Научная статья на тему 'JAHONDAGI GEOSIYOSIY VAZIYATNING O‘ZBEKISTONGA TA’SIRI VA UNING YECHIMLARI'

JAHONDAGI GEOSIYOSIY VAZIYATNING O‘ZBEKISTONGA TA’SIRI VA UNING YECHIMLARI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
57
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
heartland / Markaziy Osiyo / geografik determenizm / sharq darvozasi / mintaqaviy yetakchilik / mintaqaviy xavfsizlik / yadro qurolidan xoli hudud / joʻgʻrofiy-siyosiy qiziqish / Afgʻoniston omili. / heartland / Central Asia / geographical determinism / eastern gate / regional leadership / regional security / nuclear-weapon-free zone / geo-political interest / Afghanistan factor.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Tuychiyeva, Odinaxon Nabievna, Ganiyev, Bunyodbek

Ushbu maqola Oʻzbekiston geosiyosati mazmuni va uning dunyo geosiyosatining ajralmas qismi ekanligi haqidagi ba`zi ilmiy munozaralarni oʻrganishga bagʻishlangan. Turli yondashuvlarga qaramay, maqolaning maqsadi Oʻzbekiston geosiyosatining asl mazmuni, ustuvor yoʻnalishlarini va uning Yevroosiyo geosiyosati yadrosi sifatidagi roʻlini aniqlashdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPACT OF THE GEOPOLITICAL SITUATION IN THE WORLD ON UZBEKISTAN AND ITS SOLUTIONS

This article is dedicated to the study of some scientific discussions about the content of the geopolitics of Uzbekistan and its inseparable part of the world geopolitics. despite different approaches, the goal of the article is to determine the original content, priorities of the geopolitics of Uzbekistan and its role as the nucleus of the Eurasian geopolitics.

Текст научной работы на тему «JAHONDAGI GEOSIYOSIY VAZIYATNING O‘ZBEKISTONGA TA’SIRI VA UNING YECHIMLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

JAHONDAGI GEOSIYOSIY VAZIYATNING O'ZBEKISTONGA TA'SIRI

VA UNING YECHIMLARI

Odinaxon Nabievna Tuychiyeva.

Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti v.b e-mail: o.nabiyevna@ferpi.uz

Bunyodbek Ganiyev

Farg'ona Palitexnika instuti "Ishlab chiqarishda Boshqaruv fakulteti "Iqtisodiyot kafedrasi 72E-20I guruh talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola O'zbekiston geosiyosati mazmuni va uning dunyo geosiyosatining ajralmas qismi ekanligi haqidagi ba^zi ilmiy munozaralarni o'rganishga bag'ishlangan. Turli yondashuvlarga qaramay, maqolaning maqsadi O'zbekiston geosiyosatining asl mazmuni, ustuvor yo'nalishlarini va uning Yevroosiyo geosiyosati yadrosi sifatidagi ro 'lini aniqlashdan iborat.

Kalit so'zlar: heartland, Markaziy Osiyo, geografik determenizm, sharq darvozasi, mintaqaviy yetakchilik, mintaqaviy xavfsizlik, yadro qurolidan xoli hudud, jo 'g'rofiy-siyosiy qiziqish, Afg'oniston omili.

АННОТАЦИЯ

Данная статья посвящена изучению некоторых научных дискуссий о содержании геополитики Узбекистана и его неотъемлемой части мировой геополитики. несмотря на разные подходы, целью статьи является определение исходного содержания, приоритетов геополитики Узбекистана и ее роли как ядра евразийской геополитики.

Ключевые слова: хартленд, Центральная Азия, географический детерминизм, восточные ворота, региональное лидерство, региональная безопасность, зона, свободная от ядерного оружия, геополитический интерес, афганский фактор.

ABSTRACT

This article is dedicated to the study of some scientific discussions about the content of the geopolitics of Uzbekistan and its inseparable part of the world geopolitics. despite different approaches, the goal of the article is to determine the original content, priorities of the geopolitics of Uzbekistan and its role as the nucleus of the Eurasian geopolitics.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Keywords: heartland, Central Asia, geographical determinism, eastern gate, regional leadership, regional security, nuclear-weapon-free zone, geo-political interest, Afghanistan factor.

KIRISH

Dunyo xalqaro munosabatlar tizimida SSSR ning qulashi jahon geosiyosatida katta burilishlarni yasadi, yangi davlatlar paydo bo'ldi,bu jarayon muhim geosiyosiy makonda yani Yevroosiyonig yuragi bo'lgan Markaziy Osiyoda yuz berdi. Oksford universiteti professori Xelford J. Makkinderning "Heartlend" nazariyasiga ko'ra, Markaziy Osiyo Yevroosiyoning yuragi va dunyo geosiyosiy maydonida muhim ahamiyatga ega bo'lgan geosiyosiy makon sifatida qaraladi.Markaziy Osiyoning yuragi esa bevosita O'zbekistondir, bu haqda tadqiqotchi ."Sirojov quyidagicha tarif beradi "Malumki, geosiyosatdagi mavjud "hartlend" nazariyasiga ko'ra Markaziy Osiyo yer yuzi, mintaqalarning geosiyosiy yadrosi yoki markazi hisoblanadi. Markaziy Osiyoning hartlendi, geosiyosiy yadrosi esa O'zbekistondir "[1] Shu nuqtai nazardan O'zbekiston poytaxti Toshkentga "Sharq darvozasi" deb tarif berishgan. Muhim geosiyosiy makonda joylashgan O'zbekiston tashqi siyosatining eng ustuvor yo'nalishi ham aynan Markaziy Osiyo va Afg'oniston. O'zbekiston prezidenti "Shavkat Mirziyoyev bayon ertgan fikrda "O'zbekiston bugungi kunda o'zining tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasiga ustuvor ahamiyat qaratmoqda . Bu har tomonlama chuqur o'ylab tanlangan yo'ldir. Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan O'zbekiston ushbu mintaqa barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qo'shnichilik hududiga aylanishdan manfaatdordir" ( Sh.Mirziyoyev 2018, T -O'zbekiston b. 248.) [2]

Geografik determinizm omili

Bu "O'zbekistonning strategik yo'laklarga olib chiquvchi tranzit chorrahada joylashganligida ko'rinadi. O'zbekiston Yevropani Osiyo, Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyo,Uzoq Sharqni Yaqin Sharq bilan bog'lash mumkin bo'lgan transport -kammunikatsiya yo'laklarining muhim halqasidir. Tabiiy jihatdan har tomonlama yopiq bo'lganiga qaramay O'zbekiston xalqaro Sharq-G'arb, Shimol-Janub, transport yo'llaridagi geografik joylashuvi unga xalqaro transport tarmog'ining zaruriy qismi bo'lishida katta imkoniyatni taqdim etadi" ( S.Bo'ronov 2021, T- O'zbekiston b.28)

[3]

Demografik omil

O'zbekiston Markaziy Osiyodagi eng ko'p aholiga ega davlat, bugungi kunda O'zbekiston aholisi 36 - million nafardan oshgan. Bu ko'rsatgich Markaziy Osiyo umumiy aholisining yarmini tashkil etadi.Ekspertlar O'zbekiston aholising nafaqat

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Markaziy Osiyoda balki MDH makonida ham o'sib borayotganini aytib o'tgan va postsovet makonida Rassiyadan keyingi ikkinchi o'ringa chiqib olishini taxmin qilishgan. Tadqiqitchi Sh.Fayziyev bu borada muhim jihatga e'tibor qaratishga undaydi " O'z geosiyosiy o'rnidan kelib chiqqan holda O'zbekiston oldingi eng muhim strategik vazifa millatlarning barqaror o'sishi va rivojlanishiga sharoitlar yaratish maqsadi o'laroq, shuningdek, O'rta Osiyo mintaqasida ulkan barqarorlashtiruvchi omil sifatida o'z demografik potensialidan oqilona foydalanishdir. Geosiyosiy sharoitda davlatning demografik tarkibiy qismlari nafaqat mintaqaviy doirada, balki yana ham kengroq - o'zgaruvchan xalqaro munosabatlarning global tizimi nuqtayi nazaridan ko'rib chiqilishi lozim." (Sh.Fayziyev 1999, s.58.) [4]

Yana bir e'tiborli tomoni O'zbekiston Markaziy Osiyoda aholisi eng ko'p millatli davlat hisoblanadi. O'zbekiston demografik salohiyatining yana bir jihati,O'zbekiston mintaqa davlatlaridan farqli ravishda bir xil gegamon aholi tarkibiga ega,yani aholining 85 % titul millat vakillari tashkil etadi. Umuman olganda O'zbeklar Maekaziy Osiyodagi eng ko'p sonli millat hisoblanadi. Harbiy qudrat va mintaqaviy xavfsizlik omili

Harbiy jihatdan ham O'zbekiston mintaqada yetakchidir. Global harbiy qudrat indeksining 2023 - yil malumotlariga ko'ra O'zbekiston dunyoda 140 dan ortiq davlat orasidan 62 - o'rinni, Osiyoda 45 davlat orasidan 22 - o'rinni egallab, Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa eng qudratlisi dep topilgan. Bu malumotga ko'ra O'zbekistonning faol qo'shinlari 50 ming kishini tashkil etib, jangovor tanklari 420 ta, samolyotlarni umumiy soni 194 ta, (shundan 60 tasi jangovor samolyotlar ), vertolyotlar umumiy soni 89 ta (shundan 33 tasi hujumkor). (Globalfirepower. 2023, Military Strength Ranking) [5]

O'zbekiston mintaqadagi davlatlar orasida o'zining mustaqil harbiy salohiyatini namoyon eta oladi va mintaqaga tashqi kuchlarning harbiy tasirini kamaytirishda milliy va huquqiy asosga ega bo'lgan "mudofaa doktarinasi" ga ega -boshqa davlatlarga qarshi harbiy kuch ishhlatmaslik, bunday harbiy tajovuzning oldini olish va uni da fetish hollari mustasno;

-Xavfsizlikning bo'linmasligi, o'z xavfsizligini boshqa davlatlar xavfsizligi hisobiga mustahkamlashga yo'l qo'yilmasligi

-boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, ehtimol tutilgan nizolarni tinch yo'l bilan hal etish

-harbiy - siyosiy bloklarda ishtirok etmaslik, har qanday davlatlar aro tuzilmadan, agar u harbiy - siyosiy blok etib o'zgartirilsa, chiqib ketish huquqini o'zida saqlab qoladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

-mudofaaning yetarli darajada bo'lishi;

- harbiy qurilishning zamonaviy harbiy mojarolar xusu- siyatiga monand bo'lishi;

- yadroviy va boshqa turdagi ommaviy qirg'in qurolini ishlab chiqarish, olish, saqlash, tarqatish va joylashtirishdan voz kechish;

Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona to'g'risidagi shartnoma prinsiplariga sodiqlik; o'z hududida chet el harbiy bazalari va obyektlarining joylashtirilishiga yo'l qo'ymaslik; Qurolli Kuchlarning xorijdagi tinchlik o'rnatish bilan bog'liq operatsiyalarda va harbiy mojarolarda ishtirok etmasligi. O'zbekiston uzoq yillar davomida mintaqaviy xavfsizlikka tahdid tug'diruvchi terrorizm, ekstremizm, narkotik moddalar savdosi singari omillarga qarshi munosib kurash olib bordi va mintaqaviy xavfsizlikning kafolati ekanligini amalda namoyon qildi." Ch. Ko'charov monografik tadqiqotida bu masala xususida quyidagicha fikrlarni uchratish mumkin: "O'zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi xalqaro munosabatlarda geosiyosiy muhim o'ringa ega. Uning tashqi siyosati mintaqada shakllanayotgan xavfsizlik tizimini yaratishda yetakchi hisoblanadi. Albatta, mintaqaning boshqa davlatlarini ham umumiy xavfsizlikdagi ta'sirini past baholash xato bo'lur edi. Lekin jahonning yetakchi salohiyatli davlatlarining ushbu mintaqadagi manfaatlarni muvozanatga solib turishda mintaqa ichidagi davlatlar har xil darajada imkoniyatlarga ega".[6]

Savdo-iqtisodiy imkoniyatlar va tabiiy-xomashyo resurslari

Mintaqaning iqtisodiy rivojlanishi jarayonlarida O'zbekiston yetakchi davlatlardan biri. Markaziy Osiyoda eng ko'p aholi va qulay geostrategik joylashuvga ega bo'lgan O'zbekiston mintaqaning eng katta bozori hisoblanadi. Bu bilan aytish mumkinki, O'zbekiston bozori butun Markaziy Osiyo bozori darvozasidir.

Britaniyaning nufuzli "The Economist" jurnali 2019-yilda O'zbekistonni "Yil mamlakati" [7] deb tan olgani ham bu boradagi o'ziga xos e'tirofdir. Jahon bankining global iqtisodiy istiqbollarga oid "2020-yil yanvar oyidagi hisobotida O'zbekiston Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari orasida yalpi ichki mahsulot o'sish sur'atlari bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich 2020-yilda 5,7%, 2021- 2022 yillarda 6% o'sishi taxmin qilinadi" [8] O'zbekistonda tabiiy-xomashyo resurslarining geostrategik jihatdan ulkan zaxirasi mavjud, 3000 ta foydali qazilma konlari aniqlangan bo'lib, ularning 1100 tasi qazib olishga tayyor, 50 tasi asl, 41 tasi rangli, nodir, radioaktiv va qora metallar, 187 tasi yoqilg'i-energetika, 19 tasi kon-kimyo, 45 tasi konchilik xomashyosi, shuningdek, qurilish materiallari, yer osti suvlari va boshqa foydali qazilma konlaridan iborat.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Respublikamizda foydali qazilmalarning qolgan turlari bo'yicha ham ulkan boyliklar mavjud. Bu mamlakat geoiqtisodiy salohiyati mezonlaridan biridir. Shu bilan birgalikda O'zbekiston iqtisodiy salohiyatini belgilab beradigan sohalar qishloq xo'jaligi, yengil sanoat, mashinasozlik, turizm va mehnat salohiyati bo'yicha mintaqada yetakchi nufuzga ega." Biroq bir qator obyektiv omillarga ko'ra O'zbekiston iqtisodiy salohiyati o'z imkoniyatlari va salohiyatini to'liq namoyon eta olmayapti.

Intellektual, madaniy-ma'rifiy salohiyat va milliy-mintaqaviy g'oyalar

O'zbekiston jahon ilm-fani va madaniy-ma'rifiy taraqqi- yotiga ulkan hissa qo'shgan ulkan intellektual salohiyat zaminidir. Shuningdek, mamlakatimiz islom olami va boshqa dinlarning sivilizatsiya beshiklaridan biri sanaladi." Markaziy Osiyoda qachondir mavjud bo'lgan va davlatchilik, fan, madaniyat rivojlanishida sezilarli iz qoldirgan barcha asosiy davlat tuzilmalarining poytaxtlari hozirgi O'zbekiston hududida joylashgan. Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo'qon va Toshkent madaniyatlarining sivilizatsion ta'siri o'tmishda mamlakat hududidan tashqarida ham juda kuchli bo'lgan. Bu shaharlar uzoq vaqtlar davomida Markaziy Osiyoda va Yevroosiyoning boshqa joylarida islom talimoti, ilohiyoti va diniy rahbarlarining markazi bo'lib kelgan" [8]

XULOSA

Xulosa qilib aytganda O'zbekistonning ilmiy asoslarga ega bo'lgan qulay geografik joylashuvi uning geosiyosatining asosini tashkil etadi. Qulay geografik joylashuv Geosiyosatning muxim omillaridan biridir, bu borada Napaleon Bonapart quyidagi fikrni keltirgan "Mamlakatning geografik joylashuvi uning tashqi siyosatini belgilovchi muxim omildir". Doimo O'zbekiston geosiyosati va tashqi siyosatining asosiy fonida Markaziy Osiyo va Afg'oniston mintaqalari bo'lishi kerak, chunki O'zbekiston bu mintaqalarni tutashtiruvchi oliy bo'g'indir va O'zbekiston uchun bu mintaqalarning xavfsizligi va barkamolligi nihoyatda muxim, chunki Markaziy Osiyo va Afg'oniston xavfsizligi bevosita O'zbekiston xavfsizligi ularning istiqboli O'zbekiston istiqbolidir. O'zbekiston Markaziy Osiyo va Afg'onistonda o'z geosiyosiy manfaatlarini qondira olmasa, jahon geosiyosatida bir shaklda o'z o'rnini yoqotadi deb o'ylayman. Shuning uchun O'zbekiston bu mintaqalarda dunyo siyosiy maydonidagi yirik figuralar tasirini jilovlab turishi zarur. Markaziy Osiyo, Afg'oniston kabi mintaqalarda Xitoy, Rossiya, AQSH tasirini oshib ketishiga yo'l qo'ymaslik ko'proq O'zbekiston zimmasida dep o'ylayman, chunki O'zbekiston mintaqada liderlikka davo qiluvchi davlatlardan biridir. Bu makon, Markaziy Osiyo va Afg'oniston hududlari doim dunyo siyosiy maydonidagi yirik figuralar e'tiborini tortib kelgan va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi. Shunday ekan O'zbekiston

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

o'z milliy manfaatlaridan kelib chiqib aqilli yo'ldan borishi lozim, bu mintaqa siyosiy fonida bir tomonga uzoqroq borishlikdan ko'ra barcha yirik siyosiy o'yinchilar bilan normal, mo'tadil aloqada bo'lishligi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. Мирзиёев Ш.М. Халкимизнинг розилиги бизнинг фаолиятимизга берилган энг олий баходир. - Т.: Узбекистан, 2018. - Б.248.

2. Сирожов О. Марказий Осиё минтакасида хамкорлик жараёнлари. -T.:O'zbekiston, 2016-Б.129

3. S.Bo'ronov . O'zbekiston Geosiyosati - T.: O'zbekiston, 2021. - B.28.

4. Файзиев Ш. Геополитика Узбекистана: ракурс (О населении "количественном и "качественном") // Ижтиомий фикр. Инсон хукуклари. 1999. № 3-4(7-8). - С.58.

5. 2023 Military Strength Ranking // Globalfirepower. https: www.globalfirepower.com/countries-listing.asp; 2023 Uzbekistan Military Strength //Globalfirepower. https://www.global firepower.com/country-military-strength -detail.asp country_id=Uzbekistan

6. Кучаров Ч. Марказий Осиёнинг минтакавий интеграцион жараёни муаммолари (геосиёсий тахлил тажрибаси). - Т.: Фан, 2008. - Б.47.

7. Бжезинский 3. Великая шахматная доска. [пер. с анг. О. Уральской]. -Москва.: Издателсьство АСТ, 2019. - С. 226-227.

8. Муитов Д. Узбекистон геополитикаси: утмиш, бугун ва эртага // Ижтиомий фикр. Инсон хукуклари. 1999. № 1-2 (5-6). - С.52-54.

9. Global Economic Prospects: Slow Grows, Policy Challenges. (A World Bank Group Flagship Report). January 2020. - P.83.

10. Узбекистон миллий энциклопедияси. 12-жилд. Тахрир хайъати А.Азизхужаев, Б.Алимов, М.Аминов ва б. - Т.: Узбекистон миллий энциклопедияси, 2006.-Б.17-19.

11. Узбекистон геосиёсати. O 'quv qo 'llanma. (Таржимон - Ш. Рамазонов) -Т.: ЖИДУ,

13. Сафоев С.С. Марказий Осиёдаги геосиёсат. - Т.: ЖИДУ, 2005. - Б.31.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.