SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 3 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
JAMIYAT TARAQQIYOTIDA AXBOROTLASHGANLIK AHAMIYATI
Zarina Zafar qizi Komilova
BuxDU O'zbek tilshunosligi va jurnalistikasi kafedrasi o'qituvchisi [email protected]
ANNOTATSIYA
Raqamli texnologiyalar - insoniyat kelajagi. Ular inson va davlat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga hissa qo'shadilar. Ma'lumotlami raqamlashtirish mamlakatning rivojlanish ko'rsatkichlarini oshiradi. Barchamizga ma'lumki, ommaviy kommunikatsiya texnologiyalarini bilish o'zaro muloqot va axborot almashinuvining yangi imkoniyatlarini, shakllarini ochadi hamda kengaytiradi. Eng muhimi, fuqarolik jamiyati barpo etilishi va mustahkamlanishiga ko'maklashadi, iqtisodiy islohotlar va mamlakatning demokratik rivojlanish jarayonlarini jadallashtirish imkonini beradi. Xususan, O'zbekiston ham dunyo global axborot jamiyatida munosib o' rinni egallashga intilmoqda. Ushbu maqsadlarga erishish uchun Hukumat tomonidan OAV bilan hamkorlikda mamlakatda axborotlashtirishni kuchaytirish, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tez sur'atlarda rivojlantirish, ularni jamiyatning barcha sohalarida joriy etish hamda foydalanishning ustuvor yo'nalishlari amaliyotda keng qo'llanilib kelinmoqda. Shu sababadan, boshqa rivojlangan mamlakatlar qatorida O'zbekistonda ham elektron hukumat tizimini yaratish, uning barcha imkoniyatlarini hamma sohalarda joriy etilishi natijasida davlat boshqaruvi samaradorligini jiddiy ravishda oshirish, davlatning umuman jamiyat bilan hamda uning ayrim institutlari va fuqarolar bilan o'zaro munosabatlarini optimallashtirish imkonini beradi.
Kalit so'zlar: axborotlashtirish, fuqarolik jamiyati, electron hukumat, OAV, Internet, kommunikatsiya, mobil, axborot texnologiyalari, ochiq malumot.
Zamonaviy dunyoda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi hamma joyda ko'p qirrali tendensiyalarni, shu jumladan, inson faoliyati sohalari va jamoat institutlarini o'zgartirishni talab qiladi. Axborot asrining talablarini hisobga olgan holda siyosiy institutlar va davlat boshqaruvini o'zgartirish sharoitida milliy hukumatlar o'z oldiga bugungi va istiqboldagi dolzarb vazifa qilib - axborotlashtirishni va buning negizida fuqarolik jamiyatining samarali shakllanishi, faoliyat yuritishi va rivojlanishini ta'minlashni qo'ydi.
Axborotlashtirish - yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy j arayonidir. [ 1 ]
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 3 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Fuqarolik jamiyati va alohida individlarning manfaatlari esa o'z ichiga davlat va uning organlari axborotlarining ochiq bo'lishiga ehtiyoj sezadi. Axborotning ochiqligidan davlatning o'zi ham manfaatdordir.
Axborotning ochiqligi - bu har qanday demokratik davlatning tavsifi hisoblanadi. Davlatning axborot ochiqligi qanchalik yuqori bo'lsa, u shunchalik huquqiy davlat belgilariga ega bo'lgan siyosiy institut hisoblanadi. Hukumat hujjatlari va axborotlariga kirishni ta'minlashni osonlashtirish va qulaylashtirishga intilgan davlat fuqarolik jamiyatini shakllanishi uchun keng shart-sharoitlar yaratib beradi. Davlat boshqaruvining sifati va demokratik harakter kasb etishi hukumatning aholini "eshitish" va "tinglash"ga tayyor ekanligiga to'g'ridan to'g'ri bogliqdir. [2]
Axborotlashgan jamiyat axborot-kommunikatsiya texnologiyalari natijasida kirib kelgan zamonaviy taraqqiyotning eng rivojlangan fazasi hisobanadi. O'z navbatida axborotlashgan jamiyatning shakllanishi axborotlarni jamiyatda qiymatga ega va egalik qila olish mumkin bo'lgan resursga aylanishidagi asosiy omili va sharti hamda keng ko'lamli o'zaro axborotli hamkorlik muhiti hisoblanadigan iqtisodiy-axborot fazoni paydo bo'lishi bilan bir vaqtda amalga oshib boradi. O'zbekistonda axborotlashgan jamiyatni shakllanish xususiyatlarini ko'rib chiqishni axborotlashgan jamiyat nazariyasi mohiyati va uning sanoatlashtirilishdan (industrillashdan) keyinga bosqichdagi o'rnini yoritib berishdan boshlab tadqiq etish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Amerikalik iqtisodchi olim K.Klark XX asrning 40 yillarida insoniyatning taraqqiyot bosqichida axborotli rivojlanish chetlab o'tib bo'lmaydigan jarayon ekanligini birinchi bo'lib bashorat qildi.
«Axborotlashgan jamiyat» atamasi 60-yillarning boshlarida F.Maxlupo va T.Ulisao tomonidan taklif qilinib, undagi axborotlashgan jamiyat nazariyasining asosida paydo bo'ladigan ijtimoiy-iqtisodiy qayta shakllanishlarni axborot texnologiyalarini tarqalishi bilan birgalikda tahlil va umumlashtirishga harakat qilish yotar edi.
Yana bir rus olimi N.N. Moiseyevni fikricha axborotlashgan jamiyat bu - «Jamoa Intellekti inson aqli uning tanasida qanday ahamiyatga ega bo'lsa, aynan shunga o'xshash ahamiyatga ega bo'lgan jamiyatdir, ya'ni, jamiyatni rivojlanishiga va ortib borayotgan barcha qiyinchiliklarni yengib o'tishga ta'sir qiladi hamda insoniyat manfatlari uchun harakat qiladi». [3]
Shunga o'xshash barcha ta'rif va tafsivlar yangi jamiyatning shakllanishi jarayonida axborot va bilimlarni hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlaydi. Mavjud yondashuvlarni umumlashtirgan holda, hozirgi kunda «Axborotlashgan jamiyat» tushunchasini talqin qilishda quydagilar e'tiborga olinadi: > axborotlashgan jamiyat har bir inson va davlat farovonligini bosh sharti axborotlarga to'siqlarsiz kirish va ular bilan ishlash malakalariga ega bo'lishdagi bilimlar bo'lgan bilimlar jamiyati;
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 3 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
> axborot ayirboshlashda na vaqt, na fazoviy, na siyosiy chegaralarga ega bo'lmagan global jamiyat; bu bir tomondan madaniyatlarni o'zaro birlashishga imkon bersa, ikkinchi tomondan, har bir jamiyatga o'zini namoyon qilishga yangi imkoniyatlar ochib beradi;
> bilim va axborotlardan foydalanish, tarqatish, uzatish, saqlashga, ishlov berish, egalik qilish katta ahamiyatga ega bo'lgan jamiyat.
Axborotlashgan jamiyatni tavsiflovchi mezonlar quyidagilardan iborat:
• texnologik: ishlab chiqarish jarayonida, muassasalarda, ta'lim tizimida keng qo'llaniladigan axborot texnologiyalari;
• ijtimoiy: axborot yashash sifatini o'zgarishlarning muhim omili sifatida yuzaga chiqadi, axborot ichiga chuqur kirib borish natijasida "axborot ongi" shakllanadi va namoyon bo'ladi;
• iqtisodiy: axborot iqtisodiyotda resurs, xizmat, tovar, qo'shilgan qiymat va bandlik kabilarning manbai sifatida barcha sohalarga kirib boruvchi omil sifatida namoyon bo'ladi;
• siyosiy: axborot erkinligi siyosiy jarayonlarda turli siyosiy kuchlar va aholi ijtimoiy qatlamlari orasidagi munosabatlarni yanada rivojlantiradi, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda o'sib borayotgan ishtiroki bilan tavsiflanadigan omil hisoblanadi;
• madaniy: axborotning madaniy qadr-qimmatini alohida individ va butun jamiyat rivojining manfaatlari mushtarakligida ifodalaydi, axborot madaniy qadriyatlar va aloqalarni yanada mustahkamlaydi.
Axborotlashgan jamiyat komponentlari quyidagilardan iborat:
• axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, Internet;
• axborot-intellektual mulk;
• elektron axborot markazlari, bazalari va ma'lumotlar banki, videomahsulotlar, ko'p tilli tarjimonlar, yangi tasvir vositalari;
• axborotning umumiy merosiy sohalari (ishlab chiqarishni boshqarish tizimlari, biotexnologiyalar, farmasevtik mahsulotlar va h.k.).[4]
Axborotlashgan jamiyatni bosh maqsadi yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini yaratish va foydalanishdangina iborat bo'lib qolmay, davlatning barcha iqtisodiy tizimlarini tubdan o'zgartirish, axborot-iqtisodiy fazosini shakllantirish, mehnat umumdorligini uzluksiz oshirib borish uchun innovatsiya hamda bilimlardan amaliy jihatdan keng foydalanib, shu asosda tarzi va sifatini oshirishni ko'zda tutadi.
Taraqqiyotning mumkin bo'lgan rivojlanishida ishlab chiqarishning asosiy mahsulotlaridan biri axborot va bilimlar bo'lib boradi. Ajralib turuvchi xususiyatlari: • jamiyat hayotida axborotlar, bilimlar va axborot texnologiyalarining ahamiyat ortib boradi;
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 3 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
• ichki aylanma mahsulotlarda axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqarish, axborot texnologiyalari, kommunikatsiyalarda band bo'lgan insonlar soni ortib boradi;
• telefon, radio, televideniya, Internet tarmog'i, shuningdek an'anaviy va elektron ommaviy axborot vositalaridan foydalanish orqali jamiyatni axborotlashtirish o'sib boradi;
• insonlarni o'zaro samarali axborot hamkorligini, ularni jahon axborotlariga kirishi, ularni axborot resurslari va xizmatlariga bo'lgan talablarini qanoatlantirishni ta'minlovchi global axborot makoni yaratiladi. [5]
Xulosa shuki, axborotlashgan jamiyatni bosh maqsadi yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini yaratish va foydalanishdangina iborat bo'lib qolmay, davlatning barcha iqtisodiy tizimlarini tubdan o'zgartirish, axborot iqtisodiy fazosini shakllantirish, mehnat umumdorligini uzluksiz oshirib borish uchun innovatsiya hamda bilimlardan amaliy jihatdan keng foydalanib, shu asosda tarzi va sifatini oshirishni ko'zda tutadi. Hozirgi kunda bo'lg'usi axborot jamiyatining barcha xususiyatlarini yetarli darajada tavsiflab berish mushkul muammo hisoblanadi, chunki uning har biri biron bir darajada o'zini namoyon qilib boradi. Biri aniq darajada, ikkinchisi munosab, uchinchisi davr mobaynida o'zini namoyon qilib boradi. Shunday bo'lsa ham, jamiyatni axborotlashtirish yo'lidagi harakatlari va bu harakatni keying istiqbollarini tahlil qilib axborotlashgan jamiyat istiqbolini quyidagi asosiy xususiyatlarini ajratib ko'rsatish mumkin:
- insoniyatning tuganmas zahirasi bo'lgan va barcha individ, tashkilot, ijtimoiy guruhlar va butunlay jamiyat kira olishi mumkin bo'lgan axborotlar shaklidagi eng muhim va qiymatga ega bo'lgan bilimlar jamiiyatning bosh boyligi hisoblanadi. Bilimlar va ularni amaliy jihatdan qo'llash qo'shimcha qiymat manbai sifatida mehnatning o'rnini bosib boradi. [6]
Sanoatlashgan jamiyatda mehnat va kapital markaziy o'zgaruvchilar bo'lgani kabi axborot va bilimlar ham axborotlashgan jamiyatning asosiy o'zgaruvchisi hisoblanadi;
- yalpi milliy mahsulotda axborot mahsulot va xizmatlar ulushi o'sib boradi;
- insonlarni o'zaro samarali axborotli hamkorligi, jahon axborot resurslariga kirish va axborot mahsulot hamda hizmatlariga bo'lgan talablarni ta'minlovchi global axborot fazosi yaratiladi;
- o'zining hayot faoliyati va indivilar faoliyati uchun birinchi navbatda ilmiy axborotlarni ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo'lgan jamiyat;
- axborotlar uzatish tezligi, hajmi va ishlov berish tezligi o'sishini ta'minlashda zarur bo'lgan axborot texnikalari ishlab chiqariladi va foydalaniladi;
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 3 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
- eski kasblarni yo'q bo'lishi va yangilarini paydo bo'lishi, ulardagi ishchilar sonidagi munosabatlarni o'zgarishi bilan bog'liq holda jamiyat professional tuzilishi o'zgaradi. Bir vaqtning o'zida rivojlangan avtomatlashtirilgan va kompyuterlashtirilgan ish joylari tizimini yaratish asosida individlashgan mehnatning ulushi ortib boradi. Demak, ishlab chiqarishda ishchining turi shakllanib boradi;
- axborot texnologiyalari ma'naviy madaniyatga faol ta'sir ko'rsatib boradi, kompyuter madaniyati shakllanib boradi, madaniyat yutuqlari haqiqiy ravishda umumxalq boyligiga aylanib boradi. Kompyuterlashtirish va ta'lim uzluksizligi amalga oshib boradi;
- kishilik jamiyatining hayotiy faoliyatida globallashuv amalga oshadi. Yagona iqtisodiy xo'jalik yaratiladi. Jamiyat global muammolarni yechish imkoniyatiga ega bo'ladi va shu yo'lga kiradi;
ADABIYOTLAR ROYXATI
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori. 2015 yil 4 fevral, PQ-2293-son.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori 12.02.2014 y., № PQ-2126
3. O'zbekistonRespublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirishva telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasining yangilangantuzilmasini tasdiqlash to'g'risida"gi qarori 30.10.2013 y., № PQ-2058
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarining kompyuter xavfsizligini ta'minlash borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarori
5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarori
6. Qirg'izboev M.,O'tamurodov A., Xojiyev T.N. Fuqarolik jamiyati.T.:"Mumtoz so'z",2018
7. N. Qosimova va boshq. "Ixstisoslashgan jurnalistika" IX jild.-T. "O'zbekiston" NMIU,2019.-784-bet.