Научная статья на тему 'JANUBIY OROL BO‘YI KO‘CHMANCHI QAVMLARNING TURMUSH TARZIGA MAHALLIY DINLARNING TA’SIRI'

JANUBIY OROL BO‘YI KO‘CHMANCHI QAVMLARNING TURMUSH TARZIGA MAHALLIY DINLARNING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Orol dengizi / Skiflar / Jetiasar / sak-massagetlar-sarmatlar / qanglilar / xunnlar / tele qavmlari / qadimgi turk / “Hayvonot stili” / “Ariylar” / Saka-Tigraxauda / Saka-xaumovarka / Saka-tiay-taradarayya / Aral Sea / Scythians / Jetisar / Sak-Massagets-Sarmatians / Kangliks / Huns / Huns / Teleys / Ancient Turk / "Animal Style" / "Aryan" / Saka-Tigrahau / Saka-Haumovarka / Saka-Tiay-Taradrayya

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Yakupov Aydos Kiyasatdinovich

Maqolada Orol bo‘yida yashab o‘tgan ko‘chmanchi xalqlarning diniy e’tiqodlari va an’analariga doir ilk tarixiy jarayonlar yoritilgan. Bunda Orol dengizi janubiy sohilining ijtimoiy-siyosiy, madaniy va geografik muhiti tavsiflangan XIX asr rus, ingliz va Markaziy Osiyo olimlari tarafidan qilingan manbalardan foydalanilgan.Orol bo‘yi ko‘chmanchilarining Orol havzasi atrofida shakllanishi turli tarixiy bosqishda kechgan. Birinchi bosqishda miloddan avvalgi VII-V asrlarda qavm va urug‘larning diniy e’tiqodida hayvonlarni xudo sifatida ko‘rish keng tarqalgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по наукам о Земле и смежным экологическим наукам , автор научной работы — Yakupov Aydos Kiyasatdinovich

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPACT OF LOCAL RELIGIOUS PRACTICES ON THE CULTURAL AND SOCIETAL DYNAMICS OF THE NOMADIC COMMUNITIES INHABITING THE ARAL SEA REGION

The article describes the first historical processes of the religious beliefs and traditions of the nomadic peoples who lived on the coast of the island. In this, the socio-political, cultural and geographical environment of the southern coast of the Aral Sea was described using sources made by Russian, English and Central Asian scientists of the 19th century.The formation of the settlers of the island around the basin of the island took place in different historical stages. In the 7th-5th centuries BC, in the religious beliefs of the peoples and clans, it is common to consider animals as gods

Текст научной работы на тему «JANUBIY OROL BO‘YI KO‘CHMANCHI QAVMLARNING TURMUSH TARZIGA MAHALLIY DINLARNING TA’SIRI»

 „ { 3 A J

"fWr' > <£'

EURASIAN lOURKALO^

SOCIAL SCIENCES PHILOSOPHY AND CULTURE

VOLUMI 1, IV"-" ^^^^^^

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

THE IMPACT OF LOCAL RELIGIOUS PRACTICES ON THE CULTURAL AND SOCIETAL DYNAMICS OF THE NOMADIC COMMUNITIES INHABITING THE ARAL SEA REGION

Yakupov Aydos Kiyasatdinovich

International Islamic Academy of Uzbekistan Religious studies and Comparative Study of world religions UNESCO Chair Foundation

doctoral student E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.14540589

ABSTRACT

ARTICLE INFO

Received: 14th December 2024 Accepted: 20th December 2024 Online: 21th December 2024

KEYWORDS Aral Sea, Scythians, Jetisar, Sak-Massagets-Sarmatians, Kangliks, Huns, Huns, Teleys, Ancient Turk, "Animal Style", "Aryan", Saka-Tigrahau, Saka-Haumovarka, Saka-Tiay- Taradrayya.

The article describes the first historical processes of the religious beliefs and traditions of the nomadic peoples who lived on the coast of the island. In this, the sociopolitical, cultural and geographical environment of the southern coast of the Aral Sea was described using sources made by Russian, English and Central Asian scientists of the 19th century.

The formation of the settlers of the island around the basin of the island took place in different historical stages. In the 7th-5th centuries BC, in the religious beliefs of the peoples and clans, it is common to consider animals as gods.

JANUBIY OROL BO'YI KOCHMANCHI QAVMLARNING TURMUSH TARZIGA

MAHALLIY DINLARNING TA'SIRI

Yakupov Aydos Kiyasatdinovich

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o'rganish

UNESCO kafedrasi tayanch doktoranti E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.14540589

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 14th December 2024 Accepted: 20th December 2024 Online: 21th December 2024

KEYWORDS Orol dengizi, Skiflar, Jetiasar, sak-massagetlar-sarm a tlar, qanglilar, xunnlar, tele qavmlari, qadimgi turk, "Hayvonot stili", "Ariylar", Saka-Tigraxauda, Saka-xaumovarka, Saka-tiay-taradarayya.

Maqolada Orol bo'yida yashab o'tgan ko'chmanchi xalqlarning diniy e'tiqodlari va an'analariga doir ilk tarixiy jarayonlaryoritilgan. Bunda Orol dengizi janubiy sohilining ijtimoiy-siyosiy, madaniy va geografik muhiti tavsiflangan XIX asr rus, ingliz va Markaziy Osiyo olimlari tarafldan qilingan manbalardan foydalanilgan. Orol bo'yi ko'chmanchilarining Orol havzasi atroflda shakllanishi turli tarixiy bosqishda kechgan. Birinchi bosqishda miloddan avvalgi VII-V asrlarda qavm va urug'larning diniy e'tiqodida hayvonlarni xudo sifatida ko 'rish keng tarqalgan.

Janubiy Orol bo'yi ko'chmanchilarning diniy tushunchalarga bog'liq san'at namunalari miloddan avvalgi III-II asrlarda Janubiy Orol bo'yi yerlariga turkiy qavmlarning aralashishi

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

sababli vujudga keldi. Ayniqsa shu davrda xunnlar, tele etnoslari "Yetti asar"lar bilan birga Xorazmda ham qorishadi. Miloddan avvalgi VII-V asrlarda saklarning ijtimoiy hayoti harbiy demokratik, konfederativ davlat darajasiga ko'tariladi. Qadimgi davrda sak-massagetlar-sarmatlar, qanglilar, xunnlar, tele qavmlari, qadimgi turk etnosiga kiradi [1 : 103].

Janubiy Orol saklari, Eron ahomaniylari, Baqtriya, Xorazm va Xitoyliklarning Chjou hamda Xan imperiyasi davridagi san'at asarlari bilan ham tanish bo'lishgan. Eramizdan avvalgi VIII asrdan boshlab saklar orasida keng tarqalgan hayvonot stili nomli san'at turi ham keng tarqaldi. Bir qancha buyum-narsalarda qo'chqor, tuya, yo'lbars, burgut kabi jonzotlar ko'rinishlari chizildi.

Saklarning tushunchasiga ko'ra xudolar odamlarga qanotli ot tulporlar, qushlar, boshqa hayvonlar shaklida ko'rinadi deb o'ylashgan. Shu obrazlarning mifologiyasi og'zaki afsonalarda keng o'rin olgani uchun "Hayvonot stili" paydo bo'ladi. Saklarning zargarlik san'at asarlari namunasi (zirak, bronzadan yasalgan uzuk, qurollar, hayvonot rasmlari bilan bezalgan buyumlari) Tegisken, Uygaraq, Issiq qabrlaridan topildi. Saklarning mifologiyasida: otlar, quyosh va olov bilan bog'liq bo'ladi. Tulpor otlar haqida qoraqalpoqlarning Alpomish, Qoblan dostonlarida uchraydi. Saklar dunyoni, tabiatni, kosmosni tushunishda o'zicha tasavvurlarga ega bo'lgan. Mitra, Indra kabi xudolarga bog'liq olam: yer osti dunyosi, o'rta dunyo, yer yuzasi va yuqori dunyolar osmonnin yuqorisi deb tushungan. Ularning tushunchasiga ko'ra dunyoning to'rt tomoni o'ng, chap, oldingi va orqa tomonlari bor bo'lgan. Umumiy olganda sak-massagetlarning hayvonot stili" sak qavmlarining dunyoni anglab etishidagi haqiqiy ko'rinishi, ularning mifologiyasida san'at asarining tasvirlanishi, saklar mafkurasining shakllanganligini isbotlaydi [2 : 28].

Qadimgi xalqlarning diniy tushunchalari ularning madaniyat yodgorliklarida ham o'z ko'rinishini topgan. Tasvirlash san'atida ham ularning diniy tushunchalarining belgilari bor.

Qadimgi xalqlar, ko'chmanchilarning san'ati bo'yicha tarixiy manbalarda, Gerodot, Strabon asarlari va hozirgi davr arxeologik materiallarida ko'rinmoqda.

Miloddan avvalgi I ming yillikda janubiy Sibir O'rta Osiyodagi turkiylar, Turkiy bo'lmaganlar, indo-eron tildosh - "Ariylar", Prototurkiy qavmlarning madaniyatlari bo'yicha arxeologiya ilmida keng o'rganilmoqda. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda O'rta Osiyo hududlarida saklar, massagetlar, Turk, Xorazm, Sug'd, Baqtriya v.b xalqlar yashagan. Orol bo'ylarida Saklar, apasiaklar, Alan qavmlari yashadilar. Gerodotning ma'lumotlariga binoan, otliq massagetlarda oltin, misdan yasalgan narsalar, zeb-ziynat buyumlari bo'lgan. Eron ahomaniylari hukmronligi davrida Saklar, Dariy I ga qaram bo'lgan va XV satrap (viloyat) sifatida soliq to'lagan. Naqshi-Rustam to'g toshlaridagi yozuvda saklar uch guruhga ajratilganligi ko'rsatilgan: Saka-Tigraxauda, Saka-xaumovarka, Saka-tiay-taradarayya. Shu uch guruh saklarning vatani, makoni, geografiyasi bo'yicha ilmda tortishuvlar juda ko'p. Amudaryo xaznasi deb atalgan saklar san'at asarlarida oltin plastinkada odam (sak) rasmi berilgan. Persepol rel'efida saklar rasmi berilgan, ular Eron shohiga xos ot, v.b olib borgani ko'rsatilgan [3 : 59].

Tegisken qabridan topilgan oltin nishonga arslon tasviri tushirilgan. Uygaraq qabristonidan kiyik shakli topildi. Avvalgi o'rta asrdagi Evrosiyo ko'chmanchilarining san'at asarida, turkiy qavmlarda, VII-VIII asrlarda, amaliy san'at hukmronlik qildi. Turklarda naqsh o'ymakorligi avvaldan bo'lganligi aniq. Naqshlar kigizga, suyakka, metallarga o'yib yasalgan.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

Kigizlardagi naqsh, 300 morflik geometrik shakllar bo'ldi. O'simlik shaklli gulli bezaklar ko'chmanchilar san'atida katta o'rin egallaydi. Sibir san'atida gilam, kigiz, palas, g'alilarga ham 300 morflik naqshlar berildi. Hayvonotlar shakli bir-biridan aniq farqlanadi. Sahroyi ko'chmanchilarning san'ati bezak stilida, bir narsaning harakatini berdi. Turkiy rahbarlaning bel kamarida geometrik naqshlar joy oldi. Qadimgi xases (qirg'iz) san'atida oltin nishonda gulli bezak bo'lgan, eski dasturi "Hayvon" stilida ijodkorlikka kirib kelishi "Jivopis" lik uslublar paydo bo'lgan [3 : 23-24].

Orol mintaqasining Sirdaryo deltasi Uygaraq qabridan miloddan avvalgi VI-V asrga xos tog' qo'chqori boshi, oltin bo'ri boshi, "Issiqqo'rg'on"dan boy sak rahbarining meroslari topildi. Oltin boshli ot siymosi, leopard siymosi, qushlar, oltin arxar, kiyik nishoni, oltin plastinkada chizilgan ot rasmi berilgan.

Orol mintaqasi ko'chmanchilarining loydan kuydirilib ishlangan tutatqich, qurbongoh narsalarida hayvonlar rasmi beriladi. Skif nishonida mahalliy faunlar tog' echkisi, arxar, lochin berilgan. Evrosiyo ko'chmanchilarida qozon 300 morflik rasmlar bilan bezalgan. Ko'chmanchi sarmatlar san'atida hayvonlar rasmi juda oz. Ular arslon, leopard, ayiq, ot, bo'ri, kiyik, echki shakllarini chizgan. Ko'chmanchiilar xanjari, oynasi, qilichi, kamon qopida "hayvon" rasmini chizgan.

Turkiy qavmlarda (VII-VIII asrlar) uchburchak, geometrik bezaklar keng tarqaldi, shuningdek antropomorflilik syujet, bezak ko'chmanchilar san'atida an'anaviy bo'lgan [4 : 64].

Janubiy Orol saklari, Eron ahomaniylari, Baqtriya, Xorazm va Xitoyliklarning Chjou hamda Xan imperiyasi davridagi san'at asarlari bilan ham tanish bo'lishgan. Miloddan avvalgi VIII asrdan boshlab saklar orasida keng tarqalgan hayvonot stili nomli san'at turi ham keng tarqaldi. Bir qancha buyum-narsalarda qo'chqor, tuya, yo'lbars, burgut kabi jonzotlar ko'rinishlari chizildi.

Saklarning tushunchasiga ko'ra xudolar odamlarga qanotli ot tulporlar, qushlar, boshqa hayvonlar shaklida ko'rinadi deb o'ylashgan. Shu obrazlarning mifologiyasi og'zaki afsonalarda keng o'rin olgani uchun "Hayvonot stili" paydo bo'ladi. Saklarning zargarlik san'at asarlari namunasi (zirak, bronzadan yasalgan uzuk, qurollar, hayvonot rasmlari bilan bezalgan buyumlari) Tegisken, Uygaraq, Issiq qabrlaridan topildi. Saklarning mifologiyasida: otlar, quyosh va olov bilan bog'liq bo'ladi. Tulpor otlar haqida qoraqalpoqlarning Alpomish, Qoblan dostonlarida uchraydi. Saklar dunyoni, tabiatni, kosmosni tushunishda o'zicha tasavvurlarga ega bo'lgan. Mitra, Indra kabi xudolarga bog'liq olam: yer osti dunyosi, o'rta dunyo, yer yuzasi va yuqori dunyolar osmonning yuqorisi deb tushungan. Ularning tushunchasiga ko'ra dunyoning to'rt tomoni o'ng, chap, oldingi va orqa tomonlari bor bo'lgan. Umumiy olganda sak-massagetlarning "hayvonot stili" sak qavmlarining dunyoni anglab etishidagi haqiqiy ko'rinishi, ularning mifologiyasida san'at asarining tasvirlanishi, saklar mafkurasining shakllanganligini isbotlaydi.

References:

1. Ibrohimov N. Ibn Battuta va uning O'rta Osiyoga sayohati. - T., 1993. -B 103.

2. Hofiz Abru. Geografiya O'z FA Sharqshunoslik instituti qo'lyozmasi, № 5361 (fors tilida). -B 28.

3. Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma. Tauer nashri. - Praga, 1937; 1956. -B 59.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

4. O.Yusupov Problemi etnogeografii Yujnogo Priaral'ya v rannesrednevekov'e /VI-VIII vv,/ Sbornik: Materiali konferentsii NGPI, Nukus, 2009, -B 23-24.

5. Hasanov H. O'rta Osiyo joy nomlari tarixidan. T., 1965. - B. 64.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.