13. Буранова, М. У. (2021). СОВРЕМЕННЫЕ АСПЕКТЫ ОБУЧЕНИЯ ЧТЕНИЮ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА В НЕЯЗЫКОВЫХ ВУЗАХ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 4(5).

14. Буранова, М. (2020). Linguistic analysis of reading and teaching reading by literary translation. Общество и инновации, 1(1/s), 501-505.

15. Buranova, M. U. (2019). THEORETICAL BASIS OF CASE STUDY METHOD IN TEACHING ENGLISH FOR SPECIAL PURPOSES. Форум молодых ученых, (5 (33)), 11-14.

16. Buranova, M. (2019). Using elicitation techniques in EFL classes. In SCIENCE AND PRACTICE: A NEW LEVEL OF INTEGRATION IN THE MODERN WORLD (pp. 132-135).

Open access journal

www.in-academy.uz

17. Buranova, M., & Dilmurodova, M. (2019). Communicative language teaching. In SCIENCE AND PRACTICE: A NEW LEVEL OF INTEGRATION IN THE MODERN WORLD (pp. 186-189).

18. Курбанов, Ж. А. (2023). ЯНГИ УЗБЕКИСТОНДА ИЦТИСОДИЙ МУНОСАБАТЛАРНИ ТАРТИБГА СОЛИШНИНГ ХУКУКИЙ ТАХЛИЛИ. Научный Фокус, 1(8), 717-720.

19. Кенжабаев, Ж. А. (2016). Применение информационно-коммуникационных средств и электронных образовательных ресурсов в обучении английскому языку. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук, (6-4), 42-44.

20. Кенжабаев, А. Э., & Кенжабоев, Ж. А. (2016). Применение педагогических технологий в процессе обучения иностранных языков в начальных классах. Ученый XXI века, (3-2).

21. Кенжабоев, Ж. А. (2016). ОСОБЕННОСТИ ОБУЧЕНИЯ АУДИРОВАНИЮ НА СРЕДНЕМ ЭТАПЕ ИЗУЧЕНИЯ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА. Вестник современной науки, (6-2), 73-76.

22. Кенжабоев, Ж. А. (2017). Психолого-педагогические аспекты формирования диалога как компонента иноязычного обучения. Вестник современной науки, (3-2), 4850.

23. Кенжабоев, А. Э., & Кенжабоев, Ж. А. (2016). ХОРИЖИЙ ТИЛЛАРНИ УРГАТИШДА ПЕДАГОГИК ТЕХНОЛОГИЯЛАР. Ученый XXI века, (3-2 (16)), 44-49.

24. Кенжабоев, А., & Кенжабоев, Ж. (2015). Тарбия технологияси ва унинг долзарблиги. Современное образование (Узбекистан), (4), 61-64.

25. Кенжабаев, Ж. (2023). СОВРЕМЕННЫЙ ЭТАП РАЗВИТИЯ НАУКИ О ЯЗЫКЕ. Экономика и социум, (2 (105)), 704-707.

26. Кенжабаев, Ж. (2022). The implementation of literature in teaching speaking for advanced students. Общество и инновации, 3(2/S), 262-265.

27. Кенжабоев, Ж. А., & Кучкинов, Х. Х. (2017). САМОСТОЯТЕЛЬНАЯ РАБОТА УЧАЩИХСЯ НА УРОКАХ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА. Вопросы педагогики, (9), 33-35.

28. Кенжабоев, А. Э., & Кенжабоев, Ж. А. (2017). Умумтаълим мактаблари уцитувчиларида касбий компетентликни шакллантиришнинг илмий-педагогик асослари. Современное образование (Узбекистан), (11), 22-26.

29. Кенжабаев, Ж. А., & Сапарова, Н. Э. (2015). Игровые технологии в процессе преподавания иностранных языков. Вестник современной науки, (11-2), 89-92.

30. Kenjabaev, J. A. (2022). METHODS THROUGH THE INTERNET IN TEACHING A FOREIGN LANGUAGE. Экономика и социум, (12-2 (103)), 67-70.

31. КЕНЖАБАЕВ, Ж. А., & САТТАРОВА, Н. А. (2018). РОЛЬ ИНФОРМАЦИОННО-КОММУНИКАЦИОННОЙ ТЕХНОЛОГИИ ОБУЧЕНИЯ АНГЛИЙСКИМ ЯЗЫКОВЫМ НАВЫКАМ В ПЕДАГОГИЧЕСКОМ ОБРАЗОВАНИИ. Наука среди нас, (1), 155-160.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.