Научная статья на тему 'JAMOATCHILIKNI FIKRINI SHAKLLANTIRISHDA MEDIA AXBOROT TIZIMNING FUNKSIONAL INTEGRATSIYALASHUVI'

JAMOATCHILIKNI FIKRINI SHAKLLANTIRISHDA MEDIA AXBOROT TIZIMNING FUNKSIONAL INTEGRATSIYALASHUVI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

273
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Media axborot / demokratik erkinlik / fuqarolik jamiyati / media axborot tizimi / integratsiyalashuv texnologiyalar / dastur / Information / democratic freedom / civil society / media information system / integration / technologies / program

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Jonibek Ashirkulovich Taniqulov

Ushbu maqolada media axborot sohasini jadal rivojlantirish va shu orqali jamoatchilikni fikrini shakllantirishda media axborot tizimning funksional integratsiyalashuvi hamda matbuot, radio,televideniya faoliyatini erkinlashtirish , fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishi haqida fikr mulohazalar yuritiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, there are opinions about the rapid development of the information sector and the formation of public opinion through the functional integration of the media information system, as well as the liberalization of the press, radio and television, and the establishment of the foundations of civil society

Текст научной работы на тему «JAMOATCHILIKNI FIKRINI SHAKLLANTIRISHDA MEDIA AXBOROT TIZIMNING FUNKSIONAL INTEGRATSIYALASHUVI»

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

JAMOATCHILIKNI FIKRINI SHAKLLANTIRISHDA MEDIA AXBOROT TIZIMNING FUNKSIONAL INTEGRATSIYALASHUVI

Jonibek Ashirkulovich Taniqulov

Toshkent Davlat Agrar Universiteti Samarqand Filiali ijtimoiy va Gumanitar fanlar

kafedrasi falsafa fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada media axborot sohasini jadal rivojlantirish va shu orqali jamoatchilikni fikrini shakllantirishda media axborot tizimning funksional integratsiyalashuvi hamda matbuot, radio,televideniya faoliyatini erkinlashtirish , fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishi haqida fikr mulohazalar yuritiladi.

Kalit so'zlar: Media axborot, demokratik erkinlik,fuqarolik jamiyati, media axborot tizimi, integratsiyalashuv texnologiyalar, dastur;

ABSTRACT

In this article, there are opinions about the rapid development of the information sector and the formation of public opinion through the functional integration of the media information system, as well as the liberalization of the press, radio and television, and the establishment of the foundations of civil society.

Keywords: Information, democratic freedom, civil society, media information system, integration, technologies, program;

KIRISH

O'zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan kundan buyon o'zimizga xos va jahon andozalariga monand taraqqiyot yo'l tanlab olindi. Davlat va jamiyat boshqaruvida jamoatchilik bilan aloqalar muhim ijtimoiy institutga aylandi. Jamiyatimizni yanada rivojlantirish va sifat jihatidan yangilash borasidagi muhim ustuvor yo'nalishlardan biri - bu inson huquqlari va erkinliklarini, so„z va matbuot erkinligini, shuningdek, oshkoralikni, jamiyatda o'tkazilayotgan islohotlaming ochiqligini ta'minlaydigan demokratik tamoyillami so'zda yoki qog'ozda emas, amaliy hayotda joriy qilish borasida ko„p fikrlar bildirilgan.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Jamoatchilik fikri - ijtimoiy voqealarga, turli guruhlar, tashkilotlar va ayrim shaxslar faoliyatiga bo'lgan yashirin yoki

October 5-6

851

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

oshkora munosabatlami o'z ichiga oluvchi ommaviy ong shakli; muayyan ijtimoiy masalalarni ma'qullash yoki qoralashda namoyon bo'ladi, individlar, ijtimoiy guruhlar xatti-harakatini va ijtimoiy munosabatlarda muayyan me'yorlarni belgilaydi(Xo'jayev, Xodiyev, Baubekova, & Tilabova, 2002). Umuman jamiyat doirasida ham, turli ijtimoiy guruhlar doirasida ham amal qiladi. Jamoatchilik fikrining faolligi va ahamiyati jamiyatning strukturaviy harakteri, ishlab chiqaruvchi kuchlarning, madaniyatning , demokratik huquqiy me'yorlar va erkinliklarning taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi. Jamoatchilik fikrini shakllantirishda esa media axborot tizimi katta ahamiyat kasb etadi(Yazdonov, 2019).

Media axborot - ijtimoiy, iqtisodiy tabiiy fanlarning, tafakkur ilmining taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan bilim va ma'lumotlar, kishilarning amaliy faoliyati davomida to'plagan tajribalari majmui demakdir. Inson axborot oqimi ichra yashar ekan, turli-tuman voqea, hodisalar va jarayonlarning bir - biriga aloqadorligini, o'zaro munosabati mohiyatini tahlil etish, mushohada va mulohaza qilib ko'rish maqsadida ko'pdan ko'p dalil va raqamlarga murojaat qiladi. Axborot tufayli nazariy bilimlar amaliyot bilan birlashadi.

Ma'lumki jamiyatda oshkoralik va ochiqlikni ta'minlash masalasi jamoatchilik fikrini o'rganish usul-uslublarining qay darajada rivojlangani bilan ham bevosita bog'liq. Jamiyatimizni yanada demokratlashtirish va fuqarolik institutlarini shakllantirish avvalo, aholi siyosiy faolligining o'sishi, uning siyosiy, ijtimoiy va davlat hayotida nechog'li faol ishtirok etishiga bog'liq. Jamoatchilik bilan aloqalar zamirida asosan bahs-munozaralar yotadi. Siyosiy partiyalar o'rtasidagi bahs-munozaralar jiddiy, professional va amaliy negizda olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Bu fikrlar zamirida odamlaming fikrlariga, ulami o'ylantirayotgan muammolarga jiddiy e'tibor qatarish g'oyasi mujassamdir.

Har qanday muammo va masalaning yechimini topishda jamoatchilik bilan aloqalar g'oyat muhim o'rin tutadi. Jamoatchilik bilan aloqalami rivojlantirishda OAVning o'rni beqiyos. Fikrlar xilma-xilligini hisobga olgan holda OAV yurtimizda amalga oshirilayotgan ichki va tashqi siyosatni, yurtimizda va xorijda sodir bo'layotgan voqealami yanada faolroq yoritishi talab etilmoqda. Dunyodagi yetakchi mamlakatlar tajribasiga tayangan holda, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash milliy tizimining takomillashtirilishi axborot sohasidagi faoliyatning sifati va saviyasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimida ko'p jihatdan hal qiluvchi ahamiyatga.

Tadqiqot metodologiyasi. Axborotlashgan jamiyat - bu ishlayotganlaring ko'pchiligi ixtisosligi va uning oliy shakli bo'lgan bilimlarni ishlab chiqish va qayta ishlash va foydalanish

October 5-6

852

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Google Scholar indexed

Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

bilan band bo'lgan jamiyatdir. Olimlar axborotlashgan jamiyatning o'ziga xos quyidagi misollarni keltirishadi:

• axborot inqirozligi muammosi hal bo'ladi, ya'ni axborot tanqisligi bilan axborotlarning ko'pligi o'rtasidagi qarama-qarshilikka bartaraf beriladi;

• boshqa resurslarga nisbatan axborotning prioritetligi ta'minlanadi;

• milliy iqtisodiyotni rivojlanishining asosiy shakli bo'lib axborotlashgan iqtisod hisoblanadi;

• jamiyatning negiziga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida bilimlarni avtomatlashtirilgan usulda yig'ish, qayta ishlash va foydalanish yo'lga qo'yiladi;

• inson faoliyatining barcha jabhalarini qamrab olgan holda,

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari global tus oladi;

• barcha inson taraqqiyotining axborot yagonaligi shakllanadi;

•axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida "yangi" iqtisodiyot

farqlanmoqda;

• taraqqiyotning barcha axborot resurslariga ommaviy axborot vositalari asosida har bir insonning erkin kirishi amalga oshadi.

Tahlil natijalar Yaqin 20 yil ichida axborot almashinuvi deyarli tekin bo'lishi mumkin. Raqamli aloqa texnologiyalariga o'tish ma'lumotlarni uzatish, axborotni tarqatish va boshqa axborot xizmatlarini yaqinlashtirishga olib keladi va global tarmoqlarning yangi imkoniyatlarini ochadi. Yangi texnologiyalar rivojlanish yo'lidagi turli to'siqlarni bosib o'tish imkoniyatini yaratadi(Janonova, 2021). Masalan, masofaviy ta'lim tizimi uning an'anaviy usullariga hayotiy qo'shimcha bo'lishi mumkin.

Axborot jamiyatida katta axborot oqimining yuzaga kelishi quyidagilar bilan asoslanadi:

- ilmiy izlanishlar va tajriba-loyiha ishlari natijalarini bayon etuvchi hisobotlar, dissertatsiyalar va boshqa hujjatlar soninig jadal sur'atlar bilan ortishi;

- insoniyat faoliyatining turli soxalari bo'yicha davriy nashrlarning doimiy ortib borishi;

- odatda magnit lentalarga yoziluvchi va kommunikatsiya tizimlari doirasiga tushmaydigan turli-tuman ma"lumotlarning yuzaga kelishi.

Buning natijasida axborot krizisi yuzaga keladi. U quyidagilarda namoyon

bo'ladi:

- inson tomonidan media axborotni qabul qilish va qayta ishlov berishning chegaralanganligi va saqlanayotgan axborot

October 5-6

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Google Scholar indexed

Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

massivlarining mavjud bo"lgan kuchli oqimi o'rtasida ziddiyatlar yuzaga keladi;

- katta hajmdagi ortiqcha axborot yuzaga keladi, bu foydalanuvchi uchun zarur axborotlarni qabul qilishni qiyinlashtiradi;

- ma'lum bir darajada, axborotning tarqalishiga to'sqinlik qiluvchi, iqtisodiy, siyosiy va boshqa sotsial to'siqlar yuzaga keladi.

XULOSALAR

Xulosa qilib aytish mumkinki, insonlarni ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy muammolarni hal etishga safarbar qilmoq uchun tegishli axborotni o'z vaqtida to'plab, qayta ishlab, muayyan bir tartibga solish va zudlik bilan kishilarga yetkazish kerak bo'ladi. Buning uchun jamiyatni axborotlashtirish dasturini amalga oshirish va ilg'or axborot texnologiyasini joriy etish zarur.

REFERENCES

1. Alimov R.X., Yulchiyeva G.T., va boshqalar "Axborot texnologiyalari va tizimlari" darslik-T.: TDIU, 2010y.

2. G'ulomov S.S, Alimov R.X, va boshqalar. "Axborot tizimlari va texnologiyalari""Sharq", T-2000 y.

3. Alimov R.X, Yulchiyeva G.T., Alishov SH.A. "Axborot texnologiyasi va tizimlari". Ma'ruza matnlari. T: - TDIU, 2005 y.

4. Alimov R.X, Begalov B.A., Yulchiyeva G.T., Alishov Sh.A. "Iqtisodiyotda axborot tyexnologiyalari" O'quv q'llanma. T.: - O'YUAJN, 2005 y.

5. Janonova, S. (2021). HISTORY AND ACTIVATION OF AGRICULTURAL TERMS. ТРАНСФОРМАЦ1Я СУСПЛЬНИХ НАУК: СОЦ1АЛЬНО-ЕКОНОМ1ЧНИЙ, ЛШГЫСтЧНИЙ, ПОЛ1ТИЧНИЙ ТА IT-ВИМРИ, 26.

6. Xo'jayev, N., Xodiyev, B. Y., Baubekova, G., & Tilabova, N. (2002). Yangi pedagogik texnologiyalar. O „quv qo „llanma. T.: Fan.

7. Yazdonov, U. b. T. (2019). ОРГАНИЗАЦИЯ ОБЩЕСТВЕННОГО МНЕНИЯ ПОД ВЛИЯНИЕМ ФОРМ СОЦИАЛЬНОГО СОЗНАНИЯ. Theoretical & Applied Science(9), 88-92.

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.